Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Atomni parchalash

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Atomni parchalash

1896-yili farang olimi Anri Bekkerel (1852-1908) ba'zi atomlarning radioaktiv ekanligini, ya'ni nurlanishini tasodifan kashf qildi. Keyingi yili ingliz olimi J. Tomson (1856-1940) elektr chiroqlaridan taralayotgan yorqin nurlar, aslida zaryadlangan zarrachalar bo‘lib, ular o‘z o‘lchamlariga ko‘ra atomdan ancha kichik ekanligini aniqladi. Bu - atom atrofida aylanib yuruvchi elektronlar edi. Bir qancha muddatdan so‘ng, ingliz olimi Ernest Rezerford (1873-1937) mazkur hodisa atomlarning parchalanib, boshqa bir atomlar hosil bo‘lishi ekanligini aniqladi. Parchalanish jarayonida bu atomlar ham o‘zidan zarrachalar oqimi (nurlanishi) chiqarardi. Rezerford bu zarrachalarni alfa va beta zarrachalar deb nomladi. 1911 yilda Rezerford bunday zarrachalar oqimini zarqog‘oz ya'ni oltin folga tomon yo‘naltirdi. Ulardan aksariyati folga orqali o‘tib ketdi, lekin ayrimlari undan sapchib, orqaga qaytdi. Rezerford atomlarning moddaning qattiq qismi ekanligi haqidagi, ko‘p asrlik saqlanib kelayotgan tushuncha xato ekanligini fahmladi. U atomlarining markazida musbat zaryadlangan va katta zichlikka ega zarracha - yadro joylashganligini, zarqog‘ozga urilib qaytgan zarrachalar aynan yadrodan sapchiganligini ko‘p sonli tajribalar orqali isbotladi. 1912-yildan boshlab Rezerfordning yoniga Daniyalik olim Nils Bor (1885-1862) qo‘shildi. Ikki yuksak zehn sohiblari hamkorlikda ilmiy faoliyat yurita boshlashdi. Aynan Bor, atom va uning atrofida aylanuvchi elektronlarning sxematik ko‘rinishi, sayyoralarning o‘z orbitasi Quyosh atrofida aylanishi kabi ekanligi haqidagi fikrni o‘rtaga tashladi. Bor g‘oyasiga ko‘ra har bir turdagi atomda, faqat o‘ziga xos bo'lgan miqdordagi elektronlar mavjud bo‘lib, ular atomdan turli xil uzoqlikdagi ma'lum masofalarda, xuddi sayyoralardek aylanishi fikri ilgari surilgan edi.

Ernest Rezerford (o‘rtada) va uning atomni parchalash bo‘yicha birga ishlagan hamkasblari Ernest Uolton (chapda) va Jon Kokroft (o‘ngda). Pastda Atomni parchalash bo‘yicha dastlabki ilmiy laboratoriyalardan biri - Kembridjdagi Kavendish laboratoriyasi. 1920 yil.

1919-yilda, Rezerford birinchi tarixda ilk marotaba atomni parchalashga erishdi. U gazsimon azot atomlarini alfa-zarrachalar bilan bombardimon qilib, natijada, vodorod atomlarining azot atomlaridan ajralib chiqqanligiga guvoh bo‘ldi. Rezerford barcha moddalar vodorod atomlaridan tashkil topgan degan xulosaga keldi va ularni Protonlar deb nomladi.

1932-yilga kelib, boshqa bir ingliz olimi J. Chedvik (1891-1974) yadroda yana bir zarracha - neytronlar mavjudligini kashf etdi. Neytronlar, elektronlar zaryadini mutanosiblab turuvchi musbat ishorali protonlardan farqli ravishda, elektr zaryadiga ega emas edi.

Italyan olimi Enriko Fermi (1901-1954) ma'lum atomlar ichida eng kattasi bo'lgan Uran atomlariga protonlar oqimini yo‘naltirilsa nima ro‘y berishini tekshirib ko‘rishga kirishdi. Uning taxminicha, neytronlar borib Uran atomiga birlashib qolishi va natijada yanada kattaroq uran atomi hosil bo‘lishi kerak edi. Amalda esa, buning mutlaqo teskarisi bo‘lib chiqdi. Avstriyalik fizik Liza Meytner (1878-1968) amaliy tajribalar orqali, protonlar bilan o‘qqa tutilgan uran atomlari, ikki qismga parchalanib, Bariy kabi kichikroq atomlar hosil bo'lganligini ko‘rsatib berdi. Bu jarayonda shuningdek, qo‘shimcha neytronlarning uchib chiqish (ozod bo‘lishi) sodir bo‘ldi. Olimlar, agar bu neytronlar ham o‘z navbatida Uranning boshqa atomlarini parchalanishga majbur qila olganlarida edi, reaksiya zanjiri paydo bo‘lib, katta miqdordagi energiya ajralib chiqishiga erish mumkinligini tushunib yetdilar.

Atomni parchalash uchun uni zarrachalar bilan o‘ta yuqori tezlikda bombardimon qilish kerak. buning uchun ingliz olimlari Ernest Uolton (1903-1995) va Jon Kokroft (1897-1967) tarixda birinchi bo‘lib elementar zarrachalarning tezlatgichini yasadilar. Protonlar bir necha kam kuchlanishli (past voltli) trubkalar orqali litiyli nishonga yo‘naltirilgan edi. Past kuchlanishli trubkalar atrofida o‘ta yuqori kuchlanishli hudud bo‘lib, o‘rtada paydo bo‘lgan kuchlanishlar farqi, protonlarni litiyli nishon tomon katta kuchlanish bilan uchishga majbur qilgan. Proton uchib borib, atom bilan to‘qnashib, undan, alfa-zarrachani urib chiqargan. 1951-yilda Kokroft va Uolton, birgalikda, mazkur ishlari uchun fizika sohasi bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 04.01.2019 13:15  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11840111

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov