Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

QORA TUYNUKLAR

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

QORA TUYNUKLAR

Ular insoniyatga xavf solishi mumkinmi?

Energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq, borliqda energiya hech qachon yoqolmaydi. Faqatgina u bir turdan ikkinchisiga ozgarishi mumkin. Shamol parraklarni harakatga k?ltirib, mexanik harakat orqali elektr energiyasini hosil qiladi. Elektr energiyasi esa oz navbatida yoruglik, issiqlik va energiyaning yana qaysidir shakllariga aylanadi. Bu jarayon fanda issiqlik olimi d?b nomlanuvchi, sifati yuqoriroq energiyaning pastrogiga aylanib borishshi (entropiyaning ortishi), oxir-oqibatda esa, nol darajaga tushguni qadar uzluksiz davom etadi. Xuddi shuningdek, koinotda qachonlardir sodir bolgan kuchli portlash natijasida vujudga k?lgan ulkan miqdordagi energiya yulduzlar, galaktika va boshqa osmon jismlarining paydo bolishiga xizmat qildi. Ular orasida ham siru sinoati, ham kishi qalbiga ozgacha hadik va hayajon ulashishi bilan ajralib turuvchi qora tuynuklar songi 100 yillikda eng bahsli mavzulardan biriga aylandi .

Ozbekiston Milliy ensiklopediyasida qora tuynuklarga gravitatsiya (tortishish) kuchi tasirida jismning oz markazi tomon juda katta t?zlikda siqilib borishi (gravitatsion kollaps jarayoni) natijasida vujudga k?ladigan koinotdagi obyekt deya izoh b?rilgan. Qomusda takidlanishicha, qora tuynuklar asosan, katta massali yulduzlar evolutsiyasining eng oxirgi bosqichida vujudga k?ladi va uning mavjudligi bevosita kuzatilmaydi. Boshqa ilmiy manbalarda qora tuynuklar fotonlarni yutib, ozidan yoruglik taratmasligi bois ularni oddiy teleskoplar bilan korib bolmasligi qayd etilgan. Qora tuynukning mavjudligini atrofida paydo boluvchi kuchli magnit maydonidan bilib olish mumkin.

Malumki, katta hajmga ega bolgan yulduzlar koinotda kuchli tortishish maydonini hosil qiladi. Sonish arafasiga k?lib qolgan yulduz ozining gravitatsion tortishish kuchi hisobiga qora tuynukka aylanadi. Butkul yangi qiyofa kasb etgan jism fazo-vaqt kengligida atrof-tevarakdagi osmon jismlarini oziga yanada kuchliroq tortib, ular hisobiga zichligini oshirib borav?radi. Gravitatsion tortishish kuchidan qutulish uchun esa jismning tezligi yoruglik tezligidan balandroq bolishi talab etiladi. Qora tuynukning eng xarakterli qismi, shubhasiz, uning chegarasi bolib, hodisalar gorizonti d?b nomlanadi.

Xoking tenglamasi asosidagi nazariy hisob-kitoblarga kora, kattaligi Quyoshdek bolgan, yani radiusi 7 ming kilometrni tashkil etuvchi yulduz sonish arafasida tursa, u asta-sekinlik bilan markazga tomon cheksiz darajada zichlashib, hajmi futbol topidek k?ladigan qora tuynukka aylanadi. Vazni bir necha milliard tonnaga teng bolgan qora tuynukning radiusi esa taxminan eng kichik zarralardan bolmish neytron yoki protonga teng boladi.

Yuqorida tilga olinganid?k, qora tuynuklarni oddiy koz bilan korib bolmaydi. Shu bois qadimgi astronom olimlarning ilmiy asarlarida ular haqda aniq malumotlar uchramaydi. Faqatgina 1784 yilda ingliz olimi Jon Mich?ll Qirollik jamiyatiga yozgan xatida gravitatsion tortishish kuchi yoruglik tezligiga teng yoki undan ham baland bolgan yirik hajmli koinot jismlari haqidagi qarashlarini bayon etadi. Olim bunday holatda ushbu jismlardan yoruglik tashqariga chiqa olmasligi, natijada ular kozga tashlanmasligini, shuningdek, fazo kengliklarida bu kabi jismlar juda koplab uchrashi alohida takidlab otadi. Mich?lldan song matematik tenglamalar, ilmiy faraz va tasavvurlar mahsuli bolmish nomalum osmon jismlari mavzusi malum muddat astronomlar diqqat markazidan uzoqda boldi.

Faqat 1915 yilga k?libgina qora tuynuklarga xos bolgan nazariy qarashlar olimlar etiborini ozga torta boshladi. Aniqrogi, xuddi shu yili nemis olimi Karl Shvartsshild, Eynsht?yn tenglamalari asosida qora tuynuklar mavjudligini nazariy jihatdan isbotladi. Shu bois qora tuynuklar kashfiyotchisi sifatida Karl Shvartsshild tilga olinadi. Ilm-fanda qora tuynuk atamasi esa ilk bor 1967 yilning 29 dekabr kuni amerikalik fizik-nazariyotchi Jon Archibald Uil?r tomonidan tilga olindi. U ozining Bizning koinot: malumlar va nomalumlar nomli maruzasida qora tuynuk sozini tilga olib otadi. Undan avvallari esa shu kabi astrofizik obyektlar sovigan yulduzlar (inglizcha frozen stars), kollapsarlar (inglizcha collapsed stars) singari jumlalar bilan izohlangan.

Qora tuynuklarning paydo bolishiga oid tort xil fikr mavjud. Ularning ikkisi amaliy, qolgan ikkisi esa nazariy ahamiyatga ega. Dastlabki farazga kora, qora tuynuklar songan yulduzning markazga cheksiz siqilishi natijasida hosil boladi. Ikkinchi xil qarashlar esa ayni shu holat yulduz emas, balki butun boshli galaktika bilan sodir bolishi bilan bogliqligini yoqlaydi. Bu nazariya asosan yulduzlar turkumidagi barcha osmon jismlarini markazga tomon jamlab, siqilishini nazarda tutadi. Yana bir guruh nazariyotchi olimlar qora tuynuklar koinotdagi ilk katta portlash natijasi, bazilari esa ularning ulkan hajmli energiya manbaida sodir boluvchi yadro reaksiyalari hosilasi ekanligiga shubha qilmaydi. Nima bolganda ham, koinotda kichik, ortacha va ota ulkan qora tuynuklar mavjudligini har jihatdan isbotlovchi koplab ilmiy tadqiqotlar otkazilgan.

Qora tuynuklar haqida soz k?tsa, ular faqatgina yutuvchi jism sifatida gavdalanadi. Biroq dastlab 1974 yilda Starobinskiy va Z?ldovich tomonidan aylanuvchi qora tuynuklar, 1975 yili Stiv?n Xoking tomonidan barcha qora tuynuklar uchun xos bolgan, yuqoridagi mulohazalarga bir qator oydinlik kirituvchi nazariya ilgari surildi. Qora tuynuklar atrofidagi kvant maydonlari holatini organish asnosida, qora tuynuklar tashqi muhitga zarrachalar chiqarib, oz vaznini kamaytirishi nazariy jihatdan isbotlandi. Mazkur hodisa Xoking nurlanishi d?gan nomni oldi. Ushbu izlanishlar olimlarning vakuumlar haqidagi qarashlarini ham ozgartirib yubordi. Yani, avvalroq vakuum har qanday zarralardan holi boshliq sifatida tilga olinar edi. Biroq Kvant hodisalarini organishga yonaltirilgan ilmiy izlanishlar xulosalarga qaraganda, gravitatsion maydon vakuumni qutblantirib, natijada zarra-antizarra juftini hosil qiladi. Ularning biri hodisalar gorizontidan bir oz quyiroqda joylashgani bois qora tuynuk ichiga kirib k?tsa, ikkinchisi gorizontdan balandroqdaligi sababli ozi bilan bir qism qora tuynuk energiyasini olib k?tadi. Natijada tuynuk hajmi va vazni kamayib boradi. Bu jarayon kichik hajmli qora tuynuklarda, ayniqsa, t?zroq sodir boladi. Nazariya va matematik hisob-kitoblarga asoslansak, vazni 1000 tonnali qora tuynukning y?mirilishi uchun bor-yogi 84 soniya kifoya qiladi. Mazkur hodisa y?r kochkisini eslatib, avval ozroq, songra jadallik bilan energiyaning chiqib k?tishiga sabab boladi va oxir-oqibat jarayon taxminan 10 million atom bombasiga teng kuchli portlash bilan yakun topadi.

Kopchilik nazarida qora tuynuk obyektlarni katta tezlik oz qariga yutib yuboradi. Biroq bu jarayon butkul boshqacha korinishda sodir boladi. D?ylik, qora tuynuk sari kirib borayotgan jism ozidan nur taradi. Dastlab erkin tushish holatida bolgan obyekt tezligi markazga intiluvchi kuch tasirida doimiy ravishda oshib boradi. Biroq u hodisalar gorizontiga yaqinlashib borgani sayin undan ajralib chiqayotgan fotonlar ikki sabab Dopl?r hodisasi va vaqtning gravitatsion s?kinlashuvi natijasida tobora qizgish tusga kira boshlaydi. Shu bilan birgalikda, gravitatsion maydon tasirida barcha fizik hodisalar sustlashib boradi. Hodisalar gorizonti yaqinida esa uning shakli yassi tusga kirib, harakatdan butkul toxtaydi. Undan taralayotgan chastotalar ham keskin qisqaradi. Yoruglik tolqinlari esa kengayib, avval radiotolqinlar, songra payqash qariyb imkonsiz bolgan past chastotali elektromagnit t?branishlarga aylanadi. Hodisalar gorizonti chegarasidan k?sib otish jarayonini kuzatish esa mutlaqo imkonsiz.

Barcha tuynuklarda shunday ularga asos bolgan jismlarning kimyoviy tarkibi hech qanday ahamiyatga ega emas. Balki, qora tuynuklar tarkibi ularning vazni va aylanish burchagiga bogliq bolib, ular faqatgina gravitatsiya nazariyasi qonunlariga boysunadi. Agarda bir-biriga yaqin joylashgan ikki tuynuk qoshilsa, 1970 yilda Stiv?n Xoking tomonidan isbotlangan nazariyaga kora, hosil bolgan yangi qora tuynuk sirtining hajmi uning vazniga nisbatan t?zroq kengayadi. Mazkur hodisa fanda maydonlar teoremasi nomini olgan.

Malumki, tabiat qarama-qarshi kuchlar ortasidagi muvozanat asosida tarkib topgan. Yaxshi va yomon, issiq va sovuq, oq va qora... Qiziqarlisi, koinot bagrida qora tuynuklar qatorida oq tuynuk d?b ataluvchi, qora tuynuklarga qarma-qarshi kuch olaroq vujudga k?lgan jismlar ham uchrar ekan. Nazariyotchi astronom olimlarning fikricha, Oq tuynuklar borliqdagi faraziy fizik obyekt bolib, qora tuynuklarga vaqtinchalik raqib sifatida namoyon boladi. Nazariyotchilar fikricha, mazkur obyekt hodisalar gorizonti sababli qora tuynukni tark etayotgan hamda vaqtning termodinamik oqiga qarama-qarshi yonalishda joylashgan zarralardan vujudga k?lishi mumkin. Isroil astronomlari Alon R?tt?r va Shlomo X?ll?rning qayd etishicha, 2006 yilda sodir bolgan GRB 060614 gamma-nurlanishi oq tuynukning xuddi ozi edi. Shunday bolsa-da, oq tuynuklarning mavjudligi borasida bahsli munozaralar davom etmoqda.

Galaktikalar (milliardlab yulduz va boshqa osmon jismlari jamlanmasi) markazida qora tuynuklarning yana bir turi ota ulkan qora tuynuklar mavjud boladi. Ularning massasi bir milliondan bir necha milliardgacha yulduz massasiga teng bolishi mumkin. Masalan, Yerdan 50 million yoruglik yili uzoqligidagi M87 d?b nomlangan galaktikada joylashgan markaziy qora tuynukning massasi eng kamida 6,4 milliard dona Quyosh massasiga teng. Shu jumladan, bizning somon yoli galaktikamiz markazida ham xuddi shunday tuynuk mavjud. Uning vazni galaktika umumiy vaznining 0,01 foizini tashkil etsa, ayrim qora tuynuklar massasi 15 foizgacha y?tishi mumkin.

Qora tuynuklar haqida gap k?tganida, kopchilikni bir savol oylantirishi aniq ular Yerga qanday tahdid solishi mumkin? Avvalo aytish joizki, ona zaminimizni bunday qismat 4 milliard yildan song kutib olishi mumkin. Gap shundaki, Yer sathida va orbitada joylashgan kosmik teleskoplar yordamida rentgen nurlari, radiotolqinlar hamda boshqa usullarda olingan tasvirlarda bir-biriga tobora yaqinlashib borayotgan qora tuynuklar mavjudligi isbotlangan. Olimlar xulosasiga kora, 4 milliard yildan song Somon Yoli galaktikasi ham Androm?d yulduzlar turkumi bilan xuddi shu taxlit toqnashib, galaktikalar markazidagi ota ulkan qora tuynuklarning qoshilishi sodir boladi. Biroq ularning Yer sayyorasiga bevosita salbiy tasiri haqida oylash ham, nazarimizda, orinsiz. Chunki Eynsht?ynning nisbiylik nazariyasiga asoslansak, qora tuynuk sari kirib borayotgan jism, yuqorida takidlab otilgan oq tuynukka ham duch k?ladi hamda fazo va vaqt oraligida ikki tomonda ham paydo boladi. Bu esa yangi makon va yangi zamon demakdir...

Sanjar RUSTAMOV tayyorladi.

Yangilаndi: 05.11.2014 01:36  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #3 QORA TUYNUKLARGulnozaxon 2017-10-13 10:05
thank you authors!
Iqtibos
 
 
0 #2 QORA TUYNUKLARSohib 2017-10-13 10:01
shunday maqollalarni ko'proq berib turinglar, maqola uchun rahmat!
Iqtibos
 
 
0 #1 QORA TUYNUKLARSuhrob 2017-10-13 09:59
maqola juda ajoyib kattakon rahmat!
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)