Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Kimyo Galogenlar

Galogenlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 117
Juda yomon!A'lo! 

Galogenlar

Galogenlar Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalining VII a guruhchasini tashkil etuvchi elementlar (ular beshta) uchun qo‘llanadigan umumiy nomdir. Galogenlar turkumiga xlor, ftor, brom, yod va astat elementlari kiradi. "Galogen" atamasini 1811-yilda olmon kimyogari I.Shveyger tomonidan, ishqoriy metallar bilan birikib, tuz hosil qiladigan xlor elementini atash uchun taklif qilgan edi. "Galogen" so‘zi yunon tilidagi "tuz tug‘diruvchi" ma'nosini bildiradi. Lekin Shveygerning taklifi umume'tirof etilmadi va taklifligicha qolib ketdi. Keyinroq esa bu atama yana kun tartibiga chiqdi va xlor va unga yondosh elementlarga qo‘yilgan umumiy guruh nomi sifatida fanga kirib keldi.

Galogenlarning barchasi - metallmaslardir. Lekin yodda va sun'iy olingan astatda kuchsiz metall xossalari borligi aniqlangan. Galogenlarni o‘rganish nazariy va amaliy kimyoning taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Elementlarning tabiiy guruhlari haqidagi tushuncha davriy qonunni kashf etishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Kislotalarning tarkibi va xossalari, ularning kuchi va oksidlash xususiyatlariga oid hozirgi tasavvurlar galogenlarning kislorodli va vodorodli birikmalarini o‘rganish tufayli shakllangandir.

 

Ftordan yodga o‘tishfa galogenlar ba'zi xossalarining turlicha o‘zgarishlarga asoslanib, rus olimi Ye.V.Biron ikkilamchi davriylik hodisasi mavjudligini aniqladi (masalan xlor kislorodli birikmalarning mustahkamligi, ftorning shunday birikmalarining mustahkamligidan kuchliroqdir; bromda bu xossa yanada susayadi va yodga borganda ortadi).

Uglevodorodlarning galogenli hosilalari ko‘pchilik organik moddalarni olishda juda muhim oraliq mahsulot bo‘lib xizmat qiladi. Huddi ana shulardan foydalanish XIX-asrda organik kimyoning taraqqiy etishiga katta turtki bergan edi. Xlorlash usuli mineral va rudalardan turli metallarni ajratib olishda keng qo‘llaniladi. Yodidlarni termik parchalash yo‘li bilan tozalik darajasi nihoyatda yuqori bo‘lgan metallar olinadi. Hozirgi vaqtda ftor kimyosi mustaqil ilmiy fab sifatida ajralib chiqqan.

Yangilаndi: 27.02.2019 15:41  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11821226

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis