Qadimgi islomiy o‘lchov birliklari
Yurtimiz ming yillar davomida o‘zining yuksak madaniyati va shonli tarixi bilan jahon maydonida o‘ziga xos shuhrat qozonib kelgan. Ajdodlarimizninh ilm-fanning barcha sohalarida samarali ijod qilib, buyuk ilmiy kashfiyotlar qilishgan. Ular qoldirgan benihoya boy ilmiy me'ros, hozirgi kun uchun ham o‘ta qadrli va dolzarbdir. Buyuk bobokalon ajdodlarimiz - Muso al Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Ahmad al Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Mirzo Ulug‘bek, g‘iyosiddin al Koshiy singari o‘tkir mutafakkir allomalarimizning aniq va tabiiy fanlar borasida olib borgan ilmiy faoliyatlariga, jahon hali hanuz tahsinlar o‘qimoqda. Ularning o‘z ilmiy ishlarida foydalangan o‘lchov birliklari ham o‘ziga xos bo‘lib, mazkur allomalarning ilmiy ishlarini o‘rganishda va mohiyat-mazmunini anglashda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.
Umuman olganda, IX-XII asrlar islom uyg‘onish davri deb yuritiladigan, jahon ilm-fani osmonida Beruniy, al-Xorazmiy, Ibn Sino kabi bobolarimizning porlashi bilan boshlangan buyuk ilmiy tariximizda ham, shonli o‘tmishimizning keyingi davri - Temuriylar hukmronligi ostida o‘tgan XIII-XV asrlarda ham, va o‘zbek xonliklarining qaror topishidan toki ularning tanazzuligacha bo‘lgan XVI-XIX asrlarda ham, mamlakatimiz hududida muqaddas islom dini va shariat qonunlari ustivor bo‘lganligini e'tirof etish o‘rinlidir. Shunga ko‘ra, xalq kundalik turmushi va savdo munosabatlarida ham, buyuk allomalarimizning ilmiy ishlarida ham, asosan islom dini shariat qonunlarida o‘rnatilgan o‘lchov birliklaridan foydalanilgan.
Islom dini va musulmon jamiyati odatda o‘lchovlar borasida jiddiy qoidalar bilan ish yuritgan va yuritib kelmoqda. Islomda o‘lchov birliklariga bo‘lgan munosabat hech qachon yuzaki bo‘lmagan, chunki, musulmon jamiyatida, savdoda ham, boshqa munosabatlarda ham, qat'iy mezonlarga amal qilingan. o‘lchovdan adashish, yoki, unda qasddan chalkashtirish, birovning haqqiga xiyonat qilingani bo‘lib, hamma zamonlarda ham qattiq qoralangan. Ajdodlarimiz o‘lchovlar borasida juda ehtiyotkor bo‘lishgan va ularda xiyonatkorlikdan hazar qilishgan... Ushbu birliklarning aksariyati bugungi kunda faqat o‘sha eski qo‘lyozma manuskriptlardayu, tarix muzeylarda qolgan. Biroq barchasi ham emas. Islom dini qoidalariga ko‘ra bajariladigan amallarda, xususan Ramazon ro‘zasi vaqt hisobida, fitr sadaqalarida, musofirchilik, tahorat va g‘usl masalalari va ho kazolarda ular hali hamon o‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda. Shu sababli ham, qadimgi islomiy birliklarning hozirgi zamon o‘lchovlaridagi muqobil qiymatlarini bilish foydadan holi bo‘lmaydi.
o‘rta asrlar musulmon sharqi mamlakatlari tarixi va o‘lchov birliklari borasida ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchi olim Valter Hints (Olmoniya) va olima Ye.A. Davidovich (Rossiya), o‘z asarlrida, bir-biridan mustaqil ravishda shunday faktni keltirishgan: Markaziy Osiyo musulmonlari, shar'iy o‘lchov birliklari borasidagi qoidalarga, boshqa har qanday hudud musulmonlaridan ko‘ra qat'iy amal qilishgan. Bunda xalqaro savdo munosabatlarini yuritishda ham jiddiy ehtiyotkorlik choralari ko‘rilgan. Xususan, Ye.A. Davidovich tadqiq qilgan bir tarixiy hujjatda, Buxoro amiri bilan rus savdogarlari o‘rtasida tuzilgan o‘zaro oldi-sotdi kelishuvida, o‘zaro muomalada, vazn o‘lchov birliklarining mann deb nomlangan turidan foydalanilishi, uning ikki xili borligi, kichik mann 320 funt, katta mann esa 640 funt tosh bosishi haida maxsus qayd etib o‘tilgan va vakolatli shaxslarning imzolari bilan tasdiqlangan. Hujjat taxmnan XVII-asr ikkinchi yarmiga tegishli deb baholanadi.
Umuman olganda esa, tariximizni tobora chuqur o‘rganarkanmiz, ajdodlarimizning buyuk zehn-zakovatlaridan hayratlanmaslikning hech qanday imkoni qolmaydi...
Qadimgi islomiy o‘lchov birliklari.
№ |
Birlik |
Karrali yoki, ulishli qiymatlari |
SI dagi ekvivalent qiymati. (SI ga o‘tkazish koefitsienti ) |
Uzunlik va masofa birliklari |
|||
1 |
Isba'[1] |
|
– 1.925 sm (–2 sm) |
2 |
Qabza[2] |
=4 isba |
– 7.7 sm |
3 |
Qarich (Shibr) |
=3 qabza=12 isba |
– 23.1 sm |
4 |
Ziro'[3] |
=2 qarich=6 qabza= 24 isba |
– 46.2 sm |
5 |
Gaz, Arshin |
=8 qabza = 32 isba |
– 61.6 sm |
6 |
Sarjin |
=3 gaz = 8 qarich = 24 qabza |
– 184.8 sm |
7 |
Qasaba |
=6 gaz |
– 369.6 sm – 3.7 m |
8 |
Ashiyr |
=6 qasaba |
– 22.176 m |
9 |
g‘alva[4] |
=50 qasaba |
– 184.8 m |
10 |
Qafiyz |
=1.2 g‘alva |
– 221.76 m |
11 |
Musulmon mili |
=10 g‘alva |
– 1848 m |
12 |
Jariyb |
=1.2 mil |
– 2217.6 |
13 |
Farsax |
=2.5 jariyb |
– 5544 m |
14 |
Bariyd[5] |
=4 farsax |
– 22.176 km |
15 |
Marhala |
=2 bariyd |
– 44.352 km |
16 |
Qasr masofasi |
=2 marhala |
– 88.704 km |
Hajm va sig‘im birliklari |
|||
1 |
Qadoq |
|
– 0.516 L |
2 |
Mudd[6] |
|
– 0.688 L |
3 |
Botmon |
=2 qadoq |
– 1.04 L |
4 |
Qist = qadah[7] |
=2 mudd |
– 1.375 L |
5 |
So‘= maxtum |
=2 qist |
– 2.75 L |
6 |
Makkuk |
=1.5 so‘ |
– 4.125 L |
7 |
Faraq |
=2 makkuk |
– 8.25 L |
8 |
Pud (kayla) |
=2 faraq |
– 16.5 L |
9 |
Qafiyz |
=4 faraq |
– 33 L |
Vazn birliklari |
|||
1 |
Qiyrot |
|
– 0.22 g |
2 |
Doniq |
|
– 0.5 g |
3 |
Misqol[8] |
|
– 4.25 g |
4 |
Navot |
=3.5 misqol |
– 14.9 g |
5 |
Qadoq |
|
– 408 g |
6 |
Botmon |
=2 qadoq |
– 816 g |
7 |
Qist |
|
–1.088 kg |
8 |
So‘ |
|
– 2.176 kg |
9 |
Faraq |
|
– 6.5 kg |
10 |
Pud |
|
– 13 kg |
[1]Ortacha qomatli odam barmog‘ining qalinligi
[2]Qo‘lni musht qilgandagi to‘rt barmoqning qalinligi
[3]Odam tirsagidan o‘rta barmog‘i uchigacha bo‘lgan uzunligi
[4]Kamondan otilgan o‘qning yetib boradigan o‘rtacha masofasi
[5]Otliq chopar xabarchining (pochtachi) bir punktdan ikkinchisigacha eltish masofasi
[6]Katta odamning hovuchi
[7]Ikki kishi to‘yib suv ichadigan idish
[8]o‘rtacha kattalikdagi arpa yoki bug‘doy doni og‘irligi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
kеyingi > |
---|