Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Dinamit

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Dinamit

Fan tarixchisi Stiven Baun shunday yozadi: "O‘t ochuvchi qurollarda va portlatish maqsadlarida qo‘llangan porox haqiqatan ham tarixda katta burilish yasagan ixtirolardan biridir. Zero u jamiyatda muayyan ijtimoiy o‘zgarishlarga asos bo‘ldi. Uning vositasida feodalizm barbod qilindi va tamomila yangicha harbiy strukturalar vujudga keldi. Shunday bo‘lsa-da, biroq portlatish texnikasida haqiqiy tub burilish yasagan modda porox emas, balki dinamit sanaladi".

Dinamit shved kimyogari va hozirda eng nufuzli ilmiy mukofot sanaluvchi Nobel xalqaro mukofoti ta'sischisi Alfred Bernxard Nobel (1833-1896) tomonidan ixtiro qilingan.

 

Nitroglitserin 1846-yilda ixtiro qilingan edi. Bu juda oson detonatsiyalanadigan hamda portlash quvvati kuchli modda bo‘lib, ishlab chiqarishda u bilan muomala qiluvchi ishchilar salomatligi uchun xatarlidir. 1864-yilda Nobelning Shvetsiyadagi nitroglitserin ishlab chiqaruvchi fabrikasida portlash sodir bo‘ldi. Ushbu o‘ta og‘ir baxtsiz hodisa natijasida fabrikaning 5 nafar xodimi, shu jumladan Alfred Nobelning kichik ukasi Emil Nobel ham fojiali ravishda vafot etdi. Bu voqea Nobelga juda qattiq ruhiy zarba bergandi. U portlovchi moddani imkon qadar xavfsiz qilib ishlab chiqarish yo‘lini izlay boshladi. Toki, bunday moddalar besabab portlamasin va ular bilan ishlash imkon qadar bexatar qilinsin. 1866-yilda Nobel nitroglitserinni kizelgur (uni ba'zan diatom tuproq ham deyiladi) deb nomlanuvchi cho‘kindi tog‘ jinsi bilan aralashmasi hosil qilinsa, anchayin barqaror portlovchi modda olish mumkinligini aniqladi. Bir yillik tekshirish va tajribalardan keyin Nobel kizelgur va nitroglitserin aralashmasidan tayyorlanadigan portlovchi moddaning eng optimal tarkibini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. 1867-yilda u dinamit deb nomlangan o‘z ixtirosi uchun patent oldi. U o‘z ixtirosidan faqat tinch maqsadlarda, masalan - tog‘-kon sanoatida va qurilish amaliyotida qo‘llanishini istagan. U shunchaki nitroglitserinni xavfsiz qilmoqchi edi. Nobel o‘z ijtimoiy pozitsiyasiga ko‘ra patsifist, ya'ni, urushning har qanday ko‘rinishlariga, shu jumladan milliy ozodlik kurashlari maqsadidagi harbiy harakatlarga ham qarshi odam bo‘lgan. U har qanday nizo va kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan, muzokaralar orqali hal qilinishi kerak deb hisoblardi. Dinamit esa urushlarga batamom chek qo‘yadigan modda bo‘ladi deb e'tirof etgandi. Chunki u dinamitning portlash kuchi haqida mulohaza qilar ekan, bunday dahshatli portlovchi moddani urushda qo‘llansa, uning oqibatida kelib chiqadigan fojeaviy yo‘qotishlarni hech kimni vijdoni qabul qila olmaydi deb o‘ylagan (u hali atom bombasi haqida bilmasidida). Nobel, "Harbiy arsenalida dinamit bo‘lgan armiyalar bir-biriga qarshi hujum boshlay olmay qoladi, chunki, dushman dinamitni qo‘llasa yo‘qotishlar favqulodda ulkan bo‘lishini anglagan davlat rahbarlari hech qachon o‘t ochishga buyruq berishmaydigan bo‘ladi, ular urushdan nihoyatda qo‘rqadigan bo‘lib qolishadi" - degan fikrlarni aytgan...

Lekin baribir uning ixtirosi harbiy maqsadlarda qo‘llashga ham o‘tib ketildi. Dinamitni harbiy amaliyotda qo‘llashni birinchi bo‘lib Britaniya armiyasi boshlagan degan ma'lumotlar bor. Gallipoli amaliyotida Britan desanti jem uchun mo‘ljallangan konserva bankasiga dinamit qalab, uning uchun maxsus detonator-kapsula tayyorlab dushmanga qarshi qo‘llashgan.

Dinamit odatda tog‘-kon sanoatida, qurilish ishlarida, qor ko‘chkilari, tuproq ko‘chishi va toshqinlar singari tabiiy ofatlarni oldini olish maqsadlarida keng qo‘llaniladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 17.12.2018 08:34  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11835789

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov