Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo Natriy va kaliy: faol elementlar

Natriy va kaliy: faol elementlar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Natriy va kaliy: faol elementlar

1800 yilga kelib kimyogarlar natriy va kaliy elementlarining tabiatda mavjudligi haqida malum nazariy bilimlarni toplab qoygan edilar. Lekin ularni hech bir kimyogar amalda erkin holda olishni uddalay olmayotgan edi.

Umuman olganda natriy va kaliy juda keng tarqalgan elementlar sirasiga kiradi. Yer qobigining 2.5% dan biroz koproq qismi natriy ulushiga va yana 2.5% dan sal ozroq qismi kaliy xossasiga togri keladi.

Biz kundalik turmushda keng qo'llaydigan ayrim oddiy moddalar oz tarkida natriy yoki kaliy atomi tutadi.

Masalan hammamiz ovqatga solib ishlatadigan osh tuzi natriy xloridi (NaCl) boladi. Uning molekulasi bittada xlor va natriy atomlaridan iborat. Osh tuzi, ya'ni, natriy xlorid, xlorid kislota (HCl) ning asos va natriy gidroksidi bilan reaksiyaga kirishishida hosil boladi. Shu sababli ham, kislotalar va asoslarning ozaro tasirlashuvi natijasida hosil boladigan moddalar uchun umumiy nom sifatida tuzlar atamasi qollanadi.

Tuzlar molekulasi tarkibidagi atomlar, elektr kuchlari tasiri ostida togri tartibda joylashgan boladi. Bunday atomlarni ozaro ajratish juda mushkul. Shu sababli ham aksariyat tuzlarni parchalash (eritish) uchun katta harorat darajalari kerak boladi. Siz bilasizki, suv, ya'ni, muz, 0 C haroratda eriydi. Osh tuzi, ya'ni, natriy xloridi esa 801 C dagina erishga otadi. Koplab tuzlardagi (va boshqa qattiq moddalardagi) atomlarning togri tartiblanishi, ularning qattiq holatidagi hosil qiladigan geometrik shakllariga oz ifodasini topadi. Ya'ni, atomlari togri tartiblangan moddalar odatda togri va tekis qirralarga, hamda otkir burchaklarga ega boladi. Qattiq moddalarning bunday togri shakllarini kristallar deyiladi. Natriy xloridining kristallari kub shaklida boladi.

Natriy selitrasi, yoki, boshqacha nomi chili selitrasi deb nomlangan mineral ogit molekulasi bitta natriy, bitta azot hamda uchta kislorod atomlaridan tarkib topgan boladi va u natriy nitrati (NaNO3) deyiladi. Biz kundalik turmushda keng qollaydigan oddiy shisha esa, asosan murakkab molekulyar tuzilishga ega bolgan natriy silikat (Na2SiO3) molekulasidan iborat bolib, uning tarkibida natriy, kremniy va kislorod atomlari mavjud.

Kaliy esa, kaliy nitrati (KNO3) deb nomlanuvchi oddiy selitra tarkibida mavjud boladi. Formulasidan ham korinib turibdiki, unda bitta azot, bitta kaliy hamda uchta kislorod atomlari mavjud. Shuningdek kaliyni dala shpati hamda slyuda tarkibidan ham topish mumkin. Kaliy nitrati avvalgi zamonlarda harbiy maqsadlarda, asosan porox ishlab chiqarishda qollanilgan. Porox tayyorlash uchun natriy nitrati yaramaydi. Chunki u atrof-muhitdan namlikni oziga tez va yaxshi ozlashtirib oladi. Namiqib qolgan porox esa, aslahalarni ham ishdan chiqaradi. Deyarli namiqmaydigan va namni oziga yuqtirmaydigan modda bolmish kaliy nitrati esa, zamonaviy kimyo fani va kimyo sanoati paydo bolgunga qadar asosan xonaki hayvonlarning chiqindilari tarkibidan olingan. Hukumatlarning harbiy korchalonlari oz qol ostilaridagi otxona va qorxonalarida maxsus tayyorgarlikdan otgan mutaxassislar xizmatidan foydalanib, qoshinning jangovar tayyorgarligi uchun qimmatbaho kristalllarni yigdirishgan.

Natriy va kaliyning birikmalari dengiz suvida hamda, tirik toqimalarda juda kop miqdorda uchraydi. Ular hayot uchun muhimdir. Odam organizmning ozi ham 0.35 % qismi kaliydan va 0.15% qismi natriydan iboratdir.

Dengiz suvidagi natriy asosan natriy xloridining erigan holati korinishidan boladi. Umrida bir marta bolsa ham dengiz suvini ichib korgan odam buni juda yaxshi biladi. Dengiz suvi xuddi namakob singari juda shorligining sababi ana shunda aslida. Dunyo okeanidagi suvlarning deyarli barcha qismi aynan ushbu eritmadan, ya'ni, natriy xloridning suvdagi eritmasidan tashkil topgan. Akvatoriyasidan chiquvchi tashqi oqimga ega bolmagan dengizlar suvida esa, natriy xloridning konsentratsiyasi undan-da baland bolib, bu degani mazkur dengizlarning suvining shorligi, boshqa dengiz va okeanlar suvidan yuqoriroq deganidir. Xususan, Iordaniya va Isroil davlatlari chegarasida joylashgan Olik dengiz suvida 20% gacha natriy xlorid mavjudligi aniqlangan. Shuningdek, butun dunyo boyicha quruqlik hududlarida ham koplab tuz konlari uchraydi. Bunday konlar asosan, bir zamonlar dengiz tubi bolgan va hozirda quruqlikka aylangan hududlarda joylashgan bolib, million yillar avval qurigan dengizlarning bizga qoldirgan merosi deyish mumkin. Sayyoramizning ayrim hududlarida hatto qalinligi bir necha kilometr keluvchi tuz konlari aniqlangan. Tuzni biz nafaqat ovqatga solish uchun ishlatamiz, balki undan inson hayotida asqotuvchi yana koplab mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanamiz. Shu sababli ham tuz konlari sanoat uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Natriy va kaliy elementlarining Yer yuzasi boylab anchayin keng tarqalganligiga qaramay, ushbu elementlarning ozini mustaqil holda olish oson ish emas. Ular shu darajada faolki, ularning atomlarini birikmalardagi boshqa elementlar atomlaridan ajratib olishning deyarli iloji yoq.

Ushbu elementlarni ilk bora mustaqil holda olishga faqatgina 1807 yildagina, ingliz olimi Gemfri Devi musharraf bolgan. U kaliy va natriyli tuzlarni eritib, eritma orqali elektr tokini otkazgan. Elektr toki tasiri ostida, kaliy yoki, natriyning atomlari idishning bir tarafiga, boshqa birikmalar atomlari esa, idishning narigi tarafiga borib toplangan. Shu tarzda kaliy va natriy atomlarini birikmalar tarkibidan ajratib olish imkonli bolgan. Ular kumush-oq rangli juda yumshoq metallar bolib chiqdi. Yumshoqligi shu darajadaki, natriy va kaliyni eng otmas tigli, tomtoq pichoq bilan ham kessa boladi. Bu elementlarning har ikkisi ham anchayin past haroratda, suvning qaynash haroratidan ham pastroq darajalarda eriydi. Xususan, natriyning erish harorati 98 C bolsa, kaliyniki 63 C dir.

Kop bora takidlaganimizdek, kaliy va natriy elementlari juda faoldirlar. Ayniqsa kaliy bu borada yetakchi sanaladi. Alohida holatda olingan kaliy ham natriy ham, darhol yana birikma hosil qilishga kirishadi. Ochiq havoda kaliy va natriy elementlari shu zaxotiyoq kislorod bilan birikadi. Hosil bolgan birikma esa, metallga xos bolgan yarqiroqlikni darhol yoqotadi. Ya'ni, metall xiralashadi. Kaliy va kislorodning birikishi shu darajada energiyaga boy boladiki, kichik bir bolak kaliy ham erib ketish va alangalanishga yetarli darajadagi issiqlik ajratib chiqara oladi. Shu tufayli ham, kaliy yoki natriyni biroz muddat saqlash zarur bolsa, uni kerosinga solib qoyiladi.

Natriy va kaliyni havodagi kislorod bilan birikib yonib ketmasligi uchun ularni shunchaki suvda saqlash ham mumkin degan fikr xayolingizga kelgandir? Agar shunday bolsa, bu fikrni miyangizdan chiqarib tashlay qoling! Chunki bu elementlar shu darajada faolki, ular kislorod bilan har qanday sharoitda ham birikishga intilaveradi. Bilasizki, suv molekulasida bir atom kislorod doimiy mavjud boladi. Agar suvga bir bolsak kaliy yoki, natriy tashlansa, kislorodning kaliy yoki natriy bilan birikishi natijasida, endilikda erkin bolib qolgan vodorod ajralib chiqishi kuzatiladi. Ushbu jarayon baland tovushli shovullash orqali kechadi. Chunki vodorod kop miqdorda ajrala boshlaydi va suv (eritma) yuzasiga pufakchalar hosil qilgan holda kotariladi. Ushbu reaksiya davomida ajralib chiqqan issiqlik evaziga esa, ajralib chiqayotgan vodorod ham yonib ketishga ulguradi.

Tez-tez natriy qollanadigan oquv laboratoriyalarida talabalar natriyli yongin keltirib chiqarmaslik uchun, juda ehtiyotkor bolishlari kerak. Bunday yonginning xatari shundaki, uni ochirish juda mushkul boladi. Kopchilik odatga kora birinchi bolib natriyli yonginga suv sepib ochirishga kirishadi. Lekin bu narsa vaziyatni battar qiyinlashtiradi xolos.

Kimyo laboratoriyalarida asosan natriydan biror bir reaksiyaning borishidagi suvdan qutilish uchun foydalaniladi. Efirlar bilan bajariladigan muayyan kimyoviy reaksiyalar faqatgina ularning tarkibida suv bolmagan hollardagina amalga oshadi. Juda-juda kam miqdordagi suv ham bunday reaksiyani butunlay imkonsiz qilib qoyishi muqarrar boladi. Lekin, efir saqlanadigan istalgan idishda istaysizmi, yoqmi baribir qandaydir miqdorda suv qoldigi boladi. Osha kichik miqdordagi suvdan xalos bolish uchun esa, kimyogarlar tubida kichik tirqish bolgan tor silindr idishga natriy bolakchasini soladilar. Keyin esa silindrga porshen tiqiladi va richag yordamida pastga bosiladi. Porshen bosimi ostida yumshoq natriy silindr tubidagi tirqishdan chiqib keladi (xuddi tyubikdan tush pastasi siqib chiqarilgandek) va efir saqlanayotgan kolbaga tushiriladi. Kolba zich berkitiladi va natriy oz ishini boshlaydi. U efir bilan reaksiyaga kirishmaydi, lekin uning tarkibidagi suvni oziga torta boshlaydi. Buni kolbada vodorod pufakchalari hosil bolishidan bilish mumkin boladi.

Natriydan shuningdek, natriyli bug-yoruglik lampalarida foydalaniladi. Bu holatda, lampani toldirib turgan neon gaziga ozgina natriy qoshiladi. Ushbu neon-natriy aralashmasidan elektr toki otkazilganda, undagi natriy buglanadi hamda juda yorqin sariq nur taratadi. Bunday lampadan taralgan nur, oddiy lampa nuriga qaraganda kuchliroq boladi va tuman sharoitida ancha uzoqroq masofani yoritib bera oladi.

Natriyning koplab birikmalari bizga juda yaxshi tanish va kundalik turmushda keng qollaniladi. Lekin, juda foydali, biroq, kopchilikka notanish bolgan natriyli birikma natriy peroksidi (Na2O2) deyiladi. U ikki atom natriy va ikki atom kisloroddan iborat bolib, natriyning yonishidan hosil boladi. Xuddi vodorod periksi va ozon singari, natriy peroksid ham oqartiruv maqsadlarida qollanishi mumkin. Lekin, uning bundan-da muhimroq ozga vazifasi ham mavjud. U uglerod dioksiddagi uglerod va bitta kislorod atomi bilan birikadi. Bunda bitta kislorod atomi erkin holda ajralib chiqadi. Agar nafas chiqarishda, chiqarilayotgan havoni natriy peroksiddan otkazilsa, uning tarkibidagi karbonat angidrid gazi, ya'ni, uglerod dioksidi kislorod bilan almashadi. Natijada, opkadan chiqqan havo yana nafas olishga yaroqli holga keladi. Natriy peroksidning ushbu xossasi, havodan erkin kislorod olishga bolgan imkoniyat juda past bolgan yopiq joylarda ishlovchi odamlar uchun kislorod taminotida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, orbital stansiyalarda va suvosti kemalarida aynan bir hajm havoni nafas olishda takroran ishlatish uchun natriy peroksiddan foydalanish katta ahamiyatga ega boladi.

Natriy tasirida suv molekulasidan vodorod ajralib chiqishida, natriyning ozi bitta kislorod atomi, hamda, yana bir vodorod atomi bilan birikib oladi. Natijada, natriy gidroksidi (NaOH) hosil boladi. Uni boshqacha qilib oyuvchi natriy ham deyiladi.

Natriy gidroksidi, asoslar turkumiga kiradi. Bilasizki, kislotalarning molekulasi vodorod atomlarini juda bosh holda tutib, arang ushlab turadi, asoslar molekulasi esa, aksincha, vodorod atomlarini juda mustahkam tutadi. Shu sababli ham, asoslarning xossalari odatda kislotalarning xossalariga teskari jihatlardan iborat boladi. Agar kislotaga asos qoshilsa, ular bir-birini ozaro neytrallaydi. Hosil bolgan aralashma esa, kislota, yoki asosning har ikkalasini alohida olingan holatidagidan ham kimyoviy jihatdan kuchsiz bolib chiqadi.

Natriy gidroksidi barcha asos birikmalar ichida eng arzoni va oson topiladigani bolib, shunga kora sanoatda juda keng qollaniladi. Uni olish uchun natriy xloridan elektr toki otkazish kerak boladi. Bu jarayonda, xlor atomlari ajralib chiqib bir elektrodga yigiladi. Natriy atomlari esa ajralib ketmaydi, balki, suv molekulalari bilan reaksiyaga kirishib, undagi vodorodni ajratib chiqara boshlaydi va natriy gidroksidi hosil qiladi.

Natriy gidroksidi moy va yoglarning molekulalarini glitserin va yog kislotalarga parchalaydi. Natriyning tomlari yog kislotalar bilan birikib, sovunga aylanadi. Tinchlik zamonida ushbu texnologik jarayon orqali olinadigan eng foydali mahsulot aynan sovun bolsa, harbiy harakatlar olib borilayotgan paytda esa asosiy oringa glitserin chiqadi. Chunki undan portlovchi moddalar tayyorlashda xom-ashyo sifatida foydalaniladi. Masalan II-jahon urushi yillarida Buyuk Britaniyada aholiga ovqatdagi yog-moy qoldiqlarini tashlab yubormasdan, balki ularni toplab maxsus qabul punktlariga topshirish kerakligi haqida korsatma bolgan.

Natriy gidroksidining yoglar molekulasini parchalash xususiyatining boshqa maqsadlarda qollash yonalishlari ham bor. Masalan, yog qoldiqlar bilan tiqilib qolgan quvurlarga natriy gidroksidi quyilsa, u hech bolmaganda tiqilib toganoq bolib turgan yog qatlami (moslashib ketgan joylarni) yumshatadi va tozalash ishlarini osonlashtiradi. Bu maqsadda ishlatiladigan natriy gidroksidni bazan eskicha nomlash bilan ishqor ham deyiladi. Mutaxassislar orasida esa uning kaustik soda tarzidagi atamasi ham keng muomalaga kirgan. Bu atamadagi kaustik sozining aynan tarjima manosi ozbek tilidagi tishlogich degani kabi bolib, u mazkur moddaning inson terisiga tushganida, terida paydo boladigan oyilish-yorilish jarohatlariga ishora tarzida shunday atalgan. Natriy gidroksidining eng katta hajmda ishlatilishi kuzatiladigan soha bu yogoch qirindilaridan viskoza, yoki qogoz ishlab chiqarish texnologiyalaridir. Agar paxta tolasiga ham avvaldan natriy gidroksidi bilan ishlov berilsa, uning mustahkamligi ortib, mayinlashadi hamda, boyash ham osonlashadi. Natriy gidroksidning paxta tolasiga bunday ijobiy tasir korsatish xususiyatini 1850 yilda ingliz olimi Jon Marser tomonidan aniqlangan bolib, shu sabali odatda bunday ishlovdan otgan paxta tolasini marserlangan tola ham deyiladi.

Shuningdek natriyli birikmalar orasida, nisbatan kuchsiz asos xossasiga ega bolgan natriy karbonati (Na2CO3) haqida ham toxtalib otish joiz. Uning molekulasida ikkita natriy, bitta uglerod hamda uchta kislorod atomlari boladi.

Natriy karbonati kislotalar bilan birikishga kirishganida, undagi uglerod va kislorod atomlari uzilib chiqib, CO korinishida uchib chiqa boshlaydi. Natriy karbonatning nisbatan kengroq tarqalgan va maishiy turmushda qollaniladigan boshqa nomi soda hisoblanadi. Soda nomi, odamlar hali natriy karbonat va umuman atomlar haqida mutlaqo bilmagan zamonlardayoq maishiy turmushda allaqachon bor edi. Shu sababli ham ingliz tilida sozlashuvchi mamlakatlarning kimyoga oid adabiyotlarida natriyni sodium tarzida ifodalashadi. Sababi natriy elementini soda tarkibidan aniqlangan edi.

Natriy karbonatidan asosan uglerod dioksidi (CO2) hosil qilish manbasi sifatida foydalaniladi. Masalan, uglerod dioksidili ot ochirish vositalarini ushbu gaz bilan toldirishda aynan natriy karbonat asosiy manba bolib xizmat qiladi.

Aslida kuchsiz asos bolishiga qaramay, ayrim masalalarda hatto natriy karbonatning asoslik xossalari ham ancha kuchlilik qiladi. Bunday hollarda esa kimyogarlarga undan-da kuchsizroq asos bolmish natriy bikarbonat (NaHCO3) asqotadi. Uning molekulasida atiga bitta natriy atomi boladi. Natriy bikarbonat ham kislotalar bilan birikkanida CO2 gazi ajralib chiqadi. Lekin uning asoslik xossalari shu qadar yumshoqki, uni odam istemol qilishi ham mumkin. Oylaymanki siz kundalik turmushda ichimlik sodasi atamasini albatta eshitgansiz. Osha soda aynan bikarbonat natriy boladi.

Bikarbonat natriydan oshqozondagi yoqimsiz ogriq jigildon qaynashini bartaraf etishda ham foydalaniladi. Bunda ichga qabul qilingan ichimlik sodasi, oshqozondagi doimiy mavjud boladigan ayrim kislotalarni neytrallaydi. Natijada oshqozondan kekirik aralash CO2 gazi kelib chiqadi va ozi bilan boshqa yoqimsiz gazlarni ham olib chiqib ketadi. Bu esa, oshqozon ogrishiga sabab bolayotgan ichki bosimni, ya'ni, oshqozon zoriqishini pasaytiradi va bemor ozini yengil his qila boshlaydi.

Ichimlik sodasidan shuningdek pishiriqlar tayyorlashdan ham juda keng qollaniladi. Uni biror kuchsiz kislota bilan aralashtirib (masalan qatiq bilan) xamirturush qoshmasdan tayyorlanadigan xamirga qoshilsa, ichimlik sodasi va kuchsiz kislotaning ozaro tasiri natijasida xamirda CO2 gazi ajralib chiqadi hamda, xamir yumshoq bolib tinadi. Bunday xamirdan tayyorlangan pishiriqlar ham borsildoq, yumshoq va mazali boladi.

Natriyning yana bir ajoyib birikmasi bu natriy sulfati (Na2SO4) bolib, uning molekulasida bittadan natriy va oltingugurt atomlari, hamda tortta kislorod atomi, shuningdek erkin boglanishdagi onta suv molekulasi mavjud boladi. Ushbu moddani birinchi bolib olmon kimyogari Iogan Rudolf Glaeuber 1858 yilda batafsil tadqiq qilgan edi. Ilk tadqiqotchisi sharafiga bazan natriy sulfatni glauber tuzi ham deyiladi. Odatda kimyoviy moddalarni suvga solinsa, hosil bolgan eritma harorati, suvning avvalgi haroratidan kora balandroq boladi. Masalan suvda oltingugurt kislotasini, yoki, natriy gidroksidini tezkorlik bilan aralashtirilsa, hosil boluvchi eritma harorati bir zumda qaynash darajasigacha kotariladi. Kimyogarlar ham aksariyat hollarda reaksiyadan aynan shunday natija kutishadi. Lekin glauber tuzini suvga solinsa, hosil bolgan eritmaning harorati, suvning avvalgi haroratidan pasayadi. Ushbu hodisa ilk bora kuzatilganida, kimyogar olimlar juda hayratda qolib, kozlariga ishonishmagandi...

Keling endi hikoyamizning ikkinchi qahramoni kaliyning birikmalari haqida ham biroz suhbatlashsak. Kaliyning birikmalari ham kop jihatdan ozini xuddi natriyning birikmalari singari tutadi. Lekin kaliy birikmalari natriy birikmalariga qaraganda sezilarli darajada oz uchraydi. Bunga birinchi sabab, kaliyning Yer qobigidagi miqdori natriyning miqdoridan sezilarli darajada pastligi bolsa, ikkinchidan, kaliy odatda, deyarli alohida holda ajratib bolmaydigan birikmalar tarkibida uchraydi.

Dunyodagi eng samarador va nisbatan yaxshi ozlashtirilgan kaliyli birikmalar koni, Germaniyning Stassfurt koni hisoblanadi. U bir zamonlar dengiz qoltigi bolgan va hozirda qurib qolgan joy bolib, nemis kimyo sanoati uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Kaliy tuzlari natriy xloridan kora suvda osonroq va yaxshiroq eriydi. Qadimgi dengizlar asta-sekinlik bilan qurigan. Bunda birinchi bolib, natriy xloridi chokindi holida tubga choka boshlagan. Kaliy tuzlari esa hali-beri dengiz suvida eritma holida bolgan va dengizning qurigani sari kaliy tuzlari eng oxirgilardan bolib chokib, qattiq holatga otgan. Shu sababli ham qurigan qadimgi dengizlar ornidagi konlarda asosan yuqori qatlarda kaliyli birikmalar mavjud boladi. Natijada kaliyli tuzlar nisbatan toza holda saqlangan. Ayni sababga kora ham ularni qazib olish ishlari ham ancha oson kechadi.

Hozirda jahonda qazib olinadigan kaliyli birikmalarning uchdan bir qismi aynan yuqorida zikr etilgan kon Stassfurtda qazib olinadi.

Birinchi jahon urushigacha bolgan yillarda Germaniya kimyogarlari jahonda eng yetakchi olimlar sanalishardi, shunga muvofiq, olmon kimyo sanoati ham jahon iqtisodiyotidagi eng qudratli kimyo sanoati maqomiga ega edi. Olmon kimyogarlari mazkur kondan olingan kaliyli birikmalarini u yoki bu maqsadda juda keng qollashardi va aytish joizki, ular uchun ushbu birikmalar davlat tomonidan nisbatan arzon narxlarda yetkazib berilardi. Dunyoning boshqa chekkalaridagi kaliyli birikmalar konlari esa, bu vaqtda hali yaxshi organilmagan va ozlashtirilmagan bolib, mavjud aniqlangan kaliy konlari ham qazib olishning murakkabligi tufayli, hatto sanoat uchun ham juda qimmatlik qilardi. Tannarxini ozini oqlamaydigan kaliy konlariga ega bolgan AQSH va Buyuk Britaniya kabi davlatlar kimyogarlari esa, qanchalik gayritabiiy bolmasin, olmon kimyogarlariga har jabhada taqlid qilishardi va ozlari uchun ota qimmat bolgan kaliyni qayta ishlab, Germaniya tajribasidan foydalanishga urinishardi. Biroq, bunda ular olgan kaliyli mahsulotlar narxi favqulodda qimmat bolib chiqardi. Uzoq yillar davomida AQSH va Buyuk Britaniya kimyo sanoati shu yosinda Germaniya tajribasiga kor-korona taqlid qilib keldi va nisbatan arzon bolgan va aynan bir xil natija beradigan natriyli birikmalardan foydalanish mumkin bolgan holatlarda ham, qimmatbaho kaliy birikmalarini ishlatib, yirik iqtisodiy zararlar bilan faoliyat korsatdi. Bunday yondoshuv xato ekanligini anglashgunlaricha, mazkur davlatlar qimmatbaho kaliyning ulkan zahiralarini deyarli sovurib bolishgandi...

Osimliklarga kaliy kop miqdorda kerak boladi. Shu sababli, yerdan kop marta qayta-qayta foydalanilganida, tuproqdagi kaliy miqdori kamayib, unumdorlik pasayishi mumkin. Shu sababli ham yerga solinadigan mineral ogitlarning aksariyati tarkibida kaliy elementi mavjud boladi.

Biz AQSH va Britaniyaning achchiq tajribasi haqida gapirib otar ekanmiz, aslida olmonlarning ozi ham bu borada chuv tushishiga oz qolganini yodga olish orinlidir. Stassfurtdagi kondan chiqqan kaliy birikmalari ham avvaliga tashlab yuborilar edi. Sababi konchilarni konning quyi qatlamlarida joylashgan natriy xloridi koproq qiziqtirardi. Tashlab yuborilayotgan qimmatbaho kaliy birikmalarini esa nemis konchilari Abraumsalze, ya'ni, keraksiz tuz deb atashardi. Faqatgina 1865 yilga kelibgina, olmon kimyogarlarining qator tadqiqotlari natijasida, ushbu keraksiz tuzning ahamiyati aslida qanchalik baland ekanligini tushunib yetishdi.

Kaliyli birikmalar mineral ogit sifatida hamiyatga ega ekanligini 1797 yilda kashf qilingan edi. Bungacha bolgan muddatlarda esa, ularni osimliklarning tana qismi bolsa kerak deb oylashgan. Osimliklarni quritib yoqishgan. Qolgan kulni esa suvda eritib, eritmani katta temir qozonlarga solib qaynatishgan. Suv toliq buglanib ketgach, idish tubida biz hozirda kaliy karbonati (K2CO3) deb ataydigan chokindi hosil bolgan. Uning molekulasida ikkita kaliy, bitta uglerod va uchta kislorod atomlari boladi. Kimyogarlar kundalik muomalada ushbu moddani shuningdek potash deb ham ataydilar. Potash atamasi aynan tarjima qilish mushkul bolgan soz oyini natijasi bolib, manosi tuvak tubidagi chokindi demakdir. Balki, bu uning osha zamonlarda temir qozonlardagi qaynatma chokindisida olinganiga ishora bolsa kerak. Aynan shunday yosinda olingan yana bir birikma natriy karbonat (Na2CO3) ni kaltsinatsiyalangan soda deb nomlashgan. Oz xossalariga natriy gidroksidiga (yodingizda bolsa, uni oyuvchi natriy der edik) oxshab ketadigan kaliyli birikma kaliy gidroksidini (KOH) esa oyuvchi kaliy ham deyiladi. Kaliy gidroksidi, natriy gidroksidga kora tannarxi qimmatroqdir.

Kezi kelganda kaliy elementining nomlanishi tarixiga ham toxtalib otsak. Biz orta asrlar oxirida potashning qanday olingani haqida aytib otdik. Aynan shunday usul bilan, ya'ni potash olish uchun qaynatiladigan kulni, orta asrlarda musulmon sharqi olim va mutaxassislari al-quili deb nomlashgan. Takidlash shartki, hozirgi zamon garb adabiyot va manbalarida orta asrlar musulmon sharqi allomalarini yanglish umumlashtirib arab olimlari deyishadi. Vaholanki bu xato yondoshuvdir, zero ularning umumiy ilmiy sozlashuv tili arab tili va etiqodi islom dini bolgan bolsa-da, aslida olimlar boshqa-boshqa millatlarga mansub bolishgan va bu tabiiy. Ular orasida esa, buyuk millatdosh bobokalon olimlarimiz ham juda kop bolishgan. Ushbu satrlar orqali nimaga ishora qilayotganimni hozir tushuntiraman. Potash bu ishqor, oyuvchi moddadir. Uning tuvak tubidagi chokindidan olinganini aytib otdik. Xalqimiz maishiy turmushida avvallari (hali kir sovun va sodalar mavjud bolmagan paytlarda) kir yuvish uchun qaynatilgan kul suvidan foydalanishgan. Bunda ishqoriy eritma hosil boladi va kirlarni, ayniqsa moy va yoglar singib ketgan matolarni yuvishda osonlik beradi. Bu amaliyot tandir-ochoqqa ega xonadonlarda balki hozir ham bor. Xususan, piyola va shunga oxshash idishlarni kullab yuvishni opa-singillarimiz qotirishadi. Yevropa tillariga kaliy tarzida otgan arabcha al-quili sozining ozagi ham, bizning ona-tilimizdagi kul sozi bolishi ehtimoli katta. Chunki, arab tilida kulning ozini boshqacharoq nomlashadi. Harholda bu mening shaxsiy taxminim. Lekin, imkon bolsa, tilshunoslarimiz bu borada kichik tekshiruv otkazishsa ham chakki bolmasdi.

Asosiy mavzuga qaytsak. Ishqor sozi sizga albatta tanish bolsa kerak. Sovun tayyorlash jarayonida ortiqcha natriy gidroksidini chiqarib tashlash kerak boladi. Aks holda bunday sovun bilan yuvilganda terini qichishtiradigan bolib qoladi, ya'ni, u oyuvchi xossasini namoyon qiladi. Bazi sovunlar reklamasida, sovunning keskin ishqorlarga ega emasligi haqida ham gap qistirib otiladi. Shuningdek, siz biror suyuqlik muhitining ishqoriy ekanligi haqidagi gaplarni ham eshitgan bolsangiz kerak. Ishqoriy muhit bu kislotali muhitga qarama-qarshi muhit boladi.

Odamlar sovun nimaligini bilmagan qadimgi zamonlarda, ayrim xalqlar, chunonchi qadimgi Misrliklar, Rimliklar va yunonlar kulning tozalash xossasi borligini bilishgan. Kulning bunday xususiyatining asosiy sababchisi esa, unda kaliy karbonatining mavjudligi bilan bogliqdir. Kaliy karbonati ham xuddi natriy karbonati singari yog va moylarning molekulasini parchalash xossasiga ega bolib, lekin bu ishni kaliy karbonati amalda yaxshiroq bajaradi.

Natriy va kaliy elementlari ishqoriy metallar safiga kiradi. Ishqoriy metallar turkumidagi boshqa metallar esa, natriy va kaliydan kora juda kamyobdirlar. Ular orasida eng soddasi davriy jadvaldagi uchinchi raqamli element bolmish litiydir. Litiy davriy jadvalda aynan natriyning ustida joylashadi va u eng yengil metall sanaladi. U suvdan ham ikki barobar yengil boladi. Shunga kora, litiy koplab yogoch turlaridan ham yengil boladi. U alyuminiydan besh barobar yengilroqdir.

Biroq litiyning yengilligidan naf baribir kam. U aytilganidek, kamyob modda bolibgina qolmasdan, ozi kabi barcha ishqoriy metallar singari, juda faol hamdir. Uning yana bir xossasi borki, bu narsa boshqa ishqoriy metallarning qolidan kelmaydi. Ya'ni litiy, havoda hatto azot bilan ham reaksiyaga kirishadi. Litiyning kam miqdorlarini qoshish orqali ayrim qotishmalarning mustahkamligi orttiriladi. Shuningdek, mushakbozlik vaqtida osmonda paydo boladigan qizil rangli yogdular ham, feyrverklarga qoshilgan litiy nitrati (LiNO3) tufayli yuzaga kelishini aytib otamiz.

Litiy elementi qollaniladigan yana bir soha bu vodorod bombalarini tayyorlash texnologiyasidir. Bunda litiy gidridi qollaniladi. Ayni moddaning boshqa bir keng qollanish sohasi esa plastmassa ishlab chiqarish sanoatidagi katalizatorlik vazifasi hamdir.

Litiyni ilk bora kashf qilgan olim Avgust Arfvedson bolib, bu element 1817 yilda Shvetsiyaning Stokgolm shahrida ochilgan. Arfvedson ham, litiyning qardoshlari natriy va kaliyni kashf etilishida Gemfri Devi qollagan usulni, ya'ni, elektrolitik jarayonni qollagan. Element nomini esa, yunoncha litos (?????) - tosh sozidan kelib chiqib atashgan. Sababi, osha zamonda olimlarga malum bolgan atiga ikkita boshqa ishqoriy metallar osimliklardan ajratib olish mumkin bolgan natriy va kaliydan farqli olaroq, litiy faqat muayyan minerallar tarkibida bolardi. Minerallar esa kopincha qattiq holatda, tosh korinishida uchraydi.

Yangilаndi: 19.10.2015 09:18  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!