Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Fan tarixidan.... Yuriy Alekseevich Gagarin

Yuriy Alekseevich Gagarin

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Yuriy Alekseevich Gagarin

Yuriy Alekseevich Gagarin 1934-yilning 9-mart kuni, Rossiyaning G‘arbiy viloyati (hozirgi Smolensk), Gjat tumanidagi Klushino qishlog‘ida tug‘ilgan. Rus harbiy uchuvchisi, fazogir. Insoniyat tarixida koinotga parvoz qilgan eng birinchi shaxs.

Gararinning otasi Aleksey Gagarin duradgor, onasi Anna Matveyeva esa, sut fermasida ishlagan. Yuriy Gagarin boshlang‘ich ta'limni dastlab, 1941-yilning 1-sentyabrida, Klushino qishlog‘idagi o‘rta maktabda boshlagan. Biroq 6-oktyabrga kelib Gagarin yashayotgan qishloqni nemis - fashistlar armiyasi bosib oladi barcha soha singari, maktab faoliyati ham to‘xtatiladi. 1943-yilda qishloq ozod etilgach, Gagarin yana o‘qishni davom ettiradi. U 1949-yilda Gjat o‘rta maktabining 6-sinfini tugallab, Lyubertsk hunarmandchilik bilim yurtiga o‘qishga kiradi va uni 1951-yilda metall quyuvchi va shakl beruvchi mutaxassis sifatdiaa'loga tamomlaydi. 1951-yilning o‘zida u Saratov sanoat texnikumiga o‘qishga kiradi. 1954-yilning 25-oktyabrida esa, u Saratov aeroklubiga a'zo bo‘ladi. U mazkur aeroklubda yuksak natijalarga erishadi va o‘zining ilk mustaqil parvozini YaK-18 samolyotida amalga oshiradi. Gagarin Saratov aeroklubini ham a'loga tamomlagan. U, umumiy hisobda 42 soat va 23 daqiqa parvoz qilib, jami 196 marta havoga ko‘tarilgan.

1955-yilda Yuriy Gagarin harbiy xizmatga chaqiriladi va u 1955-1957 yillarda harbiy qiruvchi uchuvchi sifatida xizmat o‘taydi. 1955-yilning 27-oktyabrida Yuriy Gagarin, Orenburg (o‘sha vaqtdagi nomi Chkalov) shahriga, 1-sonli harbiy aviatsiya uchuvchilari bilim yurtiga yo‘llanadi. 1957-yilning 25-oktyabrida Gagarin mazkur bilim yurtini ham a'loga tamomlab, Murmansk yaqinidagi, Shimoliy flotga tegishli bo‘lgan 169-qiruvchi aviatsiya polkining 122-qiruvchi aviatsiya diviziyasida harbiy xizmat o‘tashni boshlaydi. Shu yili Gagarin, Valentina Gorycheva bilan turmush quradi. Ular ikki nafar qiz farzand ko‘rishgan.

o‘sha vaqtlarda, koinotga insonning uchirilishi borasida ish olib borayotgan ilmiy - texnik guruh rahbari, akademik Korolyov boshchiligida, koinotga parvoz qilishi kerak bo‘lgan nomzodlarning aynan harbiy uchuvchilar safidan saralab olinishi kerakligini taklif qilgan edi. Uning taklifiga binoan, avvaliga 20 nafar, keyin esa 6 nafar saralab olingan harbiy uchuvchilar orasidan, koinotga ilk parvoz uchun yakuniy nomzodlar sifatida 3 nafar harbiy uchuvchi - Yuriy Gagarin, German Titov va Grigoriy Nelyubov tanlab olingan edi. Hukumat, mudofaa vazirligi va Korolyov ilmiy guruhu vakillari o‘rtasida tor doirada o‘tkazilgan so‘nggi maslahatlashuvdan keyin, birinchi kosmik parvoz uchun aynan Yuriy Gagarinning nomzodi tasdiqlandi. German Titov esa unga zahira varianti sifatida belgilandi. Parvozdan asosiy maqsad, Korolyovning o‘zi tasdiqlagan rejaga ko‘ra quyidagicha bo‘lgan: "Yerdan 180-230 km balandlikda yer atrofini 1 soat 30 daqiqa mobaynida bir marta aylanib chiqish. Parvozdan maqsad, insoning maxsus jihozlangan kemada, kosmosda bo‘la olishini tekshirish, kosmik kemadagi uskunalarning parvoz vaqtidagi holatini tekshirish, kosmik kema va Yer o‘rtasidagi aloqani tekshirish, fazogir va fazo kemasining qo‘nish uskunalarining ishonchliligiga ishonch hosil qilish".

1961-yilning 12-aprel kuni, tonggi soat 09:07 da, Qozog‘istonning Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan, Yuriy Alekseevich Gagarin "Vostok-1" fazo kemasida koinotga parvoz qildi. Gagarinning chaqirish taxallusi "Kedr" bo‘lgan. Start! Buyrug‘i berilishi bilan, Gagarin o‘zining mashhur iborasi "Poexali!" ("Ketdik!") bilan hitob qilgan edi.

Orbitaga chiqib olgach, Gagarin eng oddiy tajribalarni o‘tkazdi: yedi, ichdi, yon daftarga qaydlar qoldirdi. U o‘zi xis qilayotgan barcha narsa haqida bort magnitofoniga yozib bordi. Yer atrofida to‘liq bir marta aylanib chiqqach, parvozning 108-daqiqasida (soat 10:55:34 da) Gagarin, o‘z fazo kemasini Yerga qaytib qo‘ndirishga kirishdi. Biroq, qo‘nish reja bo‘yicha Stalingraddan 110 km (hozirgi Volgograd) masofada emas, balki, unga qo‘shni bo‘lgan Saratov viloyatidagi Smelovka qishlog‘i yaqiniga to‘g‘ri keldi. Yaqin oradagi harbiy qismning zenit-raketa kompleksi xizmatchilari Gagarinning parashyutda tushib kelayotganligini birinchi bo‘lib payqashdi. Qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshganidan so‘ng, qo‘nish joyiga harbiy diviziya xizmatchilari yetb kelishdi va birinchi fazogir insonni harbiy qismga olib ketishdi. o‘sha yerdan tuurib, Yuriy Gagarin, berilgan topshiriqning muvaffaqiyatli bajarilgani haqida, harbiy qo‘mondonlikka axborot berdi. Uning qo‘nish joyining o‘zidayoq, ko‘rsatgan jasorati uchun dastlabki mukofot - "Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish uchun" medali bilan taqdirlandi. Bu esa, Gagarindan boshlab, keyingi barcha fazogirlarga, qo‘nish joyining o‘zida topshirish an'anasiga aylanib qoldi. Ikki kundan keyin 14 apreldayoq, Yuriy Alekseevich Gagarin Sovet ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek unga, "Volga" avtomobili, 4-xonali kvartira, hamda 15000 rubl pul mukofoti topshirildi. Gagarin parvoz qilgan vaqtda harbiy unvoni katta leteynant bo‘lgan. Harbiy qo‘mondonlik, qo‘nish amalga oshgan vaqtning o‘zidayoq unga birdaniga Mayor unvonini berdi. Ya'ni Gagarin, Leteynant bo‘lib uchib, Mayor bo‘lib qo‘ngan. Yuriy Gagarin, jami bo‘lib 40 dan ortiq ichki va xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lid, ko‘plab mamlakatlar va shaharlarning faxriy fuqarosi, akademiya va oliy o‘quv yurtlarining faxriy akademigi unvonlari bilan taqdirlandi.

Gagarinning parvozdan keyingi hayotining dastlabki 3 yili asosan turli uchrashuvlar, va horijiy davlatlarga xizmat safarlar bilan o‘tdi. 1961-yilning 1-sentyabrida Gagarin, Jukovskiy nomidagi harbiy-uchuvchi-muhandislik akademiyasiga qabul qilindi. 1964-yildan boshlab esa u Fazogirlarni Tayyorlash Markazi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Shu yilning o‘zida Gagarin, kosmonavtlar otryadi komandiri etib tayinlandi. 1966-yilda Yiriy Gagarinni Xalqaro Astronavtika Akademiyasining faxriy a'zosi etib saylashdi.

Yuriy Gagarin yangi turdagi fazo kemalari - "Soyuz"lar bilan ham yana koinotga parvoz qilishga hozirlik ko‘ra boshladi. U shuningdek, yangi turkum qiruvchi samolyotlarining sinovchi-uchuvchisi sifatida, ko‘plab tajriba-sinov ishlarida ishtirok etardi. Shunday sinash uchishlarining birida, 1968-yilning 27-mart kuni, Vladimir viloyatining Kirjach tumani, Novoselyovo qishlog‘i yaqinida, Yiriy Alekseevich Gagarin, MiG-15UTI samolyoti bilan aviahalokatga uchradi va fojiali ravishda vafot etdi.

Hozirda, tarixda birinchi fazogir tug‘ilib o‘sgan Gjat tumani va Gjatsk shahri Gagarin sharafiga, uning nomi bilan ataladi. Dunyo bo‘yicha deyarli barcha shaharlarda, Gagarin ko‘chasi mavjud. Tarixdagi ilk kosmik parvozdan keyingi qo‘nish amalga oshgan Smelovka qishlog‘iga maxsus me'moriy kompleks barpo etilgan. Shuningdek, Yuriy Alekseevich Gagarin sharafiga, uning nomi Oydagi krater va asteroidlardan biriga biriktirlgan.

Gagarin dastlabki kosmik parvozni amalga oshirgan 12-aprel sanasi, butun dunyoda "Kosmonavtika kuni" sifatida keng nishonlanadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 22.12.2018 11:05  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
-1 #1 Maqoladagi texnik hato!Faxriddin 2018-03-13 13:47
Yuriy Alekseevich Gagarin 1938-yilning 9-mart kuni emas 1934 yil tug`ilgan
 

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11580550

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov