Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya Koyper belbog‘i

Koyper belbog‘i

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Koyper belbog‘i

Pluton kashf etilganidan so‘ng, ko‘plab olimlar, uning o‘zi joylashgan hududdagi yagona osmon jismi emasligi va Neptun orbitasidan narida, yana ko‘plab shu kabi kichik o‘lchamlardagi jismlar mavjud bo‘lishi ehtimolini ta'kidlashgan. Ulardan biri, Leonard Frederik, 1930-yilning o‘zidayoq, Pluton - bu hududdan topiladigan osmon jismalri seriyasidan faqat dastlabkisi bo‘lishi mumkin degan edi. 1943-yilda Britaniyalik astronom Kennet Edjvort, o‘zining Quyosh tizimining paydo bo‘lishi haqidagi farazlari yuzasidan, uning chetki qismi juda tarqoq bo‘lib, sayyoralar hosil bo‘lishi uchun yetarli zichlikka ega bo‘lmaganligi va shu tufayli, bu hududda nisbatan kichik o‘lchamlardagi osmon jismlari hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin deb ta'kidladi. 1951-yilda astronom Jerard Koyper, Quyosh tizimining ilk paydo bo‘lish bosqichlarida, uning chetki qismida, mayda osmon jismlaridan iborat o‘ziga xos disk hosil bo‘lganligini, biroq u hozirgacha saqlanib kelgan bo‘lishi ehtimoli juda kam deb baholagan edi. 1992-yilning 30-avgustida astronomlar Devid Juitt va Jeyn Lu Gavay universitetidagi Mauna-Kea teleskopi orqali, ilk marta KBO larni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Koyper belbog‘i (uni ba'zan Edjvort - Koyper belbog‘i ham deb ataladi) - Quyosh tizimining Neptun orbitasidan (Quyoshdan 30 a.b.) boshlab, Quyoshdan 55 a.b. gacha bo‘lgan masofasi. Tashqi tuzilishidan Asteroidlar belbog‘ini eslatasdi, biroq Koyper belbog‘i, Asteroidlar belbog‘idan taxminan 20 barobar eniga kattaroq va massasi ham 20 - 200 barobar ortiqroq. Koyper belbog‘i, Astronomik masshtablarda qaralganda, juda kichik osmon jismlaridan tashkil topgan bo‘lib, ularni tashkil qiluvchilar asosan tog‘ jinslari, metallar va muzlagan holdagi metan, ammiak va suvdan tarkib topgan. Yaqin koinotning bu qismida, hozircha uchta karlik sayyora - Pluton, Makemake va Haumea aniqlangan. Undan tashqari, Plutonning yo‘ldoshi, Xaron, karlik sayyora maqomiga da'vogar osmon jismlari - Ork, Iksion, Varuna va Kvavarlar ham Koyper belbog‘ining katta jismlari hisoblanadi. Quyosh tizimidagi ikkita tabiiy yo‘ldosh - Saturnning Febasi va Neptunning Tritoni ham shu hududda paydo bo‘lgan degan farazlar mavjud.

Koyper belbog‘ida joylashgan osmon jismlari - Koyper Belbog‘i Obyektlari (KBO) deb yuritiladi. U kashf etilgan 1992-yildan buyon, KBO lar soni mingdan ortib ketdi. Koyper belbog‘i kashf etilgan ilk vaqtlarda, u Quyoshga davriy yaqinlashadigan qisqa davrli kometalarning manbai deb qaralgan edi. Lekin, keyingi kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, Koyper belbog‘i dinamik nuqtai nazardan ancha barqaror ekan. Kometalarning manbai esa, geliosferaning chetki qismlaridan biri - tarqoq disk bo‘lib chiqdi.

Transneptun hududda Koyper belbog'i va tarqoq disk.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 22.11.2018 14:59  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis