Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Maqolalar Quyosh tizimida yangi sayyora kashf qilindi

Quyosh tizimida yangi sayyora kashf qilindi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Quyosh tizimida yangi sayyora kashf qilindi

Kashyotchilar - Maykl Braun va Konstantin Batigin2016-yil 20-yanvar sanasida Pasadenadagi Kaliforniya Texnologiya Universiteti olimlari Maykl Braun hamda Konstantin Batigin tomonidan AQSHning Astronomik jurnalda shov-shuvli chiqish qilindi. Olimlarning ishontirib ta'kidlashicha, Quyosh tizimining eng chetki qismida, Pluton orbitasidan narida, yangi sayyora kashf qilinibdi.

Ushbu sayyorani hozircha hech kim kormagan. Ya'ni uni olimlar oziga yaqin boshqa osmon jismlariga korsatayotgan gravitatsion ta'siri orqali, bilvosita aniqlashgan. Hozircha nomlanmagan va rasman tasdiqlanmagan ushbu sayyoraning olchamlari neptun olchamlariga yaqin deb baholanmoqda. Uning massasi ham Yer massasida deyarli 10 barobar katta ekani ma'lum. Uning Quyosh atrofidan toliq aylanib chiqish davri 15000 yil deb hisoblanmoqda. Tuzilishiga kora ushbu sayyora ham, Neptun, Saturn, Yupiter va Uran singari gaz-gigantlari turkumiga kirardi. Olimlarning fikricha, ushbu sayyora, Quyosh tizimi endi-endi shakllanayotgan vaqtda, ya'ni bundan 4.5 milliard yil muqaddam, Quyosh tizimining eng chetki qismiga uloqtirib yuborilgan va osha joyda qolib ketgan emish. Ushbu sayyoraning Quyoshga eng yaqinlashgan masofasi 200 astronomik birlik bolib, bu Neptungacha bolgan masofadan 7 barobar olisdir. Braun va Batiginning xato qilish ehtimoli atiga 0.007% deb baholanmoqda.

Endi ushbu kashfiyotning rasman tasdiqlanishini kutish kerak. Bu esa yaqin 5 yil ichida yuz berishi kutilmoqda. Rasmiy tasdiq uchun, ushbu sayyorani astronomlar teleskop orqali kuzatishga muvaffaq bolishlari lozim. Bu maqsad uchun kashfiyotchi olimlar Braun hamda Batigin, Gavayi orollarida joylashgan Yaponiyaga tegishli Subaru teleskopini ijaraga olib qoyishdi.

Eslatib otamiz, 1846-yilda xuddi shunday yosinda, ya'ni, aslida hali hech kim teleskopda kormagan noma'lum sayyoraning boshqa osmon jismlariga (aynan aytganda Uran sayyorasiga) gravitatsion ta'siri orqali yangi sayyora - Neptun kashf qilingan edi. Ushbu kashfiyotni farang astronomi Urban Leverye amalga oshirgan bolib, u matematik hisob-kitoblar orqali yangi sayyoraning orbitasini, massasi va osmonning qaysi qismida ekanini aniq aytib bera olgan. Lekin bu vaqtlarda olimlar ixtiyorida Neptunni kora oladigan kuchli teleskoplar bolmagan. Shu sababli olimning kashfiyotini teleskop orqali koz bilan korishguncha ancha vaqt otgan. Neptunni 1846-yilning 23-sentyabr kuni Berlin rasadxonasida boshliq Iogann Enke hamda uning shogirdi Genrix d'Arre teleskopda, Leverye hisoblagan nuqtadan atiga 1 farq bilan aniq korishgan.

Astronomlar Maykl Braun va Konstantin Batigin


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 07.09.2018 08:57  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis