Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya Yupiterning tabiiy yo‘ldoshlari

Yupiterning tabiiy yo‘ldoshlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 17
Juda yomon!A'lo! 

Yupiterning tabiiy yo‘ldoshlari

Hozirda Yupiterning 67 ta tabiiy yo‘ldoshi aniqlangan bo‘lib, quyosh tizimi sayyoralari orasida bu eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Yupiter yo‘ldoshlari ikki turkumga - ichki va tashqi yo‘ldoshlarga tasniflanadi. Ulardan eng kattalarini - Io, Gannimed, Yevropa va Kallistoni 1610-yilda Galileo Galiley kashf etgan edi. Bu yo‘ldoshlar va sayyoraga eng yaqin masofadagi Amalteya yo‘ldoshi Yupiter ekvatori tekisligidagi fazoda harakatlanishadi.

Yupiterning eng katta, ya'ni, Galiley yo‘ldoshlari ichida, eng qiziqarlisi bu - Yevropa hisoblanadi. Chunki bu yo‘ldoshda, xuddi yerdagi kabi ulkan ummon mavjud bo‘lib, uning chuqurligi 90 km gacha yetadi. Yevropa ummonining hajmi, Yerdagi dunyo okeani hajmidan ancha katta. Olimlarning fikricha, Yevropadagi ummonda, bir hujayrali organizmlar uchun yetarli darajada hayot sharoiti mavjud bo‘lishi mumkin ekan. Yevropaning sirti qalin muz qatlami va undagi keng yo‘l-yo‘l chiziqlar bilan o‘ziga xosdir.

Io esa, astronomlarni o‘ta faol vulqonlari bilan o‘ziga jalb etadi. Ioda butun quyosh tizimidagi eng faol vulqonlar mavjud bo‘lib, yo‘ldosh sirti, vulqon chiqindi jinslari bilan qoplangan.

Gannimed esa, nafaqat Yupiterdagi, balki, butun quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar ichida eng kattasi hisoblanadi. Uning sirti kraterlar bilan qoplangan va ulkan yoriqlar - daralar mavjud.Hozirda Yupiterning 67 ta tabiiy yo‘ldoshi aniqlangan bo‘lib, quyosh tizimi sayyoralari orasida bu eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Yupiter yo‘ldoshlari ikki turkumga - ichki va tashqi yo‘ldoshlarga tasniflanadi. Ulardan eng kattalarini - Io, Gannimed, Yevropa va Kallistoni 1610-yilda Galileo Galiley kashf etgan edi. Bu yo‘ldoshlar va sayyoraga eng yaqin masofadagi Amalteya yo‘ldoshi Yupiter ekvatori tekisligidagi fazoda harakatlanishadi.

 

Kallistoda ham uning sirti ostida joylashgan ummon borligi taxmin qilinadi. Bunga ayrim ishoralar mavjud bo‘lib, ular orasida, Kallistoning kuchli magnit maydonini biror bir o‘ta o'tkazgich suyuqlik hosil qilishi mumkinligi ta'kidlanadi.

Galiley yo‘ldoshlarining o‘ziga xosligi shundaki, ular, doimo sinxron ravishda, Yupiterga faqat bir tarafi bilan yuzlangan holatda harakatlanishadi. Undan tashqari, bu yo‘ldoshlarning o‘z sayyorasidan uzoqlashishi tartibida zichligining kamayib borishi ham xarakterli. Masalan, Io - 3,53 g/sm, Yevropa 2,99 g/sm, Gannimed - 1,94 g/sm, Kallisto esa - 1,83 g/sm o‘rtacha zichlikka ega. Bu ko‘rsatkich, yo‘ldoshdagi suv miqdoriga bog‘liq bo‘lib, masalan Ioda u deyarli yo‘q, Yevropada 8%, Gannimed va Kallistoda esa ularning massasining deyarli yarmini tashkil qiladigan miqdorni egallashi ilmiy farazlarda ilgari surilgan.

Yupiterning qolgan yo‘ldoshlari ancha kichik o‘lchamlarda bo‘lib, qoyasimon notekis shakllardagi jismlardir. Kichik yo‘ldoshlar ichida eng qiziqarlilari bu Metida va Adrasteya bo‘lib, ular radiusi 128 ming km lik orbita bo‘ylab, sayyorani 7 soat ichida to‘liq aylanib chiqadi va bu Yupiter yo‘ldoshlari ichida eng tez aylanadiganlaridir. Yupiter yo‘ldoshlarining nomi "e" bilan yakunlanadiganlari, qolganlariga nisbatan teskari yo‘nalishda harakatlanishadi. Masalan Ananke, Karme, Sinope va Pasife shunday yo‘ldoshlardandir.

Yupiterning barcha yo‘ldoshlari tizimining umumiy diametri 124 million km ni tashkil etadi. Olimlarning fikricha uzoq o‘tmishda Yupiterning yo‘ldoshlari yana ham ko‘p bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ulardan aksariyati ulkan sayyoraning ulkan gravitatsiya ta'sirida sayyora sirtiga qulab tushgan bo‘lishi mumkin ekan.

Yupiter ekvator tekisligida sirtidan 50000 km masofada joylashgan siyrak halqasi mavjud. Halqaning eni 1000 km atrofida. Bu halqani 1979 yilda Voyajer-1 tomonidan aniqlangan

Tabiiy

yo‘ldosh nomi

Sayyora sirtidan

o‘rtacha

uzoqligi

(ming km.)

Aylanish davri

(kun)

Diamteri yoki

o‘lchamlari

(km)

Ochilgan yili

Kashf

etgan olim

1

Io

421.6

1.77

3680

1610

G.Galiley

2

Yevropa

670.9

3.55

3100

1610

G.Galiley

3

Gannimed

1070

7.16

5300

1610

G.Galiley

4

Kallisto

1880

16.69

4840

1610

G.Galiley

5

Amalteya

181

0.5

140x260

1892

E. Barnard

6

Gimaliya

11470

250.6

120

1904

Ch.Perrayn

7

Elara

11780

260.1

120

1905

Ch.Perrayn

8

Pasifeya

23300

735*

40

1908

F.Melott

9

Sinope

23700

758*

22

1914

S.Nikolson

10

Lisiteya

11710

260

22

1938

S.Nikolson

11

Karme

22350

692*

24

1938

S.Nikolson

12

Ananke

20700

617*

20

1951

S.Nikolson

13

Leda

11100

240

10

1974

Ch.Kouell

14

Metida

127.96

0.29

49

1979

S.Sinott

15

Adrasteya

129.8

0.27

25

1979

D.Danielson

16

Fiva (Teba)

221.9

0.67

110

1980

S.Sinott

17

Femisto

7393216

129.87

8

2000

 

18

S/2000 J 11

17144873

287.93

4

2000

 

19

Karpo

17144873

458.62

3

2003

 

20

S/2003 J 12

17739539

482.69

1

2003

 

21

Evporie

19088434

538.78*

2

2002

 

22

S/2003 J 3

19621780

561.52

2

2003

 

23

S/2003 J 18

19812577

569.73

2

2003

 

24

S/2011 J 1

2010100

580.7

1

2011

 

25

S/2002 J 2

20307150

588.82

1

2010

 

26

Telksinoe

20453753

597.61*

2

2004

 

27

Evante

20464854

598.09*

3

2002

 

28

Gelike

20540266

601.40*

4

2003

 

29

Ortozie

20567971

602.62*

2

2002

 

30

Iokaste

20722566

609.43*

5

2001

 

31

S/2003 J 16

20743779

610.36*

2

2003

 

32

Praksidike

20823948

613.9*

7

2001

 

33

Garpalike

21063814

624.54*

4

2001

 

34

Mneme

21129786

627.48*

2

2003

 

35

Germippe

21182086

629.81*

4

2002

 

36

Tione

21405570

639.8*

4

2002

 

37

Gerse

22134306

672.75*

2

2003

 

38

Etne

22285161

679.64*

3

2002

 

39

Kale

22409207

685.32*

2

2002

 

40

Taygete

22438648

686.67*

5

2001

 

41

S/2003 J 19

22709061

699,12*

2

2003

 

42

Xaldene

22713444

699.33*

4

2001

 

43

S/2003 J 15

22720999

699.68*

2

2003

 

44

S/2003 J 10

22730813

700.13*

2

2003

 

45

S/2003 J 23

22739654

700.54*

2

2004

 

46

Erinome

22986266

711.96*

3

2001

 

47

Ayode

23044175

714.66*

4

2003

 

48

Kallixore

23111823

717.81*

2

2003

 

49

Kalike

23180773

721.02*

5

2001

 

50

Kalliroe

23214986

722.62*

9

2000

 

51

Evridome

23230858

723.36*

3

2002

 

52

S/2011 J 2

23267000

726.8*

1

2011

 

53

Pazife

23307318

726.93*

2

2002

 

54

S/2010 J 1

23314335

724.34*

2

2010

 

55

Kore

23345093

776.02*

2

2003

 

56

Killene

23396269

731.1*

2

2003

 

57

Evkelade

23483694

735.2*

4

2003

 

58

S/2003 J 4

23570791

739.29*

2

2003

 

59

Gegemone

23702511

745.5*

3

2003

 

60

Arxe

23717051

746.19*

3

2002

 

61

Isonoe

23800647

750.13*

3

2001

 

62

S/2003 J 9

23857808

752.84*

1

2003

 

63

S/2003 J 5

23973926

758.64*

4

2003

 

64

Sponde

24252627

771.6*

2

2002

 

65

Avtonoe

24264445

772.17*

4

2002

 

66

Megaklite

24687239

792.44*

5

2001

 

67

S/2003 J 2

30290846

1077.02*

2

2003

 

68 Veleduto 18980000 1 2017
69 Pandiya 11525000 3 2017
70 S/2016 J 1 20595000 1 2017
71 S/2017 J 1 23484000 2017
72 S/2017 J 2 23241000 2017
73 S/2017 J 3 20694000 2017
74 S/2017 J 9 21430000 2017
75 S/2017 J 5 23196400 2017
76 S/2017 J 6 22395000 2017
77 S/2017 J 7 20571500 2017
78 S/2017 J 8 23174400 2017
79 Ersa 11483000 2018

* Boshqalarga nisbatan teskari yo‘nalishda aylanadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 08.10.2019 18:26  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11857253

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov