Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika Kozlaringga ishonma...

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Kozlaringga ishonma...

Inson uchun koz - uni orab turgan dunyo haqidagi asosiy axborot manbai. Biz kozlarimizga mutloq ishonishga konikib qolganmiz. Kozlarimga ishonmadim sozi, hayratlanishning eng yuqori darajasini ifodalaydi. Odatiy sharoitlarda bunday ishonch ozini toliq oqlaydi. Koz va bosh miyaning unga bogliq bolimlari ozaro birgalikda, nozik tahliliy apparatni ozida namoyon qiladi va u bizga juda turli tuman sharoitlarda: yorqin quyosh nurlarida va yoruglik umuman kam bolganida, tinch holatda va tezkor harakatlanish kabilarda beminnat xizmat qiladi. Bizning kozimiz tor pardasida olinayotgan tasvir, hech qanday nuqsonlarsiz namoyon boladi. U yetarlicha ravshan, manzara togri, togri chiziqlar - togri chiziq bolib korinadi, buyumlar atrofida kamalaksimon gardish - xromatik aberratsiya yoq. Shunga qaramay, kozlarimizni ideal asbob deb oylashimiz orinli emas.

Sinchkovlik bilan olib borilgan tadqiqotlar shuni korsatmoqdaki, inson koziga ham linzalardagi barcha nuqsonlar xosdir. Lekin, bizning ongimiz, koz tor pardasidagi nomukammal tasvirdan, bizni orab turgan fazo haqidagi togri tasavvurni hosil qila oladi.

Misol keltiramiz. Uzoqni kora olmaslik holati paydo bolgan odam, birinchi marta kozoynak taqdi. Dastlabki vaqtlarda u manzarani juda xiralashgan va chaplashib ketgan holda koradi. Togri chiziqlar unga qiyshaygan bolib, tekisliklar - qiyshiq va qiya bolib korinadi. Ba'zan bu yengil bosh aylanishini ham keltirib chiqaradi. Lekin, bir muddat otgach, odam, kozoynaklar orqali, manzarani ham togri chiziqlarni ham togri qabul qila boshlaydi. Atrof uning koz ongida yana togri korinishda, xiralashmagan, tiniq holatda namoyon boladi, garchi koz tor pardasidagi tasvir hali-hamon notogri bolsa ham.

Noodatiy sharoitlarda - qachonki kozlar mantiqqa togri kelmaydigan axborot olayotganda, tasvir ota keskin bolganida, masofa, olcham va nisbatlarni togri chamalash qiyin bolganida, yoki, koz tor pardasining ayrim qismlari qandaydir qozgatuvchining davomli ta'siri tufayli charchaganida, bizning miyamiz ham adashishni boshlaydi. Turli xil aldamchi tasavvurlar - koz aldanishlari paydo boladi. Shubhasiz, siz ozingiz ham shunday garoyib illuziyalarning turli xillari bilan kop marta toqnash kelgansiz. Biz, kozlarimizning qanday qilib xato qilishi haqidagi bir necha tajribalarning tafsilotini keltiramiz. Bundan maqsadimiz, sizning korish hissiyotiga bolgan ishonchingizni yoq qilish emas, balki, timsollarni shakllantirishda, miyaning sintez qila olish xususiyati qanday yuksak ahamiyat kasb etishini isbotlashdir.

Koz tor pardasida ham, xuddi fotoapparatdagidek teskari (tontarilgan) tasvir hosil bolishini isbotlab beruvchi birinchi tajriba uchun, ikki bolak karton, masalan ikkita tabriknoma kerak boladi. Ulardan birida yogon igna bilan, taxminan 0.5 mm atrofidagi tuynuk teshing va uni koz oldingizda 2 - 3 sm masofada tutib, u orqali yoritilgan manzaraga - yorug osmonga yoki chiroqqa qarang. Ikkinchi tabriknomaning chetlari bilan sekin asta koz qorachigingizni pastdan yuqoriga boshlab tosing. Kozning korish maydonida siz tabriknomaning chetlarining soyasini yuqoridan pastga qarab yonalganligini korasiz.

Bu tajribaning optik sxemasini batafsilroq tahlil qilamiz. Hali koz ongida tuynukli tabriknoma yoq bolgan vaqtda, kozning korish maydonining barcha nuqtalari kozga butun qorachiq orqali signal yuboradi(1a rasm) va qorachiqning har bir nuqtasidan yoruglik butun tor pardaga tarqaladi (1b rasm). Agar koz oldiga teshikli tabriknoma qoyilsa, korish maydonining har bir nuqtasi, qorachiqning kichik qismidan otayotgan nurlar orqali tasvirlanadi. Korish maydonining yuqorisidagi nuqtalar, qorachiqning pastki qismi orqali otayotgan nurlar vositasida, pastki qismidagi qismi esa, qorachiqning yuqori qismi vositasida tasvirlanadi. Tabriknoma cheti bilan qorachiqning pastki qismini tosib qoyish orqali, biz, korish maydonining yuqori qismiga soya tushirib qoyamiz va yuqoriga qarab turgan tabriknomani chetini koramiz. Bu samarali tajribaning kozga tushayotgan nur yonalishiga umuman bogliq emasligini va u koz tor pardasidagi tasvirning teskariligini isbotlay olmasligini tushunish qiyin emas. Korish maydoni, qorachiqqacha shakllanib bolgan.

Ikkinchi tajriba esa, korishning mantiqqa zid axborotni qanday qilib togrilab olishini korsatib beradi. Qogoz sahifasidan 2 sm diametrli nay (trubka) orang va u orqali avval bir kozingiz bilan, oldinda turgan buyumlarga qarang. Qol kaftingizbilan, ikkinchi kozingiz qarshisini, 10-15 sm masofada, nay trubkagacha berkiting. Siz oz kaftingizdagi tuynukni va u orqali sizni orab turgan buyumlarni ham yaqqol korasiz. Kaftning orta qismidagi tasvir, kozingiz nay trubka orqali korayotgan tasvir bilan toliq qoplab, bostirib yuborilgan.

ong va chap kozga turli xil axborotni beradiganyana ham nozikroq tajribani quyidagicha otkazish mumkin. Oq ipga qandaydir kichik va yorqin buyumni osib qoying. Bir tekislikda tebranuvchi mayatnik holatiga keltirib, unga 2-3 sm masofadan turib qarang. Bir kozingiz oldiga istalgan rangdagi va ortacha zichlikdagi yoruglik filtrini qoying. Siz mayatnikning bir tekislikda tebranmasdan, balki, ellips chizib notekis tebranayotganligini korasiz. Yoruglik filtrini narigi kozingizga olsangiz, ellipsning harakat yonalishi teskarisiga ozgaradi.

Navbatdagi tajriba 2a va 2b rasmlarda tasvirlangan. 2a rasmda, qalin qora chiziqni kesib otayotgan togri chiziqning sinishiga doir mashhur illuziya keltirilgan. Lekin, agar rasmni kotariluvchi yuk va chigir bilan toldirib (2b rasm), shu orqali ongga, togri chiziq bu - tarang tortilgan chilvir ekanligi haqida yashirin axborot uzatilsa, sinish illuziyasi yoqoladi.

Songi tajriba timsolni talqin qilish ongga tanlash imkoniyatidek tuyulishi holati bilan bogliq. 3-rasmda Oyning Yomgirlar dengizi va Apennin tog tizmalari hududlaridan iborat peyzajining ikki fotosurati keltirilgan. Ulardan birida siz, halqasiman Oy toglarini, ikkinchisida esa, halqasiman botiqliklarini korasiz. Relyef akslanib ozgardi. Tasvirga teskari tomondan qarasangiz, relyefning akslanishi endi narigi fotosuratda yuz beradi. E'tibor bering, ushbu fotosuratlar mutlaqo bir xil, lekin ulardan biri teskari joylashtirilgan.

Oyni teleskopda kuzatishda, relyef ozgarishi illuziyasi tez-tez kuzatiladi. Oyda bolgan fazogirlar, peyzajning keskin kontrastligi sharoitida, havoli manzaradan mahrum bolgan holatda, joyning real manzarasining tasvirini koz orqali qabul qilish borasida katta qiyinchiliklarga uchradilar. Harakatlanish yonalishining ozgarishi effektini kuzatish uchun, aylanayotgan radiolokator antennasining siluetini tomosha qilish kerak. Sizga, xuddi antenna aylanish yonalishin tosatdan qarama qarshisiga ozgartirayotgandek bolib tuyuladi. Ilgarilari bu effektni kuzatish uchun shamol tegirmonini tomosha qilish tavsiya etilar edi.

Rangni qabul qilish hissiyoti bilan ham koplab qiziq illuziyalar bogliq. Koz aldanishlari - bu shunchaki qiziqarli fokuslar emas. Noodatiy sharoitlarda, korish apparati ishini organish, kozda yuz berayotgan jarayonlarning va bizni orab turgan haqiqatning ongimizdagi timsollarni sintez qilish mohiyatini yanada chuqurroq anglashga yordam beradi.

Fiziologik optika tajribalari bilan yanada batafsilroq tanishishni istayotganlarga, J.Greggning Korish boyicha tajribalar (Moskva, 1970 y.) kitobini tavsiya qilish mumkin. Bu kitobda, kozni tadqiq qilish borasidagi koplab elementlar tajribalarning mufassal bayoni keltirilgan. oquvchilar uchun ularning barchasini topish imkoni mavjud va u oqishga arzigulik asar.oquvchini shu orinda ogohlantirib otish orinliki, muallifning fizik optika boyicha fikr yuritgan ba'zi joylarida, kitobning tili ilmiy tildan ancha chetlashib ketadi.

Kutubxonalardan siz, balki, Minartning Tabiatdagi nur va rang (nashriyoti, Moskva, 1969 y.) va Artamonovning Korish illuziyasi (Moskva, 1969 y.) kitoblarini ham topishingiz mumkin.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 11.09.2018 09:06  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis