Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari.

Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 22
Juda yomon!A'lo! 

Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari.

Ko‘plab sport turlarida rekordlar muntazam qayd etib, tarixga muhrlanib boriladi. Rekordlar deganda, ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida avvalo o‘sha mashhur Ginnesning rekordlar kitobi gavdalanadi. Ushbu kitob, inson va uning faoliyati, ilm-fan, tabiat va ho kazolarga oid turli tuman, ba'zan esa, o‘ta kulgili rekordlarni ham qayd etib, muntazam ravishda chop etib boradi. Bu kitobni jahonning ko‘plab mamlakatlarida, mahalliy rekordlar bilan to‘ldirilgan shaklda qayta nashr etilib, millionlab adadlarda sotilishi barchaga ayon. Ushbu kitobda, aniq fanlarga, xususan, kimyo borasidagi "eng-eng" iborasi bilan qo‘shib yoziluvchi son va sifatlarga ham keng o‘rin berilgan.

Muhtaram saytimiz mutolaachilari, ushbu maqolamizda, Ginnes rekordlari kitobidagi, kimyoga oid qaydlar bilan tanishamiz.

Ginnes rekordlar kitobining kimyoga bag‘ishlangan qismida, an'anaga ko‘ra, avvalo kimyoviy elementlar haqidagi qaydlar bilan boshlanadi, demak: - yer qobig‘i - litosferada eng ko‘p tarqalgan element - Kisloroddir (massa bo‘yicha 46.60%), atmosferada esa, Azot (78.09%). Yerdan tashqarida eng ko‘p tarqalgan kimyoviy element - Vodorod bo‘lib, u 90% miqdorda baholangan. Tabiatda mavjud kimyoviy elementlar ichida eng noyobi - Astat hisoblanadi. U butun yer sayyorasida atiga 0.16 gramm miqdorda mavjuddir. Gazsimon moddalar ichida eng og‘iri - Radon bo‘lib, me'yoriy sharoitda uning 1 litri 10.05 gramm keladi. Eng qimmat kimyoviy element esa - Kaliforniydir. Uning 1 mikrogrami, 10 AQSH dollari atrofida baholanadi. Bu degani, bir mol Kaliforniyning narxi, 250 milliard dollarni tashkil qilib, u Oyga astronavt uchirish dasturining qiymatidan ham ortiq miqdorni tashkil etadi.

Izotoplar orasida eng uzoq yashovchani - Texnetsiy-128 bo‘lib, uning yarim yemirilish davri 1.5·1024 yilga cho‘ziladi. α-faol moddalardan esa Samariy-148 eng yashovchan bo‘lib, u 8·1015 yil yashashi mumkin. β-faol moddalardan Kadmiy-113 ning umri 9·1015 yil davom etadi. Ksenon va Seziy kimyoviy elementlari, izotoplar soni bo‘yicha rekordchilar hisoblanishadi - ularning har ikkalasida, 36 tada izotop mavjud.

Agar biz faqat kimyoviy elementlarnigina emas, balki, kimyoviy moddalarni ham e'tiborga qo‘shadigan bo‘lsak, unda eng og‘ir gaz maqomi - Volfram ftoridiga (WF6) nasib etadi - ushbu birikma 17.3 °C qaynash haroratiga ega bo‘lib, xona haroratida, rangsiz gaz holatida, 12.9 g/l vaznga ega bo‘ladi. Eng qiyin eriydigan modda esa, Gafniy va Tantal karbidlari qotishmasi bo‘lib, u 4215 °C gacha bardosh bilan turib bera oladi.

Fanga ma'lum izotoplar orasida eng beqarori, Litiy-5 ning yashash vaqti, atiga 4,4·10−22 soniya bo‘lib, uning yashash vaqtini, yorug‘lik tezligi bilan taqqoslash qiziq: bunday vaqt ichida yorug‘lik ham atiga 10-11 sm masofani, ya'ni, har qanday atom diametridan faqat bir necha o‘n marta katta yo‘lni bosib o‘tib ulguradi xolos. Litiy-5 yemirilishida, uning yadrosidan ajralib uchib chiqayotgan α-zarracha, albatta, yorug‘lik tezligidan kichikroq tezlikda uchadi. Demak, u yuqorida ko‘rsatilgan vaqtda, yadroni tark etishga zo‘rg‘a ulgurar ekan.

Metallarning fizik xossalariga o‘tamiz: eng oson ishlov beriladigan metall - oltin hisoblanadi. Uning 1 g miqdoridan, 2,4 km uzunlikdagi sim tayyorlash mumkin. Bunday qimmatbaho tilla simning qalinligi esa, odam sochi tolasidan, 10 barobar ingichkaroq bo‘ladi. Eng qiyin eriydigan metall - Volframdir, u 3420 °C dagina eriy boshlaydi. Eng og‘ir metall esa Osmiy[1]dir. Kimyoviy elementlar ichida xususiyatlari bo‘yicha eng toksik element sifatida Radiy tan olingan. Bularga qo‘shimcha tarzida shun aytish mumkinki, eng yengil metall - Litiydir. Uning zichligi Irridiydan 45 marta kichik bo‘lib, o‘zidan keyingi pog‘onada turuvchi Natriydan deyarli 2 barobar yengil tortadi. Eng qattiq metall - Xrom, eng yumshog‘i esa - Seziy; eng katta issiqlik o‘tkazuvchanlik va eng katta elektr o‘tkazuvchanlikka Kumush ega bo‘lsa, issiqlik o‘tkazuvchanlik bobida Simob, elektr o‘tkazuvchanlikda esa, Germaniy eng past natija egasidir. Eng katta ionizatsiya potensiali Geliy-4 ga tegishli (24,59 eV), eng kichik ionizatisiya potensiali esa Rubidiyga nasib etgan (4,18 eV).

Navbat kimyoviy birikmalarga. Nimagadir, Ginnes kitobida, birikmalarning asosan yoqimsiz xossalariga kengroq o‘rin berilgan: birikmalar ichida eng qo‘lansa hidlisi - etilmerkaptanlar (C2H9SH) va butilselenomerkaptan (C2H9SeH) bo‘lib, u achigan karam, sarimsoq, piyoz va butun boshli tashlandiq uyumining umumiy badbo‘yligining o‘ziga xos miksi singari, juda ham qo‘lansa hid taratadi. Eng qattiq toksik nevrologik ta'sirga ega gaz bu gaz XV hisoblanadi. U ilk marta 1952 yilda sintez qilingan bo‘lib, tarkibiy tuzlishi faqat 22 yil o‘tibgina oshkor qilingan. U S-2-metilfosfonitiol kislotasining o-etil efiri, ya'ni, diizopropilaminoetildir:

XV gazi, fosgenga nisbatan toksik jihatdan 300 barobar xavfliroq bo‘lib, uning halokatli dozasi 0.3 mg ni tashkil qiladi. Shu damgacha sintez qilingan birikmalar ichida eng zaharlisi TCDD - 2.3.7.8-tetraxlordibenzo-n-dioksin, kaliy-sioniddan 150000 marta zaharliroq ekan.

Eng kuchli biologik faol birikma - d-lizergin kislotaning tartratdietilamidi (gallyutsinogen LSD-25), ya'ni, C20H25N3O4 hisoblanadi; hozirgacha olingan eng kuchli og‘riq qoldiruvchi modda, ya'ni analgetik - 1978-yilda olingan R33799 moddasi bo‘lib, morfindan 12000 marta kuchli ta'sirga egadir.

Eng qimmat modda bu Interferon: bu preparatning bir mikrogramining milliondan bir ulushi 10 AQSH dollari turadi.

Eng past konsentratsiyasida ham odam aniqlay oladigan kimyoviy birikma bu Vanilindir. Uning mavjudligini, sezgisi yaxshi rivojlangan odam, havodagi konsentratsiyasi 2·10-11gramma bo‘lganida ham seza olar ekan.

Organik suyuqliklar ichida engog‘iri - metilenyodid CH2I2 bo‘lsa (uning zichligi xona haroratida -3,32 g/sm3ni tashkil etadi)

davomi bor...


[1]Eng og‘ir element sifatida - Osmiy, ko‘p yillar davomida darsliklar va ilmiy nashrlarda qayd etib kelindi. Biroq, so‘nggi vaqtlarda olib borilgan tadqiqotlar, Iridiy elementining Osmiydan ham og‘irroq ekanligiga ishora qilmoqda. Bu haqida keyinroq batafsil to‘xtalamiz.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 27.12.2018 13:58  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11694285

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis