Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq... Infografika Yer Sayyorasining tuzilishi qanday? (Infografika)

Yer Sayyorasining tuzilishi qanday? (Infografika)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 39
Juda yomon!A'lo! 

Yer Sayyorasining tuzilishi qanday?

Yer - Quyosh tizimidagi sayyoralar ichida, tartib bo‘yicha uchinchi, o‘lchamlariga ko‘ra beshinchi o‘rinda turuvchi sayyoradir. Shuningdek, ona sayyoramiz, insoniyatga ma'lum bo‘lgan sayyoralar ichida, tiriklik mavjud bo‘lgan yagona sayyora. Ilmiy farazlarga ko‘ra, Yer, Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralar singari, Quyosh gaz-chang tumanligidan, bundan taxminan 4.5 milliard yil avval paydo bo‘lgan.

Yer sayyorasi shakliga ko‘ra, yassi ellipsoidga o‘xshash bo‘lib, "Geoid" deb ataladi. Geoid va unga o‘xshash (approksimatsion) ellipsoid orasidagi farq 100 metr atrofida[1]. Sayyoramizning o‘rtacha diametri 12742 kilometr. Aylanasi esa ?40000 kilometr. Yerning ekvatori, o‘ziga xos do‘nglikni hosil qilgan. Uning ekvatorial diametri, qutblar orasidagi diametridan 42.6 kilometr uzunroq. Yer sirtidagi eng baland nuqta, Everest cho‘qqisi (Jomolungma) bo‘lib, u dengiz sathidan 8848 kilometr balandlikda joylashgan. Eng chuqur botiqligi esa, Marianna botig‘i bo‘lib, u dengiz sathidan 994 metr pastda joylashgan. Ekvator do‘ngligi hisobiga, Yer markazidan eng uzoq joylashgan nuqta Everest cho‘qqisi emas, balki, ekvatorga yaqinroq joylashgan boshqa cho‘qqilar - Ekvadordagi Chimboraso vulqoni cho‘qqisi hamda, Perudagi Uaskaran tog‘i tepasi hisoblanadi.

Yer sirtining 70.8% qismini dunyo okeani egallagan. Qolgan qismi esa, materiklar va orollardan iborat quruqliklar tashkil qiladi. Quruqliklarda joylashgan ko‘llar, muzliklar, daryolar va yer osti suvlari, dunyo okeani bilan birgalikda gidrosferani tashkil qiladi. Yerdagi kabi tirik organizmlar uchun hayot sharoitiga muvofiq keluvchi suv, Yerdan boshqa sayyoralarda aniqlanmagan. Yerning qutblari qalin muz qatlamlari bilan qoplangan bo‘lib, u Arktika va Antarktika muz qalqonlarini, hamda, dengiz muzliklarini tashkil qiladi.

 

Yerning ichki qatlamlari ancha faol bo‘lib, u kimyoviy va fizik xossalariga ko‘ra, bir necha qatlamlarga bo‘linadi. Yer markazida ichki yadro va uni o‘rab turgan tashqi yadro mavjud. Yadroni o‘rab turgan qattiq qatlam Litosfera deb ataladi. Shuningdek, litosfera ostida Atenosfera qatlami mavjud bo‘lib, u, litosferaning o‘zidan yuqoridagi qatlamlarining harakatlanishi uchun omil bo‘ladi.

Yer sayyorasi, atrofini o‘rab turuvchi qalin gaz qobig‘i - atmosferaga ega. Yer atmosferasi bir necha qatlamlardan iborat. Atmosferaning yerdagi hayot va iqlimning barqarorligidagi o‘rni g‘oyat kattadir. Shuningdek, Yer sayyorasining gidrosfera, atmosfera, litosferasining tirik organizmlar yashaydigan barcha qismlari birgalikda - biosferani tashkil qiladi.

Yer yagona tabiiy yo‘ldosh - Oyga ega.

 


[1] Ushbu ma'lumotlar, global navigatsiya tizimi - GPSni joriy etish vaqtida, kata aniqlik bilan qayd etilgan: AQSH Milliy Geodeziya Axborotnomasi, Milbert, D. G.; Smit, D. A. "Converting GPS Height into NAVD88 Elevation with the GEOID96 Geoid Height Model".

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 21.11.2018 17:51  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)