Zivert
Zivert - Xalqaro Birliklar Tizimidagi SI dagi effektiv va ekvivalent ionlanuvchi nurlanish dozasining o‘lchov birligi. 1979-yildan e'tiboran fanga joriy etilgan. Birlik, ionlanuvchi nurlanishlarning (radiatsiya) inson salomatligiga ta'sirini o‘rganishda katta mehnatlari singgan mashhur shved olimi Rolf Zivert sharafiga shunday atalgan. SI dagi birliklarning nomlarini yozish imlo qoidalariga muvofiq, olim sharafiga atalgan birlikning nomi, so‘z boshida kelgan o‘rinlardan tashqari, so‘z o‘rtasi va oxirida, kichik harflar bilan "zivert" tarzida yoziladi. Uning belgisi esa, matn davomidagi har qanday o‘rinda katta harflar bilan "Zv" tarzida yoziladi.
Zivertning ta'rifi quyidagicha:
1 zivert - 1 kg bilogik to‘qimaga yutilgan 1 Gr gamma-nurlanishning ta'siriga teng bo‘lgan energiya miqdoridir.
SI ning boshqa birliklari orqali zivert quyidagi nisbatlar bilan ifodalanadi:
1 zv = 1 J/kg = 1 m2/s2 (sifat koeffitsiyenti 1.0 ga teng bo‘lgan nurlanishlar uchun).
Grey va zivertning o‘zaro tengligiga ko‘ra, ekvivalent doza va yutilgan nurlanish dozasi, o‘zaro o‘lchamsiz kattaliklar deb baholanadi. Biroq bu tasdiq, effektiv dozaning yutilgan dozaga sanoq bo‘yicha teng ekanligini anglatmaydi.
Ekvivalent dozani aniqlashda, nurlanishning fizik xossalari inobatga olinadi, bunda, ekvivalent doza, yutilgan nurlanish dozasining va u yoki bu nurlanish turkumining biologik faolligiga bog‘liq bo‘lgan nurlanish sifati koeffitsiyentining o‘zaro ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. Masalan, alfa-zarralar uchun nurlanish sifati koeffitsiyenti 20 ga teng. Bu esa, massa birligidagi a'zo yoki to‘qimiga yutilgan nurlanish energiyasining teng miqdorlarida, gamma-nurlanishning biologik ta'sir effektiga nisbatan alfa-zarraning biologik ta'sir effekti 20 barobar kuchliroq bo‘ladideganidir.
Effektiv dozani aniqlashda, ionlanuvchi nurlanishlar tufayli zararlangan muayyan a'zo yoki to‘qimalarning, insonning umumiy salomatligiga ta'sir nisbati e'tiborga olinadi. Effektiv doza, muayyan a'zo yoki to‘qimalarning nurlanishdan zararlanganida, butun organizmga nisbatan beradigan umumiy zarari miqdoriga bog‘liq bo‘lgan vazn koeffitsiyenti va ekvivalent dozaning o‘zaro ko‘paytmasiga teng.
Ekvivalent doza radiobiologiya sohasida muhim ahamiyatga ega birlik hisoblanadi. Effektiv doza esa, nurlanish darajasini nazorat qilish muhim bo‘lgan joylarda, nurlanish darajasini gigienik me'yorlash masalalarida o‘ta muhim bo‘lgan birlikdir.
Avvallari (ba'zan hozirda ham) ekvivalent doza uchun, zivert birligi o‘rnida r.b.e. (rengen biologik ekvivalenti) birligi qo‘llanilar edi (xalqaro muqobili rem - roentgenequivalent man). 1 r.b.e.miqdoran 100 zivertga teng. Shuningdek, 100 rentgen = 1 zivert deb, rentgen nurlanishlariningbilogik ta'sirlari uchun degan izoh bilan birga shartli ravishda qabul qilinadi va qo‘llanadi. Bu tasdiq va shat shuningdek, boshqa foton nurlanishlari, masalan gamma-nurlanishlar uchun ham o‘rinlidir.
Karrali va ulushli birliklari |
|||||||
kattalik |
nomi |
belgisi |
kattalik |
nomi |
belgisi |
||
o‘zbekcha |
xalqaro |
o‘zbekcha |
xalqaro |
||||
101 |
dekazivert |
daZv |
daSv |
10-1 |
detsizivert |
dZv |
dSv |
102 |
gektozivert |
gZv |
hSv |
10-2 |
Santizivert |
sZv |
cSv |
103 |
kilozivert |
kZv |
kSv |
10-3 |
Millizivert |
mZv |
mSv |
106 |
megazivert |
MZv |
MSv |
10-6 |
Mikrozivert |
mkZv |
μSv |
109 |
gigazivert |
GZv |
GSv |
10-9 |
Nanozivert |
nZv |
nSv |
1012 |
terazivert |
TZv |
TSv |
10-12 |
Pikozivert |
pZv |
pSv |
1015 |
petazivert |
PZv |
PSv |
10-15 |
Femtozivert |
fZv |
fSv |
1018 |
eksazivert |
EZv |
ESv |
10-18 |
Attozivert |
aZv |
aSv |
1021 |
zattazivert |
ZZv |
ZSv |
10-21 |
zeptozivert |
zZv |
zSv |
1024 |
yottazivert |
YZv |
YSv |
10-24 |
yoktozivert |
yZv |
ySv |
Inson salomatligi uchun chegaraviy va halokatli dozalar.
Tibbiy tashxis jarayonlarida (rentgenoskopiyada, rentgen nurlanishlariga asoslangan kompyuter tomografiyasida) doza o‘lchovi sifatida asosan millizivert (mZv) qo‘llanadi.
Dunyo bo‘yicha rentgenografik tibbiy tekshirishlar natijasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha nurlanish dozasi 0.4 mZv ni tashkil qiladi. Lekin, yuqori darajadagi tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yilgan (bu o‘rinda 1000 nafar aholi soniga nisbatan 1 tadan ortiq malakali vrach xodim to‘g‘ri keladigan mamlakatlar nazarda tutiladi) aholi jon boshiga nisbatan rentgen nurlanishi dozasi 1.2 mZv gacha oradi. Boshqa texnogen nurlanish manbalaridan olinadigan nurlanish dozasi esa nisbatan kam bo‘lib, xususan, yadro sinovlaridan keyingi hudud atmosferasida qolgan radionuklidlardan qolgan nurlanish miqdori 0.005 mZv, Chernobil falokati hududida 0.002 mZv, yadro energetikasi ishlab chiqarish hududlarida ham 0.002 mZv ni tashkil qiladi.
Dunyo bo‘yicha tabiiy nurlanishlar manbalaridan aholi jon boshiga yillik yutiladigan nurlanish miqdori, o‘rtacha 2.4 mZv ni tashkil qiladi. Tabiiy nurlanishlarning asosiy manbalari quyidagilardir:
- Kosmik nurlanishlardan 0.4 mZv (bu qiymat joyning dengiz sathidan balandligiga bog‘liq ravishda 0.3 mZvdan 1.0 mZv gacha o‘zgaradi).
- Tashqi gamma-nurlanishlaridan 0.5 mZv gacha (tashqi atrof muhit - tuproq, qurilish materiallari va ho kazolarning radioaktivligiga bog‘liq holda, 0.3 mZvdan 0.6 mZv gacha).
- Ichki nurlanishlar, atmosferadagi radionuklidlarning (asosan Radonning) nafas yo‘llariga tushishidan 1.2 mZv gacha (radonning mahalliy atmosferadagi konsentratsiyasiga bog‘liq ravishda 0.2 mZvdan 0.8 mZv gacha).
Badanning birdaniga yalpi nurlanishga uchragan holatida, tezkor maxsus tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, o‘tkir nurlanish kasalligi sodir bo‘lgan taqdirda, 50% hollarda o‘limga olib keladi. Xususan, 3-5 Zv nurlanish yutilganida, orqa miyaning zararlanishi tufayli 30-60 kun ishida; 10-15 Zv nurlanish olganda, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi tufayli 10-20 kun ichida; va 15 Zv dan yuqori darajadagi nurlanish yutilganda, butun asab-nerv tizimining zararlanishi oqibatida 1-5 kun ichida o‘lim sodir bo‘ladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|