Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya Yangi Gorizontlar

Yangi Gorizontlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Yangi Gorizontlar

Yangi gorizontlar - (inglizcha: New Horizons) NASA tomonidan, Yangi sarhadlar dasturi doirasida, 2006 yilning 19 yanvar kuni AQSHning Kanaveral kosmodromidan ?tlas-5 551 raketa-eltuvchisi yordamida koinotga uchirilgan sayyoralararo avtomatik kosmik zond. Start vaqtidagi vazni 478 kg. Loyiha qiymati 650 million AQSH dollari. Apparat va uning bort asbob uskunalari, 11 kg plutoniy-238 radioaktiv termoelektr generatoridan quvvat oladi. Olchamlari 2,22,73,2 metr. Yangi gorizontlarning ishlash muddati 15-17 yilgacha bolishi kozda tutilgan. Apparat, Pluton atmosferasi va sirt yuzasi tuzilishini tadqiq qiluvchi ultrabinafsha spektrometr, oddiy va infraqizil diapazonlarda ishlovchi yuqori aniqlikdagi yirik planli yoyilma fotokamera, Quyosh shamoli zarrachalarining parametrlarini organuvchi SWAP apparati, energetik zarrachalar spektrometri, Koyper belbogidagi chang zarrachalarini organish uchun chang detektori, hamda radiospektrometr kabi uskunalar bilan jihozlangan. Shuningdek, Yangi gorizontlar bortiga, Plutonni kashf qilgan astronom Klayd Tomboning xoki, hamda NASA otkazgan maxsus Plutonga ismingni yubordasturi doirasida 434738 kishining ismi yozilgan disk joylashtirilgan. Yer bilan aloqa esa, koplab antennalar va kuchaytirgichlar tizimi orqali taminlanadi. Yangi gorizontlarning axborot uzatish tezligi 4.75 Km/soniya (Yupiter hududida), Plutonga yetib borishda bu tezlik 96 bayt/soniyaga tenglashishi kerak.

Ushbu apparat, kosmik tadqiqotlar erasi boshlanganidan buyon, Yerdan eng katta tezlik bilan uchib chiqqan kosmik zond hisoblanadi. U start vaqtida 16.21 km/soniya tezlik bilan Yerni tark etgan. Biroq hozirda apparatning uchish tezligi 14.95 km/soniyani tashkil qiladi va bu, 70-yillar oxirida uchirilgan Voyajer-1ning tezligidan (17.055 km/soniya) past korsatkichdir (Voyajer-1 Saturn bilan bajarilgan gravitatsion manyovr evaziga qoshimcha tezlanish olgan).

Yangi gorizontlarning asosiy maqsadi Pluton va uning yoldoshlari, xususan Xaronni tadqiq qilish. Shuningdek yol-yolakay, apparat Yupiterga ham tashrif buyurishi va ushbu gigant sayyora bilan gravitatsion manyovrni amalga oshirishi lozimedi. Bu vazifa 2007 yilning 28 fevralida muvaffaqiyatli uddalandi va Yangi gorizontlar Yupiter tortish kuchlari tasirida qoshimcha tezlanish olishga erishdi. Bu jarayonda Yupiter va uning yoldoshlariga oid yangi fotosuratlarni Yerga yubordi. 2008 yilning 8 iyun kuni Yangi gorizontlar Saturn orbitasini kesib otdi. 2009 yilning 29 dekabrida esa mazkur kosmik zond, Yer va Pluton orasidagi masofaning teng yarmini uchib otdi. 2010 yilning 30 iyul kuni esa, Yangi gorizontlar Neptundan 23 a.b. masofadan uchib otish chogida, Neptunning va uning tabiiy yoldoshlarining yuqori aniqlikdagi fotosuratlarini olib, Yerga uzatdi. Mohiyatan bu amaliyotning maqsadi, apparatning bortidagi asboblar va kameralarning ishlash rejimini tekshirib olish edi. 2011 yil, 18 martda zond Uran orbitasini kesib otdi. 2012 yilning 12 fevralida esa u Plutonga 10 a.b. gacha yaqinlashdi. 2013 yil oktyabrida marragacha bolgan masofa 5 a.b. ga qisqardi. Hisob-kitoblarga kora, 2014 yilning 25 avgustida Yangi gorizontlar kosmik zondi Neptun orbitasini kesib otishi lozim. Shundan song, 2015 yilning yanvarida, Plutonni togridan-togri kuzatish ishlarini boshlanishi va apparat toliq ish rejimiga otkazilishi kozda tutilgan. Xususan, 2015 yilning 5 mayiga kelib, undan olinishi kerak bolgan foto va videomateriallarning sifati Xabbl qayd qilayotganlardan yaxshi darajaga otishi kerak. 2015 yilning 14 iyul kuni esa, Yangi gorizontlar kozlangan marra Plutonga va uning Xaron yoldoshiga maksimal yaqinlashishi rejalashtirilgan. Kuzatuv 9 kun mobaynida olib boriladi va umumiy hisobda 4.5 Gb axborot yigilishi mumkin. Pluton va uning yoldoshlari tadqiq qilinganidan song, imkoniyatga qarab, 2016-2020 yillar davomida Yangi gorizontlarni Koyper belbogidagi obyektlardan biriga yonaltirish mumkin. biroq, apparatning energiya zahiralarining juda kamligi bois bu amalga oshishi mushkul bolgan vazifa sifatida qaralmoqda. 2026 yilga borib esa, Yangi gorizontlarning ish faoliyati butunlay toxtashi mumkin.

Shuni takidlash lozimki, Yangi gorizontlar parvozning 80% vaqti davomida energiya resurslarini tejash uchun, bir necha marta kutish rejimiga otkaziladi va qolgan 20% muddatda, vaqti-vaqti bilan yana ish rejimiga qaytarilib turiladi. Xususan u 2014 yilning 5 yanvarida kutish rejimidan uygotilib, aloqa tizimlari bort asbob-uskunalarining ishlashi sozligi tekshirib olindi va dasturiy taminot manbalari yangilandi. 17 yanvar kuni apparat qaytadan kutish rejimiga otkazildi. 2015 yilning may oyida esa apparatning kutish rejimidan butunlay chiqarildi va endilikda u toliq ishchi rejimga otgan.

Yangilаndi: 14.07.2015 04:39  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog‘liq bo‘lmasa, u matematika,

agar bog‘liq bo‘lsa u - buxgalteriya...



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)