Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Moziyga nazar Hayot jarayonlarini qanday o‘lchashgan?

Hayot jarayonlarini qanday o‘lchashgan?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Hayot jarayonlarini qanday o‘lchashgan?

Endi esa, qadimgilar vaqtni qanday o‘lchaganliklari haqida gaplashamiz. Yaqindagina olimlar, Madagaskar oroilida, qadimgi xalqlarga taalluqli bo'lgan juda g‘alati bir vaqt o‘lchash uskunasi - guruch xumchasini topib oldilar. Orollilklarning barchasi guruchning qanday ahamiyatga ega aknligini juda-juda yaxshi tushunishadi va uni qaynatib taom tayyorlashni ham yaxshi bajarishadi. Ularning taomiliga ko‘ra guruchni taxminan 20 daqiqa qaynatish zarur. Uch xumcha guruch - 1 soat qaynatiladi. Taajjubli, lekin, amaliy ahamiyatga ega holat to'g'rimi?

Vaqtni o‘lchash borasidagi boshqa bir qadimiy birlikni biz kitob avvalidagi - bosqich haqidagi maqolada ko‘rib o‘tgan edik. Ya'ni, quyosh botgunicha o‘rtacha qadam bilan ikki daqiqa ichida bosib o‘tiladigan yo‘l - bosqich deyilgan edi. Ushbu birlikdan esa, teskari tartibni keltirib chiqarsak, demak bir bosqich masofani taxminan ikki daqiqa vaqt o‘lchovi sifatida ham qarash mumkin ekan. Agar istasangiz buni, o‘zingiz ham osonlik bilan tekshirib, ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Umuman olganda, qadimgi zamonda (hozirda ham) aksariyat vaqt o‘lchov birliklari, osmon jismlarining harakatiga asoslangan. Amalda, yaqqol ko‘zga tashlanadigan va oson fahmlanadigan birliklar bu kun (sutka) va yil bo‘lib, ular davriy takrorlarnuvchi hodisalarga asoslanib, barcha tamaddunlarda tez va oson o‘zlashtirilishi mumkin edi. SI birliklar sistemasida yondoshuv biroz o‘zgargan: kun va yil uzunligi, umuman, vaqt o‘lchovi astronomik obyektlarga emas, balki tabiatdagi o‘zgarmas fundamental jarayonlarga bog‘lab qayd etilgan.

 

Qadimgi dunyo vaqt o‘lchov birliklariga qaytsak.

Quyoshning sutkalik harakatini kuzatish ishlari, quyosh soatlarini yasashga asos bo'lgan. Ular yordamida esa, qadimgi ajdodlarimiz sutkani 24 soatga bo‘lishni o‘rganib olishgan. Bu ilk marta qadimgi Bobilda, 12-lik va uning asosida takomillashtirlgan 60-lik sanoq sistemasi amal qilgan tarixiy tamaddun diyorida sodir bo'lgan. Davomiyligi bo‘yicha kunduz va tunni har birini o‘rtacha 12 soatdanga bo‘lishgan. Soatni esa, o‘zlarida amalda bo'lgan sanoq sistemasi asosida 60 daqiqaga, 60 daqiqani esa 60 soniyaga, 60 soniyani esa 60 tertsiyga bo‘lib chiqichgan. Vaqt oraliqlarini, tabiiy yoritkichlar harakatiga bog‘lab bunday tarzda bo‘lib chiqish va ularga qo‘yilgan nomlar, bugungi zamonimizgacha, qadimgi Rimliklar tufayli yetib kelgan. Ularning aynan Bobilliklarga tegishli ekanligini esa, zamonamiz arxeologlari ilmiy isbotlab berishgan.

Uzoq asrlar davomida kishilar, har bir kunduz va har bir tun aniq 12 soatdan iborat degan xato tushuncha bilan cheklanib qolganlar. Osiyo janubida joylashgan qadimgi Bobilda, bu xatolik ko‘zga unchalik ham yaqqol tashlanmagan, chunki, u joylashgan geografik kengliklarda, gorizontda Quyosh sutka davomida deyarli perpendikulyar trayektoriya bo‘ylab harakatlanadi. Shu tufayli ham u joylarda kunduz va tunning uzunligi deyarli bir xil. Biroq, ancha shimolroqda joylashgan qadimgi Rim sarhadlarida esa, Quyoshning sutkalik harakati ma'lum burchak ostidagi qiyalik bilan kechadi. Qishda u anchayin past, kunduz qisqaroq, tun esa uzunroq; yozda esa buning mutlaqo aksi: quyosh gorizontdan ancha balandda, kunduzlar ham uzun, tunlar esa qisqa bo'ladi. Rimliklar esa, Bobilliklarga taqlidan, har qanday kunni teng 12 soatdan iborat kunduz va kechaga bo‘laverishgan.

Odamlar, istalgan kun yoki tunning 12 dan 1 qismini bir soat uchun qabul qilishdan ko‘ra, aynan bir soat uchun qandaydir biror aniq va doimiy birlikni tanlash lozimligini anglab yetgunliklariga qadar ancha asrlar o‘tib ketgan. Bir soatning aniq davomiyligini (uzunligini), ilk marta, qum soatlar yordamida bahorgi va kuzgi tengkunliklarning soatlarini o‘lchash orqali aniqlashgan. Qum soatlar dengizga chiqishda ham benazir dastyor bo‘lib chiqqan. Chunki ular quyosh soatlaridan farqli o‘laroq, kemaning turgan geografik kengligiga bog‘liq bo‘lmay, tunda ham o‘z maromida ishlayvergan (quyosh soatlari kechasi "yo‘qolib qolishi" hammaga ma'lum). Tarixda ilk marta, qum soatlarga ishonch bilan, o‘z qirg‘oqlarini ko‘rinmas masofalarga tark etgan jasur dengizchilar - Finikiyaliklar bo‘lishgan. Ular, eramizdan avvalgi birinci ming yillikda o‘rta Yer debgizining yaqin sharq sohillarida yashagan qadimgi xalq vakillaridir. Keyinchalik aynan qum soatlari yordamida, dengizchilar vaqt birligi ichida suzib o‘tilgan dengiz masofalarini, ya'ni, kemning harakat tezliklarini o‘lchashni boshlashgan. Bu narsa esa, insoniyatni yangi sohillarni kashf qilishida va bepoyon ummonlarni zabt etishida muhim omillardan biri sifatida xizmat qilgan. Qum soatlar o‘rta asrlargacha, Yevropada mayatnikli soatlar va ular asosidagi mexanik soatlar ommalshguniga qadar, deyarli barcha obod yerlarda asosiy vaqt olchash vositasi hisoblangan. Ba'zi hududlarning geografik o‘ziga hosliklari esa, mahalliy xalqlarga boshqa muqobil variantlarni ham taqdim etgan. Masalan dengiz bo‘yi mamlakatlari xalqlari suvning qirg‘oqda ko‘tarilishi va qaytishi hodisasiga asoslanib vaqt hisobini yuritishlari mumkin edi. Shuningdek ayrim xalqlarda (xususan Misrliklarda)qum soatning, suv soat tarzidagi ko‘rinishlari ham qo‘llanilgan (yani idishga qum o‘rniga suv quyilgan).


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 30.11.2018 13:09  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!