Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Vostok-1

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Vostok-1

«Vostok-1» - Vostok seriyasidagi, fazogir-uchuvchili fazo kemasi. Insoniyat tarixida birinchi marotaba, bortida inson - fazogirni Yer tevarak-atrofi orbitasiga olib chiqqan tarixiy kosmik kema. 1961-yilning 12-aprel kuni soat 09:07 da Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan, Vostok 8K72K raketa-eltuvchisi yordamida koinotga uchirilgan. Start vaqtidagi massasi 4725 kg. Korpus diametri 2.2 m, uzunligi 4.4 m. Chaqiruv-taxallusi «Qaldirg‘och». Ekipaj 1 kishidan iborat: kosmik kema uchuvchisi - Yuriy Alekseevich Gagarin, chaqiruv-taxallusi «Kedr». Startdan keyin, belgilangan barcha mexanizmlar to‘g‘ri va o‘zaro muvofiq ishlab, 2-soniydan so‘ng, ikkinchi bosqich dvigateli ajralib chiqdi va «Vostok-1» muvaffaqiyatli ravishda orbitaga chiqarildi. Biroq, «Vostok-1» uchun hisoblangan apogey nuqtasi, nazariy hisoblashlardan jiddiy farqqa ega bo‘lib, u hisob-kitoblardagidan 100 km balandroqda, ya'ni, 302 km bo‘lib chiqdi, perigey esa, 175 km ni tashkil etgan. Orbitaga chiqib olgach, fazo kemasini ma'lum nuqtada to‘xtatish va Yer atrofi orbitasi bo‘ylab aylanishga yo‘naltirish zarur edi. Buni amalga oshirish uchun, avvaldan rejalashtirilgan ravishda, uchinchi bosqich dvigatelini o‘chirishga berilgan radiosignalli buyruq bajarilmay qoldi.

 

Agar fazo kemasi, dvigatel o‘chmay qolib, yana uchishda davom etganida, bunday apogey nuqtasiga ega orbitada aerodinamik tormozlanish jarayoni, 20 kundan 50 kungacha davom etishi mumkin edi. Uchinchi bosqich dvigatelni o‘chirish, zahira mexanizmi sifatida avvaldan tayyorlangan maxsus taymer vositasida avtomatik tarzda amalga oshirildi va «Vostok-1» Yer sayyorasini atrofini aylanishni boshladi. Yerdagi boshqaruv markazida va boshqa ko‘plab davlatlardagi havaskor radioaloqa markazlarida, koinotga qilingan ilk tarixiy parvozdagi «Vostok-1» fazo kemasidan radiosignallar qabul qilindi. Ularda, bort asbob-uskunalarining holati, fazogirning nutqi va fiziologik ahvoli qayd etib borildi. Fazogir Yuriy Gagarin, orbitada eng oddiy amaliy tajribalar o‘tkazdi: u tanovul qildi, ichdi va qog‘ozga qaydlar tushirib bordi. U Yer atrofi orbitasida 1 aylanish amalga oshirgach, parvozning 1 soat 48 daqiqasida, Saratov viloyatining Smelovka qishlog‘i hududiga muvaffaqiyatli ravishda qo‘nishni amalga oshirdi. Umumiy hisobda, «Vostok-1» fazo kemasi, bortida fazogir bilan, Yer atrofi orbitasini to‘liq 1 marta aylanib chiqib, jami 41000 km masofani uchib o‘tdi. «Vostok-1»ning koinotga parvozi, butun insoniyat tamadduni tarixidagi eng olamshumul voqealardan biri, odamzot aql-zakovati va ilm-fanning eng ulkan yutuqlaridan biri sifatida tarixga kirdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 06.09.2018 17:38  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3492931

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov