Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 117-element ochilgani rasman tasdiqlandi.

Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 117-element ochilgani rasman tasdiqlandi.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 117-element ochilgani rasman tasdiqlandi.

 

Germaniyaning Darmshtadt ilm-fan shaharchasida faoliyat olib borayotgan xalqaro fizik-yadroshunos olimlar guruhi, Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvali tartibi bo‘yicha 117-elementni sintez qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda, 1-may kuni, Phys.Rev.Lett. jurnalida e’lon qilingan.

Bungacha, ushbu elementni 2009 va 2010 yillarda Rossiya Federatsiyasining Dubna ilm-fan shaharchasidagi Yadro tadqiqotlari Birlashgan institutining kimyoviy tadqiqotlar laboratoriyasida ikki marta sintez qilingan edi.

Darmshtadtdagi Germann Gelmgolts nomidagi og‘ir ionlarni tadqiq qilish markazi (Helmholtzzentrum für Schwerionenforschung, GSI) tadqiqotchilari ham, Dubnadagi kabi, Kalsiy va Berkliy (48Ca va 249Bk) elementlari yadrolarining o‘zaro birikishi reaksiyasini qo‘llab, 117-elementni sintez qilishgan. 2009 va 2010 yillarda, akademik Oganesyan boshchiligida,  Dubnada 117-elementning avvaliga 6 ta keyin esa 5 yadrolari sintez qilingan edi. Darmshtadt laboratoriyasida 2014 yil tadqiqotlari va tajribalari, 117-elementning 7 ta yadrosini sintez qilishga erishildi. Nemis olimlarining tajribalarida, 117-element yemirilish davri mobaynida 105-element – Dubniy hosil bo‘lishi yo‘li bilan kechuvchi yana ham takomillashgan usulini ishlab chiqishga imkon berdi. 117-elementning yarim yemirilish davri, submikrosoniya (soniyaning mingdan bir ulushlaridan ham qisqa) vaqtlarda ekanligi ilmiy baholanmoqda. Aytgancha, 105 element, aynan Dubna shahri sharafiga «Dubniy» deb nomlangan bo‘lsa, 110-element, uning nemis birodari Darmshtadt sharafiga, «Darmshtadtiy» deb nomlangan edi. Rasman tasdiqlangan, yangi 117-element uchun nom esa, Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo Ittifoqi (IUPAC)ning yaqin kunlardagi yig‘ilishlarida tasdiqlanadi. Hozircha esa, yangi elementning nomi, vaqtincha, lotin raqamlari tartibidagi «Ununseptiy» bo‘lib, aynan «117-chi» degan ma’noni anglatadi. Xalqaro kimyo fani an’analarga ko‘ra, yangi 117-elementning nomi, uni birinchi bo‘lib sintez qilgan ilmiy guruh – Dubnaliklar tomonidan qo‘yilishi kerak. Bu borada, yaqin kunlarda aniq bir qarorga kelinishi kutilmoqda.

117-element, Mendeleyev davriy jadvalining hozircha so‘nggi a’zosi bo‘lib, yangi nashr etiladigan jadvallar va darsliklarga kiritiladi. Davriy jadvalga kiritilishga nomzod, biroq hozircha rasman tasdiqlanmagan 118-element («Ununoktniy») yadrolari ham, 2002 va 2005 yillarda Dubnada sintez qilingan. Eslatib o‘tamiz, 119- va 120-chi elementlarning yadrolarini sintez qilishga bo‘lgan urinishlar, hozircha samara bermayotir.

Yangilаndi: 07.05.2014 18:00  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma’lumotli matematikman, menga o’zimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shug’ullan!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 762
O'qilgan sahifalar soni : 2513212

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!