Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Ralf Govard Fauler

Ralf Govard Fauler

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Ralf Govard Fauler

Ralf Govard Fauler (inglizcha Sir Ralph Howard Fowler) - ingliz fizik-nazariyotchisi, astrofizik, matematik. Nazariy astrofizikaga tamal toshini qo‘ygan ilk olimlardan biri. Uning ilmiy ishlari asosan, statik mexanika, kvant nazariyasi, matematika hamda, termodinamika fanlariga bag‘ishlangandir.

Ralf Fauler, 1889-yil 17-yanvar sanasida, Buyuk Britaniyaning Esseks grafligidagi, Roydon yerida, ishbilarmon va sportchi oilasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta'limni 10 yoshigacha uyda, yollanma murabbiy nazoratida olgan. Keyinchalik esa, Horris Hill o‘rta maktabiga o‘qishga o‘tgan. o‘rta ta'limni, 1902-1908 yillar davomida Vinchester maktabida tamomlagan. Ralf Faulerning iste'dodi, maktab yillaridayoq yuzaga chiqqan bo‘lib, u Vinchester maktabidagi o‘quvchilik yillaridayoq, tabiiy fanlar va ayniqsa, matematika bo‘yicha bir necha nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan. U 1906-yilda, Kembrij universitetining maxsus stipendiyasiga sazovor bo‘lib, universitetda o‘qish uchun yo‘llanmaga ega bo‘lgan. 1908-yilda maktabni bitirgach, Fauler, Kembrijga, matematika yo‘nalishiga o‘qishga kiradi va mazkur oliygohni 1911-yilda bakalavr darajasi bilan tamomlaydi. 1913-yilda, uning matematika borasidagi ilmiy yutuqlari uchun Relay mukofotin bilan taqdirlanadi va universitet qoshidagi Triniti kollejiga ishga qabul qilinadi. Fauler, 1915-yilda, Kembrij universiteti magistri diplomiga ham ega bo‘ladi. Bu vaqtda u, ikkinchi darajali differensial tenglamalarni yechishning o‘ziga xosliklari masalalarida ilmiy izlanishlarni boshlagan edi.

 

1916-yilda, Britaniyaning I-jahon urushiga qo‘shilishi munosabati bilan, Ralf Faulerni, Qirollik dengiz artilleriyasiga xizmatga chaqiriladi. Dardanell bo‘g‘ozidagi jangda, yelkasidan og‘ir yaralangan olim, front ortiga, olim va muhandis Archibald Hill qo‘l ostidagi harbiy muhandislik ishlanmalari guruhiga borib qo‘shiladi va aeroplanlarning uchishini kuzatish va tahlil qilish mo‘ljallangan maxsus radar asboblarini loyihalashda ishtirok etadi. Bu vaqtda u shuningdek, havo hujumiga qarshi lokatorlar hamda, snaryadlarni tayyorlash bo‘yicha bir qancha amaliy ishlarni olib borgan. Xususan uning ballistik snaryadlarning samaradorligini oshirish borasidagi hisob-kitoblari, Britaniya armiyasi uchun I-jahon urushi davomida katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan. Mazkur ishlari uchun Fauler, 1918-yilda Britaniya Imperiyasi ordeni bilan taqdirlangan.

Urush yakunlangach, Ralf Fauler 1919-yilda Kembrijga qaytadi va Triniti kollejida matematikadan ma'ruzalar o‘ta boshlaydi. U urushdan avval, yassi egriliklar geometriyasi bo‘yicha katta ilmiy ish boshlab qo‘ygan edi. 1920-yilda, mazkur sohaga oid bir necha risolalar ham nashr ettirgan bo‘lib, biroq, urush yillaridagi Hill bilan olib borilgan hamkorlik, Faulerning qiziqishlarini nazariy matematikadan, fizika tomonga burib yuborganligi, olimning o‘z qaydnomalarida xotirlab o‘tilgan. Xususan u, gazlar nazariyasi bilan jiddiy shug‘ullana boshlagan va kvant nazariyasi bilan qattiq qiziqib qolgan. Ya'ni shu vaqtda, mashhur Kavendish laboratoriyasiga, Faulerning yaqin do‘sti, yadroviy parchalanishlar "otasi" bo‘lmish mashhur olim - Ernest Rezerford rahbarlik qila boshlaydi. Rezerford Faulerni, o‘z laboratoriyasiga, matematika bo‘yicha maslahatchi lavozimiga taklif etadi va ularning uzoq yillik samarali ilmiy hamkorliklari boshlanadi.

1921-yilda Ralf Fauler, aynan o‘z do‘sti va ustozi Rezerfordning qiziga uylanadi. 1922-yildan e'tiboran u, Kembrij universiteti ilmiy noziri lavozimiga tayinlanadi. Aynan shu yili, uning Charlz Galton bilan hamkorlikdagi, o‘zaro ta'sirlashmaydigan zarrachalarning mumtoz statistikasiga bag‘ishlangan ilmiy ishlari bilan shug‘ullanishni boshlagan. Mazkur tadqiqotlar samarasi o‘laroq, statistik integrallarni yechishning, Darvin-Fauler uslubi ishlab chiqiladi. Keyinchalik Fauler, mazkur uslubni, gazlarda yuqori haroratlarda sodir bo‘ladigan kimyoviy dissotsiatsiya hamda, ionlanish jarayonlari uchun tadbiq etib, bu orqali, moddalarning ekstrimal holatlarini ham, statik mexanika uslublari orqali ifodalash mumkinligini ko‘rsatib berdi. Bu esa, unda, yulduzlarning atmosferasidagi gazlarning ionlashgan holatda ekanligi haqidagi g‘oyalarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Shunga ko‘ra, u oq karliklarning to‘laligicha ionlashgan gazlardan iborat bo‘lishini ilmiy taxmin qilgan edi. Olimning bu ishlarining keyingi rivojlanish bosqichlarida, yulduzlarni tashkil qiluvchi moddalarning ideal gaz qonunlari va ionlanish jarayonlaridan og‘ishini e'tiborga olgan holdagi yondoshuvlari bilan ochib berishga uringan. Uning oq karliklar haqidagi ishlari, zamonaviy oq karliklar nazariyasining boshlang‘ich asosi bo‘lib xizmat qilgandir. Shuningdek Faulerning statik mexanika uslublarini tadbiq etgan boshqa bir sohasi, fizika va kimyo fanlari tutashgan sarhadlarda joylashuvchi - kuchli elektrolitlar nazariyasi bo‘lgan. Matematika sohasida ham, olim, Riman R-funksiyasining kubik o‘zgartirilishi borasidagi ilmiy tadqiqotlari bilan mashhur bo‘lgan edi.

Faulerning qator ilmiy ishlari, qotishmalar, eritmalar va magnitlardagi faza o‘tishlari masalalariga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, olimning yadro fizikasi sohasidagi, og‘ir elementlarda gamma-nurlanishlarining yutilishi, vodorodni elektrolitik usullar bilan parchalash kabi yo‘nalishlardagi qator ilmiy tadqiqotlari, o‘z davri uchun eng ilg‘or ilmiy yutuqlar sirasida bo‘lgan. U shuningdek, zaryadlangan zarrachalarning mass-spektrografdagi fokuslanishi nazariyasini (Frensis Aston bilan birgalikda) rivojlantirgan hamda, avtoelektron emissiya hodisasi uchun tushuntirishlar berib, o‘z nomi bilan ataluvchi Fauler-Nordgeym tenglamasini keltirib chiqargan.

Ralf Fauler, kvant nazariyasining ashaddiy tarafdorlaridan biri sifatida, ushbu nazariyaning Britaniyada rivojlanishi uchun katta ilmiy sai-harakatlar olib borgani tahsinga sazovordir. Chunonchi u, kvant nazariyasi mohiyatiga oid bir necha asosiy maqola va risolalarni, nemis tilidan ingliz tiliga o‘girib nashr ettirgan va Olmoniyaning ko‘zga ko‘ringan yetuk kvantchi-olimlarini Britaniya universitetlariga taklif etgan. Undan tashqari, Fauler, kvant kimyosining shakllanishida asosiy poydevorni qurgan olimlar qatoriga kiradi.

1932-yilda esa, u Kavendish laboratoriyasida yangi ta'sis etilgan unvon va lavozim - Nazariyot bo‘limi professori o‘rniga ishga o‘tadi. Shu yilda, u o‘zining eng katta ilmiy yutuqlaridan biri - termodinamikaning nolinchi bosh qonunini shakllantiradi va ilm-fan jamoatchiligiga e'lon qiladi. 1932-yildan boshlab esa, suvning molekulyar struktura tuzilishi borasidagi ilmiy izlanishlarini olib boradi (Jon Bernal bilan hamkorlikda). Uning suv molekulasining tetraedr shaklida tuzilishi va undagi vodorod bog‘lanishlarining o‘zaro bog‘liqligi haqidagi g‘oyalari, suv va muzning ko‘plab xossalarining mohiyatini anglashga katta yordam bergan. o‘sha yillari Faulerning, ion eritmalarning termodinamik xossalari, xususan, suvdagi vodorod ionlarining harakatlanishiga oid fundamental ilmiy maqolalari e'lon qilingan.

1938-yilda Ralf Faulerni, Teddingtondagi Milliy Fizika Laboratoriyasiga rahbarlikka tayinlanadi. Lekin Fauler, salomatligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra lavozimdan voz kechadi. 1939-yilda esa, II-jahon urushining boshlanishi tufayli, u harbiy qo‘mondonlik va dengiz admiralligi bilan hamkorlikni tiklaydi va artilleriya boshqarmasi uchun qator yangi ishlanmalari bilan yordam beradi. Xususan u, havo hujumidan himoya masalalarida, radarlarni takomillashtirish bo‘yicha katta amaliy samara bergan ishlanmalarini yetkazib beradi. Bu borada u, Britaniyaning okean ortidagi ittifoqdoshlari - AQSH va Kanada olimlari bilan ham faol ilmiy-texnikaviy hamkorliklar olib boradi va ularning yutuqlarini ham, o‘z ishlanmalari uchun tadbiq etadi. 1942-yilda, Faulerning mamlakat harbiy qudratini oshirish yo‘lida qilgan xizmatlari uchun, qirollik tomonidan ritsarlik maqomi va "Ser" unvoni beriladi. U umrining so‘nggi kunlarigacha, artilleriya uchun yangi ishlanmalarni tadbiq etish va ballistika masalalarida mavjud masalalarni takomillashtirish bo‘yicha jiddiy ishlagan.

Ralf Govard Fauler, o‘z ilmiy faoliyati davomida, katta ilmiy maktabga asos solgan bo‘lib, keyingi davrlarda ilm-fan uchun ulkan xizmat qilgan olimlar, xususan, Pol Dirak, Duglas Hartri, Lennard-Jons kabilar shular jumlasidandir. Faulerning ko‘plab shogirdlari, o‘z sohalarida Nobel mukofotlarini qo‘lga kiritishgan.

Ralf Govard Fauler, 1944-yilning 28-iyulida, Kembrijda vafot etgan.

Uning nomini abadiylashtirish maqsadida, Oyning teskari tomonidagi kraterlardan biriga Fauler nomi berilgan, hamda, Antarktida yaqinidagi orollar guruhi "Fauler arxipelagi" deb nomlangan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 25.12.2018 14:51  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11840740

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov