Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya Nil Armstrong

Nil Armstrong

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Nil Olden Armstrong

Nil Armstrong

Nil Oldin Armstrong (inglizcha: Neil Alden Armstrong) 1930-yilning 5 avgustida AQSHning Ogayo shtati, Ualakoneta shahrida tugilgan. AQSH astronavti, insoniyat tarixida Oyga qadam qoygan birinchi inson, sinovchi-uchuvchi, kosmik muhandis. Ualakoneta shahridagi orta maktabni 1947 yilda tamomlagach, shu yilning ozida, Indiana shtati, Vest-Lafayet sharidagi Perdyu universitetining aviatsiya sanoati yonalishiga oqishga kiradi. Universitetdagi oqishni, oraliq tanaffuslar bilan, 1955-yilgacha davom ettirgan va yakunda, 1955-yili, aviatsiya texnikasi fanlari boyicha bakalavr diplomini qolga kiritgan. Shundan song, u harbiy xizmatga chaqirilgan va AQSH harbiy havo kuchlari tarkibida, Koreys urushida qatnashgan. Koreys urushidan ikkita oltin yulduz va Aviatsiya medali bilan qaytgach, 1958-yilda, tajribaviy kosmik apparati - American X-15 da uchish uchun tanlov boyicha, sinovchi-uchuvchilar safiga kiritildi. Ushbu turkumdagi raketalardagi ilk parvozini 1960-yilda amalga oshirgan Armstrong, 1962-yilga qadar 7 marta, atmosferaning yuqori qatlamlariga raketa parvozlarini amalga oshirdi. 1962-yilda, raketalardagi uchishlarning muvaffaqiyatsiz loyiha ekanligini ta'kidlagan holda loyihani tark etdi va NASAning koinotga uchish uchun olib borayotgan fazogirlar tanloviga ishtirok etish uchun hujjat topshirdi. Shu yili Armstrongni, kosmik parvozlar uchun tayyorlanuvchi kosmonavtlar royxatining 2-guruhiga qabul qilishdi. Nil Armstrong NASAdagi ilk kosmik parvozini, 1966 yilida, Ajena-8fazoviy kemasida amalga oshirdi. Biroq, parvoz, fazo kemasining yonalish belgilovchi tizimlarida kelib chiqqan jiddiy nosozliklar tufayli, ekipaj muddatidan avval yakunlanib, yerga qaytishga majbur bolgan. Ushbu parvoz davomida, Armstrong fazo kemasi kapitani bolib, ikkinchi uchuvchi - Devid Skott bilan birgalikda, ilk bora ikkita fazo kemalari - Ajena-8 hamda, uchuvchisiz Jemini apparatlarining ozaro tutashtirish operatsiyasini amalga oshirishgan edi.

1969-yilda Nil Armstrong, Oyga parvoz dasturi doirasida, Apollon-11 Oy kemasining kapitani sifatida, Yerning tabiiy yoldoshiga kosmik parvozni amalga oshirdi. U, hamkasbi Bazz Oldrin bilan birgalikda, Oy sirtiga yengil qonishni amalga oshirishdi va Apollon-11 dan chiqib, Oy yuzasiga qadam bosishdi. Aynan Nil Armstrong birinchi bolib Oyga qadam bosgan edi. U Oyga qadam bosishi bilanoq, quyidagi iborani xitob qilgan; Bu bir inson uchun kichik bir qadam, lekin butun insoniyat uchun ulkan sakrashdir. Nil Armstrong, sherigi Edvin Oldrin bilan birgalikda, Oy yuzasida 2.5 soat bolib, u joyda, ilmiy asbob uskunalarni ornatish, ba'zi oddiy tajribalarni otkazish ishlari bilan shugullanishdi va Oyga AQSH bayrogini ornatishdi.

Nil Armstrong 1971-yilda NASAdan ketishga qaror qildi va 1979-yilgacha, Sinsinatti universitetida dars berdi. Songra u biznes bilan shugullanishga qaror qildi va All Systems, Inc. Firmasini tashkil qildi. Keyingi faoliyatida mashhur astronavt, Milliy Kosmonavtika Qomitasida ham ish olib bordi. U shuningdek, 1986-yildagi Chellenjer shattlining fojiali halokati yuzasidan tekshiruv komissiyasi tarkibida ham ishladi. Armstrong, BBC telekanalining, BBC: Sayyora loyihasida ham muntazam ishtirok etgan.

Armstrong, harbiy xizmatda ham, sinovchi-uchuvchilik faoliyatida ham, ozining doimo xotiram va ota sovuqqonligi bilan yaqqol ajralib turgani bois, unga Sovuq kapitan degan taxallus berilgan ekan. Uning ikki ogli va bir qiz farzandi bolgan. Oyga birinchi qadam bosgan inson, kundalik hayotda doimo kamtarin bolganligini, safdoshlarining qaydlarida kop uchratish mumkin. U ozini, doimo qalam va logarifmik chizgich bilan yuradigan, termodinamikaning ikkinchi qonuni bilan yashaydigan, izlanuvchan muhandis sifatida tasavvur qilishini va har doim shunday bolib qolishini ta'kidlar edi.

1969-yilda, Oyga parvozdan song, Prezident Ozodlik medali bilan, 1978-yilda esa, Kosmik medal hamda, Kongress faxri ordeni bilan, 2009 yilda, Oyga parvozning 40 yilligi munosabati bilan, Kongressning Oltin medali bilan taqdirlangan. Armstrong sharafiga, Apollon-11 qongan joy yaqinidagi Oy kraterlarining biri, Armstrong krateri deb nomlangan. Shuningdek, asteroidlardan biri - (6469)Armstrong asteroidi nomlangan.

Nil Oldin Armstrong, 2012-yilning 25-avgustida, 82 yoshida, Ogayo shtati, Sinsinatti shahrida vafot etdi. Uning xoki, 2012-yilning 14-sentyabr kuni, Atlantika okeani tubiga dafn etildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz


Yangilаndi: 12.09.2018 13:09  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bogliq bolmasa, u matematika,

agar bogliq bolsa u - buxgalteriya...



Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov