Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Gemfri Devi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Gemfri Devi

Gemfri Devi (inglizcha: Humphry Davy) - ingliz fizigi, kimyogari, geolog. Elektrokimyoning asoschilaridan biri. Ko‘plab kimyoviy elementlarning ochilishida ishtirok etganligi, shuningdek, buyuk olim Faradeyning ilm-fanga kirib kelishida ustozlik qilganligi bilan mashhur. London Qirollik jamiyati a'zosi va uning prezidenti lavozimlarida ishlagan.

Devi, 1778-yilning 17-dekabrida, Angliya janbiy-g‘arbidagi Penzans nomli kichik shaharchada, yog‘och o‘ymakori ustasi oilasida tug‘ilib o‘sgan. 1794-yilda, otasi vafot etgach, Tonkin shaharchasiga - onasi tomondan bobosi uyiga ko‘chib o‘tib, mahalliy dorixonachiga shogird tushgan. Aynan dorixonadagi faoliyat uni kimyo fanlariga qattiq qiziqtirib qo‘ygan. 1798-yilda, "Pnevmatika instituti"da oddiy kimyogar, 1801-yildan esa, assistent lavozimlarida ishlagan. 1802-yilda esa, u Qirollik institutiga kimyo fanlari professori unvoni bilan ishga tayinlangan.

1800-yilda kimyoviy moddalarning elektrokimyoviy nazariyasini fanga taklif etadi. Aynan shu yili, u Volta ustini yordamida, suvni elektrokimyoviy parchalashga muvaffaq bo‘ladi va, Lavuazening, suv kislorod va vodoroddan tashkil topganligi haqidagi fikrini shu yo‘sinda tasdiqlaydi. Uning elektrokimyo bo‘yicha tadqiqotlarini, hatto Napaleon ham yuqori baholab, 1805-yilda unga 3000 frank mukofot tayinlaydi. o‘sha yillari Angliya va Fransiya o‘zaro dushmanlik kayfiyatida bo‘lib, bir necha oy avval, ingliz armiyasi Trafalgar jangida farang qo‘shinlarini yenggan edi. Devi doimo ilm-fan siyosatdan va davlatlararo ziddiyatlardan holi bo‘lishi kerak deb hisoblagan va "dushman" tarafdan tayinlangan mukofotni qabul qilgan. Uning bu harakati, ingliz jamiyatida noroziliklarga sabab bo‘lgan. U 1805 yilda, geologiya bilan ham jiddiy shug‘ullana boshlaydi va Qirollik institutida, geologiya bo‘yicha ma'ruzalar tashkillaydi. 1807-yilning 13-noyabrida, Devi boshchiligida, dunyoda eng birinchi geologiya jamiyati - London Geologiya ilmiy jamiyati tashkillanadi.

 

1807-yilga kelib, Devining elektrokimyo nazariyasi o‘zining ilk amaliy natijalarini bera boshladi: Devi, elektroliz usuli yordamida, bu vaqtgacha parchalanmaydigan elementlar deb hisoblangan kaliy va natriy elementlarining metall holatidagi moddalarini olishga muvaffaq bo‘ldi. 1808-yili, Gey-Lyussak va Tenerdan mustaqil ravishda, Bor kislotasidan Bor elementini ajratib olishga erishdi. Gemfri Devi, 1810-yilga kelib, xlor elementining tabiatini to‘liq bayon qilib berdi va kislotalarning vodorod nazariyasini fanga taklif qildi. 1809-1810 yillarda Devi, elektr yoyi tabiatini o‘rganish bilan shug‘ullanib, uning fizik ahamiyatini ochib beradi. U shuningdek, qishloq xo‘jaligi kimyosi bo‘yicha ham bir qancha amaliy tadqiqotlar olib borgan. Devi, dala ekinlarining hosildorligi, ularni mineral tuzlar bilan to‘yintirilishiga bog‘liq ekanligini taxmin qilib, bu borada qo‘shimcha fundamental tadqiqotlar olib borish kerakligini ta'kidlagan. U 1803-1813 yillar davomida, o‘zi ishlagan institutda, qishloq xo‘jaligi kimyosi bo‘yicha ma'ruzalar o‘qigan.

Gemfri Devining ilm-fan oldidagi xizmatlari munosib baholanib, unga 1812-yilda Lord unvoni beriladi. Shu yili u, Jeyn Eypris ismli ayolga uylanadi. Devi 1815-yilda, shaxtalarda ko‘p uchraydigan holat - elektr lampasi tufayli kelib chiquvchi "ruda gazi"ning (o‘sha vaqtlarda metanni shunday atashgan) alangalanishidan himoyalanishning xavfsiz usullarini ishlab chiqdi. Bu ixtiro uchun Deviga Baron unvoni berildi va shaxta egalari unga katta miqdorda mukofotlar tayinlashdi.

1820-yilda Gemfri Devining Qirollik Ilmiy Jamiyati prezidenti lavozimiga saylashgan. 1821-yilda esa, elektr o‘tkazgichlarning qarshiligi, uning uzunligi va ko‘ndalang kesimi yuzasiga bog‘liqligini aniqladi va elektr o‘tkazuvchanlik, haroratga bog‘liq ekanligini ilmiy isbotlab berdi.

1826-yilda Gemfri Devi apopleksiya xastaligiga chalinadi. U kasallik tufayli ancha vaqt bir joyda yotishga majbur bo‘ldi. 1827 yilda, kasalligiga qaramasdan, ukasi hamrohligida Yevropa bo‘ylab ilmiy safarga chiqadi. Biroq, kasallik to‘xtovsiz xuruj qilib, 1829-yil bahorda Angliyaga qaytishga majbur bo‘ladi. U 1829-yilning 29-mayida, 51 yoshida, qattiq apopleksik xuruj natijasida, yo‘lda vafot etadi. Gemfri Devi Angliyaning eng nufuzli kishilari qatorida Vestminster abbatligida dafn qilingan. London Qirollik Ilmiy jamiyati uning nomi bilan maxsus medal ko‘rinishidagi ilmiy mukofot ta'sis etgan. Gemfri Devi sharafiga, Oydagi krater, va Davin minerali nomlangan.

Yangilаndi: 27.02.2019 13:44  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11840320

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!