Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo Sobiq irkit ordakcha va hozirda serviqor oqqush. Titan elementi haqida.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Sobiq irkit ordakcha va hozirda serviqor oqqush.

Titan elementi haqida.

Butun boshli kimyoviy elementlar davriy jadvalida, 22-raqamli element titanchalik kamsitilgan biror bir boshqa elementni topish qiyin. Ilm-fan inqilobi yuz bergan XX asrning ortalariga qadar hatto eng kuchli kimyogar mutaxassislar orasida ham titan haqida batafsil malumot biluvchilar juda-juda kam edi. Garchi bu element tabiatda eng keng tarqalgan elementlar sirasiga kirsa ham, uning taqdiri shunday galati bolgan.

Yer qobigining 1/200 qismini aynan titan tashkil etadi (bu foiz hisobida 0.57% demakdir). Sizga bu raqam unchalik katta emasdek tuyilishi mumkin, lekin hisoblab korsangiz natijadan hayratda qolasiz: har 1 tonna yer qobigida 5 kg atrofida titan mavjud. Tabiatda tarqalganligi boyicha titan kimyoviy elementlar ichida 10-orinda turadi. Qanday qilib kimyogarlar, burnilarining tagida bolgan shunday kop miqdorli elementni uzoq vaqtgacha payqashmagan ekan? Axir taqqoslasak, yer qobigidagi titan miqdori xlordan uch barobar, fosfordan esa olti barobar kop bolib chiqmoqda-ku?! (Ushbu elementlar keng tarqalgan elementlar sanaladi - lol). Shuningdek titan, tabiatda mis, qorgoshin, qalay singari metallardan kora 60-300 barobar koproq uchraydi. Shunday bolsa ham, negadir u ozini element sifatida kashf etilishini juda uzooooq kutishiga togri keldi...

Buning hammasini oziga yarasha sababi bor albatta. Masalan, aytaylik qorgoshin yer sirtida, tuproqda, yoki hatto biror mamlakat hududida ham umuman uchramasligi mumkin. Lekin yer qobigining muayyan joylarida u kon bolib qalashib yotadi. U yerdan esa qorgoshinni tonnalab qazib olish mumkin. Titan esa aksincha, yer qobigi boylab bir tekis taqsimlangan. Uni har yerda har doim topish mumkin.

1791 yilda ingliz ruhoniy-kimyogari Uilyam Gregor (1761-1817) ilmenit nomli ruda tarkibida yangi, shu choqqacha fanga malum bolmagan metall mavjudligini aniqladi. Ilmenit tarkibida temir va titan bolgan ruda bolib, oradan 3 yil otib, ya'ni, 1794 yilda boshqa bir olim nemis kimyogari M.X.Klaport (1743-1817) unga titan deb nom berdi. Ushbu ikki olim titanni sof holda emas, balki TiO2 shaklida va bir-biridan bexabar tarzda, ozaro mustaqil kashf etishgan edi. Klaport oz qaydnomalarida ushbu elementni afsonalardagi katta kuch-quvvatga ega tarzda tasvirlanadigan ulkan maxluqlar titanlar sharafiga nomlaganini, lekin buning uchun aslida unda joyali sabab bolmaganini takidlaydi. Ehtimol unga shu variant shunchaki koproq maqul kelgandir.

Eng muhim titan rudasi bu rutil sanaladi. U titan dioksidi korinishida boladi. Titan dioksidi tabiatda shaffof kristallar korinishida boladi. Bunday kristallarni suniy holda vujudga keltirishni kimyogarlar 1949 yilda ilk bora amalga oshirilgan. Rutil kristallari yoruglik nurlarini hatto olmosdan ham yaxshiroq tarzda sindirish korsatkichiga ega. Agar rutilni togri sayqallansa, u eng serqirra brilliantdan ham chiroyliroq jilvalanadi. Muammo shundaki, rutil nisbatan yumshoq modda bolib, oson tirnaladi. Shunga kora rutilga ishlov berish, uni sayqallash oson ish emas.

Titan dioksidining kukuni titanli oq pigment deyiladi. Ushbu modda bizga malum moddalar ichida eng oppoq modda sanaladi. Bu shuni anglatadiki, muayyan nisbat bilan toza suvga aralashtirilgan atiga 50 gramm titanli oq pigmentdan tayyorlangan boyoq yordamida, boshqa istalgan pigmentdan kora kattaroq yuzani boyash mumkin boladi. Boz ustiga, aksariyat boyoq moddalardan farqli ravishda ushbu pigment toksik ham, zaharli ham emas. Uning oltingugurt birikmalari tasiriga chidamliligi esa yana bir ijobiy korsatkichidir. Shu sababli bu modda qorgoshinli oq boyoqlarning ornini bemalol bosa oladi.

Titan tetraxloridi (TiCl4) suyuq modda bolib, havo bilan tasirlashganda shiddatli buglanadi. Siz turli aviashoularda samolyotlarning ozidan muayyan shakllarni ifodalovchi tutunli iz qoldirishini korgan bolsangiz kerak. Havoda bir muddat saqlanib turib kozni quvontiradigan osha shakllarni aviashou ijrochilari aynan titan tetraxlorid vositasida bajarishadi. Avvallari qidiruv-qutqaruv ishlarida va harbiy maqsadlar yuzasidan bajariladigan amaliyotlarda radiolokatsiya va optik navigatsiya texnologiyalarini qollash imkonsiz bolgan sharoitlarda, masofadan ozaro belgi berish uchun aynan titan tetraxlorid vositasida quyuq tutun chiqarish usuli keng qollanilgan.

Metall titan esa, tabir joiz bolsa, uzoq vaqt irkit ordakcha sifatida qaralgan edi. Metall titanni hech narsaga yaramaydigan juda mort material deb qarab, odatda uni chiqindi modda hisoblashardi. Aslida esa metall titan bilan bogliq bunday muammoning ildizi boshqa narsada edi. Kimyogarlar metall titan deb qaragan material aslida sof titan bolmay, balki doimo ozida boshqa qandaydir yot moddalarni tutgan. Metall titanni birinchi bolib 1825 yilda kimyogar olim Yens Yakob Berselius (1779-1848) ajratib olgan edi. Uning tajribasida titan qoramtir kukun tarzida, xilma-xil aralashmalar bilan qorishgan holatda olingan. Metall titanni olish borasida keyingi yutuqni farang kimyogari Anri Frederik Muassan (1857-1907) qayd etgan. Muassan laboratoriyasida 1895 yilda olingan titan tarkibida atiga 2% uglerod aralashmasi bolgan edi.

Gap shundaki, sof holdagi titanni tutib turish juda mushkul masala. Titan - kislorod, azot, uglerod va kremniy elementlari bilan darhol reaksiyaga kirishadi va tezkorlik bilan birikib oladi. Bilamizki, aksariyat moddalarning yonishi uchun kislorod bolishi shart. Lekin titan azotda ham yonaveradi. Shu sababli metall titanni payvandlash uchun albatta geliydan foydalanish zarur boladi.

Odatda titan temir bilan qotishma tarzida, ya'ni, ferrotitan korinishida ishlab chiqariladi. Aynan shunday korinishda titanning kimyoviy faolligidan eng katta naf undirish mumkin. Ferrotitanni metallurglar erigan polatga qoshish orqali, polatning toza holda qotishi taminlanadi. Erigan polatga aralashtirilgan ferrotitan, uning tarkibida qolib ketgan kislorod, azot kabi gazlarni oziga biriktirib oladi va polatni har xil gazli pufakchalardan halos qiladi. Agar shu ish bajarilmasa, ya'ni, pufakchalar polat tarkibida qolib ketsa va u qotgach material ichkarisida boshliqlar yuzaga keltirsa, bunday polat yaroqsiz holga kelib qoladi.

Yillar otib, kimyogarlar metall titanni sof holda olishga muvaffaq bolishgach, olimlar uning xossalari bilan tanishib yoqa ushlashga majbur bolishgan. Shu choqqacha deyarli hech kim nazarga ilmay kelgan ushbu metall aslida hamma oylagandek mort va yumshoq emas ekan. Aksincha, metall titan qattiqlik va qayishqoqlik bobida uncha-muncha metallardan ustun bolib chiqdi. Titan korroziyaga ham juda chidamli bolib, agar unga biroz palladiy qoshilsa, ushbu chidamkorlik korsatkichi yanada chandon ortadi. Agar metall titanni togri eritib undan materiallar tayyorlansa, u eng qattiq metallga aylanadi. Masalan, 1 kg titandan ustun tayyorlansa, u 1 kg polatdan tayyorlangan ustundan kora ancha koproq yuk kotara oladi. (Biroq, titan polatdan kora yengil bolgani uchun, titandan tayyorlangan ustun qalinroq bolib chiqadi).

Titanning ushbu xossalari malum bolgandan keyin, juda qisqa vaqt ichida u juda ommalashib ketdi. Jahon boylab metall buyumlar tayyorlashda titan faqat temir va aluminiydan ortda qolsa kerak. XX asrning 60-80 yillarida titanni toza metall holatida sanoat miqyosida olish usullari boyicha izlanishlar yoppasiga avj oldi. Keyingi yillarda tajribadan otgan va iqtisodiy jihatdan ozini oqlagan sanoat darajasida metall titan olish usullariga oltingugurt kislotasi yoki pirometallurgiya vositasida qayta ishlash usuli kiradi. Oltingugurt kislotasi bilan qayta ishlash natijasida rudadan avvalo titan dioksidi ajratib olinadi. Pirometallurgiya usulida esa titan rudasini koks bilan qayta ishlab, keyin xlor bilan ishlov beriladi. Natijada titan tetraxloridi olinadi. Keyin esa ushbu moddalarda titanni ozini ajratib olishga kirishiladi. Bunda elektroliz usulidan yoki, yod bilan ishlov berish usulidan foydalaniladi. Sof metall titan quymalarini olish uchun esa katta kuchlanishli elektr yoyidan foydalanish, yoki, elektronli-nurlantirish, yoki, plazmali qayta ishlash usullaridan foydalaniladi.

Hozirgi kunda metall titandan aviasozlik, kemasozlik va raketasozlik sohalarida juda keng miqyosda qollaniladi. Shuningdek polatni legirlashda titan asosiy qoshimcha sanaladi. Shuningdek titandan kimyo sanoati uchun reaktorlar, yuqori chidamlilikka ega quvurlar, nasoslar korpusi tayyorlashda qollaniladi. Harbiy texnika sanoatida esa, titandan bronijiletlar ishlab chiqarish, suvosti kemalarining korpuslari, bronitexnikaning zirhli qoplamalari tayyorlashda foydalaniladi. Titanning tibbiyot uchun ham ahamiyati ulkandir. Xususan, ortopediya mahsulotlari, protezlar tayyorlashda titan asosiy material sanaladi.

Titandan shuningdek shakl xotirasi (shaklni saqlovchi) materiali sifatida ham katta ahamiyatga ega. Texnika va tibbiyotda, muayyan detallar yoki, organlarning shaklidan nusxa qolip olish uchun titan eng qulay materialdir. Siz tish shifokorining tishlarning suniy protezini tayyorlashda avvalo uning shaklini olishini korgan bolsangiz kerak. Juda mustahkam sanalgan titan metalidan tayyorlangan tish, nafaqat ozining qattiqligi bilan, balki yana bir ajoyib xossasi bilan ham stomatologlarning yoqimtoyiga aylangan. Gap shundaki, titandan tayyorlangan tish milkka qorishib, tish ildizlari orqali jag suyagi bilan qotishma hosil qilish xususiyatiga ega. Shu sababli titan tishlar kenyinchalik tabiiy tishlar singari jagga mustahkamlanib ketish ehtimoli juda baland boladi.

Yangilаndi: 05.12.2015 14:56  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2643863

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!