Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq... Infografika Kuryositi marsaxodi (Infografika)

Kuryositi marsaxodi (Infografika)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Kuryositi marsaxodi (Infografika)

Mars haqidagi dastlabki astronomik kuzatishlar qayd qilingan yozma manbalar eramizdan avvalgi 3.5 ming yilliklarga tegishli Bobilliklarning astronomik jadvallari va ierogliflari hisoblanadi. O‘rta asrlarda hind va musulmon sharqi munajjimlari Marsning o‘lchamlarini va undan Yergacha bo‘lgan masofa hisoblab chiqishgan. XVI-asrga kelib Nikolay Kopernikning geliotsentrik modeli asosida Iogann Kepler Marsning ekliptik orbitasining aniq keltirib chiqardi. Marsni kuzatish, teleskop kashf etilgach yana jadallashdi. 1659-Yilda Franchesko Fontanna teleskopik kuzatishlar asosida Mars sirtini tasvirini chizdi. 1660-yilda Dominik Kassini Marsning qutblarini aniqlab, tasvirga tushirdi. 1888-yilda Jovanni Skiaparell Mars sirtidagi alohida detallarga nom berishni boshladi: Adriatika, Kimmeriya, Feniks kabi dengizlar nomlarini aynan u bergan. XIX-asrga kelib Marsni o‘rganish yana yangi bosqichga kirdi. Bu davrda Marsda kanallarning mavjudligi haqidagi xabar asnosida, Marsda hayot bor yoki, yo‘qligini aniqlash bo‘yicha tekshirishlar avj oldi. Koinotni zabt etish erasidan avvalgi davr astronomlari ichida Marsni tadqiq qilganlardan Persival Louell, Slayfer, Antoniadi, Leddi, Vokulyer, Tixovlarning izlanishlari ko‘p samara keltirdi. Lekin baribir, Marsni nisbatan mukammal tadqiq qilish, unga tomon 1960-yillarda "Fobos", "Deymos", "Mariner", "Viking", "Mars Global Surveyor" kabi fazoviy dasturlarning uchirilishidan keyin boshlandi.

1965-yilda "Mariner-4" Marsga yetib borgunicha, ko‘plab tadqiqotchilar Marsda suyuq holatdagi suv mavjud degan taxminda edilar. Bu tasavvur asosan, Mars sirtidagi va qutblaridagi mavsumiy o‘zgarishlarning vizual tahliliga asoslangan edi. Mariner orqali olingan ma'lumotlar esa, suyuq suv haqidagi tasavvur beruvchi rang o‘zgarishlari ko‘z aldanishi - optik illuziya ekanligini tasdiqladi. Marsda suv qadim zamonlarda bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 1975-yilda Mars relyefining xaritasi tuzildi. Mars gurunti namunalarining tekshiruvlarida temir va kremniyning oksidlari aniqlandi. Mars tuprog‘ida oltingugurt (sulfatli birikmalar ko‘rinishida) miqdori Yer qobig‘idagidan ancha marta ko‘p. Mars sirtida vulqonlar harakatidan ham, meteoritlar zarbasidan ham hosil bo‘lgan kraterlar mavjud. Mars relyefining eng yuqori va eng chuqur qismlari farqi 20 km ni tashkil qiladi.

2008-yil 31-iyul kuni NASAning "Feniks" fazoviy apparati Marsda muz parchasini topdi.

2009-yildan buyon Mars orbitasida uchta orbital tadqiqot apparatlari - "Mars Odissey", "Mars Ekspress" va "Marsni tekshirish yo‘ldoshi" ishlab turibdi. Mars sirtida esa "Opportyuniti" va "Kuryositi" Marsaxodlari ishlamoqda. Shuningdek Mars sirtida avval ishlab, hozirda faoliyatdan to‘xtagan apparatlar mavjud.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 26.12.2018 08:31  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)