Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Aerostat

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Aerostat

Juda qadim zamonlardanoq odamlar xuddi qushlar kabi parvoz qilishni, osmonu falakka kotarilishni, oddiyroq aytganda esa uchishni orzu qilishgan. Ammo, lekin, biroq... Qushlarnikiga oxshatib suniy yasalgan qanotlardan foydalanib bajarilgan kop sonli urinishlar doimo bir xil natijani beravergan har qancha urinmasin, odamzot yerdan oyoq uzib uchib keta olmagan, qaytanga yiqilib mayib majruh bolganlari ham bisyor bo'lgan.

Orta asrlarga kelib, iliq havoning yengil jismlarni yuqoriga kotara olishi xususiyati ochilganida, undan odamni yuqoriga kotarish uchun foydalanish haqidagi goyalar paydo bola boshladi. XVI-XVII asrlar davomida, turli olimlar tomonidan aerostatning bir necha xildagi konstruksiyalari taklif etildi. Lekin amalda bu goyalar faqat XVIII asr oxiriga kelib royobga chiqa boshladi.

1766 yilda Kavendish vodorodni kashf etdi. Vodorod havodan 14 marta yengil edi. 1781 yili italyan fizigi Kavello vodorod bilan toldirilgan sovun pufakchalari ustida tajribalar o'tkazdi. Shunday qilib aerostatning ishlash mohiyati ishlab chiqildi. Endilikda uning qobigi uchun munosib material topish zarur edi. Bu oson bolmadi. Ananaviy matolarning kopi aerostat uchun ogirlik qilardi, yoki ozidan vodorodni otkazib yuborar edi. Muammoni Parijlik professor Sharl yechishga muvaffaq boldi. u aerostat uchun qobiqni kauchuk bilan toyintirilgan (yani kauchukka botirib olingan) shoyi matodan tayyorlash loyihasini amalga tadbiq qildi. Lekin, Sharl ozining aerostatini havoga kotarishidan avvalroq, Anone shahrilik qogoz ishlab chiqaruvchi fabrika xojayining oglilari, aka-uka Jozef va Etyen Mongolfyelar oz aerostatlarini osmonga chiqarishga muvaffaq bolishdi.

Aka-uka Mongolfyelar Sharl singari ilmiy mulohaza yuritish va chuqur bilimga ega emas edilar. biroq ularda, qiziquvchanlik, gayrat va qatiyat yetarli edi. To'g'ri, ularning dastlabki urinishlari omadsizlikka uchradi. Ular avvaliga qogozdan yasalgan sharni bug bilan, keyin esa is gazi (olov tutuni) bilan toldirib, uchirishga urinishdi. Shu orada ularning qoliga mashhur olim Pristlining gazlarning turli xususiyatlari haqidagi risolasi tushib qoladi. Risolada havo va boshqa gazlar haqida muhim axborotlar mavjud edi. Qimmatli malumotlar bilan qurollangan aka-ukalar, sharni vodorod bilan toldirishga urinib korishdi. Lekin ularda ham sharning bunday yengil gazni tutib tura oladigan qobiq bilan orashning imkoni bolmadi. Qaytanga osha vaqtlarda vodorod ancha qimmat turardi. Aka-ukalar vodorod variantidan voz kechib, ozlarining havo bilan olib borgan tajribalariga qaytishdi. Ular tashqi korinishidan ota ahmoqona tuyuladigan goyaga toxtalishdi: poxol va hayvon yungining aralashmasining yonishidan maxsus elektr xususiyatlariga ega bo'lgan bug paydo boladi degan mulohazaga kelishdi. Haqiqiy fandan yiroq kishining mulohazasi, shunday emasmi? Biroq, goya qanchalik tutuqsiz bolmasin, u birinchi urinishdayoq muvaffaqiyatli chiqdi. albatta bu yerda, poxol ham yung ham hech qanday gayrioddiy elektr bugi chiqarmagan, shunchaki qizigan havo sovuq havodan yengillashishi tufayli, sharni 300 metr balandlikka kotargan. Ushbu muvaffaqiyatdan ruhlanib ketgan aka-ukalar tezlik bilan 11 metr diametrli va hajmi 600 m3 cha keladigan kattaroq aerostatni yasashga kirishdilar. Uning shoyi matodan tayyorlangan qobigini ichkaridan qogoz bilan yelimlab chiqishdi. Uning pastki teshigida tok novdalaridan tayyorlangan toqima panjara ustiga kora yoqish kamerasi ornatishdi.

Nihoyat 1783 yilning 5 iyunida, olomon koz ongida mazkur aerostatning tajriba-sinov kotarilishi amalga oshirildi. Korada gulxan yondirildi. Nam va iliq havo sharni taxminan 2000 metr balandlikkacha kotarib chiqardi. Tomoshabinlarning olqishlari va hayratlarining chegarasi yoq edi. Bu tajriba butun Yevropa boylab katta qiziqish uygotdi. U haqidagi axborot Parij Fanlar Akademiyasigacha yetib bordi. Biroq aka-uka Mongolfyelarning aerostatidagi shar nima bilan toldirilganini hech kim bilmasdi. Bu aka-ukalar ixtirosining oziga xos sirini tashkil qilar edi. Sharni aka-ukalarning familiyasi bilan, yani mongolfyer deb nomlay boshlashdi.

Sharl, mongolfyerning ilk muvaffaqiyatli parvozi haqida eshitgach, yanada ikki karra gayrat bilan ozining aerostatini yasashga kirishdi. Mohir mexanik aka-ukalar Robyerlar unga yaqindan yordam berishdi. Shoyi matosining rezinaga shimdirilganidan tayyorlangan, 3.6 metr diametrga ega sharni, pastki tuynugidan shlang va klapan bilan jihozlab, u orqali sharga vodorod uzatishni maqsad qilishdi. Osha vaqtlar uchun bu murakkab vazifa edi. Buning uchun Sharl ajoyib uskuna yasadi: bochkaga temir qirindilarini soldi va ustidan suv quydi. Bochka qopqogida ikkita teshik ochildi. Biriga teridan tayyorlangan va bochkani shar bilan ulashi kozda tutilgan quvur uladi. Ikkinchisidan esa bochka ichiga oltingugurt kislotasini quydi. Lekin bunda reaksiya ota shiddatli kechishi oqibatida, suv ham buglanib ketib, vodorod bilan birgalikda shar ichiga kirib ketardi. Suv buglari tarkibida kislota aralashmalari ham bolib, ular shar qobigini ichkaridan yemira boshladi. Sharl, olinayotgan vodorodni suv bilan toldirilgan idish orqali o'tkazishni oylab topdi. Shu tarzda gaz bir vaqtning ozida ham tozalanib ham sovib, shar ichiga yol olar edi. Kozlangan maqsad muvaffaqiyatli chiqdi. urinishlarning tortinchi kunida Sharl aerostati vodorod bilan toldi!

27 avgust 1783 yilda Parijdagi Mars maydonida sharlyerning (Sharl aerostatini shunday atay boshlashgandi) ilk parvoziga 200 mingdan ziyod shahar aholisi guvoh bolishdi. Sharl shari tezlik bilan osmonga kotarildi va bir necha daqiqadan song bulutlardan otib ketdi. Biroq shar 1 km ga yaqin balandlikka kotarilganida, vodorodning kengayishi natijasida uning qobigi yorilib ketdi va Parij yaqinidagi Gones qishlogi hududiga qulab tushdi. Goneslik savodsiz oddiy dehqonlar Parijda yuz berayotgan voqealardan butunlay bexabar hollarida, osmondan Oy qulab tushdi degan vahimaga tushib qolishdi. Bir muddat qorqib pisib kuzatib turganlaridan song, chaqirilmagan mehmon harakatsiz va jonsiz yotganini korib, unga panshaxa va chalgilar bilan tashlanishdi va sharning shoyi qobigini parcha-parcha qilib yuborishdi. Parijdan tezlik bilan yetib kelgan Sharl, oz sharining faqat ayrim qismlarini, bolaklarini topa oldi xolos. Uning 10000 frank va beqiyos zakovatini sarf etib qilgan mehnati mahsuli, tiklab bolmas darajada barbod qilingan edi. Umuman olganda bunday qayguli yakunni ham muvaffaqiyatli deb hisoblasak boladi. Chunki Sharl sharni vodorod bilan toldirib uni deyarli 1 km masofagacha parvoz qilishiga erishdi.

Osha kuni Sharl sharining uchishini kuzatganlar orasida Etyen Mongolfye ham bor edi. U bu hodisani Sharldan oziga xos chaqiruv deb qabul qildi. Soglom raqobat yaxshi narsa. Shu yilning 19 sentyabr kuni u Versalda qirol va son sanoqsiz tomoshabinlar olomoni koz ongida, ukasi bilan birgalikda 12.3 metr diametrli sharni, tarixda ilk marta aeronavtlar bilan birgalikda osmonga kotardi. Tarixdagi ilk aeronavtlar qoy, xoroz va ordak bolishdi. 10 daqiqadan song shar astalik bilan yerga qaytib tushdi. Jonivorlarni kozdan kechirish chogida xorozning qanoti shikastlangani malum boldi. Bu esa olimlar ortasida, yuqori balandliklarda hayotning (yashashning) imkoniyati haqidagi kuchli tortishuvlar kelib chiqishiga yetarlicha sabab boldi. Tirik mavjudotlar, atmosferaga 1 km dan balandroq kotarilsa nafas yetishmay halok boladi degan xavfsirash yuzaga keldi, axir shu vaqtgacha hali hech kim bunday balandliklarga chiqmagan va uni tadqiq qilmagan edi. Keyingi yasaladigan mongolfyerga qirol Lyudovik XVI qamoqda otirgan mahkumlardan ikkitasini otqazib uchirishga farmon berdi. Lekin, Pilatr de Rozye va markiz d?Alandlarning fikricha, tarixda ilk aeronavt qahramon bolish sharafi, hattoki uning oqibati ayanchli tugallanganida ham ijtimoiy doglarsiz bolishi kerak edi. Ular oz fikrlarini qirolga maqullatishga muvaffaq boldilar. Biroq qirol mongolfyerda kotarilishni ularning oziga topshirdi. 1783 yilning 21 noyabr kunida 21 metrlik ulkan mongolfyer, ikki nafar tavakkalchi bilan Parij yaqinidagi La-Myuet qalasi hududidan osmonu-falakka parvoz qildi va taxminan 1000 metr balandlikka kotarilib, insoniyat tarixida yangi sahifani ochib berdi. Har ikkala aeronavt qol qovushtirmay, tinimsiz ravishda olovni yoqib turishgan. Parvoz taxminan 45 daqiqa davom etib, start joyidan 9 km masofada, shahar tashqarisida asta-sekinlik bilan yerga qondi.

Bu orada professor Sharl va aka-uka Robyerlar ham vaqtni behuda otkazishgani yoq. Ular tilxat yozib berish orqali, ikki kishilik aerostat yasash uchun 10000 frank mablag yigishga erishishdi. Yangi sharlyerni loyihalash jarayonidan olim, koplab detallarni ozi oylab topdi. Ularning aksariyatidan hozirgi kunda ham aerostatlarda keng foydalaniladi. 8 metr diametrli qobiqni, 3 kun ichida vodorod bilan toldirishdi. 1783 yilning 1-dekabr sanasida, Sharl va Robyerlarning biri, qirolning taqiqiga qaramasdan, sharga osilgan savat aeronavtlar orindigiga chiqib kelishdi va ularni kuzatib turgan raqobatchilaridan biri Etyen Mongolfyerdan, sharni yerga boglab turgan arqonni kesib yuborishni sorashdi. Parvoz 400 metr balandlikda, 2 soat va 5 daqiqa davom etib, sharlyer bus-butun va aeronavtlar sog-omon holatda yerga qaytib yengil qondi. Qonishdan keyin, Sharl sheriksiz, bir ozi parvoz qilishni istab qoldi va qaytib osmonga kotarildi. Ikkinchi aeronavtsiz, yengillashib qolgan shar, bu safar 3000 metr balandlikka kotarilib chiqdi. yarim soatdan keyin, vodorodning bir qismini chiqarib yuborib, professor Sharl yerga ohista qonishni amalga oshirdi. Savatdan chiqib kelarkan, u qaytib bunday xavfli sarguzashtlarga tavakkal qilmaslikka qasam ichdi.

Shunisi qiziqki, uning raqiblari ham shunday qarorga kelishgan edi. Etyen Mongolfye hayoti davomida ozi biror marta ham havoga kotarilmagan. Uning ukasi Jozef esa, faqat bir marta bunga jurat eta olgan xolos. Bu parvoz 1784 yilning 5 yanvar kuni amalga oshib, unda shar savatida Jozef Mongolfyerdan tashqari, Pilatr de Roze va yana boshqa 5 kishi bor edi. Yukning ortiqchaligidan parvoz muvaffaqiyatli kechmadi va shar bir necha metr balandlikdan qaytib tushaverdi. Shunday tushishlarning birida savatning yerga qattiq urilishidan aeronavtlar tan jarohatlari olishdi. Hammadan ham jiddiy shikastlangan ayna Jozef Mongolfye aerostat ixtirochisining ozi boldi.

Baribir ilk aeronavtlarning korsatgan namunasi shunday rezonans keltirib chiqardiki, endi butun qita boylab, koplab qiziquvchan va tavakkalchilar katta intilish bilan aerostatda havoga kotarilishga urina boshlashdi. 1785 yilda, aeronavtlik evaziga butun dunyoga mashhur bo'lgan Blanshar, La-Mansh orqali Angliyadan Fransiyaga uchib otib, havo sayohati davrini boshlab berdi. Barcha keyingi avlod sharlari Mongolfye va Sharl loyihalagan sharlardan deyarli farq qilmas edi. Umuman olganda, sharni birinchi bolib Mongolfye uchirgan bolsa-da, aerostatning haqiqiy ixtirochisi sifatida baribir professor Sharl etirof etiladi. Chunki uning goyalari ilmiy asoslangan va uning konstruksiyasi nisbatan qulay va amaliy jihatdan ozini oqlovchi bolib chiqdi. Aynan Sharl, sharni orab oluvchi va unga ogirlik markazini taqsimlovchi arqonlar tizimini, klapan va havo langarini oylab topdi. Qumni ballast sifatida qollashni va balandlikni aniqlash uchun barometrdan foydalanishni ham aynan Sharl birinchi bolib yolga qoydi.

Keyingi aeronavtlar Sharl modeliga nisbatan hech qanday biror ahamiyatli qoshimcha qila olishmadi. Hozirgi vaqtda ham, ular xuddi Sharl kabi sharni toldirish uchun arzon vodoroddan foydalanishardi. U portlashga xavfli. Lekin, narxi arzon va eng katta kotarish kuchiga ega. 1 m3 vodorod 1.2 kg kotarish kuchini hosil qiladi. Vodoroddan 40-50 marta qimmatroq bo'lgan Geliyning 1 kub metri, 1.05 kg tortish kuchini paydo qila oladi. 100 C gacha qizdirilgan havo esa, 0.33 kg kotarish kuchiga ega boladi xolos. Shu tufayli ham bir xil yuk kotarish qobiliyatiga ega bo'lgan mongolfyerlar, sharlyerlarga qaraganda 3-4 marta kattaroq hajmga ega boladi. Katta hajmli shar uchun yetarli yoqilgi zahirasini ham qoshib kotarish zaruriyatidan, mongolfyerlarda uzoq parvoz qilib bolmaydi, shuningdek, shar sirtining qancha katta bolsa, unda issiqlik yoqotilishi shuncha tez yuz beradi.

Har qanday aerostatning parvozi Arximed qonuniga asoslanadi. Sharni toldirgan kotaruvchi gazning kotarish kuchi, shar siqib chiqargan havoning va kotaruvchi gazning ogirliklari orasidagi farqdir. Gazning solishtirma ogirligi qanchalik kichik bolsa, yani gaz qanchalik yengil bolsa aerostat shunchalik katta kotarish kuchiga ega boladi. Bundan korinib turibdiki, eng katta kotarish kuchiga, shar qobigi ichida vakuum bo'lgan aerostat ega bolar ekan. Birinchi marta bunday aerostat haqidagi goyani 1620 yilda monax de Lana Tertsi taklif etgan edi. Lekin bu goya hozirgacha amalga oshirilgani yoq.

Yuqori balandliklarda, havo bosimi past joylarga yetib borishi bilan, shar qobigi ichidagi gaz kengaya boshlaydi va u oqibatda sharni yorib yuborishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida ilk aeronavtlari sharni vodorod bilan toldirib turuvchi trubka (apendiks) qoyib ketishga majbur bolganlar. Kotarilgan sari aerostat, ozidagi ortiqcha gazni apendiks orqali chiqarib tashlab turgan. Bu orqali qobiqning yorilib ketishi oldi olingan bolsa-da, lekin gazning chiqib ketishi tufayli, aerostatning kotarish kuchi kamayib qolgan. Ballastni (qum toldirilgan qopchalarni) tashlab yuborish orqali savatni yengillashtirishga majbur bolishgan.

Aerostatni qondirib olish doimo xavfli jarayon bo'lgan. Bu jarayonni xavfsizroq qilish uchun Sharl oz sharini bir necha himoya qurilmalari bilan jihozlagan. Favqulodda holatlar uchun u, qobiqdan gazni tezkor chiqarib yuboradigan uskunadan foydalangan. Odatda aeronavt, shardagi gazni sekin-sekinlik bilan chiqarib yuborish orqali asta pastlab tushib kelgan. Lekin, shamolli ob-havo sharoitida savat yerga tushib bolgach ham yerga ishqalanib yurib ketishi mumkin edi. Pastlash tezligi kopayib ketsa, aeronavt 60-100 metrlik maxsus yogon va qalin arqon gaydropni yerga tashlagan. Gaydrop yerga tushgach, sharning ogirligi, gaydropning yerga tegib turgan qismi ogirligicha yengillashgan va pastlash bir oz sekinlagan. Ballast, havo klapani va gaydrop bilan manyovr qilib borib, tajribali aeronavtlar parvoz balandligini nazorat qila bilishgan. Parvoz yonalishi esa butunlay havo oqimlari shabboda va shamollar ixtiyorida bo'lgan. shar yonalishini har xil yasama qanotlar va ho kazolar yordamida boshqarishga bo'lgan urinishlar besamar ketavergan.

Kopchilik tarixchilar, aerostatning ixtiro qilinishidan amaliy naf, unga sarflangan mablagga qaraganda juda kichik deb baholaydilar. Lekin, inson-aql zakovatining shunday ajoyib mahsuli ustida faqat moddiy manfaatlar yuzasidan fikr yuritish to'g'ri emas. Aerostat odamlarga tarixda ilk marotaba yerdan balandlikka kotarilib, bulutlarga tenglashishga imkon berdi. U orqali insoniyatning qadimdan saqlanib kelayotgan uchish haqidagi orzulari royobga chiqa boshladi. Shu tufayli ha uning ixtiro qilinishini, insoniyatning eng buyuk ixtirolari sirasiga kiritish adolatdan boladi.

Yangilаndi: 23.01.2014 03:57  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Ixtiro va Kashfiyotlar

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)