Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa

Slanesli neft

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Slanesli neft

Avvalo slanes haqida. Slanes - qatlam-qatlam ko‘rinishdagi tog‘ jinsi bo‘lib, bu qatlamlar osonlik bilan o‘zaro ajraladi. Slanesli neft (inglizchasi - "shale oil") - yonuvchan slaneslarga qo‘shimcha kimyoviy va mexanik ishlov berish natijasida olinadigan noaa'anaviy neft bo‘lib, u kerogen moddasiga boy bo‘lgan slaneslardan olinadi. Kerogen - butum holiga kelib qolgan organik moddadir. Slanesli neft olishda odatda salnes konlaridan olingan jinslarni piroliz qilinadi yoki gidrogenlanadi, yoxud, termik eritish bilan qayta ishlanadi. Bunda slaneslardagi organik moddalar qoldiqlari sintetik uglevodorodlarga, ya'ni, sintetik gaz va neftga aylanadi. Bunday usul bilan olingan neft to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqilg‘i sifatida ishlatilishi, yoki, NQZ larda qo‘shimcha qayta ishlanishi (oltingugurt va azot qoldiqlaridan tozalanishi) mumkin. Slanesli neft mahsulotlari ham an'anaviy neft mahsulotlari singari, ular bilan bir xil maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin.

Slanesli neft ("shale oil") atamasi shuningdek, an'anavaiy yengil neftni ifodalash uchun ham keng qo‘llanliadi (ayniqsa AQSHda). Bunday neft ham slanesli qatlamlar jinslari va ularga yaqin zich kollektorlardan qazib olinadi. Lekin bunda piroliz va boshqa kimyoviy ta'sir usullari qo‘llanilmaydi. Bunday yengil neft bilan slanesli neftni, o‘zaro farqlab belgilash uchun, Xalqaro Energetika Agentligi, "light tight oil" (qisqacha LTO) atamasini qo‘llashni tavsiya qiladi.

XXI-asrning 10-yillari boshiga kelib, AQSHda aynan shunday yengil formatsiyadagi neft qazib olish ishlari jadallashdi va keng miqyosga ega bo‘la boshladi. OAVlarda slanesli neft deb uqtirilayotgan mazkur unsur aslida o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan tuproq kollektorlaridan qazib, ajratib olinadigan yengil neftdir.

 

Xalqaro ekspert guruhlarning began baholariga ko‘ra, slanesli uglevodorodlarning (slanesli neft va gazlarning) asosiy konlari Shimoliy va Janubiy Amerika va shuningdek, Yevropa qit'asida joylashgan ekan. Shuningdek, bunday yoqilg‘i konlari, Yevroosiyoning asosan Xitoy XR va Rossiya Federatsiyasi joylashgan hududlarida bisyor. Yevropadagi salnes konlari esa asosan Polsha va Ukraina hamda, Rossiyaning g‘arbiy hududlariga to‘g‘ri keladi.

Slanes uglevodorod konlarini o‘zlashtirish va uning resurslaridan foydalanishning yo‘lga qo‘yilishini, ayrim mutaxassislar energetika sohasidagi so‘nggi 50 yilda amalga oshirilgan eng katta hodisa deya baholamoqdalar.

Bunday turdagi neftning keng ko‘lamli qazib olinishi va qayta ishlanishi, 2000-yillar boshida AQSHning Devon Energy kompaniyasi tomonidan boshlangan. Bunda hozirdagi slanesli neft qazib olishning eng samarador usul hisoblanayotgan - tuproq qatlamlarini ko‘p qatlamli gidroparchalash yo‘lin qiyalatib, ba'zi o‘rinlarda gorizontal yo‘nalishlari bilan kavlab-burg‘ulab boriladigan usul ilk bora qo‘llanila boshlagan. 2000 yilda 2010 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, bunday usulda neft qazib olish asosan Shimoliy Amerikada, aniqrog‘i, Kanada va AQSHda yo‘lga qo‘yildi. 2007-yilgacha AQSHda umumiy hisobda bir kecha-kunduzda 1 million barrel miqdordagi shunday slanesli neft qazib olingan bo‘lsa, keyingi yillarda bu boradagi sanoat ko‘lamining nihoyatda kengayishi natijasida, slanesli neft qazib olish miqdori hem keskin ortdi. Xususan, 2013 yilda kundalik slanesli neft qazib olish ko‘rsatkichi AQSHda 2.3 million barrelga yetgan bo‘lsa, 2014-yilda esa, 3.5 million barreldan ortib ketdi. Bu esa, butun dunyoda qazib olinadigan jami neft (barcha turlari) miqdorining taxminan 4.3 % ulushi demakdir. Taqqoslash uchun quydagi raqamlarni keltirish mumkin: jahondagi neft eksport qiliuvchi eng yurik mamlakatlar - Saudiya Arabistoni va Rossiya Federatsiyasining birgalikdagi kundalik neft qazib olish ko‘rsatkichi taxminan 10 million barrelni tashkil qiladi.

Slanesli neft qazib olish miqdorining keskin ko‘payishi, AQSHda energiya resurslariga bo‘lgan talabning ichki talablarning qondirilishida, import evaziga keluvchi gaz va neft o‘rnini bosish imkonini berdi. Bu esa, AQSH ichki bozorida uglevodorod yoqilg‘ilarining tannarxini pasayishiga olib keldi. Slanesli neft va unga yondosh chiqadigan slanesli gazlar qazib olish miqdorining ortishi evaziga, 2009-yilda AQSH gaz qazib olish bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketdi. Natijada 2012-yilning bir qancha vaqti davomida AQSH slanesli uglevodorod yoqilg‘ilari jahon bozoriga ham Rossiyaning aa'anaviy uglevodorod yoqilg‘ilari narxidan arzonroq narxda taklif etila boshladi.

2012-yil boshidayoq, energiya resurslari bo‘yicha xalqaro nufuzli ekspertlar, energiya bozorida yaqinlashib kelayotgan slanesli uglevodorodlar inqilobi haqida so‘z yurita boshgan edilar. Bunga Shimoliy Amerika hududlarida slanesli gaz va neft konlarini katta miqyosda o‘zlashtirishga kirishilgani va bu sohada allaqachon muayyan sanoat tajribasi to‘planganligi asosiy sabab qilib ko‘rsatilgan edi. Shunga qaramay, 2014-yilning deyarli yarmigacha jahon bozoridagi asosiy uglevodorod yoqilg‘i importyorlari (asosan Yevropa Ittifoqi va Xitoy) uchun aa'anaviy neft narxi barqarorligi saqlanib keldi. Lekin, 2014-yil avgust oyidan boshlab, jahon bozorida slanesli neft narxining aa'anaviy neft narxiga ta'siri tobora yaqqol ko‘zga tashlana boshladi va aa'anviy neft narxi deyarli 20 % ga arzonlashib ketdi.

Lekin slanesli uglevodorodlar, xususan slanesli neftning, aa'anaviy neftga nisbatan birmuncha yaqqol kamchiliklari mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiysi, slanesli uglevodorodlar qazib olishning tannarxining nisbatan qimmatligi hisoblanadi. Undan tashqari, slanesli konlarning suvga bo‘lgan ehtiyoji juda yuqori ekanligi (har bir konga 15-20 ming tonnagcha suv sarfi taqozo etiladi); konlarning juda tez bo‘shab qolishi (bitta kon uzog‘i bilan 1 yil xizmat qiladi); aniqlangan zaxiralarning energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojni to‘la qondirishga kifoya qilmasligi; hamda, albatta kuchli ekologik xatar omillari shular jumlasidandir. Ustiga-ustak, slanesli neft konlarida qazib olish samaradorligi koefitsienti, aa'anaviy neft konlariga qaraganda ancha past.

Slanesli neft va gaz qazib olishning ijobiy taraflari esa quyidagilardir: avvalo, konlarning uglevodorod yoqilg‘ilari sotiladigan bozorlarga geografik yaqinligi; bunday konlarga ega mamlakatlarda energiya manbalarini import qilish o‘rniga, o‘zlarida mavjud zaxiralardan foydalanishga nisbatan davlat va jamiyatning manfaatdorligi kiradi xolos.

Ba'zi ekspertlarning fikricha, slanesli uglevodorodlarni qazib olish, aa'anaviy neft qazib olishdan ko‘ra aslida ancha qimmat bo‘lib, yirik xalqaro energetika konsernlari bunday neft narxini ataylab pasaytirib ko‘rsatayotganlari bo‘lishi mumkin ekan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 22.12.2018 11:07  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 10916268

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov