Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya Xalqaro Astronomiya Ittifoqi

Xalqaro Astronomiya Ittifoqi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Xalqaro Astronomiya Ittifoqi

Xalqaro Astronomiya Ittifoqi (XAI) - butun jahon bo‘yicha astronomik jamiyatlarni birlashtiruvchi xalqaro ilmiy tashkilot. XAI, osmon jismlarining rasmiy va xalqaronomlanishi, tasniflanishi va shu kabi o‘zaro muvofiqlik va standartlashtirishni talab etuvchi  astronomik masalalar yuzasidan qaror va yechimlar chiqaruvchi eng oliy xalqaro tashkilot sifatida tan olingan.

XAI dastavval, 1887-yilda «Osmon Xaritasi» loyihasi yuzasidan, koinotning fototasvirlarini qayta ishlash a yulduzlar xaritasini tayyorlash ishlari jarayonida faoliyat olib borgan fotografik astronomiya hay'ati asosida shakllangan. Rasman esa, 1919 yilda Belgiyaning Bryussel shahrida ta'sis etilgan. XAI - a'zo davlatlar (turli xil astronomik akademiyalar hamda, tegishli muassasalar timsolida) hamda, mustaqil professional astronom olimlar ishtirokida faoliyat yuritadi. Ittifoqqa 73 ta a'zo davlat va 10886 nafar mustaqil astronomlar a'zo. Ittifoq idorasi tarkibiga «Astronomik telegrammalar markaziy idorasi» va «Kichik sayyoralar markazi» faoliyat yuritadi. Bu tashkilotlar Smitson astrofizika rasadxonasida joylashgan. Ittifoq tarkibida shuningdek 50 dan ortiq muvofiqlashtiruvchi kengashlar va Ijroiya Qo‘mitasi mavjud. Ittifoqning joriy va tashkiliy ishlari, ishchi guruhlar va ishchi hay'at tomonidan yuritib boriladi. XAI har 3-4 yilda (faqat, 1939-1945 yillardagi, II-jahon urushi davrida assambleya chaqirilmagan), a'zo davlatlardan birining hududida Bosh Assambleyaga yig‘iladi va astronomiyaning dolzarb masalalari yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha hisobotlar, xulosa, qaror va yechimlar berib boradi. Shuningdek XAI, rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlar uchun astronomiya sohasida ilmiy va amaliy ko‘mak berib kelmoqda.

XAI, o‘zi kabi turdosh fanlar ittifoqlari bilan birgalikda, Xalqaro Ilm-Fan kengashi (Parij) tarkibiga kiradi.

Shu davrgacha XAI 28 marta Bosh Assambleyaga yig‘ilgan (jadval):

Assambleya

Yil

Mezbon

I

1922

Rim, Italiya

II

1925

Kembridj, Angliya

III

1928

Leyden, Gollandiya

IV

1932

Kembridj, AQSH

V

1938

Parij, Fransiya

VI

1938

Stokgolm, Shvetsiya

VII

1948

Syurix, Shveytsariya

VIII

1952

Rim, Italiya

IX

1955

Dublin, Irlandiya

X

1958

Moskva, SSSR

XI

1961

Berkli, AQSH

XII

1964

Gamburg, Germaniya

XIII

1967

Praga, Chexoslovakiya

XIV

1970

Brayton, Angliya

XV

1973

Sidney, Avstraliya

XVI

1976

Grenobl, Fransiya

XVII

1979

Monreal, Kanada

XVIII

1982

Patras, Gretsiya

XIX

1985

Dehli, Hindiston

XX

1988

Baltimor, AQSH

XXI

1991

Buenos-Ayres, Argentina

XXII

1994

Gaaga, Gollandiya

XXIII

1997

Kioto, Yaponiya

XXIV

2000

Manchester, Angliya

XXV

2003

Sidney, Avstraliya

XXVI

2006

Praga, Chexiya

XXVII

2009

Rio-de-Jeneyro, Braziliya

XXVIII

2012

Pekin, Xitoy

XXIX

2015

Gonolulu, Gavayi, AQSH

 

XAIning bosh assambleyalarida qabul qilgan eng muhim qarorlari:

- 1922-yildagi I bosh assambleyada 88 ta yangi yulduz turkumlari chegaralari belgilandi va qator eski tizimdagi yulduz turkumlari chegaralari soddalashtirildi. Yulduz turkumlarining yakuniy chegaralari 1928-yilda uzil-kesil tasdiqlandi.

-1930-yilda XAIning qarori bilan Pluton sayyora sifatida tan olindi.

- 1958-yilgi X Bosh Assambleyada eski koordinatalar tizimi o‘rniga yangicha - «Galaktik koordinatalar tizimi» joriy etildi.

- 2006-yildagi XXVI Bosh Assambleya sayyora va karlik sayyora tushunchalariga ta'rif berdi va uning qarori bilan, Pluton sayyoralar safidan chiqarilib, karlik sayyoralar safiga kiritildi.

-2008-yil, 11 iyun kuni XAI, fanga yangi tushuncha «Plutoid» ni joriy qildi.

- 2009-yil Xalqaro Astronomiya yili deb e'lon qilindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

Yangilаndi: 07.07.2018 14:11  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 792
O'qilgan sahifalar soni : 3291719

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov