Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya Xabbl qonunining mazmuni qanday?

Xabbl qonunining mazmuni qanday?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Xabbl qonuning mazmuni qanday?

Edvin Xabbl Andromeda galaktikasi fotosurati bilan. ©AP Archive.

Xabbl qonuni bizdan olisdagi galaktikalarning uzoqlashish tezligi hamda ulargacha bo'lgan masofa orasidagi chiziqli munosabatni ifodalaydi. Unga muvofiq, bizdan ikki  barobar olis masofada joylashgan galaktika, bizdan ikki xissa kattaroq tezlik bilan uzoqlashayotgan bo'ladi.

Ushbu qonuni XX asrning 20-yillarida, o’sha paytda unchalik ham aniq bo’lmagan va miqdoran kam sonli o’lchashlar asosida, AQSHlik astronom Edvin Xabbl tomonidan shakllantirilgan edi. Galaktikalargacha bo'lgan masofani undagi nisbatan yorqin yulduzlarning yarqiroqligiga ko’ra baholash va baholash natijalarini avvaldan ma’lum bo'lgan boshqa galaktikalarning tezliklari bilan qiyoslash orqali, Xabbl ushbu tezliklar orasidagi chiziqli munosabatni aniqladi. Lekin bunda tezlik va masofa orasidagi o’zaro bog’liqlikni ifodalovchi proporsionallik koeffitsiyenti, masofani chamalashdagi tizimli ravishda yo’ qo’yilgan xatolik tufayli, anchayin past ko’rsatkich bilan aniqlangan edi. Xabbl nisbatidagi proporsionallik koeffitsiyentini Xabbl doimiysi deb atash urfga kirgan. Xabbl doimiysiga aniqlik kiritish hozirda ham davom etmoqda. Bugungi davrdagi ushbu doimiynining nisbatan katta aniqlik bilan belgilangan qiymati har bir megaparsekka (Mpk) 70 km/soniyani tashkil qiladi. (1 Mpk taxminan 3 million yorug'lik yiliga teng). Masalan biror galaktika bizdan aytaylik 100 Mpk masofada joylashgan bo’lsa, demak u bizdan taxminan 70∙100=7000 km/soniya tezlik bilan uzoqlashmoqda ekan deb xulosa qilinadi.

Fizika nuqtai nazaridan, Xabbl qonuni koinotning barcha yo’nalishlarda birdek kengayishda davom etayotganligining tabiiy isbotini ifodalaydi. Bu kengayish istalgan yo’nalishda bir xilda bo’lib, lekin bunda yaqqol ajratib ko’rsatiluvchi markaz yo’q. Ya'ni, istalgan galaktikadan turib kuzatilsa, kengayish doim bir xil ko’rinishda bo'ladi. Xabbl doimiysiga teskari bo'lgan kattalik vaqt o’lchamligiga taaluqli bo’lib, taxminan 14 milliard yilga teng. Bu kattalikni odatda ko’plab fiziklar olamning (koinotning) yoshi sifatida qaraydilar. Chunki u qo’pol yaxlitlsha bilan bo’lsa-da, harqalay koinot kengayishi boshlanganidan buyon o’tgan vaqt miqdorini ifodalaydi.

 

Shuni qayd etish kerakki, Xabbl qonuni tabiatning universial qonunlari sirasiga kirmaydi. U faqat taxminiy yaqinlashuv asosida bajariladi. Chunki galaktikalar koinotning kengayish tezligi bilan bog’liq tezlikdan tashqari, o’zining xususiy tezligiga ham ega bo’lib, u o’z harakatining tasodifiy tezliklarini ham namoyon qiladi. Bunday tasodifiy tezlik esa bir necha km/soniyadan bir necha ming km/soniya gacha bo’lishi mumkin. Ayni shu sababga ko’ra, agar galaktika biz uchun nisbatan yaqin masofada, aytaylik, atiga bir necha Mpk masofada joylashgan bo’lsa, tasodifiy harakat tezliklari tufayli Xabbl qonuni bajarilmay qoladi. Bunday galaktikalar bizdan uzoqlashishi ham, yoki aksincha, bizga yaqinlashishi ham mumkin. Bundan tashqari, Xabbl qonuni nisbatan olis galaktikalar uchungina, shunda ham ma’lum chegaralardagina nisbatan katta aniqlik bilan bajariladi. Juda-juda olis masofalarda, masalan milliard yorug'lik yili (minglab Mpk) masofalardagi galaktikalar uchun aniqlangan Xabbl doimiysi, nisbatan yaqindagi galaktikalar uchun aniqlangan qiymatdan tafovutga egadir.

Shunga qaramay, hozirgi zamon fizikasida aynan Xabbl qonuni, muayyan galaktikaga yoki galaktikalar to’dasigacha bo'lgan masofani aniqlashning eng samarali va nisbatan aniq usuli bo’lib qolmoqda. Xabbl qonuni va doimiysi, koinotning kengayayotganini ifodalovchi muhim fizik dalillardir.

Yangilаndi: 12.06.2015 09:57  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)