Tomas Iogann Zeebek
Tomas Iogann Zeebek - (nemischa Thomas Johann Seebeck) - olmon fizigi, termoelektr hodisasini kashf qilgan hamda tarixda birinchi termoparani ixtiro qilgan olim.
Iogann Zeebek 1770-yilning 9-aprelida, o‘sha vaqtlarda Rossiya imperiyasiga qarashli bo‘lgan Revill (hozirgi Estoniya davlatining poytaxti Tallin) shahrida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta'limni Gustaf Adolf nomli gimnaziyada, oily ma'lumotni esa Gettingen universitetida, tibbiyot yo‘nalishida olgan. U avvaliga Yena, Bayreyt va Nyurnberg shaharlarida xususiy t5arzdagi shifokor-vrach bo‘lib ish olib boradi. 1818-yilda esa Berlinga joylashib, ilmiy faoliyatini boshlab yuboradi. Tez orada uni Berlin Fanlar Akademiyasiga a'zolikka qabul qilishadi.
Zeebekning ilk ilmiy muvaffaqiyatlari optika sohasida bo‘lgan. Xususan u farang fizigi Bio bilan deyarli bir vaqtniong o‘zida, bir va ikki o‘qli kristallardagi yorug‘lik qutblanishi hodisasini kashf etadi. Shuningdek uning, akustikaga doir bo‘lgan, tovush chiqarayotgan jismning harakatining, tovush balandligiga ta'siri borasidagi tadqiqotlari, hamda, Quyuosh spektridagi issiqlik nurlanishlarining taqsimlanishining tadqiqotlariga bag‘ishlangan izlanishlari, katta shuhrat keltirgan. Bundan tashqari olim, yorug‘likning jismlarga o‘tkazadigan kimyoviy ta'siri borasidagi izlanishlari ham ma'lum.
Tomas Iogann Zeebek ochgan va hozirgi kunda ham o‘zining katta samaradorligi bilan afzalliklarini namoyon qilib kelayotgan eng ajoyib kashfiyot esa bu termoelektr hodisasidir. Unga ko‘ra, ikki xil turli jinsli metallar juftligidan tayyorlangan o‘tkazgich simlardan iborat termojuftlikning o‘zaro kavsharlangan bir uchini issiqlik obyektiga tushirilsa, issiqlik ta'sirida simlarda elektr yurituvchi kuch (EYuK), simlarning erkin uchlarida esa potensiallar farqi yuzaga keladi. Ushbu farqni (kuchlanishni) o‘lchash orqali, obyektdagi harorat haqida ma'lum axborotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Ushbu effekt fanda, olimning sharafiga, uning nomi bilan "Zeebek effekti" deb atala boshladi va Iogann Zeebek, termopara asbobining ilk ixtirochisi sifatida tarixda qoldi. Zeebek 1821-yilda yasagan ilk termopara, mis-vismut juftligidan iborat bo‘lgan. Uning 1821-yilda Prussiya Fanlar Akademiyasiga taqdim qilgan "Ba'zi rudalar va metallarda, haroratlar farqi yuzaga kelgan sharoitlarda paydo bo‘luvchi magnit qutblanishi masalalari" nomli asarida, o‘zining mazkur sohaga oid tajribalari va natijalarini bayon qilgan bo‘lib, ushbu ish, Prussiya Fanlar Akademiyasining 1822-yildagi hisobotlarida chop etilgan.
Tomas Iogann Zeebek, 1831-yilning 10-dekabrida Berlinda vafot etgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|