Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Urban Leverye

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Urban Leverye

Urban Jan Jozef Leverye (fransuzcha: Urbain Jean Joseph Le Verrier), 1811 yilning 11 mart kuni Sen-Lo shahrida tavallud topgan. Fransuz matematik va astronomi. Neptun sayyorasini kashf etgan olim.

Boshlang訴ch ta値imni o想 shahrida olganidan so創g, Kayenna Politexnika maktabiga o倉ishga kirgan, biroq imtihonlardan topshirmasdan, o倉ishni tashlab, keyinchalik boshqa o倉uv yurti Parijdagi Buyuk Lyudovik kolledjiga joylashgan. O倉ishni matematikadan oltin medal bilan bitirgach, Stainlas kolledjida matematikadan dars bera boshlagan. 1837 yilda Parij Politexnika maktabiga astronomiya kafedrasiga ishga kirgan. Olim Aragoning taklifiga ko喪a esa, 1839 yilda Parij rasadxonasida faoliyat boshlagan. Aynan shu yili uning astronomiyaga oid dastlabki asari ォSayyoralarning yo鼠laridagi asriy o想garishlarning tadqiqiサ nomli risolasi nashrdan chiqqan.

U o想i mustaqil ravishda kimyo bilan shug爽llanib, qator tadqiqotlar olib borgan. Biroq, o壮ha davrda Yevropa ilm-fanida eng katta qiziqish bilan o喪ganilayotgan mavzu Uran orbitasining anomaliyalari va undan keyingi sakkizinchi sayyoraning mavjudligi to組喪isidagi bahslar tufayli, astronomiyaga kuchli qiziqish bilan kirib kelgan. Leverye 1842 yilda, Fransua Aragoning taklifiga binoan, Uran orbitasidagi anomaliyalarga ko喪a, unga ta痴iri taxmin qilinayotgan sayyoraning orbitasini va koinotdagi joylashuv nuqtasini matematik usul bilan hisoblash ishlariga kirishdi. Uzoq mehnatdan so創g, avval 1845 keyin esa 1846 yilda, Urandan keyingi sayyoraning taxminiy koordinatalari haqidagi hisobotlarni Parij Fanlar Akademiyasiga taqdim qildi. Ayni vaqtda hisobotlaring bir nusxasini Berlin rasadxonasiga, astronom olim Iogann Gallega ham yubordi. Leverye yuborgan matematik hisoblashlar asosida olmon olimi Galle 1846 yilning 23 sentyabrida Neptunni aynan Urban Leverye ko喪satgan joyda (juda kichik farq bilan) topishga muvaffaq bo鼠di. Bu amalda sakkizinchi sayyora Neptunning kashf etilishi edi. Ushbu xizmatlari uchun Urban Leverye fransuz hukumati tomonidan ォOsmon mexanikasi professoriサ unvoni bilan taqdirlandi. Leveryeni Fransuz Fanlar Akademiyasiga qabul qilishdi. Fransiya qiroli Lyudovik va Prussiya qiroli Filipp, Leveryeni faxriy nishonlar va zodagonlik unvonlari bilan taqdirlashdi. 1854 yildan e稚iboran esa, Urban Leverye Parij rasadxonasining direktori etib tayinlandi. Shuningdek u Qirollik Astronomiya Jamiyatining oltin medallari bilan ikki marta 1868 va 1876 yillarda taqdirlangan.

Urban Leverye, Neptunning kashf qilinishdagi ishtirokidan tashqari, yana ko叢lab boshqa astronomik tadqiqotlari, xususan, Merkuriyning Quyosh diskidan o奏ishi (1845) va ォFayaサ kometasining trayektoriyasi hamda, ォLekselサ kometasining trayektoriyasi haqidagi ilmiy tekshirishlari (1843), tegishli risolalarda e値on qilingan.

Uning hayoti va astronomik kuzatishlariga oid asarlari ォEsdaliklarサ, ォParij rasadxonasi solnomasiサ hamda, ォKuzatuvlarサ risolalari 1855-1867 yillarda nashrdan chiqqan.

Urban Leverye 1877 yilning 23 sentyabrida Parijda vafot etgan.

Uning sharafiga, Oy va Marsdagi krater, Neptunning halqasi va asteroid (1997)Leverye nomlangan.

Yangilミーndi: 15.10.2014 21:11  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!



Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov