Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa SI ning asosiy birliklari Termodinamik harorat birligi - Kelvin

Termodinamik harorat birligi - Kelvin

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Termodinamik harorat birligi - Kelvin

Termodinamik haroratning ta'rifi 10-OTXK (1954 yil, Rezolyutsiya 3; CR 79) tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, fundamental qiymat sifatida suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 qismiga teng deb aniqlangan. 13-O‘TXK (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43) «Kelvin gradusi» atamasi va ºK belgisi o‘rniga, Kelvin va K belgisidan foydalanishni joriy etdi va Termodinamik harorat ta'rifini quyidagicha qilib belgiladi. (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43).

Kelvin - termodinamik harorat birligi. U suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng.

Bundan kelib chiqadiki, suvning uchlanma nuqtasining termodinamik harorati 273.16 K ga teng ekan.

2005 yilda o‘TXI quyidagini ma'qulladi: (ya'ni, o‘TXQ suvning izotop tarkibiga nisbatan aniq talab qo‘ydi.)

Bu qoida suvning quyidagi izotopik kompozitsiyasidagi modda miqdorlari uchun tegishli: 0.00015576 mol 2H bir mol 1H ga teng; 0.0003799 mol 17O bir mol 16O ga; 0.002005 18O esa, bir mol 16O ga teng bo‘ladi.

Harorat shkalalaridan kundalik odatiy foydalanishni soddalashtirish maqsadida, ma'lumotnoma qiymati T0=273.15 K, ya'ni, muzning erish haroratidan farqlash maqsadida, T belgisini faqat termodinamik haroratni ifodalash uchun qabul qilindi. Ular orasidagi farq Selsiy gradusiga teng. Selsiy gradusining belgisi t bo‘lib, u quyidagi tenglama orqali aniqlanadi.

t=T -T0

Selsiy harorat shkalasi birligi - Selsiy gradusi, belgisi - ºC. Selsiy gradusi Kelvin gradusiga teng. Haroratlar farqi yoki harorat intervallari kelvin yoki Selsiyda ifodalanishi mumkin, (13-o‘TXK, 1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43) bunda harorat qiymatlari orasidagi miqdoriy qiymat bir xil bo‘ladi. Selsiy gradusida ifodalangan harorat qiymati va Kelvin bilan ifodalangan termodinamik harorat qiymati orasidagi munosabat

t(ºC)=T(K) - 273.15

ifoda orqali aniqlanadi.

Kelvin hamda Selsiy gradusi - O‘TXQ ning 1989 yildagi 5-tavsiyanomasi (CI-1989; PV, 57, 115 va Metrologia, 1990, 27, 13) orqali, 1990 yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90) ga binoan qabul qilingan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

Yangilаndi: 14.12.2017 10:17  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #1 BannerShuhrat 2014-10-23 11:07
Sayt bizga juda ham ma'qul keldi. Ayniqsa "Bu-Qiziq" bo'limi judayam qiziqarli ma'lumotlarga to'la. Yana yangiliklar kutib qolamiz???
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.



Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov