Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Kammerling-Onnes Heyke

Kammerling-Onnes Heyke

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Kammerling-Onnes Heyke

Heyke Kammerling-Onnes (gollandcha Heike Kamerlingh Onnes) - golland fizik va kimyogari. Tarixda ilk bora, past haroratlar fizikasida amaliy natijalarga erishgan olim hisoblanadi. Uning oz davri uchun rekord hisoblangan 0.9 K haroratga erishgani va bu orqali suyuq geliy olish usulini kashf etgani uchun, fizika boyicha 1913-yilgi Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Shu tufayli ham uning ilmiy doiralardagi hazilomuz unvoni "Janob Mutlaq nol" bolgan.

Kammerling-Onnes 1853 yilning 21-sentyabr kuni, Gollandiyaning Groningen shahrida tugilgan. orta ta'limni oz shahridagi maktabda tamomlagach, 1870 yilda Groningen universitetining fizika va matematika bolimiga oqishga kiradi. Keyinroq oliy ta'limni Geydelberg universitetida, mashhur olimlar Kirxgof va Bunzenlar qol ostida davom ettiradi. 1873 yilda u yana Groningenga qaytib keladi. 1878-1882 yillar davomida Kammerling-Onnes, Delfta universitetida ma'ruzalar oqiy boshlaydi. 1882-yilda uni, Gollandiyaning eng mashhur oliy ta'lim muassasalaridan biri bolmish Leyden universitetiga, amaliy fizika fanlari professori lavozimiga taklif etishadi va Kammerling-Onnes ushbu lavozimni qabul qilib oladi.

Kammerling-Onnesning doktorlik dissertatsiyasi oziga xos mavzuda bolib, unda olim Yerning oz oqi atrofida aylanishini gayrioddiy usul bilan isbotlashga uringan. 1883 yilda himoya qilingan mazkur dissertatsiya, yirik ilmiy doiralarda katta qiziqish va munozaralarga sabab bolib, olimga ilk muvaffaqiyatlar uchun katta yol ochib bergan edi.

Bu orada uning ilmiy qiziqishlari doirasi, gazlarni siqish va ularning past haroratlardagi xossalarini organish masalalariga qaratilib, olim laboratoriya sharoitlarida mutlaq nol haroratga erishish uchun ilmiy tadqiqotlar otkazishni boshlaydi. Ushbu maqsadda uning shaxsiy tashabbusi bilan, 1894-yilda Leyden universiteti qoshida kriogen texnologiyalari laboratoriyasini tashkillanadi va laboratoriyaning eng birinchi direktori etib, aynan Kammerling-Onnes tayinlanadi. Laboratoriyaning ilmiy-amaliy ehtiyojlari uchun, olimning ozi osha yildayoq maxsus yangicha qurilma - gazlarni siqib-suyultiruvchi ilmiy-tajriba dastgohini yasaydi. Mazkur qurilmaning ishlab chiqarish samaradorlik korsatkichlari shu darajada yuqori bolganki, undan keyingi bir necha on yilliklar davomida ham yetarlicha foydalanish mumkin bolgan ekan. Kammerling-Onnes, ozi tayyorlagan qurilma va laboratoriyada, tarixda ilk bora suyuq kislorod va suyuq neon moddalarini olishga muvaffaq bolgan. 1906 yilda esa suyuq vodorod olishni ham uddalagan[1].

 

1908-yilga kelib olim, tarixda ilk bora suyuq geliyni olishga erishadi va bir vaqtning ozida, osha davr uchun eng past haroratni, ya'ni, 0.9 K ni hosil qiladi. Ushbu tajribaning asosiy maqsadi mutlaq nol haroratga erishish bolmay, balki, ota past haroratlarda moddalarning xossalarini tadqiq qilish bolib, jumladan uning asosiy muddaolari: ota past haroratlardagi elementlarning yutish spektrlari; turli birikmalarning fosforoessensiyalari; suyultirilgan gazlarning qovushqoqlik korsatkichlari; hamda, moddalarning magnit xossalarini organish masalalarini oz ichiga olgan.

1911-yilga kelib, Kammerling-Onnes, simobning elektr otkazuvchanligi 4.1 K haroratda birdaniga keskin kamayishini aniqladi. Ushbu hodisa fizikada ota-otkazuvchanlik nomni olgan. Bir yil otib, u suyuq geliyning ota oquvchanlik xossasini kashf etdi. Ushbu masalalar yuzasidan tekshiruvlarni davom ettirib, 1913 yilda, kuchli magnit maydoni ham toklar ta'sirida ota-otkazuvchanlikning buzilishi hodisasini aniqladi. Aynan shu yili Heyke Kammerling-Onnesni, "Natijasi suyuq geliy ishlab chiqarishni yolga qoyilishiga sabab bolgan, ota past haroratlardagi moddalarning xossalarini tadqiq qilgani uchun" fizika boyicha Nobel mukofotiga loyiq koriladi. Past haroratlar fizikasida erishgan yutuqlari sharafiga u, hamkasblari orasida "Janob Mutlaq nol" taxallusi bilan atala boshlaydi.

Olimning past haroratlar fizikasida faqat nazariyot bilan cheklanib qolmasdan, balki, mazkur soha yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish borasida ham amalga oshirgan ishlari tahsinga sazovordir. Chunonchi u, sovutgichli vagonlar (refrijeratorlar) hamda, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash tizimlarini loyihalash-muhandislik ishlarida faol ishtirok etgan.

Kammerling-Onnesning fan oldidagi sharafli xizmatlari uchun, uni koplab nufuzli akademiya va ilmiy muassasalarning faxriy a'zoligiga saylashgan bolib, masalan u Berlin universitetining Faxriy Doktori, Amsterdam Qirollik Fanlar Akademiyasining haqiqiy a'zosi, shuningdek, Kopengagen, Gettingen, Galle, Uppsala, Turin va Vena Fanlar Akademiyalarining faxriy a'zoligiga saylangan. Bulardan tashqari olim, fan oldidagi xizmatlari uchun, London Qirollik Jamiyatining "Rumford" medali, Franklin universitetining "Franklin" medali, hamda, Italiya Milliy Fanlar Akademiyasining "Metuchchi" medallari bilan taqdirlangan.

Heyke Kammerling-Onnes, 1926-yilning 21-fevral sanasida Leydenda vafot etgan.

Uning ozi tashkillagan ajoyib ilmiy laboratoriyasi va kop sonli mutaxassis shogirdlari, keyingi davrlarda ham ilm-fanning turli sohalarida yangidan-yangi yutuqlarga erishib, Kammerling-Onnes maktabining nufuzini yanada ortishiga sabab bolishdi. Xususan uning eng iqtidorli shogirdlaridan bir bolgan olim Villem Hendrik Keezom, 1926 yilda, tarixda ilk bora qattiq holatdagi geliyni olishga erishgandir.

Hozirda, Heyke Kammerling-Onnes tashkil etgan Leyden kriogen laboratoriyasi, uning nomi bilan ataladi; shuningdek, osha laboratoriyada, olimning ozi loyihalagan mashhur kriogen qurilmasi namoyishga qoyilgan bolib, ushbu qurilmaga ham, uning nomi berilgan. Bundan tashqari, Oydagi kraterlardan biri, Kammerling-Onnes sharafiga, uning nomi bilan ataladi.


[1] Suyuq vodorodni birinchi bolib 1898 shotland fizigi yilda Jeyms Dyuar olgan.

Yangilаndi: 18.02.2025 08:22  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12198712

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)