Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Evanjelista Torichelli

Evanjelista Torichelli

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Evanjelista Torichelli

Evanjelista Torichelli (italyancha - Evangelista Torricelli) italyan matematigi, fizik. Galileo Galileyning shogirdi. Fizikada atmosfera bosimining kashf etilishi tarixi va atmosfera bosimini olchagan ilk olim sifatida mashhur. Torichelli shuningdek, mexanika va boshqa bir qancha ilmiy-texnikaviy yonalishlarda Galileyning izlanishlarining davomchisi bolgan.

Evanjelista Torichelli 1608 yilning 15-oktyabrida Italiyaning Faensa shahrida tugilgan. Otasidan erta ajralgan Torichellini ilm korgan ruhoniy bobosi tarbiyaladi. Bobosi keyinroq Torichellini iezuitlar maktabiga bergan; 18 yoshida esa matematikadan bilim olishi uchun Rimga yuboradi. Rimda Torichelli, Galileyning izdoshi va maslakdoshi bolgan olim Bendetto Kastelli (1577-1644) bilan yaqin aloqada bolib, dostlashadi. Torichelli u orqali Galileyning mexanikaga oid ishlari bilan ilk marotaba tanishadi. Galileyning ishlari yosh Torichellida juda katta taassurot uygotadi. Aynan Galileyning asarlari tasiri ostida, 1640-yilda Torichellining Harakatni tabiiy tezlantiruvchi haqida nomli asari nashrdan chiqadi. Ushbu asar haqida xabar topgan Galiley, yosh Torichellini oz huzuriga, Archetri shahriga taklif etadi. Torichelli Galileyni ozi uchun ustoz deb bilgan. 1642 yilda Galiley vafot etgach, uning ilmiy ishlarini davom ettirish uchun aynan Torichelli eng munosib nomzod deb topiladi va uni Florensiya universitetining matematika va fizika kafedrasiga rahbarlikka tayinlashadi.

Evanjelista Torichelli Galileydan song, uning olib borgan tadqiqotlari boyicha, shuningdek boshqa fan sohalaridagi mustaqil ilmiy goyalari bilan katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Xususan uning Dekartdan mustaqil ravishda, logarifmik spiralning yoyi uzunligini aniqlagani, sikloida va parabolaning kvadraturasi borasidagi ishlari, matematika tarixida ozining munosib orniga egadir. Shuningdek uning mexanikaga oid izlanishlari ham, oz davri fizikasi uchun muhim ahamiyat kasb etgan. Torichellining Erkin tushayotgan va tashlangan jismlarning harakati haqida nomli asarida, ogirlik markazining harakatlanishi tamoyillari haqidagi goyalarni rivojlantiradi hamda, ballistikaga oid bolgan qator masalalarni hal etadi. Bulardan tashqari, Torichelli, uchburchak tekisligida joylashadigan va undan uchburchakning uchlarigacha bolgan masofalarning yigindisi eng kichik boladigan nuqtani aniqlaganligi bilan ham tarixda nom qoldirgan. Muayyan texnik-iqtisodiy ahamiyatga ega bolgan, bunday nuqtalar hozirda Torichelli nuqtasi deb yuritiladi. Torichelli nuqtasi, ayniqsa konchilik, metallurgiya va shunga oxshash yirik sanoat korxonalaridagi ichki logistika ishlarida muhimdir. Biroq, yuqoridagi ilmiy yutuqlarning barchasidan kora, Evanjelista Torichellining nomini ilm-fan tarixiga qatiy muhrlagan fakt sifatida, eng avvalo uning atmosfera bosiminiong mavjudligini isbotlab berganligi tan olinadi (1644-yil). Atmosfera bosimining kashf etilishi hodisasiga muvofiq ravishda esa, Torichellining ixtirosi bolgan atmosfera bosimini olchash asbobi simobli barometr ham paydo bolgan edi. Simobli barometrning ishlash tamoyili va tayyorlanishi haqidagi masalalarni, olim ozining 1644 yilda Florensiyada nashrdan chiqqan Geometriya operasi nomli asarida bayon qilib bergan. Torichellining ixtirochilik ishlari bu bilan cheklanib qolmaydi. U yasagan mikroskoplar ancha mukammalligi bilan shuhrat qozongan bolib, shuningdek u teleskoplar uchun linzalar yasash borasida ham usta sanalgan.

Istedodli olim Evanjelista Torichellining koplab ilmiy ishlari, uning erta vafoti tufayli toxtab qolgan. Torichelli 1647 yilning 25 oktyabrida Florensiyada olamdan koz yumgan. Uning nomini abadiylashtirish maqsadida, bosim olchov birligi uchun torr atamasi biriktirilgan; shuningdek Oydagi kraterlardan biriga Torichelli nomi berilgan.

Yangilаndi: 05.11.2014 03:29  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2645589

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)