Kompyuteringizda qo‘ng‘iz bor(mi?)
Bir zamonlar, eng "qadimiy" kompyuterlardan biri doimiy xatolik bilan ishlay boshlagan edi. Undagi muttasil xatoliklar tufayli mutaxassislar kompyuter dasturining to‘g‘ri yozilganligiga shubhalanib qolishdi. Bu "Mark II" deb nomlangan kompyuter bo‘lib, voqea 1947-yilda yuz bergan. Mutaxassislar kompyuterdagi xatoliklar sababini sinchiklab tekshirib chiqishgach, aslida dastur to‘g‘ri ishlayotgani, xatolik esa kompyuterning apparat qismidan kelib chiqayotganini aniqlashgan. Xatolikning sababi kompyuterning ichki elektr kontaktlari orasida qisilib qolgan oddiy qo‘ng‘iz bo‘lib chiqqan. Mutaxassislar o‘sha qo‘ng‘izni olib, "arxivlab"qo‘yishgan. Ya'ni, bu voqea haqida kompyuterdan foydalanish jurnaliga maxsus qayd qoldirib, bechora qo‘ng‘izni ham jurnal sahifasiga ashyoviy dalil sifatida yelimlab qo‘yishgan. Bechora qo‘ng‘izning hayoti shu tariqa poyon topgan. Bag, ya'ni, inglizchadagi "bug‘ so‘zi qo‘ng‘iz degani bo‘lib, o‘shandan buyon kompyuter dasturlaridagi xatoliklarni ifodalash uchun qo‘llaniladigan so‘zga aylanib qoldi. o‘sha qo‘ng‘izni mashhur harbiy dengizchi va matematik, ham dasturchi bo‘lgan olima Greys Xopper tomonidan, dasturiy xatoliklarni ifodalash uchun qo‘llanila boshlangan. Ya'ni, "bag" atamasini aynan Greys Xopper urfga kiritgan.
Dasturiy baglarga jiddiy qarash lozim. Ular turli dasturiy mahsulotlarda tez-tez uchrab turadi. Baglarni payqash va qidirib topish ancha mushkul ish. Baglar dastur foydalanuvchilariga millionlab yevro miqdorida moddiy va ma'naviy zarar yetkazishi mumkin. Tushunish osonroq bo‘lishi uchun quyida bir misol keltiramiz. Kompyuterda shunday holat yuzaga kelishi mumkinki, bitta vazifani bajaruvchi turli dasturlar o‘zaro nomuvofiqlikka kelib qolishi mumkin. Bunday hol ko‘p kuzatiladi. Agar bunday dasturlarni alohida-alohida olib qaraganda, har ikkalasi ham to‘g‘ri ishlayotgan bo‘lsa-da, lekin bir vaqtning o‘zidagi ishlash jarayonida, eng zarur paytda kompyuter xatolik bera boshlaydi.
Baglar tufayli sodir bo‘lgan ayrim ko‘ngilsiz hodisalar haqida butun dunyo jamoatchiligi xabar topgan. Masalan, 1980-yillarda tibbiyot muassasalaridan birida o‘rnatilgan radioterapiya uskunasining dasturiy ta'minotidagi bag ko‘plab bemorlarning hayotiga zomin bo‘lgan edi. Bunday ayanchli oqibatlarga olib kelgan bag radioterapiya uskunasi chiqaradigan nurlanishlar dozasini asta-sekinlik bilan o‘zgartirib borgan. Natijada, kasalxonaga davo istab kelgan bemorlarning ko‘pchiligi nurlanish kasalligini orttirib olib, tez orada vafot etishgan. Oqibati bundan ko‘ra yengilroq bo‘lgan yana bir bag tufayli esa, "Arian-5" raketasining qulashiga sabab bo‘lgan. o‘sha bag keltirgan zarar miqdori umumiy hisobda 1 milliard dollardan ziyodroqni tashkil etgan. Axborot texnologiyalari bo‘yicha AQSH davlat hay'atining rasmiy ma'lumotlariga qaraganda, baglar tufayli har yili AQSH davlat byudejeti taxminan 0.6% miqdorida zarar ko‘rar ekan. Demak, mayda baglar shunday katta zararlar keltirar ekan, ularga qarshi kurashish kerak!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|