Tezkor zarrachalarning energiyasi va impulsi
Yangilikni bayon qilishda, avvaldan ma'lum bilimga suyanish kerak. O'quvchi E=Mc2 formulani biladi deb qabul qilamiz.
Bu formulani Eynshteyn kashf qilgan. Endilikda biz, tezkor zarrachalarning energiyasini qanday hisoblashni yoki shunchaki yerda yotgan toshda ham, foydalanilmay yotgan behisob energiya zaxiralari mavjudligini aynan u tufayli bilamiz. U mazkur formula amaliyotda birinchi marta zarur bo‘lishidan ancha avval (1919-yilda birinchi marta yadroviy parchalanish qayd etilishidan ancha avval) keltirib chiqargan edi. 1905-yildayoq Eynshteyn, tezkor zarrachalarning energiyasi va impulsini odatiy formulalar E=mv2/2 yoki P=mv bilan hisoblab bo‘lmasligini isbotlab bergan edi. U yana ko‘plab narsalarni isbotlab berdi, u bizning asosiy tushunchalar: zamon, makon, harakat, Yorug‘lik va massalar haqidagi tasavvurlarimizni tom ma'noda o‘zgartirib yubordi. Lekin biz uchun hozircha uning energiya va impuls haqida nimalar degani muhimroq.
Eynshteyn kashfiyotinining mohiyatini tahminan shunday bayon qilish mumkin. Olamda Yorug‘likdan tezkorroq hech narsa yo‘q. Va bir Yorug‘lik boshqasidan tezroq bo‘lishi mumkin emas. Har qanday Yorug‘lik (bo‘shliqda) domiy bir xilda tezlik bilan harakatlanadi. Shu tufayli ham Yorug‘lik tezligini birlik uchun qabul qilish qulay. Boshqa har qanday harakat, masalan biror jismning harakati Yorug‘likning tarqalish tezligidan yuqori bo‘lishi mumkin emas, ya'ni, har qanday jismning tezligi doimo birdan kichik.
Lekin unda, biror bir kuch ta'sirida juda uzoq vaqt tezlanish berilgan jism bilan nima yuz beradi? Axir har qanday kuch tezlanishni keltirib chiqaradi, tezlanish esa tezlikni orttiradi, shunday ekan, tezlanish olayotgan jismning tezligi o‘sha birlikdan ortib ketadigan vaqt yetib kelmaydimi? Lekin, bu bo‘lishi mumkin emas; demak, tezlikni ortishi bilan tezlanish ham asta sekin kamayib borishi - shunday tez kamayishi kerakki, tezlanayotgan jism tezligini birlikdan ortib ketishigaulguradigan holatga yeta olmaydigandarajaga kamayishi kerak. Lekin doimiy ta'sir etuvchi kuch ta'siri ostida tezlanish kamayadi degani nimasi? Qanaqasiga bunday bo‘lishi mumkin? Harkatning boshqa xususiyati ma'lum: tezlanish jismning massasiga teskari proporsional -
Jism qanchalik og‘ir bo‘lsa, unga aynan bir hil kuch bilan tezlanish berish ham shuncha qiyinroq. Demak, xulosa qilish mumkinki, massa ortayotganligi sababli tezlanish kamaymoqda. Shunda mulohazalar o‘zaro tutashadi: tezlik ortishi bilan jism og‘irlashib boradi va endilikda avvalgi kuch unga avvalgiday tezlanish berish uchun yetarli bo‘lmay qoladi. Tezlanish pasayadib lekin tezlik deyarli o‘zgarmaydi. Eynshteyn jism tezligi v ning yorug‘lik tezligi ga (birlikka) yaqinlashishi sayin, jismning massasining ortishini ifodalovchi formulani keltirib chiqardi.
Bu yerda m orqali jismning massasi belgilanga, jism tinch holatdaligidagi v=0. Birlikka yaqinlashib borayotgan tezlikda, kasrning maxraji borgan sari kichiklashib, kasrning o‘zi esa kattalashib boradi.
Endi savolga boshqa tarafdan yondoshamiz. Ma'lum vaqt davomida jismga ta'sir etgan kuchni odam yoki dvigatel sarflashi kerakku. Masalan, dvigatel bo‘la qolsin. U qanchadir vaqt davomida ishladi, buning uchun yoqilg‘i ishlatdi, energiya sarfladi. Energiya esa o‘z o‘zidan, izsiz yo‘qolib ketishi mumkin emas. Ko‘rinishidan u, tezlanish olayotgan jismga uzatiladi va bu jism dvigatel qancha uzoq ishlasa, shuncha ko‘p energiyani o‘ziga singdirib oladi. Lekin, jismning tezligi baribir birlikdan ortib keta olmasligi ma'lum bo‘lsa, unda jism shuncha energiyani qayerga singdiradi? Jumboqning yechimi oddiy: ko‘rinib turibdiki, energiya, jismning massasini ortishi jarayoniga sarflanmoqda. Massaning ortishi - energiyaning ortishini o‘zida aynan aks ettiradi. Yana barchasi mos kelyapti: kuch jism ustida ish bajaradi, uning energiyasini orttiradi; energiya yig‘ilib boradi, jismda to‘planadi, uning massasaini orttiradi. Mashhur E=Mc2 Formula Qayerdan Kelib Chiqishi Mumkinligi tushunarli bo‘lib qoladi. Biz uni E=M ko‘rinishida yozamiz, chunki biz yorug‘lik tezligini birlik uchun qabul qildik. Biz E=Mc2 formulani keltirib chiqardik deb o‘ylamang. U umuman boshqacha mulohazalar orqali keltirib chiqarilgan. Biz uning ma'nosini oddiy usulda tushuntirdik holos.
Yuqorida aytilganlarni xulosa qilamiz, lekin uni boshqachasiga ifodalaymiz. Nima uchun tezkor harakatda massa va energiya uchun yangi formulalar zarur? Agar tezlanish berilgan jismning massasi ortmaganida, uning tezligi ortgan bo‘lardi va u nihoyat yorug‘lik tezligidan o‘tib ketardi, bu esa amaldagi tajribaga zid. Agar jismning tezlanishida energiyasi ortmaganida, tezlanish uchun sarflanayotgan ish qayoqqa ketardi?
Siz: "Buning hammasi yaxshi, lekin nima uchun jismlar tezlanayoganida og‘irlashib borishini hech kim hech qachon sezmagan?" - dersiz?
Haqiqatan ham buni sezish juda qiyin: bizni o‘rab turgan barcha narsa judayam sekin harakatlanadi. Yorug‘lik tezligi, birlik bilan taqqoslaganda sekin. Jismda yig‘ilgan massa faqat jismning tezligi chegaraviy qiymatga yaqinlashganidagina sezila boshlaydi, eng tezkor raketaning tezligi esa 0,0001 dan ham kichik. Yorug‘likning tezligi shunchalik katta. Aytaylik, masalan, yorug‘likning tezligi 10 km/soniya bo‘lganida, raketasozlar o‘z hisob kitoblarida Eynshetyn formulalaridan foydalanishlariga, raketalarning tezligi bu tezlikka yaqinlashgani sayin ularning inersiyasini ortib borishini e'tiborga olishlariga to‘g‘ri kelardi. Yorug‘lik tezligi masalan, 1 km/soniya bo‘lib qolsa bormi, olamdagi ko‘plab hodisalar umuman boshqacha yo‘nalishda kechgan bo‘lardi va biz uchun Eynshteyn mexanikasi ham, xuddi hozirdagi Nyuton mexanikasidek tabiiy bo‘lib tuyulardi.
Siz yana: "ular bizning odatiy kichik tezliklarimizda bir biriga zid kelib qolmaydimi?" deb so‘rasangiz kerak. Yo‘q, zid kelmaydi. Eynshteyn o‘z mulohazalarini shunday yuritdiki, kichik tezliklar uchun ko‘p karra sinovlardan o‘tgan Nyuton qonunlari uchun xavotirga tushishga hojat yo‘q. Agar v tezlik juda kichik bo‘lsa,
kasr, katta aniqlik bilan
ifodaga (masalan v=0.0001 ni qo‘yib tekshirib ko‘ring), massaning ortishi formulasi esa,
ga almashadi. Raketa, xuddi 30 km/soniya tezlikda uchayotgan bo‘lsa ham bu v =0.0001 ni anglatadi, ya'ni massa taxminan ikkiyuz milliondan birga ortadi. Bunday farqni sezishning imkoni yo‘q.
Agar, jismning massasi va uning energiya zaxirasining aynan bir narsa ekanligini yodga olsak, oxirgi formula o‘rniga teng kuchli formulani yozish mumkin:
demak, kichik tezliklarda erkin harakat qilayotgan har qanday jismning energiyasi ikki qismdan: tezlikka bog‘liq bo‘lmagan m qism va tezlikning kvadratiga bog‘liq ravishda ortadigan mv2/2 qismlardan iborat bo‘lar ekan. Shoshmang, axir mv2/2 bu
jismning kinetik energiyasiku! Demak, Eynshteyn, jismning kinetik energiyasi (odatda biz uni biror bir kuch ta'sirisiz, erkin harakatlanayotgan jismning energiyasi deb ataymiz) uning umumiy energiya zaxiralarining atiga bir qismi xolos ekanligini kashf qilgan ekan. Bu - judakichik qism. Asosiy energiya esa, tezlikka bog‘liq bo‘lmagan, va jism xattoki tinch yotgan holatida ham ega bo‘ladigan narigi m qismda band qilingan.
Agar moddaning biror qismida yangi zarracha paydo bo‘lgan bo‘lsa, demak, uning paydo bo‘lishi uchun qandaydir ish sarflangan, uning uchun qaysidir bir boshqa jismdan energiya sug‘urib olishga to‘g‘ri kelgan yoki bu zarrachani paydo bo‘lishi uchun qaysidir bir manbadan energiya miqdorini sirqitib olingan va bu energiya miqdori endilikda, agar, xatto zarracha harakatlanmayotgan bo‘lsa ham uning ichida saqlanmoqda. Atomlardan tuzilgan, biz uchun odatiy va katta jismlar uchun bu erish tuyuladi: biz ularni tayyor qurilish materiallaridan (atomlardan) hosil qilamiz va atomlarni paydo qilish uchun energiya sarf qilmaymiz. Demak, bu holatda mavjudlik energiyasi unchalik muhim ahamiyat kasb etmaydi: hamma zaruriy narsa o‘zi shundoq ham mavjud. Moddaning paydo bo‘lishi haqidagi savol bu yerda shunchaki o‘rinsiz.
Mayda zarrachalarning parchalanishi - boshqa masala. Bunda haqiqatan ham bir turdagi zarrachalardan va ularning to‘plagan energiyasidan yangi turdagi zarrachalar paydo bo‘ladi. Xuddi ibsen tugmachi ustasidagidek, qayta eritilishga hamma eskilar qoldiqsiz yo‘l oladi. Bu yerda m energiya bilan iltifotsiz bo‘lishga hech kim yo‘l qo‘ymaydi. m ning mavjud bo‘lishi formula uchun shunchalik muhimki,u haqida batafsil to‘xtalsi arziydi. Nima uchun biz bu tarkibiy qismni sezmaymiz? Nimaga Eynshteyngacha hech kim, o‘sha vaqtlarda barcha foydalanadigan energiya zaxiralaridan million va milliard marotabalab ortiq bo‘lgan va "oyoq ostida yotgan" bunday energiya zaxiralarini sezmadi? Bu Eynshetynning noxaq ekanligidan dalolat emasmi? Yo‘q, dalolat emas. Barcha gap shundaki, biz energiyaning o‘zini emas, balki, uning o‘zgarishini sezamiz. Kinetik energiya potensiyal energiyaga aylansa biz buni darhol anglaymiz, chunki, tezlik kamayadi. Issiqlikka o‘tsa, buni ham sezamiz: jism qiziydi. Agar energiya o‘zgarmasa, uni qanday qilib sezasan? Aytaylik Yer. Uning kinetik energiyasi ulkan: u Quyosh atrofida 30 km/soniya tezlik bilan harkatlanadi. Uning massasi 6·1027 g - bu bizning tasavvurimizga sig‘maydigan darajadagi hayratlanarli energiya zaxirasidir. Lekin uni kim sezmoqda? U nimada namoyon bo‘ladi?Uning yerdagi jismlar bilan yuz beradigan parchalanish hodisalarining balansiga kiritish va e'tiborga olish kerakmi? Albatta yo‘q: bunday parchalanishlarda u o‘zgarmaydi. U o‘lik kapital; qanday bo‘lib kirsa, shunday bo‘lib chiqadi.
m energiya bilan ham huddi shunday ahvol. U kimyoviy, elektrik va mexanik parchalanishlarda ishtirok etmaydi, energiya balansi formulalarining har ikkala tarfida jimgina hozir bo‘ladi va u tufayli birovga issiq ham sovuq ham bo‘lmaydi. Agar mabodo m dan ozginagina bo‘lak bo‘lsa ham "chimchilab" olishga qodir kuchlar topilganida edi, u holda m tezda o‘zi bilan hisoblashishga majbur qilardi. Lekin avvaliga bunday kuchlar haqida hech narsa bilishmagan.
E= m+mv2/2
Formulaning o‘zi bunday kuchlarni qidirish kerakligini ko‘rsatib turganini ko‘rsatib turganligini o‘zi katta yutuq. Va ularni ancha yillardan keyin topishdi, bu - yadroviy kuchlar edi. Atom elektrostansiyalarida yoki kemalarida bunday kuchlar, m dan mayda qismlarni chimchilab sug‘urib olib, ularni elektr yoki mexanik energiyaga aylantirish bilan shug‘ullanishadi.
Elementar zarrachalarning parchalanishida esa, xarakteriga ko‘ra o‘xshash, ammo kattaligi cheksiz darajada farq qiluvchi bu kuchlar endilikda, m ning tinch holatidan bir bo‘lak yulqib olish bilan mashg‘ul bo‘lmaydi. Ularning ta'siri jismning g‘ishtlarini biridan boshqasiga, avvalgi xususiyati va vazifalaridan tubdan farq qiluvchi, avvalgilariga umuman o‘xshamaydigan vilibkeskin tartiblaydi.
Lekin biz o‘zimizning to‘g‘ridan to‘g‘ri maqsadimizdan chetga chiqib ketdik. Demak, biz jismning massasi tezlikka qanday bog‘liq ekanligini bilamiz.
Huddi shunday, jismning energiyasi ham tezlikka bog‘liq:
Endi P=Mv jism impulsi deb ataladigan kattalik nima bo‘ladi? Balki uni ham biror narsa bilan alishtirish kerakdir?
Ma'lum bo‘lishicha, bunday emas ekan. Impuls avvalgidek
P=Mv
formula orqali ifodalanadi. Lekin, endilikda M tezlikka bog‘liq bo‘lgan kattalik. Demak impuls ham, xuddi jismning massasi va uning energiyasi singari, tezlanish o‘lchamlarida istalgancha kattalashishi mumkin ekan. Va Nyutonning tasdig‘i o‘z kuchida qoladi: kuch ta'siri ostidagi impulsning ortishi, kuchning o‘ziga va uning ta'siri davomiyligiga proportsionaldir. Agar kuch yetarlicha muddatda (va kerakli tarafga) ta'sir qilsa, impuls istalgan kattalikkacha yetib borishi mumkin.
Impuls formulasini uch xil variantda yozish:
va ulardan tanlovga ko‘ra foydalanish mumkin.
Agar jismning tezligini ma'lum darajada yorug‘lik tezligi - birlik bilan taqqoslash o‘rinli bo‘lsa, uning energiyasi va impulsini mana shunday o‘zgartirilgan shaklda olish kerak.
Bu yerda, qiziquvchan o‘quvchida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan savollarni oldidan payqashning ayni vaqti. Siz so‘rashingiz mumkin: agar katta tezliklarda T=mv2/2 formula noo‘rin bo‘lib qolsa, kinetik energiyani qanday hisoblash kerak?
Javob: Zarrachaning kinetik energiyasi deb, uning
formula orqali hisoblanadigan to‘la energiyasi va m ning tinch holat energiyasi
larning ayrimasiga aytiladi. v ning kichik qiymatlarida, bu formula orqali topiladigan qiymatlar, odatiy mv2/2 orqali topilgan qiymatdan deyarli farq qilmaydi.
Yana bir savol: qanday qilib massa energiyaga tenglashishi mumkin, axir massani grammlarda, energiyani esa, masalan, kilovatt - soatlarda o‘lchansa?
Lekin, biz massaning energiyaga ekvivalent ekanligini tushuntirganimizdan so‘ng, jismning massasi qanchaligini aniqlab, uning energiya zaxiralarini ham bilib olishimiz mumkin. Endi, tabiiy ravishda, massa va energiya uchun shunday birliklarni tanlash kerakki, ekvivalentlik darhol ko‘zga tashlansin. Massa va energiya uchun boshqa boshqa birliklar, bu ekvivalentlikning ahamiyati yo‘q bo‘lgan, ya'ni yer miqiyosidagi barcha hodisalar uchun o‘rinli. Massa va energiyaning farqi, harakatning shunchaki ikki taraflari orasidagi farqqa aylangan o‘lchamlarda, bu ikkalasini alohida-alohida o‘lchashning o‘zi ayb bo‘ladi ("energiya" "so‘zida zarrachaning "yaratuvchi kuch zaxirasi" "ma'nosi, "massa" so‘zida esa, uning inersion xususiyatlari, uning betinimligi ma'nolari ko‘proq namoyon bo‘ladi va ularning biri ikkinchisiz mavjud bo‘la olmaydi). Shu tufayli, mikrodunyoda zarrachaning energiyasini uning massasiga miqdoran teng bo‘ladigan qilib tanlanadi.
Buni amalga oshirish mumkinmi? Albatta. Agar, c=1 da E=M bo‘lsa, E va M ni bir xil birliklarda o‘lchash tabiiy. Xuddi shuningdek, P=Mv, zarracha tezligini yorug‘lik tezligiga nisbatda olinsa, ipuls P ni ham o‘sha birliklarda o‘lchash mumkin. Mikrodunyodagi parchalanishlar katta dunyoga ta'sir qilmay tursa, bu kelishuv - energiya, impuls va massani aynan bitta o‘lcham bilan o‘lchash hech qanday noqulaylik keltirib chiqarmaydi, balki,buning butunlay aksi bo‘ladi.
U qanday o‘lcham? Uni elektronvolt (ev) deb ataladi.
Avvaliga bu faqat energiyaning birligi bo‘lgan va u bir volt kuchlanish ta'sirida zarracha qanday energiyaga ega bo‘lishini ifodalagan. Bir milliard elektronvolt (109 ev) bir Gigaelektronvoltga (1 Gev) teng. Bu birliklarda massa va impulsni o‘lchanadi, albatta, katta jismlarning emas, balki, zarrachalarning massa va impulsini o‘lchanadi. Bu birlikning qulayligi shundaki, zarrachaning massasi va energiyasi unchalik katta bo‘lmagan sonlar bilan ifodalanadi. Aytaylik, proton massasai 0.94 Gev. Dubnadagi katta tezlatkichda protondan olinadigan impuls 10 Gev va ho kazo.
Va so‘nggi savol. Massa, energiya va impulsning yangicha ta'riflariga ega yangi mexanika faqat mikrodunyo uchun taaluqlimi va u bizning odatiy olamimiz uchun uning ahamiyati yo‘qmi? Unday emas, bizda ham, katta mashinalar orasida Nyuton mexanikasi qonunlari bilan hisoblab bo‘lmaydiganlari mavjud. Bular zarrachalarni tezlatkichlardir. Uning vazifasi - zarrachalarga, masalan, protonlarga yorug‘lik tezligiga yaqin qiymatlarda tezlanish berishdir. Bunda proton, Eyntshteyn ta'limotiga ko‘ra, ancha og‘irlashib qoladi. Uning massasi, tezlatkichdagi har bir aylanishda tobora ortib boradi. Va har bir aylanishdan keyin uni bu halqa ichida ushlab turish qiyinlashib boradi. Bunday massaga ega zarrachani aylana bo‘ylab tutib turishga endilikda magnit maydonining kuchlari yetarli bo‘lmay qoladi. elektromagnitga borgan sayin yuqoriroq kattalikdagi tok berishga to‘g‘ri keladi. Masalan, Dubnadagi, proton tezligi yorug‘lik tezligidan deyarli farq qilmaydigan tezlatkichda, protonning massasi M, tezlatish davri yakuniga borib 10 Gev ga yetadi. Avval boshda esa u 0.94 Gev ga teng bo‘lgan. demak proton 3 soniya (tezlatish shuncha vaqt davom etadi) ichida 10 baravardan ham ko‘proq salmoqliroq bo‘lib qolar ekan. Katta elektromagnit tezlatkichning iste'mol quvvati, tezlatish davri yakuniga borib ko‘p marotaba ortib ketadi. Agar siz, Eynshteyn formulasining haqqoniyligiga ishonch hosil qilmoqchi bo‘lsangiz, taqsimlash shitining vattmetrlaridagi reaktiv kuchlanishning qanday ortayotganiligini kuzating.
Shoshmang, shoshmang - deb xitob qiladi ziyrak o‘quvchi. elektrostantsiyada energiya yo‘qolib, o‘rniga, tezlatkichda o‘nlab barobar og‘irlashgan proton paydo bo‘ladi. demak, sizningcha, energiya massaga aylanib qoldi?!
- Nima sababdan bu sizni shunchalik hayajanlonlantiryapti?
- Chunki bu, yanglish falsafiy tezis...
-Sizning o‘zingiz ham, massa va energiya - aynan bitta fizik tushunchaning ikki xil turli alomatidir d?gandingiz.
- Fizikada, ha. Lekin, kundalik turmushda, energiyaning ortishi massaning ortishini bildirmaydi.
Qizish tufayli choynak og‘irroq bo‘lib qolmaydi. Odatiy hayot tarzimizda, massa va energiyaning farqi juda katta. Va siz tezlatkichga berilgan elektr energiyasining yakunda g‘ayrioddiy vaznli protonlarga aylanganiga tasodifan guvoh bo‘lib qolsangiz, xaqli ravishda, "elektroenergiya protonning massasiga aylandi!" deb hayratlanishingiz mumkin.
- Yoki uning energiyasiga...
- Yoki uning energiyasiga, agar biz Protonning beqarorligini emas, balki uning "kuch zaxirasi" yoki "yaratuvchanlik potentsiali" xususiyatlarini alohida qayd etmoqchi bo‘lsak. Biz zarrachaning "beqaror"ligi va "Yaratuvchilik kuchlarining zaxirasi" xususiyatlari sinonim ekanligiga ko‘nikishimiz zarur. Qachonki biz bunga ko‘niksak, bizlarda so‘ndirib bo‘lmaydigan yangi istak - energiya va massa so‘zlarining biridan qutulish va o‘rniga yagona so‘zdan foydalanish istagi paydo bo‘ladi. Zamonviy jiddiy fizika kitoblarida shunday qilishga urinishmoqda ham. Lekin bizning, formulalar yetishmovchiligining o‘rnini so‘z bilan to‘ldirishga to‘g‘ri keladigan maqolamizda har ikkala sinonimdan foydalanamiz: energiya va massa.
- Faylasuflarchi?
- Faylasuflar faylasuflarga dushman.
Yo‘q joydan muoammolar qidirish, haqiqiy mohiyat so‘zlarda emas, balki, aniq munosabatlarda bo‘lgan o‘rindada, so‘zlarning ma'nolarini nazorat qilishning nima keragi bor?...
Aqliy salohiyati amaliy ishlarga qaratilgan kishilarni boshqa muammo o‘ylantiradi: elementar zarrachalarning parchalanishidan hosil bo‘ladigan energiya miqdori, yadvroviy energiyadan ko‘p marta ortib ketishi rostmi?
Albatta. Masalan, yulduzlarga energiya yetkazib beradigan yadroviy reaksiyalar sikllaridan birining energiyasi, Geliyning to‘rtta protonining parchalanish energiyasiga to‘g‘ri keladi. Ularning massasi 0.94·4=3.76 Gev. Geliyning massasi esa, 3.73 Gev. Shunday eka, 0.03 Gev, 1% dan kam energiya ajralib chiqadi. π0 mezonning fotonlarga parchalanishida esa, mezonning massasi to‘liq fotonlarga o‘tadi (100 %).
- Demak, ko‘z o‘ngimizda termoyadro reaksiyasidan ham kuchliroq energiya manbai ekanda?
- Aslo yo‘q. Bunday mezonlarning noyobligi va beqarorligi xalaqit beradi. Xuddiki tezlatkich yaqinida ham ular protonlarga nisbatan kamida 1019 marta oz. Undan tashqari, ular shu zahotiyoq o‘ladi; ularni yig‘ib olishning iloji yo‘q. Asosiysi esa, ularning parchalanishida ajralib chiqadigan energiyaga teng energiya safrlab, ularni yaratish. Protonlar esa, vodorod yadrosida doimo tayyor holda mavjud. termoyadro reaksiyalarida biz faqat tabiat tomonidan to‘plangan energiya zaxiralarini sarf qilamiz; π0 mezonlarning parchalanishi esa, eng yaxshi taqdirda bizga faqat ularni hosil qilishga sarflangan energiyani qaytaradi holos.
- Unda ulardan qanday naf?
- Naf mezonlar, giperonlar va shunga o‘xshashlardan. Ular bizga olam tuzilishi haqidagi jumboqlarga yechim beradi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|