Neptunning tabiiy yo‘ldoshlari
Neptunda ham ko‘p sonli tabiiy yo‘ldoshlar tizimi hamda juda ingichka va xira halqalar mavjudligi, Voyajer-2 tomonidan olingan tasvirlar orqali aniqlandi. Neptun halqasi asosan silikatlar bilan qoplangan uglerodli materiallardan tashkil topgan muzlagan mayda jismlardan iborat. Hozirgacha Neptunning 5 ta halqasi aniqlangan.
Tabiiy yo‘ldoshlarning eng kattasi - Tritonni, Neptunning o‘zi kashf etilishidan 17 kun o‘tib, Uilyam Lasselning o‘zi ochgan. Triton nomini Kamil Flammarion 1880- yilda fanga tavsiya etgan edi. Biroq, Neptunning 2-yo‘ldoshi Nerida ochilguniga qadar Triton nomi rasmiy qo‘llanilmay, u faqat "Neptun yo‘ldoshi" sifatida yuritilgan. Triton, quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar ichida o‘z atmosferasiga ega bo‘lgan uchta tabiiy yo‘ldoshdan biridir (Io va Titan bilan birgalikda). U ham teskari yo‘nalishda va spiralsimon orbita bo‘ylab aylanadi. Olimlarning fikricha aslida Triton Neptunning haqiqiy tabiiy yo‘ldoshi bo‘lmay, balki uzoq o‘tmishda Neptun tomonidan "tutib olingan" bo‘lishi ham mumkin ekan. Neptunning ikkinchi yo‘ldoshi Nereida 1949-yilda golland olimi Jerard Koyper tomonidan kashf etilgan. Keyingi yo‘ldoshlarni esa 1989-yilda Neptunga Voyajer-2 ning tashrifidan keyin aniqlandi. 2002-2003 yillar davomida Neptunning yana 5 ta yangi tabiiy yo‘ldoshi qayd etildi. Sakkizinchi sayyoraning hozircha oxirgi - 14-chi tabiiy yo‘ldoshi 2013-yilda aniqlangan bo‘lib, unga hali nom berilganicha yo‘q (vaqtinchalik nomi - S/2004 N 1).
Neptun quyosh tizimidagi eng kam o‘rganilgan sayyoralardan biridir. Unga hozircha faqat bitta - Voyajer-2 kosmik apparati yetib borgan. Yanada yangi va batafsil ma'lumotlarni balki keyingi avlod fazoviy apparatlari yetkazishar.
? |
Tabiiy yo‘ldosh nomi |
Sayyora sirtidan o‘rtacha uzoqligi (ming km.) |
Aylanish davri (kun) |
Diametri yoki o‘lchamlari (km) |
Ochilgan yili |
Kashf etgan olim / kosmik apparat |
1 |
Triton |
354 |
17* |
4000 |
1846 |
U.Lassell |
2 |
Nereida |
5570 |
5 |
300 |
1949 |
|
3 |
Nayada |
48 |
0.296 |
50 |
1989 |
Voyadjer-2 |
4 |
Talassa |
50 |
0.312 |
80 |
1989 |
Voyadjer-2 |
5 |
Despina |
52.5 |
0.333 |
180 |
1989 |
Voyadjer-2 |
6 |
Galateya |
62 |
0.429 |
150 |
1989 |
Voyadjer-2 |
7 |
Larissa |
73.6 |
0.554 |
190 |
1989 |
Voyadjer-2 |
8 |
Protey |
117.6 |
1.121 |
420 |
1989 |
Voyadjer-2 |
9 |
S/2004 N 1 |
105.3 |
0.96 |
18 |
2013 |
|
10 |
Galimeda |
15728 |
1879.71 |
48 |
2002 |
|
11 |
Psamafa |
46695 |
9115.9 |
28 |
2003 |
|
12 |
Sao |
22422 |
2914 |
44 |
2002 |
|
13 |
Laomedeya |
23571 |
3167.85 |
42 |
2002 |
|
14 |
Neso |
48387 |
9374 |
60 |
2002 |
|
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
* Boshqalarga nisbatan teskari yo‘nalishda aylanadi.
< avvаlgi | kеyingi > |
---|