Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Muallif & blog ... Dunyoda ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay!

Dunyoda ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay!

Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

2012-yilda ushbu maqolam uchun BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan maxsus sovrin bilan taqdirlangan edim. Shu maqolani blogimda ham o‘rtoqlashgim keldi

Dunyoda ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay!

Imom Buxoriy

Buyuk alloma vatandoshimiz tomonidan ta’kidlangan ushbu durdona fikr, insoniyat uchun barcha zamon va makonlarda birdek muhim va doimo aktual bo‘lgan g‘oyalarning sarsarasidir. Darhaqiqat, dunyoning turli nuqtalarida yashayotgan va turli irq, millat va jamiyatlar vakillarining hayot tarzi, yashash sharoiti, eng muhimi – savod va ilm-fan borasidagi keskin farqlanishi, insoniyat o‘zi erishgan bemisl ilm-fan, texnika yutuqlari bilan cheksiz faxrlanayotgan bugungi XXI-asrda ham hali dunyoni yanada yaxshilash, unda umrguzaronlik qilayotgan insonlar hayotini yana ham farovonlashtirish uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlar judayam ko‘p, juda-juda ko‘p ekanligi haqida aniq va ravshan mulohaza uyg‘otadi. E’tibor bering: Dunyoning bir davlatida (Qatar) fuqarolar kuniga superzamonaviy samolyotlar shousidan bahra olayotgan bir paytda, yer yuzining boshqa hududida (Afrika va Osiyo qit’asidagi davlatlarda) odamlar hali hamon yer haydash uchun ho‘kiz qo‘shilgan omoch kabi o‘ta primitiv vositalardan foydalanishmoqda. Bir mamlakatda (AQSH) fuqarolarning o‘ta semizlik holati ijtimoiy muammo darajasiga yetib qoldi, aksincha, boshqa mamlakatda (misol uchun Sudanda) odamlar ocharchilik va suvsizlikdan qattiq jabr chekishmoqda. Yoki, bir davlat byudjet taqchilligini yenga olmayotgan vaqtda, boshqa davlatda milliardlab dollar mablag‘ni kosmik tadqiqotlar, ilmiy loyihalar (adron kollayder singari) yoki shunchaki ko‘ngilochar maqsadlar (raqs, sport shoulari kabi)larga sarf etayotganligi, jahonning bir davlati (Kanada) uchun grizli ayig‘ining odamga qilgan hamlasi oqibatida boyagi odamning jabrlanishi voqeasi mamlakat miqyosidagi (ba’zan dunyo) hodisa deb e’tirof etilsa-yu, boshqa davlatda tinimsiz, tinkani qurituvchi urushlar, qon to‘kishlardan har kuni qurbon bo‘layotgan yosh bolalar, ayollar va aholining sanoqsiz o‘limlari oddiy va statistik ma’lumot o‘rnida ko‘rilsa….

 

 

Zamonamizda o‘ta yuqori darajada rivojlangan texnologiyalar, kosmik, nano-o‘lchamlardagi tadqiqotlar, tibbiyot, kibernetika, ishlab chiqarishning mislsiz miqyosdagi taraqqiyoti zamonaviy dunyoni, uzoqqa bormaylik, masalan 20 yil avvalgidan ancha yaxshilanishiga shubhasiz katta ta’sir ko‘rsatdi. Lekin, yuqorida ta’kidlangan taqqoslashlarni mulohaza qilib ko‘rar ekansiz, dunyoni hali yaxshilash, yanada yaxshilash uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlarning miqyosi ham hali ulkan darajada ekanligini fahmlash qiyin bo‘lmaydi.

Xo‘sh, dunyoni yanada yaxshilash uchun qilinishi lozim bo‘lgan bu ishlar nimalardan iborat? Har kim bu savolga o‘z dunyoqarashi, e’tiqodi va qiziqishlari yuzasidan va turlicha javoblar keltirishi tabiiy. Bu boradagi kaminaning nuqtai nazari quyidagicha: Avvalambor dunyoni obod qiluvchi, sivilizatsiyaning yetaklovchi kuch – hazrati inson ekanligini inobatga olsak, shubhasiz birinchi navbatda dunyoni yaxshilash uchun insonning ilm omili asosiy rol o‘ynashini e’tirof etish kerak. O‘sha taqqoslashlardagi muammolarni har birini alohida olingan holatda ham, bu muammolarning asl ildizi jamiyatdagi savodsizlik, ilmga rag‘batning yo‘qligi va xurofotning hukmronligini ko‘rish mumkin. Har bir jamiyatning umumiy chorasizligi undagi shaxslarning ilmsizligidandir. Qolaversa, qoloq davlat va jamiyatlarning boshqa davlatlar yoki tashkilotlar (donorlar) tomonidan muttasil iqtisodiy qo‘llab quvvatlanib turilishi, avvalo o‘sha jamiyat rahbarlari, qolaversa, fuqarolarida boqimandalik, eng yomoni, qaramlik, vassallik kayfiyatini paydo qiladi. Bunday kayfiyat hukmron jamiyat umumiy taraqqiyotdan surunkali ravishda orqada qoladi. Ushbu holatda esa bunday jamiyatlarni ahvolini yaxshilash, bu orqali butun dunyoni yanada yaxshi qilishga asosiy yetaklovchi kuch bu – dunyo aholisining barcha qatlamlari orasida savodsizlikni tugatish, ilm olishga – ma’rifatli bo‘lishga rag‘bat uyg‘otish eng asosiy chora bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Faqat ilmli va savodli insonlargina dunyoni yanada obod qila oladilar. Dunyoni yanada yaxshilashning eng asosiy chorasi bu har bir jamiyat va davlatda fuqarolarning savod darajasini oshirish, bu orqali ilm-fan taraqqiyotini ta’minlashdir.

 

Yangilаndi: 07.04.2018 12:23  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o‘zbekcha-ruscha-inglizcha lug‘ati, qisqacha izohi va amalda qo‘llanishi
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
http://tafsilot.uz/
tafsilot.uz - axborot-tahliliy sayt.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
ekodunyo.uz
O‘simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 792
O'qilgan sahifalar soni : 3294444

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)