Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Albert Eynshteyn hayoti fotosuratlarda (40 ta rasm)

Albert Eynshteyn hayoti fotosuratlarda (40 ta rasm)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Albert Eynshteyn hayoti fotosuratlarda (40 ta rasm)

XX asrning shubhasiz eng buyuk fiziklaridan bo‘lmish Albert Eynshteynning umr lahzalarini tarixga muhrlagan ushbu oq-qora fotosuratlar, uninng yorqin va murakkab hayot yo‘li haqida tilsiz guvohlik berib turibdi. Quyidagi fotosuratlar, Eynshteyn siymosi, uni o‘rab turgan muhit va olimlar davrasi haqida yorqin tasavvurlar hosil qilishga ko‘maklashadi degan umiddamiz...

1. Albert Aynshteynning otasi German Eynshteyn

Albert Eynshteynning otasi German Eynshteyn

2. Albert Aynshteynning onasi Paulina Kox

Albert Eynshteynning onasi Paulina Kox

3. Yosh Albert Eynshteyn singli Alberta-Mariya Eynshteyn bilan

Yosh Eynshteyn singlisi Alberta Mariya (Maya) bilan

4. Eynshteyn 14 yoshlik paytida

Eynshteyn 14 yoshlik paytida

5. Albert Eynshteynga Aarau (Shveytsariya) o‘rta maktabi tomonidan berilgan, tugallangan o‘rta ma’lumot haqidagia shahodatnoma (1896 yil)

Albert Eynshteynga Aarau (Shveytsariya) o‘rta maktabi tomonidan berilgan, tugallangan o‘rta ma’lumot haqidagia shahodatnoma (1896 yil)

6. Albert Eynshteyn do‘stlari bilan. (1903 yil)

Albert Eynshteyn do‘stlari bilan. (1903 yil)

7. Albert Eynshteyn 25 yoshlik chog‘ida. (1904 yil)

Albert Eynshteyn 25 yoshlik chog‘ida. (1904 yil)

8. Birinchi Solvey kongressi qatnashchilari. (Bryussel, Belgiya, 1911 yil)

O‘tirganlar (chapdan o‘ngga): Valter Nernst, Marsel Brillyuen, Ernest Solve, Xendrik Lorents, Emil Varburg, Vilgelm Vin, Jan Perren, Mariya Kyuri, Anri Puankare. Turganlar (chapdan o‘ngga): Robert Goldshmidt, Maks Plank, Genrix Rubens, Arnold Zommerfeld, Frederik Lindmann, Moris de Broyl, Martin Knudsen,  Fridrix Gazenorl, Georg Xostlet, Eduard Gertsen, Jeyms Jins, Ernest Rezerford, Kammerling-Onnes Xeyke, Albert Eynshteyn, Pol Lanjeven.

9. Ikkinchi Solvey kongressi qatnashchilari. (Bryussel, Belgiya, 1911 yil)

O‘tirganlar (chapdan o‘ngga): Valter Nernst, Ernest Rezerford, Vilgelm Vin, Jozef Jon Tomson, Emil Varburg, Xendrik Lorents, Marsel Brillyuen, Uilyam Barlou, Kammerling-Onnes Xeyke, Robert Vilyams Vud, Lui Georg Gui, Pyer Veys Turganlar (chapdan o‘ngga): Fridrix Gazenorl, Jyul Emil Vershafelt,  Jeyms Jins, Uilyam Genri Bregg, Maks fon Laue, Genrix Rubens, Mariya Kyuri, Robert Goldshmidt, Arnold Zommerfeld, Eduard Gertsen, Albert Eynshteyn, Frederik Lindmann, Moris de Broyl, Vilyam Poup, Edvard Gryunayzen, Martin Knudsen, Georg Xostlet, Pol Lenjaven

10. Eynshteynning birinchi xotini Mileva Marich

Eynshteynning birinchi xotini Mileva Marich

11. Eynshteyn ikkinchi xotini Elza bilan fotobuxbirlar uchun tabassum qilishmoqda

Eynshteyn ikkinchi xotini Elza bilan fotobuxbirlar uchun tabassum qilishmoqda

12. Albert Eynshteyn Berlin fizik-kimyo va elektrokimyo instituti rahbari Frinst Gaber bilan.

Albert Eynshteyn Berlin fizik-kimyo va elektrokimyo instituti rahbari Frinst Gaber bilan.  (Aynan ushbu olim 1916 yilda, ilk sintetik ammiak ishlab chiqarish texnologiyasini kashf qilgan)

13. Eynshteyn o'zining Berlin universitetidagi kabinetida.

13. Albert Eynshteyn Leyden universiteti professori Pol Erenfestning uyida (1920 yil).

14. Albert Eynshteynning Yerk rasadxonasiga tashrifi (1921 yil)

Albert Eynshteynning Yerk rasadxonasiga tashrifi (1920 yil). Rasadxonaning o‘z davrida juda  mashhur bo‘lgan 40 dyuymlik refraktori oldida esdalik uchun tushilgan fotosurat.

15. Nyu-Jersidagi Markoni stansiyasi bo‘ylab ekskursiya (1921 yil)

Nyu-Jersidagi Markoni stansiyasi bo‘ylab ekskursiya (1921 yil). Fotosuratda zamonaning eng mashhur olimlari, shu jumladan Nikola Tesla siymosi mavjud.

16. Albert Eynshteynning Toxoku (Yaponiya) universitetiga tashrifi (1922 yil).

Albert Eynshteynning Toxoku (Yaponiya) universitetiga tashrifi (1922 yil). (chapdan o‘ngga): Kotaro Xonda, Albert Eynshteyn, Keichi Aichi, Sirouta Kusakabe.

17. Albert Eynshteyn portreti. 1925-yil

Albert Eynshteyn. 1925-yil

18. Albert Eynshteynning 1930 yildagi fotoportreti

Bu suratni Berlinlik Silviya ismli folbin ayol olgan bo‘lib, u «mijoz»lariga o‘z nufuzini namoyish qilish maqsadida, fol ko‘radigan xonasida ushbu fotosuratni saqlagan  (qabuliga kimsan mashhur olim Eynshteynning shaxsan o‘zi kelganini namoyishi uchun :) ).

19. Mashhur olimlar Albert Eynshteyn va Nils Bor Bryusseldagi Solvey konressida (1930 yil)

Mashhur olimlar Albert Eynshteyn va Nils Bor Bryusseldagi Solvey konressida (1930 yil)

20. Albert Eynshteyn Berlindagi radio-shousini ochib bermoqda

Albert Eynshteyn Berlindagi radio-shousini ochib bermoqda

21. Albert Eynshteyn Amerikaga jo‘nab ketmoqda (1930-yil dekabr)

Albert Eynshteyn Amerikaga jo‘nab ketmoqda (1930-yil dekabr)

22. Eynshteynni Amerikalik jurnalistlari qurshab olib, nisbiylik nazariyasi haqida batafsil tushuncha berishini so‘rashmoqda. U esa, buning uchun ularga kamida uch kun kerak bo‘lishini aytyapti. (1931-yil)

Eynshteynni Amerikalik jurnalistlari qurshab olib, nisbiylik nazariyasi haqida batafsil tushuncha berishini so‘rashmoqda. U esa, buning uchun ularga kamida uch kun kerak bo‘lishini aytyapti. (1931-yil)

23. Albert Eynshteyn Amerikalik olimlar Albert Maykelson va Robert Millikenlar bilan.  (1931-yil)

Albert Eynshteyn Amerikalik olimlar Albert Maykelson va Robert Millikenlar bilan.  (1931-yil)

24. Albert Eynshteyn va Nils Bor (1925-yil dekabr)

Albert Eynshteyn va Nils Bor (1925-yil dekabr)

25. Albert Eynshteyn o‘g‘li va qizi bilan (1930 yil)

Albert Eynshteyn o‘g‘li va qizi bilan (1930 yil)

26. Albert Eynshteyn (1934 yil).

Albert Eynshteyn (1934 yil).

27. Albert Eynshteyn skripka chalyapti (1941 yil).

Albert Eynshteyn skripka chalyapti (1941 yil).

28. XX asrning buyuk fizik olimlari Albert Eynshteyn va Robert Oppengeymer Prinston Universitetida ish jarayonida (1940-chi yillar)

XX asrning buyuk fizik olimlari Albert Eynshteyn va Robert Oppengeymer Prinston Universitetida ish jarayonida (1940-chi yillar)

29. Nils Bor, Jeyms Frank va  Albert Eynshteyn (1954- yil). 
Eynshteyning eng so‘nggi fotosuratlaridan biri.

Nils Bor, Jeyms Frank va  Albert Eynshteyn (1954- yil).   Eynshteyning eng so‘nggi fotosuratlaridan biri

30. Albert Eynshteyn 1947 yilda

31. Eynshteyn Prinston institutida ma'ruza o'qimoqda (40-chi yillar)

Eynshteyn Prinston institutida ma'ruza o'qimoqda

32. Eynshteyn skripkada konsert bermoqda (1941 yil)

Eynshteyn skripkada konsert bermoqda (1941 yil)

33. Eynshteynning 70-yillik yubilieyi bn tabriklagani yig'ilgan hamkasblari bilan

33. Eynshteynning 70-yillik yubilieyi bn tabriklagani yig'ilgan hamkasblari bilan

34. Albert Eynshteyn va Robindranat Tagor

Albert Eynshteyn va Robindranat Tagor

35. Eynshteyn Venada ma'ruza o'qimoqda (1921 yil)

 Eynshteyn Venada ma'ruza o'qimoqda (1921 yil)

36. Eynshteyn Barselonada

Eynshteyn Barselonada

37. Albert Eynshteyn Leyden universiteti professori Pol Erenfestning uyuda mehmon bo'lmoqda

Eynsgteyn Leyden universiteti professori Pol Erenfest uyida mehmon bo'lmoqda

38. Eynshtey Amsterdamda Piter Zeeman va Pol Erenfestlar bilan fizika laboratoriyasida

Eynshtey Amsterdamda Piter Zeeman va Pol Erenfestlar bilan fizika laboratoriyasida

39. Eynshteyn vafot etgani haqidagi xabar chop etilgan gazetaning bosh sahifasi

Eynshteynning vafoti haqida xabar chop etilgan gazetaning bosh sahifasi

40. Va albatta, Eynshteynning mashhur timsoli - tilini chiqargan daho

o‘sha ma’lum va mashhur fotosurat.
Albert Eynshteyn tilini katta qilib chiqarib turibdi.

Fotosuratga turlicha izoh berishadi. 
Ular ichida eng keng tarqalgani va ishonchlisi quyidagicha:

Allaqachon butun dunyoga dong‘i ketgan olim Albert Eynshteyn o‘zining 72-yoshga to‘lishi munosabati bilan Prinston universitetida berilgan ziyofatdan chiqib kelar ekan, uni Artur Sass ismli fotograf ta’qib qilardi. Shunda olim u tomon nogahon kutilmaganda qayrildi va tilini katta qilib chiqarib o‘z kulguli siymosini tarixga muhrladi.

Eynshteyn o‘zi bu fotosuratga shunday sharh bergan: «Siz ko‘rgan narsa – insoniylik ishorasdir. Istalgan oddiy odam ham, zamonamiz diplomatlari uchun imkonsiz bo‘lgan, oddiy insoniy qiliqlarni qila oladi».

Bu davrda lahzani fotosuratga muhrlash hozirgidek bitta tugmani bosish bilan osongina bajariladigan ish bo‘lmay, balki butun boshli tayyorgarlikni talab qiluvchi 1-3 daqiqalik jarayon bo‘lgan. Fotografning o‘z ortidan qolmayotganini ko‘rgan Eynshteyn uni tayyorlanib ulgurmaydi deb o‘ylagan va bir onga u tomon qayrilib tilini chiqargan. Vaholanki Sass tayyor edi va uning omadi kelib tarixda eng mashhur fotosuratlardan birining muallifiga aylandi. Eynshteyn bu suratdan o‘zining do‘stlariga hazil maktublar yo‘llashda va bayram tabriknomalari tayyorlashda ko‘p foydalangan.

Fotosuratda Eynshteyn avtomobil salonida o‘tiribdi, uning hamrohlari – doktor Eydelot va uning rafiqasi. 14-mart, 1951 yil Prinston.

Yangilаndi: 13.03.2016 10:41  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
+1 #1 Javob: Albert Eynshteyn hayoti fotosuratlarda (40 ta rasm)Bakhtiyor Sheraliev 2016-03-13 11:22
Ajoyib maqola uchun tashakkurlar Muzaffar aka! Joningiz sog' bo'lsin.
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

 

Matematikning hayotidagi eng go’zal lahzalari – uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo’lsa kerak.



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)