Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Jozayya Uillard Gibbs

Jozayya Uillard Gibbs

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Jozayya Uillard Gibbs

Jozayya Uillard Gibbs (inglizcha Josiah Willard Gibbs) Amerika fizigi, buyuk fizik-kimyogar, matematik va mexanik. Kimyoviy termodinamika asoschisi, termodinamikaning matematik nazariyasi, vektor tahlillari va statistik fizika fanlarining poydevorini qurgan buyuk olimlardan biri. Uning mazkur sohalarda amalga oshirgan tadqiqotlari va nazariy qarashlari, zamonaviy ilm-fan rivojiga juda katta tasir otkazgan.

Jozayya Gibbs, 1839 yilning 11-fevral sanasida, Konnektikut shtatining Nyu-Heyven shahrida tugilgan. Orta talimni, 15-yoshida, Hopkins maktabida tamomlab, Yel kollejiga oqishga kirgan va 1858 yilda, mazkur kollejni aloga tamomlab, eng ilgor oquvchilar safida, matematika va lotin tili boyicha yutuqlari uchun maxsus mukofotga erishgan. Shundan song u, 1863 yilda Yeldagi Sheffild Ilmiy Maktabida, Tishli uzatmalar uchun gildirak tushlarining shakli haqida nomli dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ravishda yoqlaydi va AQSH tarixida birinchi bolib, Texnika fanlari doktori ilmiy unvonini qolga kiritadi. Keyingi ikki yil davomida u Yel universitetida lotin tili va tabiiy fanlar falsafasi fanlaridan dars beradi. 1866 yilda, talimni davom ettirish maqsadida Yevropaga yol oladi va avvaliga Parij va Berlinda bir yildan yashab, talim oladi. Keyin esa Geydelbergga kochib otadi va osha yerda mashhur olmon olimlari Kirxgof va Gelmgoltslar bilan tanishadi. Osha yillarda olmonlar kimyo, fizik-kimyo va termodinamika borasida yetakchi ilmiy salohiyat egalari hisoblanishar edi. Gibbs ular bilan oz goyalari va ilmiy qarashlari borasida fikr almashib, chuqur tajriba orttirishiga erishgan.

1869 yili Yelga qaytar ekan, Jozayya Gibbs, yana bir bora AQSH tarixidagi ilk ilmiy unvonlardan birini qolga kiritadi: 1871 yilda unga matematik fizika professori ilmiy darajasini berishadi va ushbu mansabni u umrining oxirigacha qadar saqlab qoladi. Biroq, qiziqarli joyi shundaki, harqancha jarangdor bolmasin, osha davrlarda, bunday unvonga muvofiq ish orinlari uchun maosh tolanmagan. Gibbs avvaliga ilmiy jurnallar uchun maqolalar yozishi talab etilar edi. 1876-1878 yillarda Gibbs kop fazali kimyoviy sistemalar haqidagi turkum maqolalarini elon qiladi. Keyinchalik ushbu ishlar, umumlashtirilgan tarzda Geterogen moddalarning muvozanati haqida (On the Equilibrium of Heterogeneous Substances) nomli monografiyaga birlashtirib nashr qilinadi. Mazkur ilmiy ish, XIX asr fizik kimyosining eng buyuk fundamental ilmiy ishlari qatorida etirof etiladi. Oz maqolalarida Gibbs, fizik-kimyoviy hodisalarga termodinamikani tadbiq qilish orqali yondoshib, ularda xususan, kimyoviy potensial va erkin energiya tamoyilini, Gibbs modeli majmuini va statik mexanika asoslarini, Gibbs fazalarini chuqur tafsilotlari bilan bayon qilib bergan.

Gibbsning ayniqsa nazariy termodinamika borasidagi ishlari diqqatga sazovordir. 1873 yilda uning termodinamik kattaliklarning geometrik tasavvurlari haqidagi nashrdan chiqdi. Ushbu beqiyos ilmiy manba, keyinchalik, Jeyms Maksvellni ilhomlantirgan va uning asosida Maksvell, Gibbs konstruksiyasining plastik modelini tayyorlagan edi.

1880 yilda uni Baltimordagi Jon Hopkins universitetiga taklif etishadi. Biroq Gibbs, Yelda qolishni afzal biladi va vektor analizi masalalari bilan shugullana boshlaydi. Ozining vektor analizi boyicha ishlari asosida Gibbs, Uilyam Gamiltonning Kvaternionlar nazariyasi va German Grassmanning Tashqi algebra asarlarida keltirilgan goyalarni birlashtirgan bolib, 1884 yilda bu borada uning kattagina kitobi nashrdan chiqadi. 1884-89 yillar davomidagi ilmiy faoliyati, vektor analizini takomillashtirishga bagishlangandir. Shuningdek bu davrda u, optika, yoruglikning elektr nazariyasi kabi mavzularda ham izlanishlar olib boradi va ilmiy risolalar chop etadi. Gibbsning nazariy va kimyoviy termodinamikaga bagishlangan ishlari, oz davri uchun boshqa har qanday ilmiy ishdan-da mukammalroq va batafsilroq bolgan. 1889 yildan keyin u yana statistik termodinamikaga murojaat qiladi va fan tarixchisi OKonnorning tabiri bilan aytganda, Maksvellning kvant mexanikasi va nazariyasini, matematik ustunlar bilan taminlab turadi. Shuningdek, Aynan Gibbs, XIX-chi yuz yillik oxirlarida, statik termodinamika boyicha qator mumtoz darslik qollanmalarni nashr ettiradi. Gibbs muallifligidagi bebaho termodinamika darsliklari 1902 yilda ilk marotaba dunyo yuzini korgan edi. Keyingi davrlarda esa, bu darsliklar kop adadda qayta-qayta nashr etilgan bolib, ular shuningdek, 1928 yilda nashr etilgan, Gibbsning ikki jildlik asarlar toplamiga ham kiritilgan. Bulardan tashqari, serqirra ilmiy mulohaza egasi bolmish Gibbsning, kirstallografiya va astronomiya borasida ham (bu sohada ham vektor analizi usullarini joriy etish orqali katta ilmiy siljishlarga sabab bolgan) olib borgan tadqiqotlari va mazkur fanlar taraqqiyotiga qoshgan xossalari yuksak etirofga loyiqdir. Umuman olganda Gibbs, jami bolib 20 dan ziyod turli xil ilmiy ishlarini chop ettirgan bolib, dastlabki vaqtlarda ular juda kam adadlarda va kam oqiladigan jurnallarda nashr etilganligi tufayli unchalik ham mashhur bolmagan. Avvaliga uning ishlariga juda kam sonli fizik-nazariyotchilar va kimyogarlar xabardor bolishgan. Bu borada birinchilardan bolib Jeyms Klark Maksvell, Jozayya Gibbsning ishlarining haqiqiy ahamiyatini anglab yetgan edi. Shunga qaramay, faqatgina 1892 yilga kelib, Gibbsning ishlari, Vilgelm Ostvald tomonidan nemis tiliga ogirilgach va Yevropaning nufuzli ilmiy nashrlarida elon qilingach, jahon boylab katta qiziqishlarga sabab boldi va keng miqyoslarda tarqalishga erishildi.

Zamondoshlari Jozayya Gibbsni nafaqat ilm-fan sohasida, balki umuman, hayotda ham juda kamtar, samimiy va hushmuomala inson sifatida chuqur hurmat bilan yodga olishgan. Gibbs oz oilasiga ega bolmagan va Yeldagi kichik uyida umrining oxirigacha singlisi va kuyovi bilan birgalikda kamtarona hayot kechirgan. U haqida yozilgan va eslangan barcha manbalarda, olimning shaxsiy xislatlari orasidan birinchi navbatda uning tabiatan tugma kamtar bolganligi qayd etiladi. U doim Nyu-Heyvendagi Hopkins orta maktabida bolalarga dars berish uchun vaqt topishga harakat qilgan. Gibbs kop bora, turli xil xayriya tashabbuslariga vasiylik ishlari bilan shugullangan va bu maqsadlarda olib borilgan ishlar uchun gaznachilik va hisobchilik xizmatlarini bajargan. U doimo ogir-vazmin va munozara uchun ochiq shaxs bolib, ota samimiyligi bilan, har qanday davrada istalgan mavzuda uzoq fikr almashinishi va ozida bor bilimni qiziquvchilarga erinmasdan tushuntirishi mumkin edi. Olim, ozi haqida gapirishni yoqtirmaydigan, biroq, yaxshigina yumor hissiga ega shaxs bolganligi malum.

Jozayya Uillard Gibbs, 1903 yilning 28 aprelida, Konnektikut shtati, Nyu-Heyven shahrida 64 yoshida olamdan otgan.

Uning ilmiy ishlari bilan ancha kech tanishgan keyingi avlod olimlari, Gibbsning ozi hayotligi chogida, AQSH va umuman dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan, istedodiga munosib etirofga ega bolmaganligini takidlaydilar.

Haqiqatan ham, Gibbsning statik va ayniqsa kimyoviy termodinamika borasidagi ilmiy ishlari va ishlab chiqqan tahlil usullarining amaliy ahamiyatining haqiqiy qadr-qimmatini, dunyo faqat 1923 yilga kelibgina Gilbert Nyuton Lyuis va Meri Redallar muallifligida chop etilgan Termodinamika va kimyoviy moddaning erkin energiyasi nomli asari orqali tanigan desak mubolaga bolmaydi. Gibbsning mazkur tahlil usullari, keyingi davr kimyo texnologiyasining rivojida katta orin tutgan. Biroq, bu bilan Gibbsning yuksak ilmiy salohiyati, ozining hayotligida munosib etirof etilmagan deb bolmaydi. Chunonchi u Milliy fanlar akademiyasi, AQSH faylasuflar jamiyati, Gollandiya ilmiy jamiyati, Qirollik Ilmiy Jamiyati (Angliya), Gettingen, Kembrij falsafa jamiyati, London matematika jamiyati, Berlindagi Prussiya Qirollik Fanlar Akademiyasi, London Fizika jamiyati va Bavariya fanlar akademiyasi singari nufuzli ilmiy muassasalarning haqiqiy yoki, faxriy azosi, bazilarining esa professori etib saylangan. Shuningdek, u Amerika tuprogida tugilgan eng buyuk olimlar safida etirof etilgan. 1901 yilda esa, Jozayya Gibbs, ish bajara oladigan kimyoviy, elektr va issiqlik energiyalari orasidagi har taraflama bogliqlik masalalarini korib chiqishda birinchi bolib termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini tadbiq qilgani uchun osha davrning eng nufuzli ilmiy mukofoti London Qirollik Jamiyatining Kopli medali bilan taqdirlangan.

Gibbs timsoli, 1950 yilda Buyuk Amerikaliklar shon-shuhrati galereyasida ornatilgan bolib, shuningdek uning nomi bilan, Amerikaning Yel va Retgard universitetlarida termodinamika, termokimyo va nazariy kimyo fanlarining har biridan, fan professori ilmiy mansablari joriy etilgan. Jozayya Uillard Gibbs sharafiga Oyning Yerga qaragan tarafidagi kraterlardan biriga uning nomi berilgan.

Yangilаndi: 05.11.2014 02:40  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2643900

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!