Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo Ogoh boling!!! Digidrogen monooksid!!!

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Ogoh boling!!! Digidrogen monooksid!!!

Yaqinda tadqiqotchilar, suv taminoti tizimida faol kimyoviy modda digidrogen monooksidning (lot. Dihydrogen monoxide) katta miqdorda mavjud ekanligi va zudlik bilan ehtiyot choralar korilmasa, u barcha insonlar salomatligiga jiddiy tasir korsatishini aniqlashdi. Digidrogen monooksid odatda, sanoatda quyidagi maqsadlarda qollaniladi:

- Ishlab chiqarishda erituvchi va sovutgich sifatida;

- Yadro reaktorlarida;

- Penoplast ishlab chiqarishda;

- Ot-ochirgich kopiklar tayyorlashda;

- Kimyo va biolaboratoriyalarda;

- Pestidsidlar ishlab chiqarishda;

- Suniy ozuqaviy qoshimchalar va dori vositalari ishlab chiqarishda.

Shuningdek, digidrogen monooksid kimyoviy moddasi kislotali yomgirlarning asosini tashkil qilib, tuproq eroziyasiga sabab boladi. U korroziya (zanglash) jarayonini tezlashtiradi, elektr jihozlarning ishiga ota salbiy tasir korsatadi. Bu moddaning qattiq holatida inson teri qatlamlariga uzoq tasir qilsa, chuqur jarohatlar va ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Digidrogen monooksid kimyoviy moddasining gaz holatidagisi odam terisini kuchli kuydirishi mumkin. Uning oz miqdordagisi ham, agar opkaga tushsa, halokatga olib kelishi aniqlangan. Uni ichga qabul qilgan barcha odam unga tolaligicha boglanib qoladi. Odamlar uchun, organizmga digidrogen monooksid yetishmay qolgan taqdirda, unga bolgan talab qondirilmasa, buning ijtimoiy xavfi, narkomaniya va alkogolizmdan ham dahshatliroqdir. Bunday ~maniyaga uchragan kishilar, agar zudlik bilan zarur dozadagi digidrogen monooksid qabul qilmasa, bir haftaga bormay halok bolishi mumkin. Hozirga paytda ilm-fanga malum tozalagich moddalardan hech biri, quvurlarni undan butunlay tozalay olmaydi. Digidrogen monooksid, qishloq xojaligida, osimliklar rivojlanishiga yordam berishi uchun, kop miqdorda tuproqqa solinadi.

Sanab otilgan xavf omillariga qaramay, digidrogen monooksidni butun jahon boylab yurik korporatsiyalar tomonidan, maxsus yashirib yotqizilgan yer osti quvurlari orqali, millionlab tonnalarda qabul qilinib, oz mahsulotlarini tayyorlash jarayonida undan foydalanishda davom ettirib kelmoqda. Bu kimyoviy modda bilan ishlovchi ishchilarga esa maxsus kiyim va himoya vositalari berilmagan. Sanoatda ishlab chiqqan, chiqindi digidrogen monooksid tonnalab okean va dengizlarga tokib tashlanmoqda.

Tarixda digidrogen monooksid tufayli sodir bolgan falokatlarga misollar qalashib yotibdi, masalan:

- Digidrogen monooksid Titanik kemasining dvigatellarida qollanilgan va uning halokatiga asosiy sabablardan biri bolgan; Shuningdek, Titanikning halokati vaqtida, 1500 dan ortiq odam, tanasiga digidrogen monooksidning tasiri tufayli, ekzogen gipotermiyaga uchrab, chokmasdan avvalroq vafot etgan;

- 2004 yilda janubiy-sharqiy osiyoda kuchli digidrogen monooksid yopirilish tufayli, 250000 dan ortiq odam qurbon bolgan va bu faqat rasmiy malumotlar xolos!

- 2012 yilning iyulida, Rossiyaning Krasnodar olkasi Krimsk shahrida, nafas yollarining digidrogen monooksid bilan tosilib qolishi natijasida 171 kishi halok bolgan. uning tasiridan jabr korganlar esa 300 kishidan ortib ketgan.

- Undan tashqari, har yili dunyo boylab minglab kishilar, yuqori nafas yollarining digidrogen monooksid bilan tolib qolishi natijasida ayanchli holatlarga tushib qolmoqdalar.

Shuningdek, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, digidrogen monooksidni kop miqdorda (60-70% gacha) oz mahsulotlariga qoshib yuboradilar. Shuningdek, 2012 yilda Britaniyalik ayol, aynan digidrogen monooksiddan zaharlanib olgani qayd etilgan...

Yuqoridagilarga qaramay, Digidrogen monooksidning shahar va qishloqlardagi barcha aholi xonadoniga kirib borishiga hech kim tosqinlik qilishga uringani yoq.

... Vahimaga tushib qolmadingizmi? Qorqmang, Digidrogen monooksid kimyoviy moddasi hech qanaqa zaharli va toksik modda emas. Aksincha u inson uchun nihoyatda zarur va hayot uchun ota muhim moddadir. Usiz tiriklik ham bolishi mumkin emas! Axir u obi-hayot SUV ku!

Digidrogen monooksid oddiy suvning kimyo tilida nomlanishlaridan biri. Kimyodan yaxshi xabardor bolmagan kishilar, bu nomni eshitib, u haqida kimyoviy ota faol, zaharli modda haqidagi kabi tasavvurga keladilar. Vaholanki bu osha oddiy suv. Shahar suv quvurlarida, ariq va zovurlarda, xullas yon atrofimizda u kop miqdorda mavjud. Biz insonlar usiz yashay olmaymiz.

Digidrogen monooksid IYUPAK (Amaliy va Nazariy Kimyo Xalqaro Ittifoqi) tomonidan qabul qilingan nomlanish bolib, u H2O ning Digidrogen (ikkita vodorod) va monooksid (bitta kislorod) shaklida aytilishi (oqilishi) hisoblanadi.

Suvning Digidrogen monooksid shaklida nomlanishdan, ilk marta 1994 yilda Kaliforniya universiteti mutaxassislari, ilmiy hazil tariqasida foydalanib, u orqali kopchilikning opkasini tushirishgan edi. Ular maxsus tarqatma material tayyorlab, universitet hududida talabalarga ulashib chiqishgan va natijani kutishgan. Bundan maqsad, ilm-fanga bolgan munosabat, va fandan yiroq kishilarning qanday qabul qilishini kuzatish edi. U yetarlicha malumotga ega bolmagan kishilarning (mohiyatni anglab yetmay turib) bu nomning ozidan qanday qorqinch va xavotirga tushib qolganlarini korsatib berdi. Unga kopchilik laqqa tushdi. Digidrogen monooksidni taqiqlash borasida otkazilgan sorovnomalarda ham, kopchilik taqiqlashni yoqlab ovoz berdi. Hatto 2007 yilda, asl voqelikdan bexabar, Yangi Zelandiya parlamenti deputati Izobel Jaki Jin, deputatlarga Digidrogen monooksidni taqiqlash borasida kompaniya boshlashni taklif qilgan. U hatto mamlakat sogliqni saqlash vaziriga xat yollab, ota xavfli bolgan Digidrogen monooksid moddasini taqiqlash borasida nima ishlar qilinayotganligi haqida hisobot soragan...

Xullas Digidrogen monooksiddan qorqmang. U ozodalik, pokizalik, hosildorlik, tokin-sochinlik, va umuman olganda HAYOT manbaidir!

Yangilаndi: 22.02.2014 14:26  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2653341

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis