Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Paroxod

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Paroxod

Ozi harakatlanadigan va shamol yonalishiga qarshi suza oladigan kema haqidagi fikrlar, togrirogi, orzular odamlarda juda qadimdan mavjud bolgan. Bunday kemalarga ayniqsa, daryolarda oqimga qarshi suzib qatnaydigan kema boshqaruvchilari koproq intizor bolishgan. Notekis ozan boylab yuqori tomon suzishda yelkan yoki, eshkakchilar kuchidan foydalanish juda murakkab bolib, kopincha bunday suzishning imkoni deyarli bolmagan. Kemalarni, yoki, yuklarni oqimga qarshi tortish uchun burloqlar mehnatidan foydalanishga togri kelardi. Lekin burloqlar bu ishni juda sekin bajarishardi. Shunday muammolar tufayli, ayniqsa daryo transportida oqimga qarshi suzish uchun yelkan va eshkak vositasini istisno qiluvchi, lekin kemani oldinga bemalol harakatlantira oladigan yurituvchi kuchga ehtiyoj kuchli bolgan. Bunday shamol kuchi va qol mehnatidan mustaqil harakatlana oladigan kemaning ilk loyihasini orta asrlarda yashagan mexaniklar taklif qilishgan. Taxminan 527 yilga oid bolgan qadimgi qolyozmalarning birida suv tegirmoni vositasida harakatlantirilishi kozda tutilgan kema modeli tasvirlangan. Faqat unda suv tegirmonni kemaga ornatilgach, baribir uni yoki odam, yoki hayvon kuchi evaziga aylantirib turish zarur bolgan.

Biroq, haqiqiy manodagi ozi yurar, kuchli va katta yuk sigimiga ega kema qurish imkoniyati faqat muhandislarning bug dvigatelini ixtiro qilishganidan keyin paydo boldi. Tarixda ilk bug dvigatelli kemani, ya'ni, paroxodni amerikalik muhandis Fitch yasagan. Aynan u 1787 yilda ikkinchi bora shunday kema yasab suvga tushirgan. Fitchning ikkinchi, yanada mukammallashtirilgan ushbu paroxodi Perseverans deb nomlangan (manosi matonat, qatiyat tarzida talqin qilinishi mumkin). Fitchning paroxodlarning qiziq jihati shuki, ularda kemaning suvga botib turgan qismlarida parrak ornatilmagan; aksincha, bug dvigatellari kema yon taraflari boylab ornatilgan eshkaklarni harakatga keltiradi.

1786 yilda chop etilgan loyiha matnida ixtirochining ozi Perseverans haqida shunday yozgan: Porshen harakat yoli taxminan 3 futga teng, porshenning silindr boylab har bir ilgarilanma-qaytma harakati valni 40 marta aylantiradi. Valning har bir aylanishidan kema yon tomoniga ornatilgan 12 ta kuraksimon eshkaklar 5 fut 6 dyum masofaga harakatga keladi. Bu eshkaklar xuddi qolda eshilgandek tarzda harakatlanib boradi. 12 ta eshkaklar ikkiga bolingan. Ulardan 6 tasi suvga kirgan paytda qolgan 6 tasi tashqarida boladi, valning keyingi yarim aylanishida esa, navbatdagi 6 ta eshkak suvga kiradi, avval suvda bolgan 6 tasi esa tashqariga chiqadi. Shu tarzda eshkaklarning harakati toxtamasdan boradi. Valning har bir aylanishidan 12 ta eshkak ikki martadan suvga kirib chiqishga ulguradi va taxminan 11 fut masofaga harakatlanadi. Fitch paroxodlarida eshkaklar kema korpusiga mahkamlangan. Kemaning har bir tarafida uch juftdan eshkak ornatilgan. Ixtirochining ozi ham takidlab turganidek, eshkaklar xuddi odamlar qolda eshgani singari harakatlangan.

Fitch paroxodlari oz zamonasidan ancha ozib ketgan, ota ilgor transport vositasi edi. 1788 yildayoq Perseverans Delaver daryosi boylab Filadelfiya va Burlington manzillari orasida muntazam qatnay boshlagan (oraliq masofa taxminan 32 km). U bortiga 30 nafargacha yolovchi olishi mumkin edi. Umumiy hisobda Perseverans taxminan 1000 kilometr yol bosgan.

Fitch paroxodining yaqqol muvaffaqiyatiga qaramasdan, uni qollab quvvatlovchilar topilmadi va paroxodlar ixtirochining vafotidan keyin qirgoqda zanglab ketdi. Lekin Fitch boshlagan ish butunlay toxtab qolgan deyish ancha mubolaga boladi. Boshqa mamlakatlardan kora ayniqsa AQSHda bunday kemalarga bolgan ehtiyoj kattaroq bolgan. Sababi, yangi tashkil bolgan ushbu mamlakatda avvalo ichki tabiiy daryo yollari yaxshi shakllangan bolib, qolaversa, yuk va yolovchi tashish uchun moljallangan keng va sifatli yollar juda kam bolgan. Shaharlararo temiryol aloqasi ham bu paytda endi-endi atak-chechak qilayotgan vaqt edi. Shu sababli ham yuk va yolovchi tashishda eng maqbul yol daryo transporti bolib qolavergan.

AQSH shuningdek ishbilarmonlik gurkirayotgan mamlakat ham edi. Bu yerga kochib kelib ornashgan koplab yevropaliklar yangi joyda yangi biznes ochib boyib ketishni kozlashardi. Shunday odamlardan biri Livingston ismli, asli kasbi huquqshunos (sud hakami) bolgan ishbilarmon bolib, u garchi ozi paroxod yasalishi bilan bogliq texnik jihatlarni tushunmaydigan, nomutaxassis bolsa-da, lekin daryoda kema qatnovini yolga qoyish orqali yaxshigina pul ishlash mumkinligini birinchilardan bolib fahmlab yetgan. 1789 yilda Livingston Gudzon daryosi boylab paroxod qatnovini yolga qoyish huquqini beruvchi rasmiy hujjatni qolga kiritgan. Biroq, Livingstonning ozida paroxod yoq edi. Livingston bir necha yil ichida koplab mexaniklarni ishga yollab, bug yordamida harakatlanadigan paroxod qurishga urinib kordi. Lekin, uning ustaxonalarida tayyorlangan bir necha xil korinishdagi paroxodlardan birortasi ham kozlangan natijani bermagan: Livingston mexaniklari yasagan eng ildam paroxod ham tezligini 5 km/soatdan oshira olmagan. Bunday tezlik bilan esa daryoda kema qatnovini xayol qilmasa ham bolaveradi. Taqqoslash uchun malumot: piyoda yurgan odamning ham ortacha tezligi 5 km/soatni tashkil qiladi.

Mahalliy mexaniklardan hafsalasi dabdala bolgan Livingston 1801 yilda Fransiyaga yol oladi. Fransiyada Livingston oz vatandoshi Robert Fulton bilan uchrashadi. Fulton ham paroxod loyihasi ustida uzoq yillar bosh qotirgan yetuk mexaniklardan bolib, lekin bu paytda yana bir orzudagi transport - suvosti kemasi loyihasi ustida ishlayotgan edi. Biroq, Fulton qanchalik istedodli bolmasin, lekin badavlat emasdi va har ikkala shov-shuvli loyihalar (paroxod va suvosti kemasi) uchun ham unda yetarlicha mablag bolmagan. Livingston va Fultonning Fransiya tuprogidagi uchrashuvi paroxod tarixida hal qiluvchi orin tutgan desak yanglishmagan bolamiz: Livingston vanihoyat malakali mexanikni topgan bolsa, Fulton loyihalarni moliyalashtiruvchi biznesmenni uchratgandi. 1802 yilning kuzida ushbu ikki orzumand ozaro kelishuv imzolashadi. Unga kora, Fulton 13 km/soat tezlik bilan harakatlana oladigan va 60 nafar yolovchini tashishga moljallangan paroxodni yasaydi; Livingston esa ustaning barcha xarajatlarini taminlaydi. Paroxodni qatnovidan tushadigan foyda esa teng ikkiga taqsimlanadi.

Fultonning shamol va qol mehnatisiz, ozi harakatlanadigan kema borasidagi ilk tajribalari 1793 yildayoq amalga oshirib korilgan edi. U charxpalakli parraklarni harakati vositasida suzadigan kemani 1794 yilda yasab korgan. Osha yilning ozida Fulton Manchesterga safar qiladi va Uattning bug dvigateli bilan tanishadi. U oshandayoq, kemani harakatga keltirish uchun bug mashinasidan foydalanish kerakligini tushunib yetgan. Keyingi yillar mobaynida esa usta mexanik Fulton, bug dvigatelli kemaning turli xil modellarini loyihalab, chizma va hisob-kitoblarini bajarib kelgan bolib, lekin loyihalarni moliyalashtirish manbaini topa olmay yurgandi. U oz hisobidan bug dvigatelli kemaning juda kichik (1 metrlik) nusxasini ham yasab korgan va uni Plombyer yaqinidagi suv havzasida sinab korgan.

Livingston bilan kelishuvga erishgan usta Fulton 1803 yilning bahorida Parijda ozining ilk haqiqiy paroxodini yasashga kirishadi. U odatiy kemalardan yaqqol farq qiluvchi, galati korinishda bolgan: paroxodning tag qismi tep-tekis bolib, kemaning oldinga turtib chiqib turuvchi tumshuq qismi ham bolmagan. Ya'ni, u qandaydir tortburchaksimon korinishda bolgan. Fulton ushbu paroxod uchun bug dvigatel sotib olishga tavakkal qilib otirmasdan, uni yaqin tanishlaridan biridan ijaraga olishni maqul korgan. Ijaraga olingan ushbu bug dvigatelga Fulton ozi yasagan uzatma mexanizmni yasab mahkamlagan. Lekin, yasalgan kemaning mustahkamligi ancha past bolib, u oziga yuklangan narsalarni, xususan, bug mashinasi ogirligini kotara olmagan. Sena daryosida otkazilgan sinov jarayonlarining birida Fulton paroxodi kuchli tolqinlar tasirida yorilib ketgan. Natijada ijaraga olingan qimmat bug dvigateli va unga biriktirilgan barcha uzatma mexanizmlar daryoga chokib ketgan. Chokib ketgan ushbu kerakli uskunalarni juda katta mashaqqat bilan qaytib olib chiqilgan. Suvostidan kema qismlarini yuzaga kotarish amaliyotida Fultonning ozi ham faol qatnashgan edi. Biroq, biroz salqin ob-havo sharoitida olib borilgan shongish ishlarida usta qattiq shamollab qolgan. Shu sababli u uzoq muddat davolanishiga togri kelgan va paroxod yasash ishlari bir muddat toxtab qolgan. Fulton sogayib kuch yigib olgach, 1803 yilning iyun-iyul oylarida yana bir bug dvigatelli kema yasab bitkazadi. Bu safar u avvalgi muvaffaqiyatsizlikdan togri xulosa chiqargan bolib, u endi odatiy kemalarga ancha oxshash shaklda bolgan. uzunligi 23 metr, eni 2.5 metr bolgan mazkur namuna model 1803 yilning avgust oyida sinovdan otkazilgan. Bir yarim soat mobaynida paroxod 5 km/soat barqaror tezlik bilan harakatlangan. Albatta, ushbu tezlik korsatkichi kozlaganidan ancha past edi. Lekin, mazkur modeldagi paroxodning eng katta ijobiy jihati unda manyovr qilish, ya'ni, boshqarish, oldinga, orqaga va yon taraflarga harakatlanish ancha oson bajarilardi.

Fulton ushbu modeldagi paroxodni birinchi bolib mamlakat boshchisi Napoleon Bonpartga namoyish qilib, uning qollab quvvatlashiga erishmoqchi bolgan. Biroq, paroxod Napoleonga hech qanday qiziqish uygotmagan edi. 1804 yilning bahorida Fulton yana Angliyaga yol oladi. Bu yerda usta, ingliz hukumatini etiborini ozining suvosti kemasi loyihasiga jalb qilishga urinib korgan. Biroq, uning loyihasiga Angliya hukumati ham etiborsizlik namoyish qilgan. Tarvuzi qoltigidan tushgan mexanik, Bolton-Uatt bug mashinalari ustaxonasida bug dvigatellarining tayyorlanish jarayoni bilan tanishishga qaror qiladi. Osha yilning ozida Fulton endi Shotlandiyaga yol oladi. Shotlandiyada Saymington ismli ustaning Sharlotta Dunas nomli paroxod yasagani haqida xabar tarqalgan edi. Fulton Saymingtonning ixtirosi bilan tanishishni maqsad qilib yolga chiqqan. Saymington Yevropada birinchi bolib ozi yurar kema yasagan inson desak yanglishmagan bolamiz. U ozi yashagan joydagi ota badavlat zodagon, katta yerlar egasi Patrik Millerning buyurtmasiga kora 1788 yildayoq bug dvigateli bilan harakatlanadigan kichikroq kema yasagan edi. Ushbu kema Shotlandiyadagi Delsuinton kolida sinovdan otkazilgan bolib, u 8 km/soat tezlikka erisha olgan. Shundan 15 yil otib Saymington yuqorida eslatib otilgan paroxod - Sharlotta Dunasni yasagan bolib, u Fors-Klaydon kanalida suza boshlagan. Sharlotta Dunasni aynan ushbu kanal xojayini bolgan odam buyurtma qilgan bolib, u asosan yuk tashish uchun moljallangan paroxod bolgan. Saymingtonning mazkur paroxodi oz davrining eng muvaffaqiyatli daryo transporti bolgan bolib, u 10 km/soat tezlikka erisha olgan. Biroq, ushbu model ham ingliz rasmiy doiralarini oziga jalb eta olmagan. Sharlotta Dunasning kanaldagi sinov ishlarida Fulton ham qatnashgan bolib, kuzatuvlardan u ozi uchun koplab yangiliklar va texnik yechimlarga ega bolgan edi. Biroq, Sharlotta Dunas kanalda uzoq muddat qatnamagan. Uni biroz ishlatishgandan keyin qirgoqqa chiqarib qoyishgan va kema osha joyda chirib ketgan.

Sharlotta Dunas  paroxodi uchun olingan patentdagi chizmasi

Bu orada Livingston Fultonni Amerikaga qaytishga kondirishmoqchi edi. Osha paytlarda Livingstonning qaynogasi, shuningdek, undan paroxod qatnovi biznesi goyasini ogirlagan Stivens ismli qarindoshi, Nyu-York Olbani yonalishida qatnov tashkillash huquqini oziga rasmiylashtirib olish payiga tushib qolgandi. Ushbu muddao yolida 1806 yili Stivens ozining Feniks nomli paroxodini yasalishini boshlab yuborgan bolib, u keyingi 1807 yilda Livingstonning muddati tugaydigan paroxod qatnovi tashkillash huquqini bekor qilinishiga umid qilgan. Livingston albatta katta ehtimol bilan, xotini orqali qaynogasining niyatlaridan boxabar bolib turgan. Shu sababli u paydo bolgan qarindosh-raqobatchidan ozib ketish uchun endi shoshilish kerakligini yaxshi tushunardi. Livingstonning tinimsiz chorlovlari natijasida 1806 yilning dekabrida Fulton Nyu-Yorkka yetib keladi. 1807 yilning bahorida esa ular paroxodni yasashni boshlab yuborishadi. Tez orada ularga Angliyaga buyurtma qilingan Uatt bug mashinasi ham yetib keladi. Bu paytda kemaning asosiy korpus qismi bitgan bolib, bug dvigatelni unga ornatish juda qiyin bolgan. kemani yasash jarayonida yuzaga keluvchi muhandislik yechimlarining hammasini Fulton ozi hal qilishiga togri kelgan. Sababi, butun boshli Nyu-Yorkda Fulton darajasidagi birorta ham boshqa usta-mexanik topilmagan. U yasagan ushbu paroxod Klermont deb nomlangan bolib, hatto XIX asr boshi uchun ham kichik kema sanalgan. Klermontning suv sigimi 150 tonna, korpusining uzunligi esa 43 metrdan iborat bolgan. unga ornatilgan bug dvigatelining quvvati esa 20 ot kuchini tashkil qilgan. Klermontga shuningdek ikkita yelkan machtasi ham ornatilgan bolib, agar yonalish boyicha shamol esib turgan bolsa, bug mashinasiga qoshimcha yordam beradigan yelkanlar ham albatta kotarilgan.

Fulton paroxodining mashina qismi 6 metr uzunlikdagi bug qozonidan tashkil topgan. Bug qozon korinishidan sandiqqa oxshab ketgan. Unda vertikal bug silindri ornatilgan bolib, silindr ichidagi porshenning harakat yoli taxminan 2 metrga teng bolgan. Silindrni ikki yon tarafidan ogir choyan posangilar boglangan. Posangilar uchburchak shaklida bolib, uning asosi 2.1 metrni tashkil qilgan.

Aslida ushbu paroxod ham na konstruksiyasi va na dvigatel quvvatiga kora, avvalgi modellardan unchalik farq qilmagan. Biroq, aynan Klermont paroxodchilik tarixida yangi davrni boshlab bergan edi. Chunki, osha 1807 yilda u Nyu-York Olbani yonalishida ilk safarga suzar ekan, birinchi urinishdayoq kutilgan natijani toliq muvaffaqiyatli taqdim etdi. Ozining muvaffaqiyatidan ruhlangan usta Fulton tanishlaridan biriga shunday yozgan edi: Men paroxodimda qayiqlarni, yelkanli kemalarni quvib otdim. Menga ularning barchasi langar tashlab joyida qotib turgandek tuyuldi. Mana, bug kuchi orqali kemani harakatga keltirish mumkinligi isbotlandi. Osha kuni men oz paroxodimda Nyu-Yorkdan jonab ketar ekanman, ozim bilan olgan 30 kishidan birortasi bu kema hech bolmasa soatiga bir mil ham yurmasa kerak deb ishonqiramagan edi. Men kopchilik qiziquvchan tomoshabinlar toplanib turgan qirgoqdan suzib ketar ekanman, qulogimga bazi kesatiq va pichinglar aniq eshitilgandi. Odatda ozi bilimsiz odamlar, ozlari tushunmaydigan narsalar haqida shunaqa falsafa qilishni yoqtirishadi.

Klermont paroxodining 1909 yilda qayta tiklangan nusxasi

Klermont Nyu-Yorkdan Olbanigacha bolgan 277 km daryo yolini oqimga qarshi va roparadan esuvchi shamolga teskari ravishda suzib otdi. Ushbu masofa uchun Fulton paroxodi atiga 32 soat vaqt sarflagan. Bunda kema faqatgina bug dvigatelining kuchidan foydalangan. Safardan katta muvaffaqiyat bilan qaytgan Fulton oz farzandidek bolib qolgan Klermont konstruksiyasiga biroz ozgartirishlar kiritdi. Bu ozgartirishlar asosan yolovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilgan bolib, natijada kemada uchta katta-katta kayutalar hosil boldi. Ulardan eng kattasida 36 nafar, ortachasida 24 nafar va eng kichik kayutada 18 nafar yolovchi ketishi mumkin bolgan. Kayutalarda har bir yolovchi uchun yotoq joy va orindiq jihozlangan bolib, Fulton daryo boylab paroxodda yolga chiqishni odamlar uchun maksimal qulay bolishiga etibor qaratgan. U kemaning shinam xonalarida sayohatga chiqish odamlar uchun bir vaqtning ozida maroqli hordiq jarayoniga aylanishini kozda tutgan edi. Bulardan tashqari, kemada yolovchilar uchun alohida yukxonalar, umumiy ovqatlanish oshxonasi, hamda, ozi ovqat tayyorlaydiganlar uchun maxsus jihozlangan oshxona mavjud bolgan. Fulton oz paroxodida tartib va ozodalikni saqlash uchun ham katta etibor qaratgan. Chunonchi u paroxodga chiqqan yolovchilarning ijtimoiy mavqeidan qatiy nazar hamma uchun yagona qoidalar joriy qilgan (kemaga tushganni joni bir deyishadiku J). Masalan, jentelmenlar ham oddiy topori erkaklar ham yotoq joyiga oyoq kiyim bilan chiqib yotishi taqiqlangan. Shuningdek stolga chiqib otirish, yoki ovqatlanish joylarini ifloslantirish uchun jarimalar tayinlangan. Nyu-York Olbani yonalishida bir tarafga suzish narxi bitta yolovchi uchun 7 dollarni tashkil qilgan. Bu osha payt uchun kattagina mablag sanalardi. Shunga qaramay, ushbu narx ortahol aholi qatlami uchun ham yetarli darajada maqbul narx sanalgan va Fulton paroxodida suzishni istovchilarning son-sanogi juda kopayib ketgan. Har bir yolga chiqish uchun paroxoddagi joylar ancha kunlar avval sotib bolinardi va odamlar bu Klermontga chipta olish uchun kunlab navbat kutishdan ham qaytishmasdi.

Qatnov yolga qoyilgan dastlabki yili Klermont oz egalari Fulton va Livingstonga 16 ming dollar sof daromad keltirgan. Livingston oylagan biznes reja ozini kutilganidan ham ziyoda tarzda oqlagan edi. Ushbu foyda evaziga Fulton-Livingston tandemi darhol yangi paroxodlarni qurishni boshlab yuborgan. 1816 yilga kelib esa ularning tasarrufida 16 ta paroxoddan iborat flotiliya barpo bolgan. Ulardan biri - Konnektikut nomli paroxod quvvati 60 ot kuchiga teng bug dvigateli bilan jihozlangan bolib, 500 tonnadan ziyod suv sigimiga ega edi. Fulton-Livingston flotiliyasi Gudzondagi yelkanli va eshkakli kemalar egalarining kuchli gazabiga uchragan. Sababi, bug dvigatelli kemalar yuk sigimi, yolovchilar uchun qulayligi va ayniqsa tezligi evaziga, ananaviy kemalarni asta-sekinlik bilan siqib chiqarishni boshlagan. Yelkanli va eshkakli kemalar egalari Fulton paroxodlari bilan raqobat qila olmay xunob bolishardi. Bunday kemalar egalaridan bazi galamislari esa ataylab paroxodlarga shikast yetkazishga urinib, paroxodlar bilan qasddan toqnashuvlar uyushtirishar, yoki, paroxodlar yolida yogoch-golalardan iborat tosiqlar uyib tashlashardi. Natijada bunday galamislik muammosi hukumat darajasida hal qilinishiga togri kelgan: 1811 yilda Qoshma Shtatlar hukumati paroxodlarga ziyon yetkazganlik uchun qatiy jazo choralari belgilangan maxsus qonun joriy qilgan.

Tabiatan juda kamtar odam bolgan usta Fulton, paroxod goyasi oziga tegishli bolmaganini kop takidlardi (haqiqatan ham, u paroxodning koplab detallarini Saymingtondan ozlashtirgan). Lekin, adolat yuzasidan aytish joizki, kemasozlik va dengizchilik tarixida paroxodlarda suzish goyasini muvaffaqiyatli ravishda amalga kiritgan muhandis-mexanik usta aynan Fulton boladi. Uni qoli yengil ustaligi evaziga, paroxod transporti avvaliga Amerikada, keyin esa butun dunyoda shiddat bilan rivojlana boshladi. 1840 yilga keliboq, birgina AQSHning Missisipi daryosi va uning irmoqlaridan iborat ulkan havzada mingdan ortiq paroxodlar qatnagan. Shu yillardan boshlab bug dvigatelli kemalar endi dunyo dengizlariga ham chiqa boshlagan. Chunonchi 1819 yilda Savanna paroxodi tarixda ilk bora Atlantika okeanini kesib otib, Amerika-Angliya dengiz qatnovida yangi davrni boshlab bergan edi.

1819 yilda Atlantika okeanini ilk bora kesib o'tgan paroxod - Savanna

Paroxodlar hozirgi kunda ham daryo va dengiz transportida katta orin tutadi. Lekin asosan paroxodlardan daryo transportida foydalanilmoqda. Hozirgi kunda jahondagi eng keksa paroxod Norvegiyaning Myos koli qirgoqlari ortasida qatnovni amalga oshiradigan Skiblander paroxodi bolib, u 1856 yilda suvga tushirilgan edi. Shuningdek, Daniyaning Yulland nomli paroxodi bizgacha yetib kelgan eng keksa yogoch paroxod sanaladi. U hozirda suzuvchi muzeyga aylantirilgan.

Yangilаndi: 04.03.2016 17:07  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Ixtiro va Kashfiyotlar

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2653305

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)