Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Kimyo Olovbardoshlar.

Olovbardoshlar.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Olovbardoshlar.

Olovbardoshlar asosiy vazifasi tashqi muhitni hamda konstruksiyalardagi otga chidamsiz elementlarni yuqori harorat, erigan metallar va qizigan gazlar tasiridan muhofaza qilishdan iborat bolgan kimyoviy materiallardir.

Domna pechining pastki qismida harorat 1500 C atrofida boladi. Ikki kapital tamirlash orasidagi vaqt (domna pechi kampaniyasi) 5-6 yil, bazan esa 10 yil va undan ortiq boladi. Mana shu vaqt ichida pech muntazam ishlab turadi. Futerovka pechning ichki qoplamasi yuqori haroratga bardoshli bolishi va harorat ozgarishlariga chidamli bolishi bilan bir qatorda, erigan metall va shlakning kimyoviy tasiriga ham chidamli boladi.

Oddiy gishtning bunday sharoitlarga bardosh berishi qiyin albatta. Domna pechlarida va boshqa metallurgiya agregatlarining ichki qismlari olovbardosh materallar, jumladan tarkibiga shamot maxsus kuydirilgan loy qoshilgan gishtlar bilan qoplanadi. Shamot gishtining kimyoviy tarkibi oddiy bolib u kremniy oksid SiO2 bilan aluminiy oksid Al2O3 ning aralashmasidan iborat. Uning olovbardoshligi 1600-1700 C gacha boladi.

Suyuqlanish harorati yuqori bolgan istalgan bir moddani olib, uni olovbardosh material sifatida ishlatish mumkin deb oylash notogri. Buning uchunqiyin suyuqlanadigan moddadan yana qator sifatlar talab etiladi. Modda issiqqa chidamli bolishi, yuqori haroratda mexanik kuchlar tasirida deformatsiyalanmasligi kerak, chunki, pechning futerovkasiga yuqori harorat bilan birga katta mexanik kuch ham tasir korsatadi. U termik barqaror bolishi hamda, haroratning keskin ozgarishlari natijasida yorilib ketmasligi kerak. Mana shuning uchun ham, masalan, molibdenning suyuqlanish harorati 2620 C ga teng bolishiga qaramay, u yaxshi olovbardosh hisoblanmaydi. (Molibden yuqori haroratda juda mort bolib qoladi va oson burdalanadi). U shlakka bardosh berishi, yuqori haroratda boshqa agressiv muhitlarga chidamli bolishi lozim. Nihoyat, moddaning termik kengayish koyeffitsientikichik bolishi shart. Chunki yuqori haroratda hajm doimiy saqlanishi muhimdir.

Materialning hamma xossalari talab qilingan meyorda saqlangan maksimal harorat olovbardoshlik deyiladi. Amalda olovbardoshlikning qabul qilingan quyi chegarasi 1580 C boladi. Agar materialning olovbardoshligi bundan kichik bolsa, u olovbardosh hisoblanmaydi. Olovbardoshligi 1580 dan 1770 C gacha bolsa material yoki, buyum olovbardosh; 1770-2000 C atrofida bolsa yuqori olovbardosh; 2000 C dan yuqori bolsa oliy olovbardosh deb yuritiladi. Tantal va gafniy karbidlari (TaC, HfC) ning olovbardoshligi 3880 va 3900 C ga teng bolib, bu rekord olovbardoshlikdir; ular mos ravishda 4150 va 4160 C da eriy boshlaydi.

Yangilаndi: 01.02.2015 18:46  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2648274

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis