Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Valter Germann Nernst

Valter Germann Nernst

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Valter Germann Nernst

Valter Germann Nernst (nemischa Walther Hermann Nernst) - olmon kimyogari, kimyo bo‘yicha 1920 yilgi Nobel mukofoti sohibi. Termodinamika fani va ayniqsa kimyoviy termodinamika sohasiga ulkan hissa qo‘shgan olim. Nobel mukofotini ham aynan termodinamika sohasida, aniqrog‘i, "Termodinamika borasidagi ishlarining e'tirofi uchun" berilgan.

Valter Nernst 1864-yil 25-iyunda Sharqiy Prussiyaning (hozirda Polsha tarkibida) Pomeraniya o‘lkasi, Brizen sharida tug‘ilgan. 1887-yilda Vyurtsburg universitetini tamomlagan. 1891-1902 yillar davomida Gettingen universiteti professori lavozimida ishlagan. 1902 yilda e'tiboran 1933-yilgacha Berlin universitetida, professor unvoni bilan faoliyat yuritgan. Nernst shuningdek, 1905-1933 yillar davomida, Berlin kimyo Instituti direktori, 1924-1933 yillar ichida esa, Berlin universiteti qoshidagi Fizika Instituti rahbarligi ishlarini ham qo‘shib olib borgan.

Nernstning ilmiy ishlari asosan, past haroratlar fizikasi, fizik kimyo va albatta termodinamika sohalarida bo‘lib, u 1886 yilda Nernst-Ettingsxauzen effekti, ya'ni, jismda harorat gradienti mavjud bo‘lgan holda, unda tashqi magnit maydoniga perpendikulyar tarzda elektr maydoni yuzaga kelishi hodisasini kashf qilgan. Olim, Uitston ko‘prigi (o‘lchovchi ko‘prik, elektrotexnika atamasi) yordamida o‘tkazgichlarning dielektrik singdiruvchanliklarini aniqlash uslubini ishlab chiqqan.

Uning qayd etgan eng katta ilmiy natijalaridan biri sifatida, 1906-yilda, o‘zining mashhur teoremasini (Nernst teoremasi) shakllantirib, uni e'lon qilganligi ta'kidlanadi. Unga ko‘ra, kimyoviy jihatdan bir jinsli moddaning yoki, suyuqlikning mutlaq nol haroratdagi entropiyasi nolga teng bo‘ladi. Nernstning ushbu tasdiq teoremasini odatda termodinamikaning uchinchi bosh qonuni tarzida e'tirof etiladi. Shuningdek, Nernst o‘sha 1906-yilda, gazlarning "tug‘ilish" effektini oldindan ilmiy taxmin qilgan edi. 1911-yilda Valter Nernst, Ferdinand fon Lindeman bilan birgalikda, qattiq jism uchun issiqlik sig‘imi formulasini fanga taklif qilgan.

 

Nernstning ilmiy ishlari orasidan shuningdek, eritmalar konsentratsiyalarining lokal o‘zgarishlariga bog‘liq elektr yurituvchi kuchlar nazariyasini, metallarning elektrolitik erish nazariyasi, elektrod potensiallar nazariyasi, diffuzion potensiallar nazariyasi, geterogen kimyoviy reaksiyalardagi faza ajralish chegaralaridagi diffuzion kinetika nazariyasi kabilarni rivojlantirganligi alohida e'tiborga molikdir. Umuman olganda Nernst, elektrolitlar borasidagi keng qamrovli va chuqur mazmundorlikka ega ilmiy ishlari bilan tarixda qolgan. Olib borgan ilmiy ishlarining chuqur ahamiyatini munosib e'tirof etgan holda, Valter Germann Nernstni, 1926-yilda sobiq ittifoq Fanlar Akademiyasiga, hamda, 1932-yilda London Qirollik Jamiyatining xorijiy faxriy a'zoligiga saylashgan.

Valter Germann Nernst 1941-yilning 18-noyabrida, Germaniyaning Ober-Sibelle yerida olamdan ko‘z yumgan.

Yangilаndi: 24.05.2019 12:13  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12042421

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov