Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya Buyuk Attraktor

Buyuk Attraktor

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Buyuk Attraktor

Yer Quyosh atrofida aylanmoqda. Quyosh esa Galaktika markazi atrofida aylanadi. o‘z navbatida Galaktika ham harakatda bo‘lib, Mahalliy Guruhning boshqa a'zolari bilan borgan sari yaqinlashib boradi. Ushbu to‘da esa, taxminlarga qaraganda, favqulodda ulkan massaga ega bo‘lgan, ulkan obyekt tarafiga tortilmoqda.

 

Koinotning kengayayotganligini bayon qiluvchi Xabbl qonuniga ko‘ra, bizdan olisdagi obyektlar qizilga siljish effektini namoyish qilmoqda va bu degani ular bizdan to‘xtovsiz uzoqlashmoqda deb qaraladi. Bunda nisbatan uzoqda joylashgan obyekt nisbatan tezroq olislashadi. Bu esa ular orasidagi fazoning ham cho‘zilishiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida o‘sha obyektlardan yetib kelayotgan elektromagnit nurlanishlar ham, fazoda cho‘zilishga duchor bo‘ladi. Buning natijasida aynan o‘sha effekt - qizilga siljish yuzaga keladi. Olis masofalarda joylashgan obyektlar o‘zaro bir-biriga nisbatan ham qizilga siljishni namoyish qiladi. Ular ham bir-biridan olislashmoqda. Lo‘nda qilib aytganda, koinot to‘xtovsiz kengaymoqda. Kengayish har soniyada yanada va yanada tezlashadi.

 

Lekin bunday bir maromda kengayish fonida, Xabbl qonuniga zid bo‘lgan ba'zi anomaliyalar ham uchrab turadi. Shunday anomaliyalardan biri 1986-yilda aniqlangan bo‘lib, "Buyuk Attraktor" nomini olgan. Massasiga ko‘ra Buyuk Attraktor bizning Galaktikamiz - Somon Yo‘lidan taxminan 10 barobar yirikroqdir. U o‘zining ulkan tortishish kuchi bilan, yon-atrofidagi boshqa obyektlarning o‘zaro olislanishini sekinlashtiradi. Buyuk Attraktorning markazida galaktikalarning ulkan to‘dasi aniqlangan. Ushbu sirli obyekt koinotning bizga ma'lum qismidagi eng ulkan strukturalardan biridir.

Buyuk Attraktor Yerdan taxminan 65 parsek, yoki, 250 million yorug‘lik yili masofasida joylashgan. Uni kuzatish ishlari bilvosita bo‘lib, Buyuk Attraktorning o‘ziga qo‘shni bo‘lgan bir necha yuz million yorug‘lik yili hududdagi galaktikalarga sekinlashtiruvchi ta'sir qilayotgani orqali aniqlanadi. Uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishning imkonsizligiga asosiy sabab, ushbu obyekt, Somon Yo‘lining ko‘p miqdordagi galaktikalararo chang bilan qoplangan ko‘zdan pana qismi ortida joylashgani tufaylidir. Bizga ko‘rinadigan galaktikalarning koinot bo‘ylab zichligi ham aynan Buyuk Attraktor yo‘nalishida yanada zichlashib boradi. Unga yondosh hududlarda, galaktikalarning ushbu obyekt markazi tomon tortilishi ?491-200 km/soniya deb baholangan.

Buyuk Attraktor Laniakey ulkan to‘dasining uzviy qismi hisoblanadi. Laniakeyning umumiy massasining og‘irlik markazini aynan Buyuk Attraktor tashkil etadi deb faraz qilinadi. Bizning Mahalliy ulkan to‘da ham Buyuk Attraktorning gravitatsion ta'siri ostidadir. Mahalliy Guruh hamda Sunbula ulkan to‘dasi birgalikda Buyuk Attraktor tomonga 600 km/soniya umumiy tezlik bilan harakatlanmoqda. Mahalliy Guruh shuningdek Persey-Pech ulkan to‘dasining ham gravitatsion ta'siri ostidadir. Olimlar hozirda ushbu ulkan obyektlardan qaysi biri Mahalliy Guruhni o‘ziga kuchliroq tortishini aniqlashmoqda.

Garchi Buyuk Attraktor ham Xabbl qonuniga muvofiq bizdan olislashayotgan bo‘lsa-da, lekin uning olislashish tezligi boshqa obyektlarga qaraganda pastroqdir. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Buyuk Attraktor bizga nisbatan, Xabbl qonuni ko‘zda tutgan tezlikda taxminan 250 km/soniya pastroq tezlikda olislashmoqda ekan.

Buyuk Attraktor tomon harakatlanayotgan yana bir galaktika bu Abell 3627 ekanligi ma'lum.

Buyuk Attraktorning massasi Quyosh massasidan 1016 marta ulkanroqligi aniqlangan bo‘lsa-da, lekin, uning ko‘rinadigan asosiy qismining massasi ushbu miqdorning atiga 1/10 qismini tashkil etadi xolos deyishmoqda olimlar. Ta'kidlanishicha, Buyuk Attraktorning asosiy massasini qora materiya tashkil etar emish.

Hozirda "Xabbl" koinot teleskopi orqali Buyuk Attraktor tomonidan parchalab yuborilayotgan ESO-137 spiralsimon galaktika o‘rganilmoqda. Ushbu galaktika Buyuk Attraktor ta'siri ostida qismlarga ajralib, bo‘linib ketmoqda. Ushbu jarayonni mufassal kuzatish orqali astronomlar ushbu sirli obyektni yanada chuqurroq o‘rganish ilinjidalar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 05.11.2019 10:02  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!



Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)