Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Astronomiya Kosmik sayohatlar

Kosmik sayohatlar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Kosmik sayohatlar
???????? ?????? ?????????? ?????
Hamma sahifa

Kosmik sayohatlar

Avvallari inson shunchaki parvoz qilishni orzu qilardi. Koinot haqidagi bilimlar rivojlanib, boshqa osmon jismlarining hamda, umuman fazoning tuzilishi borasida olimlarda muayyan ilmiy faktlar paydo bolar ekan, endilikda odamzot shunchaki havoda parvoz qilishni emas, balki boshqa sayyoralarga, boshqa galaktikalarga ham uchishni orzu qilib qoldi. Koinotga parvoz va kosmik sayohatlar haqidagi ilk mulohazalar albatta fantastik adabiyotlarda paydo bolgan. Chunonchi 1865 yilda nashrdan chiqqan Yerdan Oyga asarida mashhur fantast yozuvchi Jyul Vern Oyga sayohat haqida yozadi. Muallif bu asarda fizika qonunlarini deyarli inobatga olmagan holda, asosan erkin badiiy toqimalar orqali syujetni ifodalaydi. Lekin Edvard Xeylning Gisht Oy nomi hikoyasi haqida bunday deya olmaymiz. Mazkur hikoyada muallif orbitaga gishtdan yasalgan sferani uchirilishi haqida yozadi. Hikoya goyasiga kora, muhandislar tomonidan yasalgan gisht sfera aslida Yer orbitasiga chiqarilishi va u Yer sharining hamma joyidan korinib turadigan obyektga aylanishi kerak boladi. Loyihachilar ushbu sferadan navigatsiya signali sifatida foydalanishni kozda tutishadi. Lekin uni uchirish paytida qilingan xato tufayli, gisht sfera ichida odamlar qolib ketadi va ular koinotga parvoz qilishadi.

Aslida shunchaki badiiy-fantastik hikoya bolgan ushbu asarda tarixda ilk bora Yerning suniy yoldoshi va kosmik-orbital stansiya haqida soz boradi. Unda muallif koinotda yashash shartlari va kosmik parvozlarga oid bir necha muhim fizik-texnik tamoyillarni bayon qilgan. Kosmik sayohatlar haqidagi songgi muvaffaqiyatli badiiy asarlardan biri shubhasiz Ridli Skotning Marslik filmi boldi. Unda Marsda faoliyat olib borayotgan ilmiy ekspeditsiya tarkibidagi bir xodim sheriklaridan ajralib sayyorada qolib ketadi va qutqaruvchilar qaytguncha osha yerda yashashga majbur boladi. Albatta, katta miqdorda fantastika aralashgan ushbu filmda ham haqiqatga yaqin ayrim jihatlar yoq emas.

Koinotga parvoz uchun amaliy harakatlar tarixiga nazar tashlasak, quyidagi qiziqarli malumotlarni korishimiz mumkin:

Manbalarga qaraganda, tarixda ilk fazogir Xitoylik Van Xu ismli tavakkalchi bolgan emish. XVI asrda yashab otgan bu odam kresloga 47 ta poroxli raketani mahkamlab, ozi ornashib otirib olgan va sheriklariga raketalarni ot oldirishni buyurgan. Raketalar ot olgach, Van Xu otirgan joyda kuchli quyuq tutun hosil bolgan va uni qaytib hech kim kormagan

Ushbu hodisani zamonaviy rekonstruksiyaga kora xulosa qiladigan bolsak, Van Xu koinotga uchishga qaror qilgan kosmik kema start maydonchasining ozida portlab parchalanib ketgan bolsa kerak. Aslida raketa texnologiyasi paydo bolgan davrlarda u asosan faqat harbiy maqsadlarda, dushmanga qarshi qurolli hujum uyishtirish uchun ishlatilgan. Ushbu jihat hatto AQSH milliy madhiyasida ham oz ifodasini topgan. AQSH madhiyasidagi the rockets red glare satri - Britaniya harbiy floti kemalarining 1812 yilda Amerika portlarini Kongriv raketalari bilan oqqa tutgani haqidagi yodnomadir. Osha zamonlarda harbiy maqsadlarda qollangan raketalar mohiyatan ulkan feyrverklar bolib, zarba kuchini kopaytirish uchun raketa kallagini metall qoplama bilan mustahkamlashgan.

Raketa texnikasidan foydalanib koinotga parvoz qilish mumkinligi haqidagi ilk goyalarni rus oqituvchisi Konstantin Eduardovich Siolkovskiy ilgari surgan. U yerning oz oqi atrofida aylanish tezligi 8 km/soniya ekanini bilgan holda, endilikda Siolkovskiy formulasi deb nomlanuvchi mashhur fizik formulani keltirib chiqargan. U bunday tezlikka suyiltirilgan kislorod va vodorodda harakatlanuvchi raketa orqali erishish mumkinligini ham isbotlab bergan edi (zamonaviy kosmik raketalarning aksariyatida aynan shunday yoqilgidan foydalaniladi). Siolkovskiyning 1903 yilda nashrdan chiqqan mashhur Olam fazosini reaktiv asboblar bilan tadqiq qilish nomli kitobida kosmik parvozlarning koplab tafsilotlarini juda aniqlik bilan bayon qilib bergan. Hali oddiy samolyotlar ham bolmagan bu davrda Siolkovskiyning koinot apparatlari haqidagi bu darajada mukammal fikrlar bildirgani hayratlanarlidir. Chunonchi u kosmik kemaning tashqi qoplamasini qoshqavatli qilish kerakligini, odamning vaznsizlik holatiga tushgandagi jismoniy va fiziologik ahvoli qanday bolishini real voqelikka juda katta yaqinlik bilan ifodalaydi. Raketaning kop bosqichli bolishi kerakligini, balandlik ortgan sari va yoqilgi yonib tugashi yonalishida, raketaning malum qismlari asosiy bortdan uzilib tushib ketishi orqali uning vaznini yengillatib borish mumkinligini ham aynan Siolkovskiy takidlagan. U bu turdagi raketa uchirish usulini raketa poyezdi deb nomlagan.

Inson tomonidan boshqariladigan kosmik kema tamoyilin ham ilk bora 1911 yilda aynan Konstantin Siolkovskiy taklif qilgan edi. Unga kora fazogir kabinasi raketaning eng oldingi, yuqori qismida joylashtiriladi. Oshanda Siolkovskiy fazogirning raketa maydonchadan start olib, orbitaga chiqib olgunicha kotarishi kerak bolgan jismoniy zoriqishlar haqida ham mukammal hisob-kitoblarni keltirib otgan.

Konstantin Eduardovich Siolkovskiy ozi loyihalagan raketa modellari bilan. 1919 yil.

Albatta Siolkovskiy goyalari amalga oshishi uchun kop vaqt va ulkan mablag kerak boldi. Fazoga ilk marta inson uchirilishi 1961 yilda amalga oshdi. Unda rus fazogiri Yuriy Gagarin, Vostok-1 kosmik kemasida Boyqongir kosmodromidan fazoga uchib, tarixda ilk fazogirga aylandi. Yerdan tashqaridagi osmon jismiga uyishtirilgan ilk kosmik parvoz esa 1969 yilda AQSHlik astronavtlar Nil Armstrong, Bazz Oldrinlar tomonidan Apollon-11 koinot kemasida bajarildi. Hozirda Yer orbitasida Xalqaro Kosmik Stansiya ishlab turibdi. U muddatini otab bolgan MIR orbital stansiyasining orniga chiqarilgan edi. Ushbu orbital stansiyalarda koplab fazogirlar faoliyat yuritib kelishdi. Hozirgi kunda (30.01.2016) Xalqaro Kosmik Stansiyada komadir Skot Kelli boshchiligidagi 5 nafar fazogir faoliyat yuritmoqda.



Yangilаndi: 30.01.2016 09:40  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.



Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)