Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo Platina guruhi metallari

Platina guruhi metallari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Platina guruhi metallari
Мақолани кирилл алифбосида ўқинг
Hamma sahifa

Platina guruhi metallari

Ruteniy (Ru), rodiy (Rh), palladiy (Pd), osmiy (Os), iridiy (Ir) va platina (Pt) metallaridan iborat guruh «Platina metallari» deb yuritiladi. Ularning hammasi, kimyoviy elementlar davriy jadvalining VIII b-guruhchasiga mansub bo‘lib, birinchi uchlik, ya'ni, Ru-Rh-Pd beshinchi davrda, ikkinchi uchlik, ya'ni, Os-Ir-Pt esa oltinchi davrda joylashgan.

Tabiatda ushbu metallar asosan sof holda uchraydi. Ba’zan esa, ularni ayrim ruda va minerallar tarkibida qo‘shimcha (yo‘ldosh) holida ham uchratish mumkin. Ushbu metallarning sof holdagi yirik yombilari ham topilgan. Ulardan eng yirik yombining vazni 10 kg atrofida bo‘lgan.

Avvalo, ko‘rinishi chiroyliligi sababli, qolaversa, turli kimyoviy va fizik ta’sirlarga chidamliligi tufayli, ushbu metallar oltin va kumush qatorida, asl metallar nomini ham olgan. Chunonchi, bu metallarning barchasida suyuqlanish harorati ancha yuqori bo‘lib, qolaversa, ular turli kimyoviy reagentlarga nisbatan ham chidamlidir.

 

Platina metallari Yer qobig‘i tarkibida oltinga qaraganda ko‘proq bo‘lib, shuningdek asosan sof holda uchrashiga qaramasdan, uzoq asrlar mobaynida insoniyatga noma’lum bo‘lib kelgan. Ushbu metallar ichida faqat platinaning qadimda ham xuddi oltin kabi odamlar ishlatgani haqida ma’lumotlar bor. Biroq, bunday ma’lumotlar unchalik ishonchli emasdir. Shu sababli, platinani faqat 1748 yilgagina kelib kimyogarlar ishonchli ta’riflashgan. Uning nomi ispanchada «kumushcha» degan ma’noni anglatadi. Rodiy va palladiyni 1803 yilda ingliz kimyogari Uilyam Xayd Vollaston, osmiy va iridiyni esa, uning vatandoshi Tennat 1804 yilda kashf qilgan. Rodiy atamasining ma’nosi yunonchada «atirgul» degani bo‘lib, iridiy esa, yunonchadagi «kamalak» ma’nosini beradi. Har ikkala metallga berilgan ushbu nomlarda, ularning tuzlarining rangiga ishora qilingan (ya'ni, rodiy tuzlari atirgul rangida, iridiy tuzlari esa, kamalakka o‘xshab jilvalanadi). Osmiyning oksidi juda qo‘lansa hidli bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ushbu metallga yunonchada «hid» ma’nosini beruvchi «osma» nomi berilgan. Palladiyning nomi esa, ushbu kimyoviy element bilan deyarli bir vaqtda kashf etilgan asteroidi – Pallada sharafida qo‘yilgan. Platina oilasining so‘nggi vakilini 1844 yilda rus kimyogari Klaus kashf qilgan bo‘lib, uning nomi Rossiya mamlakatining lotinchadagi atalishidan olingan. O‘z davrida platina metallari bo‘yicha eng yirik mutaxassis ham aynan Klaus bo‘lgan va u ushbu metallar kimyosini o‘rganish borasida o‘z ilmiy maktabini shakllantirgan olim sanaladi.

Platina metallarining xossalarini aniqlashda, ularning jadvaldagi gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi qo‘shnilarini o‘zaro solishtirilsa, muhim xulosalar kelib chiqadi. Masalan, gorizontal qo‘shnilarda elementlarning kimyoviy faolligi chapdan o‘ngga ortib boradi. Shunga ko‘ra, palladiy va platina reaksiyaga juda yaxshi kirishadi. Vertikal qo‘shni elementlarning o‘zaro o‘xshashligi esa, ushbu elementlarning gorizontal qo‘shnilari bilan o‘xshashligidan kuchliroq bo‘ladi. Masalan, ruteniy bilan osmiyning o‘zaro o‘xshashligi, rodiy bilan ruteniy, yoki, osmiy bilan iridiyning o‘xshashligidan ko‘ra kuchliroq va yaqqolroq namoyon bo‘ladi. platina metallarining barchasiga xos eng ajoyib xususiyatlardan biri esa, ularning hammasining turli kislotalarga nisbatan o‘ta chidamliligidadir. Ushbu oilaga tegishli metallar ichida faqat palladiygina, qaynab turgan nitrat kislotada asta-sekin eriydi.

Platina metallariga kislorod ta’sir qilganida, ularning yuzasida yupqa va mustahkam oksid pardasi hosil bo‘ladi. Ular qatorida +2 va +6 gacha oskidlanish darajasiga ega bo‘lgan oksidlar ham ma’lum. Faqat osmiy va ruteniy sakkiz valentli hosilalar, ya'ni, o‘ziga xos badbo‘y hidli birikmalar, RuO4, hamda, OsO4 hosil qiladi. Ushbu oila elementlari ichida kislorodga nisbatan eng barqarori platinadir; oltingugurt bilan eng qiyin reaksiyaga kirishadigani ruteniy bo‘lsa, xlor bilan iridiy; ftor bilan esa, rodiyning reaksiyaga kirishishi eng qiyindir. Nima uchun bunday bo‘lishini esa, kimyogarlar aniqlashga urinayotgan masalalar sirasiga kiradi. Aytish joizki, hozirgi zamon kimyo fanida, platina metallari bilan bog‘liq shunga o‘xshash nozik masalalar mavjud bo‘lib, tadqiqotchilar bu borada izlanishlarni davom ettirmoqdalar.

Platinaning o‘zi va uning oilasiga mansub boshqa elementlar a’lo darajada kompleks hosil qiladigan elementlar sanaladi. Platina metallarining kompleks birikmalarini olish va o‘rganish amaliyoti, koordinatsion birikmalar kimyosini barpo qilishda muhim o‘rin tutadi deb qaralmoqda.

Agar platina metallari bilan temir uchligi (temir, kobalt va nikel) taqqoslansa, Fe, Co va Ni bir-biridan keskin farq qilishiga qaramay, umumiy jihatlarga ham egaligi ko‘zga tashlanadi. Umuman olganda kimyogarlar, III b-guruhcha elementlarining marganets, texnetsiy, reniy va mis, kumush, oltin guruhchasi elementlari o‘rtasidagi o‘zgaruvchan valentli elementlar deb ham hisoblaydilar.

Platina metallari asl metallar bo‘lishiga qaramay, texnikada va sanoatda keng qo‘llaniladi. Masalan, azot kislotasi ishlab chiqarish jarayonida platinadan katalizator sifatida foydalaniladi. Shuningdek, bu oila elementlaridan kimyo laboratoriyalari uchun asboblar va idishlar yasaladi.

 



Yangilаndi: 02.04.2016 11:37  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 762
O'qilgan sahifalar soni : 2521246

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov