Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Rene Dekart

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Rene Dekart

(15961650)

Men fikrlayapman, demak, men ? mavjudman!

Dekart.

Rene Dekart 1596 yilning 31-mart kuni, Fransiyaning Turen hududidagi kichik Lae shaharchasida dunyoga kelgan. Dekartlar oilasi, qadimiy, biroq kambagallashib, obrosi pasayib qolgan zodagonlar urugidan bolishgan ekan. Uning otasi Renn sharida sudya bolib ishlagani uchun, kop vaqtini osha yerda otkazgan va Laega juda kam kelgan. Tugruqning ogir kechganligi sababidan, uning onasi, bir necha kundan keyin tugruq asoratlari tufayli olamdan otgan. Rene uchun ham tabiblar soglomlik va chidamlilikni bashorat qilishmagan, sababi u ham onadan tugilganida juda nimjon bolgan ekan. U haqiqatan ham balogatga yetgunicha quruq yotal va doimiy holsizlikdan aziyat chekib, yuzi doimiy oqargan qiyofada hayot kechirgan. Uning bolalik damlarini, onasi tomondan buvisining qaramogida, iqlimi yumshoq va ajoyib bog-rogalri bilan mashhur bolgan Turenda otdi. Dekart osha yerdagi iezuitlar kollejida, 1612 yili, 8 yillik maktabni tamomladi.

17 yoshida Rene Dekart oz otasi oldiga Rennga ketganida, maktab talimidan butunlay kongli sovib, mutolaa va izlanishni umuman tashlab qoygan edi. Bunga sabab qilib tarixchilar Rene Dekartga maktab talimining qoniqarsiz sifat darajasi salbiy tasir korsatgan degan fikrni korsatishadi. Nima bolganda ham, Rene Dekart ilk talim olgan bosqich, qandaydir jiddiy sabablarga kora, undagi ilm-fanga bolgan qiziquvchanlik va ishtiyoqni sondirib yuborgani rost. U Rennda uzzukkun chavandozlik va qilichbozlik bilan mashgul bolib vaqt otkazadi. Lekin, bu vaqtda u fikrlash va tafakkur dengizidan olis bolgan degan fikrga kelish noorindir; sababi u aynan osha vaqtdagi ozi mukkasidan ketib, mashgul bolgan sohalar, ulardagi qonuniyat va umumlashtiruvlar haqida yaxshigina risolalar tayyorlaydi. Shulardan biri Qilichbozlik haqidagi risolani misol qilib keltirish mumkin.

1613 yilda u oz omadini izlab, Parijga yol oladi. Yosh zodagon yigitchaga Parijda omadli ish yuritib va yashab ketish uchun obro-etiborli tanish-bilishlar orttirish va aloqalar ornatish kerak edi. U poytaxtda fransiskan monaxi Maren Mersenn va matematik Midorj bilan yaqindan tanishadi. Biroq Parij hayotining dastlabki yillarini Dekart butunlay bemaqsad, tarqoq hayot tarzi bilan otkazdi. U ozi tengqur yoshlarning qarta oyinlariga mukkasidan ketgan va qimorga berilgan guruhiga aralashib qoldi. Lekin, aksariyat tengdoshlaridan farqli ravishda Rene Dekart tez orada ozini qolga olib, ahmoqona kun tartibi va jarlikka qulatuvchi ijtimoiy illatlar oldida xarakter namoyish etadi. U vaqtida ozini tiya bildi. Uni yana qimor oyinlari va kocha hayotiga chorlovchi ortoqlari bilmaydigan va topolmaydigan joy - Parij yaqinidagi Sen-Jermen mavzesida kichikkina uycha topib, osha yerga kochib otadi va qaytadan ilmiy izlanishlarni boshlab yuboradi. Dekart matematika, asosan geometriya va algebra sohalarini chuqur organishga shongiydi.

Shu tarzda u ikki yil ozini-ozi tarbiyalash bilan shugullandi. 21 yoshga tolganida esa, u Fransiyani tark etib, olam kezishga qaror qiladi. Dekartga, ozining tabiri bilan aytganda olamning buyuk kitobini mutolaa qilish, harbiy qoshinlar va saroylarni korish, har xil fel atvor va xarakterli insonlar bilan muloqotda bolish, tajribalar toplash, taqdir qanday uchrashuvlarga duch qilsa, ularda, oshandayligicha ozini sinab korish, va har yerda uchragan buyum va hodisalar borasida tafakkur qilish maqsadida yolga chiqadi. Darbadarlik yillari boshlanadi...

1617 yilda Dekart Niderlandiya armiyasining kongillilari safiga qoshilib, harbiy libos kiyadi. Bu paytda Niderlandiya Fransiyaning ittifoqdoshi bolib, bu davlatda inqilob yuz berayotgan edi. Dekart Brede shahrida yashay boshlaydi. Armiyadagi tayinlangan nafaqadan Dekart voz kechadi. U shu orqali oz erkinligini saqlab qolish maqsadida edi. Yani, tamadan uzoqroq bolmoqchi. U harbiy paradlarga ham qatnashmay, vaqtini asosan uyda, matematika va falsafa bilan mashgullikda otkazadi.

Sen-Jermendagi oziga xos uzlatda va Brededa olib borilgan matematik izlanishlar Dekartga oz davri uchun yetarli darajadagi yetuk matematik mutaxassis bolib yetishishga xizmat qiladi. Aynan shu yillar ichida u analitik geometriya va algebrani ozaro chambarchas boglovchi muhim ilmiy izlanishlar olib bordi va olamshumul kashfiyotlar qildi. Dekartning kundaligida quyidagicha qayd mavjud: 1619 yilning 10 noyabr kuni ajoyib kashfiyotning asoslarini anglay boshladim. Haqiqatan ham, Dekart ajoyib kashfiyot analitik geometriya asoslarini ochib berish sari yaqinlashib borayotgan edi. Analitik geometriyaning mohiyati shundaki, u algebrani geometriya masalalariga va aksincha tadbiq etishning tamoyillarini ifoda etadi. Yani, har qanday egri chiziq ikkita ozgaruvchili tenglamalar orqali ifodalanishi mumkin, va aksincha, ikkita ozgaruvchili har qanday tenglama, egri chiziq korinishida ifodalanishi mumkin! Bu kashfiyot, fan tarixida oziga xos yangi davr ochganligi bilan nafaqat matematika va geometriya uchun, balki, umuman olganda sonlar va olchovlar borasida aniq kattaliklarga asoslanib ish koruvchi barcha tabiiy fanlar uchun muhim ahamiyatga ega edi.

Dekart oz kashfiyotining ahamiyatini yaxshi anglasa-da, u bunday darajadagi dohiyona va hal qiluvchi goyaning ozi, ilm-fanda samarali islohot otkazish uchun kamlik qilishini ham yaxshi tushungan. U olam kezishni davom ettiradi golland armiyasi bilan birga avvaliga Praga uchun jangda qatnashadi (30 yillik urush), keyin Vengriya va Brysselda boladi. Yol-yolakay, ozi aytganday taqdir unga tayyorlagan har qanday uchrashuvlardan ozi uchun biror mulohaza va fikr olishga urinadi. Sayohatchi, kongilli askar va matematik Rene Dekart 1623 yilda Parijga qisqa muddatga qaytadi. Keyin yana Yevropa boylab uzoq safarlar, keyin esa, 1625 yilda Fransiyaga bir muddat qaytishdan song, yana Gollandiyaga kochib otadi. Dekart uchun Gollandiyaga kochib otish, ozining Parijdagi eski qimorboz dostlari va yoshlikdagi beboshliklarga qaytmaslik vajidan zarur edi. Qolaversa, Niderlandiyada, Fransiyaga qaraganda ancha yumshoq ijtimoiy muhit yuzaga kelgan bolib, ayniqsa diniy va etiqodiy qarashlar borasidagi huquqiy erkinlik, oddiy golland xalqining tolerant munosabati, yetishib chiqayotgan olimni oziga tortgan. U gollandlar haqida Begonalarga asossiz garazdan kora oz kundalik ishlari haqida koproq qayguradigan millat deb yozgan edi. U Parijda yashayotgan chogida, Ilohiyot haqida nomli risola yozishni boshlab qoygan edi. Gollandiyadagi hayotining dastlabki vaqtlarida u osha asarini davom ettirishga kirishadi. Ilohiyot va falsafa borasidagi fikrlarni qamrab olishi kerak bolgan bu asar baribir yakuniga yetmay tez orada yana keyinroqqa surib qoyiladi. Dekartda, unga Mersenn xabar bergan ajoyib va osha davr uchun tushunarsiz hodisa, 1629 yilda Rimda kuzatilgan pargeliy (quyosh atrofida boshqa yorqin obyektlar yolgon quyoshlarning paydo bolishi) hodisasi katta qiziqish uygotadi. Dekartda tabiiy fanlarga bolgan qiziqish qayta alangalanib ketadi. U optika borasida izlanishni boshlaydi. Kamalak va boshqa oxshash hodisalarga diqqat qaratadi. Dekart pargeliy hodisasi, shuningdek kamalakning paydo bolishi sabablarini, asosli tarzda tushuntirib, u yoruglik nurining sinishi va akslanishi tufayli ekanligini ochib berdi. U optikadan astronomiya va tibbiyotga aniqrogi anatomiyaga otib boradi. Uning fikricha, har qanday falsafaning eng oliy maqsadi insoniyatga naf keltirish bolmogi zarur; u shu maslak bilan tibbiyot va kimyo fanlarini nihoyatda jiddiy munosabatda organadi va bu fanlar uchun matematika usullarni tadbiq qilish orqali, yuksak natijalarga erishishni maqsad qiladi. Anatomiyani esa, Dekart atlaslar va kitoblardan emas (Dekart zamonida bunday manbalarning ozi bolmagan bolsa kerak), haqiqiy amaliy tajribalar jonivorlarni yorib korish bilan organib boradi.

1633 yilning ortalarida, Dekart ozining Olam haqida (le Monde) risolasi nashrga tayyor ekanligi haqida Marsenni xabardor qiladi. Lekin ozi, bu risolani nashrga berishga shoshilmaydi, sababi risolani imloga tekshirish va yakuniy qayta korib chiqishni maqsad qilgan edi. Bu ishga osha yilning kuzida kirishadi. Lekin, u tuzatishlar kiritishni boshlagach, avvaliga Galileyning Suhbatlar asari bilan tanishib chiqish kerak degan fikrga keladi. Rene Dekart, mashhur Galileyning mashhur asarini topib jonatishlarini sorab, Leyden va Amsterdamdagi dostlariga murojaat qiladi. Uning hayratiga sabab bolib esa, dostlari, Galileyning Suhbatlar kitobi, allaqachon inkvizitsiya tomonidan yoqib yoq qilingani, bechora qariya muallifning ozi esa, nihoyatda obroli kishilarning aralashuviga ham qaramay sud qilinib, avvaliga inkvizitsiya qamoqxonasiga tashlashga hukm qilinganligi, keyinroq esa, qishloqdagi uy qamogiga tashlanib, uch yil davomida poklanish duolarini oqishga majbur qilinganligini xabar qilishadi.

Bu xabar Dekartni ham qattiq chochitib qoydi. Rim papasi va katolik cherkov inkvizitsiya sudining tasiri Gollandiyada ham Italiyadagichalik bolmasa-da, har holda sezilarli darajada edi. Olim oz qolyozmalarini zudlik bilan yoqib yubordi... Olimning bir necha yillik izlanishlari kulga aylandi. Dekartning bu xatti-harakatlariga keyingi zamon fan tarixchilari turlicha munosabat bildirishgan, kimdir uni qorqoqlikda ham ayblashga urindi, kimdir esa, Dekart bilan Jordano Bruno, Migel Servett va Galileyning boshiga tushgan taqdir yuz bermaganligi, aynan shunday ehtiyotkorlikda deb qarashadi. Nima bolganda ham, bizning ilm-fan haqiqatlari yaqqol tan olingan zamonamizda turib fikr bildirish juda oson, Dekart esa, hamma olimlar singari, avvalo oz zamonasining farzandi edi.

1634 yili Dekart ozining Inson va homilaning paydo bolishi haqida deb nomlangan etyudining xomaki variantini tayyorlashni boshladi. Megeffi ismli fan tarixchisining qayd etishicha, bu etyud Dekartning ota shaxsiy kuzatuvlari natijasida yuzaga kelgan emish: 1635 yilda Dekart qiz farzand koradi. Bu qizaloqning dunyoga kelishi tafsilotlari Dekart, boshqalardan, hatto eng olgir yozuvchilardan ham otkazib yuboradigan darajada, boshqalar aytishga yoki oshkor etishga uyaladigan jihatlari bilan tavsiflaydi.

Dekartning kitoblaridan biridagi oppoq, bosh sahifada quyidagicha yozuv bor edi: 1634 yilning 15 oktyabrida homilador bolgan. Dekart qizining ismini Fransina deb qoyadi. Biroq qizning onasi haqida hech qanday malumot keltirmaydi. Faqat u oddiy xizmatkor ayol bolgani qayd etiladi. Tarixchilar bu narsani oila munosabatlari sifatida emas, balki tamomila tasodifiy aloqalar natijasidan deb baholaydilar. Dekart zamondoshlari xotirasida romantik shaxs sifatida gavdalanmagan. Biroq uning oz qiziga ota mehribonlik bilan munosabatda bolgani va uni qattiq yaxshi korganini kop marta takidlangan. Biroq Dekartning baxtiga qarshi Fransina uzoq yashamaydi u 1640 yilda qizilcha kasalligidan vafot etadi. Bu voqea Rene Dekartga qattiq zarba bolgan edi. U gamga botib, faqat ozi bilan ozi ovora boladigan, ruhiy tushkunlik holatiga tushib qoladi.

1637 yilning iyulida Dekart ozining Olam asaridagi, cherkov senzurasiga muvofiq keladigan bolimlarni alohida ajratib olib, ularni Yoruglik haqida (Dioptrika) va Meteorlar haqida nomi bilan alohida kitoblar holida nashrdan chiqardi. U Geometriyani ham Uslub haqida mulohaza shaklida qayta nomlab chop ettirdi. Uslub haqida mulohaza shakllanib kelayotgan yangi zamon ilm-fani uchun mukammal ilmiy manbalardan biri bolib qoldi. Unda hozirgi zamon fani yutuqlarining ilk kurtaklari mavjud edi. Dekart Geometriyani atayin murakkablashtirib, chuqur ilmiy mulohazalarni yanada chigallashtirib yozganligini oz kundaliklarida alohida qayd etgan. Bu, boshqa matematiklarning Dekart ilmiy ishlariga shubha qilmasliklari, aniqrogi, garchi bunday (yani Dekart keltirgan) mulohaza va isbotlashlar bilan birinchi marta aynan Dekart asarlarida tanishgan bolishlariga qaramay, ularni ozlashtirib olishlari, buni biz avvallari ham bilar edik deya olmasliklari uchun ataylab qilingan edi. Yani Rene Dekart, ota faqat oziga xos bolgan murakkab bayon etish uslubi bilan oz ilmiy ishlari va salohiyatini himoya qilmoqchi boladi. Dekartning Geometriyasida tahlil va isbotlashlar ota murakkab va qiyin masalalar ustida olib borilib, shakl yasashlarni chetlab otgan. Shakl yasashlarni Dekart zarur bolganda shaxsan ozi korsatib bergan.

Biroq Dekart oz Geometriyasi bilan har qancha faxrlanmasin, ilmiy jamoatchilik orasida uning Dioptrika va Meteorlar asarlari nisbatan mashhurroq bolgan va yakdillik bilan tan olingan edi. Dekartning ozi ham bu borada olib borgan ishlaridan doimo kongli tolib, qanoat hosil qilgan edi. U bu asarlar haqida ...qachonlardir bu kitoblardagi hech bolmaganda uch satrni ozgartirishga yoki bekor qilishga togri kelishini tasavvur ham qilolmayman - degan edi.

1644 yilga kelib Dekart Boshlangich falsafa nomli keng qamrovli asarini nashrdan chiqardi. Vanihoyat ushbu asarda Dekart, 11 yil avval, yani 1633 yilda nashrga tayyorlagan Olam haqida nomli risolasi uchun yozgan falsafiy va ilmiy qarashlarini bayon etishga jurat etdi. Uning tarkibidan olimning olam (koinot), inson tafakkuri va boshqa mavzulardagi chuqur falsafiy mulohazalari joy oldi. Dekart ushbu asarda ozining tabiatning paydo bolishi haqidagi shov-shuvli nazariyasini bayon qilgan edi. Dekartning tabiat nazariyasi dasturi, oddiy va har kimga tushunarli mulohazalarga asoslanganligi bilan oziga xosdir. Dekart, Uslub haqida mulohaza asrida ham, sabab va oqibat tamoyilini tahlil qilib chiqar ekan, kelib chiqishi mumkin bolgan har qanday natijaviy oqibatlarni tahlil qilib otadi. Ularning har birining yuzaga kelishin adolatdan ekanligiga tanqidiy nazar bilan tekshiruv otkazadi. Shu jumladan Men mavjudman tushunchasini ham shunday nuqtai nazar bilan tahlil qiladi. Dekartning mashhur iborasi Men fikrlayapman, demak, men ? mavjudman! shundan kelib chiqqan.

Korinib turibdiki, Rene Dekart, aniq va tabiiy fanlardan tashqari falsafa borasida ham ancha chuqur ketgan edi. Uning ota murakkab mantiq va mulohazalarga asoslangan fikrlari, har qanday toifadagi oquvchi uchun tushunishga qiyinchilik tugdirgan. Shunga qaramay katta ilmiy doiralarda Rene Dekartning mavqei endilikda shak-shubhaga orin qoldirmagan edi. Uning ilmiy risola va kitoblari Yevropaning eng ilgor fikrli kishilari uchun dasturul-amal bolib xizmat qila boshlaydi. Bu jarayon cherkov nazaridan chetda qolishi mumkin emas edi.

Dekart oz talimotini himoya qilish uchun, asarlarida cherkov odamlar ongiga singdirishga urinadigan diniy tushunchalarni ham yuzaki bolsa-da tan olib otadi. Masalan u xudo va narigi dunyo mavjud degan gapni bot-bot takrorlaydi. Biroq, aftidan cherkov uchun buning ozi yetarli bolmagan.

Fizikada ham Dekart oziga xos iz qoldirdi. Uning ismini lotincha manodagi yangrashi Karteziy sozidan, fizikada Dekartcha fizik dunyoqarash kartezianlik yuzaga keldi. Rene Dekart masofadan turib bir-biriga tasir qiluvchi kuchlar, ayniqsa boshliq orqali ham tasirlashishi mumkin bolgan kuchlarning mavjudligiga ishonmagan. U olamdagi roy berayotgan barcha hodisa va harakatlar, zarrachalarning ozaro toqnashuvidan kelib chiqadi degan fikrni ilgari suradi. Aynan shu narsa fan tarixida karteziancha dunyoqarash deb yuritiladi. Karteziancha dunyoqarash fizikaning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etgan, va ancha ozgargan shaklda bizning davrimizgacha yetib kelgan.

XVII asrning 40-yillariga kelib Dekartning ijodida oziga xos xarakter belgilari yaqqol namoyon bola boshlaydi. U endi oz talimotini barcha tan olishini istaydi. Dekart iezuitlarga, maktablarda aynan uning falsafasini oqitish maqsadga muvofiq boladi degan fikrni bildiradi va bunda diniy talimotlarga zid bolgan hech narsa yoq deb takidlaydi.

1645 yilga kelib Dekart yana tibbiyot va anatomiya bilan shugullanishga qaytadi. Bu haqida u Uslub haqida mulohazasida alohida takidlagan edi. Dekartning qayd etishicha, uning anatomiya va tibbiyot bilan mashgul bolishiga tosqinlik qilgan va uni ortga surib kelgan narsa ? cherkov ruhoniylarining tayziqlari bolgan ekan. Dekart Egmondga kochib otadi va yuqoridagi fanlar bilan jiddiy shugullana boshlaydi.

Bu paytga kelib uning ilmiy salohiyati va obro-etibori butun Yevropada ovoza bolib ketgan edi. 1648 yilda u Gollandiyaga butunlay kochib ketganidan buyon uchinchi marotaba Parijga yol oladi. Parijga qilingan birinchi (1644 yilda) va ikkinchi (1647 yilda) safarlar qarindoshlari bilan meros masalalarini hal etish uchun uyushtirilgan edi. Bu safar esa, uni Fransiyaga etiborli va mashhur dostlari taklif etishgan edi. Ular orqali Dekartga kardinal Mazarini 3000 livr nafaqa tayinlashga rozi boladi. Osha yilning may oyida esa Dekartga farang qirolining shaxsan ozidan Qirollik Tashakkurnomasi va yangi miqdordagi nafaqa tayinlanishi haqidagi yorliq keladi. Bu Rene Dekartning ilmiy faoliyati davlat darajasida tan olinayotganligidan dalolat edi. Qirol unga mazkur tashakkurnoma yakunida, saroyga kelishni va unga muhim bir davlat lavozimini topshirishini yozgan edi. Dekart Fransiyaga yol olgan vaqtda, Fransiya kochalarida qozgolon boshlanib ketib, uning saroydagi faoliyati haqidagi rejalariga ozgartirish kiritib yubordi. Dekart qirol saroyiga yetib bormay, zudlik bilan Gollandiyaga qaytib ketdi.

Uni yaqindan tanigan dostlari, Dekart haqidagi xotiralarida, olimning ota sodda va kamsuqum bolganini eslashadi. Dekartning ilmiy va falsafiy salohiyatini dongi yetib borgan joylardan, uning suhbati uchun kelgan talaba va boshqalar, odatda Dekartning ota jon va qisqa javoblaridan hafsalasi pir bolib aytishar ekan. Katta davralarda Dekart nihoyatda kamgap va unchalik ham kirishimli bolmagan. Yakka yolgiz hayot tarziga konikib qolgan Dekart uchun, birov bilan til topishib ketish juda mushkul edi. Lekin, ozi bilan maslakdosh va yaqin dostlari davrasida Rene tom manoda ochilar edi. U ayniqsa ilmiy mavzularda qiziqarli suhbatlar olib borar, bahs va munozaralarda ozining otkir fikrlari bilan atrofdagilarni lol qoldirar edi.

Gollandiyaga qaytib, ancha keksayib qolgan Dekart yana eski ilmiy ishlari bilan shugullana boshlaydi. U ayniqsa oz Geometriyasini qayta-qayta korib chiqib, undan yangi xulosalar berishga urinadi. Analitik geometriya borasida Dekartning tutgan orni goyat beqiyosdir. Chunki aynan u tarixda ilk bor, koordinatalar oqining fazoviy modelini ishlab chiqdi. Biz uni maktab geometriya kursidan Fazoda Dekart koordinatalari tarzida yaxshi bilamiz.

1649 yilda Dekartni shved qirolichasi Kristina oziga falsafa va mantiqdan dars berish uchun Stokgolmga taklif qiladi. Qirolicha Kristina Dekart talimotining muxlisalaridan biri edi va uni moddiy qollab quvvatlash haqida katta vadalar berardi. Rene Dekart, shved qirolichasi bilan ancha avvaldan xat yozishib turar va ular ortasida ozaro mustahkam ishonch mavjud edi. Xususan Kristina Dekart falsafasini cherkov tayziqlaridan himoya qila olishini takidlardi. 1649 yilning oktyabr oyida Rene Dekart Muzlik va qoyalar orasidagi ayiqlar mamlakatiga (uni ozi Shvetsiyani shunday tariflagan) yetib keldi. Qirolicha unga yirik davlat unvonlari, yaxshigina maosh tayinladi, hamda, poytaxt yaqinidagi Pomeraniya mavzesidan kattagina yer-mulk sovga qildi. Biroq qirolichaning oziga xos injiqliklari ham talaygina edi. Jumladan, u, falsafani, aqlning tiniqib turgan vaqtida (yani charchamagan miya bilan) organish kerak deb hisoblardi va buning uchun eng qulay vaqt deb, tong sahar, uyqudan endigina turiladigan vaqt -500ni belgiladi. Rene Dekartga qahraton shimol qishining uzun tunlarida, juda barvaqt uygonib, har kuni qattiq sovuqda, qorongu kochalardan va kuchli yelvizakli koprikdan otib borib, saroyda qirolichaga falsafa oqitishga majbur boldi. 1649/50 yil qishi Shvetsiyada odatdagidan ham qattiqroq kelgan. Shunday kundalik yurishlaridan birida, aniqrogi 1650 yilning 2-fevral kuni, saroydan qaytayotgan keksa olim holsizlik bilan yiqiladi. U qattiq shamollagan va tumov bolgan edi. Dekartni tekshirgan tabib unda zotiljam (opka yalliglanishi) xastaligi tashxisini qoydi. Ilm-fan va hurfikrlik fidoiysi, buyuk olim Rene Dekart, kasallikning toqqizinchi kuni, yani 1650 yilning 11 fevralida Stokgolmda olamdan koz yumdi...

Shuni alohida qayd etish kerakki, keyingi davrlarda Dekartning olimi haqida bir qancha shubhalar paydo bolgan. xususan, olmon olimlari Ayki Piz va Teodor Ebertlar ilgari surgan taxminga kora, Dekartning Kristinaga otkazayotgan ilmiy va falsafiy tasirini yoq qilish maqsadida, uni cherkov josuslari zaharlagan bolishi ham mumkin ekan. Harholda, Dekartda kuzatilgan kasallik belgilaridan mishyak bilan zaharlanish alomatlari bor edi. Qolaversa, Dekart umrining oxirgi yillarida cherkov va ruhoniylarga ochiq dushmanlik kayfiyatida bolib, diniy amaldorlarning yuritayotgan ishlaridan noroziligini oshkora aytardi. U katolik cherkovini vijdon va fikr erkinligi cheklashga urinish uchun qattiq qoralardi. Dekartning olimidan song, uning yozgan barcha asarlari, Rim papasining taqiqlangan kitoblar indeksiga kiritildi. Farang qiroli Lyudovik XIV esa, maxsus farmon chiqarib, Fransiyaning har qanday talim muassasalarida Dekart falsafasini (kartezian falsafasi) oqitishni taqiqladi. Biroq, baribir hurfikrlik va ilm-fan cherkov xurofoti ustidan golib kelgan keyingi ilmiy uygonish davrlarida, buyuk Dekartning mehnatlari va ilmiy martabasi qayta oqlandi.

Rene Dekartni avvaliga Stokgolmda dafn etishdi. Biroq, oradan 17 yil otgach, uning saganasi Parijga kochirib keltirildi va Sen-Jermendagi abbatlik qabristoniga qayta dafn etildi. Dekart sharafiga Oydagi kraterlardan biriga Dekart krateri nomi berilgan.

Yangilаndi: 09.02.2014 09:46  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2643882

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)