Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika Kvant elektrodinamikasi

Kvant elektrodinamikasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Kvant elektrodinamikasi

Tabiat hodisalarini bayon qiluvchi fizik nazariyalar ichida shubhasiz eng aniq va mukammal nazariyalardan biri bu kvant elektrodinamikasi sanaladi. Xususan, kvant elektrodinamikasi yordamida fiziklar, fotonlar - yoruglikni tashkil qiluvchi eng kichik birliklar ekanligini tasdiqlashga muvaffaq bo?lishdi hamda ularning zaryadlangan zarralar bilan qanday ozaro tasirlashishini tasvirlab beruvchi ixcham va ajoyib matematik modelni barpo qilishdi. Ushbu modelga asoslanib esa, XX asr ikkinchi yarmi fizikasi yanada ulkan qadamlar bilan olg?a ketdi.

Kvant elektrodinamikasining (KED) tamal toshini 1928 yilda ingliz fizigi Pol Dirak qo?ygan. Keyinchalik, 1940-yillar yakunidan boshlab mazkur nazariyani yetuk fiziklar Richard Feynman, Julian Shvinger, hamda, Sin-Itiro Tomonagalar tomonidan yanada rivojlantirildi. Kvant elektrodinamikasining asosiy mohiyati shundaki, zaryadlangan zarralar (elektronlar) ozaro tasirlashib, fotonlarni yutadi yoki aksincha, chiqaradi. Fotonlar esa, oz navbatida elektromagnit kuchlarni ozi bilan tashib yuradi. Shunisi qiziqki, garchi mazkur fotonlar ozaro tasir kuchlarini taminlab beruvchi vazifasini bajarsa hamki, haqiqatda esa korib bolmaydi, chunki ular virtual zarralardir. Ularning mavjudligi esa, bilvosita bilinadi: ozaro tasirlashuvchi zarrachalar, fotonlarni yutishi yoki chiqarishida, ozining yonalishini, yoki tezligini ozgartiradi. Tasavvur uchun murakkab bolgan bunday ozaro tasirlarni esa, olim Richard Feynman ishlab chiqqan tolqinli Feynman diagrammalari vositasida tushuniladi va grafik korinishda ifodalanadi. Ushbu diagrammalarga kora fiziklar muayyan ozaro tasirlar uchun ehtimollik korsatkichlarini hisoblab chiqadilar.

Kvant elektrodinamikasiga kora, elektronlar qanchalik kop sondagi virtual fotonlar bilan almashinsa, yani, ozaro tasir qanchalik darajada murakkab bo?lsa, bunday fizik jarayonning yuz berishi ehtimlolligi shunchalik past bo?ladi. Kvant elektrodinamikasiga asosan beriladigan ilmiy bashoratlarning aniqlik darajasi hayratlanarlidir. Masalan, elektronning xususiy magnit maydonining hisoblab chiqarilgan qiymati, keyinchalik amaliy tajribada aniqlangan qiymatiga shu darajada yaqinki, agar siz ham olchashlar aniqligiga shu darajada rioya qilsangiz, Toshkent va Nyu-York oraliq masofasini odam sochi tolasi qalinligiga teng o?lchamdagina xato o?lchagan bo?lardingiz.

Kvant elektrodinamikasi shuningdek fizikada yana yangi nazariyalarning paydo bolishiga hamda, boshqa koplab goyalarning yanada rivojlanishiga omil boldi. Masalan, 1960-yillar boshida paydo bolgan kvant xromodinamikasi (KXD) shunday nazariyalar sirasiga kiradi. Kvant xromodinamikasi kuchli ozaro tasirlar borasida tushuntirish beradi. Xossatan, KXD, glyuonlar deb nomlanuvchi zarrachalar tufayli kvarklarning bir joyda jamlanib tutilib turishi hodisasi bayon qilinadi. Kvarklar bu protonlar, neytronlar va boshqa koplab subatom zarrachalarni tashkil qiluvchi yanada kichik zarralardir.

Rasmda: Virtual fotonning tugilishiga olib kiyuvchi elektron-pozitron annigilyatsiyasini tasvirlovchi modifikatsiyalangan badiiy diagramma. Foton oz navbatida keyinchalik yangi elektron-pozitron juftligiga parchalanadi. Feynmanga ozi ishlab chiqqan va oz nomi bilan ataluvchi ushbu diagramma shu darajada yoqardiki, u hatto bu diagramma tasvirini ozi haydagan mikroavtobus avtomobiliga ham chizdirib olgandi.

Rasmda: Virtual fotonning tugilishiga olib kiyuvchi elektron-pozitron annigilyatsiyasini tasvirlovchi modifikatsiyalangan badiiy diagramma. Foton oz navbatida keyinchalik yangi elektron-pozitron juftligiga parchalanadi. Feynmanga ozi ishlab chiqqan va oz nomi bilan ataluvchi ushbu diagramma shu darajada yoqardiki, u hatto bu diagramma tasvirini ozi haydagan mikroavtobus avtomobiliga ham chizdirib olgandi.

Yangilаndi: 06.11.2015 17:23  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
+1 #1 Javob: Kvant elektrodinamika siBakhtiyor Sheraliev 2015-11-16 10:24
Assalomu alaykum Muzaffar aka! Tug'ilgan kuningiz bilan chin qalbdan muborakbod etaman. Sizga uzoq umr, sihat salomatlik tilayman. Ilohim yurtimizda sizdek o'z kasbining professionallar i ko'paysin, sizni darajangizga yetishish bizga ham nasib qilsin. Oilangiz bilan murod maqsadingizga yetishishni Ollohdan tilab qolaman. Hurmat bilan Bakhtiyor Sheraliev
P.S. Aka, uzr Xitoyda Facebook ishlamaydi, shuning uchun tabrikni shu yerga yozishga majbur bo'ldim.
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 767
O'qilgan sahifalar soni : 2749238

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!