Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Kosmik nurlar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Kosmik nurlar

Elektr tokining havo orqali sirqib isrof bolishi, elektr energiyasi uzatish tarmoq loyihachi muhandislari uchun muammo sifatida yuzaga chiqishidan ancha avvalroq, bazi fizik mutaxassislar, havoning elektr otkazuvchanligidek tushunarsiz jumboq bilan qiziqib qoldilar. Avvaliga takomillashmagan asboblar - yaproqli elektroskoplar, keyinchalik ancha mukammal bolgan tolali elektrmetrlar nuqul dastlabki zaryadlarini yoqotar edi, shu bilan birga, asbob aerostatda baland kotarilgan sari, bu sirqish orta borardi. Avstriyalik olim V. Gess, havo molekulalarini zaryadlangan ionlarga bolib tashlaydigan qandaydir singuvchi nurlanish aynan koinotdan kelishini 1913 yilda isbotlab berdi.

1927 yilda rus fizigi Skobeltsin, magnit maydonli Vilson kamerasida ayrim izlarni, songra esa magnit maydonda deyarli ogmaydigan tez zaryadlangan zarralar guruhlarini sezib qoldi. Boshqa olimlarning yangi tajribalari yuqori singuvchanlik xususiyatlarining ham, kosmik nurlar modda bilan ta'sirlashganda ularning odatdan tashqari ozgarishlarining ham aybdori aynan juda yuqori (milliardlarcha elektron volt) energiyali zaryadlangan zarralar ekanligiga shubha qoldirmadi.

Amerika olimi K.D. Andersson 1932 yilda Vilson kamerasi yordamida elektron e? ning musbat zaryadlangan analogi e+ ni, 1936 yilda esa, 200 marta ogir, lekin beqaror zarra myuon (yunoncha myu)ni kordi. Ingliz fizigi S.F.Pauell 1947 yilda oz xodimlari bilan yadro fotoemulsiyalari yordamida myuonning asosiy ajdodi - massasi 274 elektron massasiga teng va oziga xos yemirilish zanjiri ??(+v) ?e(+2v)ga ega bolgan (bu yerda v - bevosita kuzatilmaydigan neytral zarralar) zaryadlangan pion ? ni kashf qilganidan song, yadro fizikasi asosiy zarralarining assortimenti ancha boyidi.

Mikrodunyo miqyoslari boyicha ancha sekin (10?6 - 10?10 s) yemirilishi, ba'zi zarralarning beqarorligini organish kuchsiz ozaro ta'sirlar nazariyasining paydo bolishiga olib keldi: bu nazariya eng singuvchan, deyarli tutqich bermas zarracha - neytrinoning xossalarini tushuntirib berdi.

Barcha yangi zarralar xossalarining oziga xosligi ularning paydo bolish jarayonlarida va keyingi ozgarishlarida namoyon boladi. Masalan, pozitronni yuqori energiyali gamma-kvant (yunoncha gamma-kvant) har doim atom yadrosining kuchli elektr maydonida elektron bilan juft holda vujudga keltiradi; gamma-kvantlarning ozi esa ?0 pion neytral turining paydo bolishi va yemirilishi hisobiga vujudga keladi hamda ular yadro maydonida tormozlanganda elektronlar va pozitronlar tomonidan nurlanadi. Odatda bu zarrachalarning ajdodlari Yer atmosferasiga koinotdan uchib keladigan va atom yadrolari bilan mustaqil toqnashuvlarda har gal bir butun zaryadlangan va neytral pionlar yelpigichini paydo qiladigan protonlar hisoblanadi. Zaryadlarning bunday koplab paydo bolishi ularning kuchli ozaro ta'sirlashishi bilan bogliq: bu esa elektromagnit ozaro ta'sirlashishdan taxminan 100 marta intensivroqdir.

Rasmda yadro-kaskad jarayonining sxemasi umumiy tarzda korsatilgan. Bunda ikkilamchi kosmik nurlanishning uch asosiy komponenti: yadro-aktiv (yadrolardan protonlar va neytronlar+pionlar), singuvchi yoki qattiq (myuonlar) va yumshoq (elektron-foton) komponentlar hosil boladi. Juda yuqori (>1014 eV) energiyalarda kaskad jarayonlari shunchalik jadal rivojlanadiki, ularning barcha mahsullari keng atmosfera selini - Yerning bir necha kvadrat kilometr maydonini sugoradigan millionlab zarralar oqimini hosil qiladi.

1940- yillar oxirlariga kelib, birlamchi nurlanishning energetika spektri va tarkibi organildi. Ma'lum bolishicha, uning oqimi energiya ortishi bilan tez (deyarli kvadrat qonuniyati boyicha) kamaysa ham, lekin hali ham uning ulkan (1020 darajasida) energiyagacha yoyilgan boladi.

Kosmik nurlarning ajoyib singish xususiyatida ba'zan amaliy maqsadlarda - qidirish va muhandisli geologiyasida qalin yer qatlamini, ruda jismlari va boshliqlarni, shuningdek, ulkan inshootlarni organishda foydalaniladi.

Kosmik nurlarni organishning katta ilmiy qiymati ularning birlamchi yadro tarkibini (ular umumiy tarzda koinotdagi kimyoviy elementlar tarkibini takrorlaydi), shuningdek, ularning fazoda vaqt davomida tarqalishini aniqlashdan iborat. Bu zarralarning kelib chiqishini aniqlashga urinish astrofiziklarni bu zarralarni kosmik jismlar - ota yangi yulduzlar, pulsarlar (ya'ni tez aylanuvchi neytron yulduzlar), qora oralar, va ho kazo atrofidagi juda kuchli va choziq elektromagnit maydonlarda tezlashish jarayonlarini bilib olishlariga olib keladi. Kosmik nurlardan kelayotgan keng diapazonli elektromagnit nurlanishlar boyicha (radiotolqinlardan tortib to ota yuqori energiyali gamma-kvantlargacha) kosmik nurlar manbalari kuzatilmoqda.

Yangilаndi: 22.10.2014 01:30  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!