Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Iogann Kepler

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Iogann Kepler

(1571-1630)

Nikolay Kopernik asos solgan astronomik kuzatuvlar uslubi va astronomik jadvallarning Ptolomey zamonidan beri, ya'ni deyarli ikki ming yil davomida qollanilgan jadvallardan sifat va aniqlik bobida ancha ustun bolgani haqida yuqorida ta'kidlagan edik. Kopernikning vafotidan keyin, butun Yevropa boylab uning jadvallari keng tarqaldi va barcha astronom olimlar Kopernik usuli va jadvallari asosida ish yurita boshladilar. Biroq, tez orada Kopernik jadvallarining ham, osmon jismlari ayniqsa, sayyoralarning amaliy kuzatuv natijalaridan farq qilayotganligini sezib qolishdi.

Ilgor fikrli olimlar uchun Kopernik ta'limotining mutlaqo to'g'ri ekanligi kundek ravshan edi. Biroq sayyorlar harakati qonuniyatlarini yanada chuqurroq organish va tadqiq qilish zarur bolib, bu borada Kopernik ta'limotida mavhum qolib ketgan savollar anchagina bo'lgan.

Sayyoralar harakati qonuniyatlarini jiddiy organishga kirishgan va ularni orta asrlar uchun ota aniqlikda hisoblay olgan birinchi olim - Olmoniyalik Iogann Kepler boldi.

Iogann Kepler 1571-yilning 27-dekabrida Shtutgart yaqinidagi kichik Veyle shaharchasida tugildi. Oilasining moddiy ahvoli sababli Kepler boshlangich maktabni arang tugallagan. Biroq baribir fanlarni yaxshi ozlashtirishga erishgan. U 1589-yilda Tyubingen universitetiga oqishga kirib, u yerda matematika va astronomiya boyicha jiddiy shugullanadi va chuqur ta'lim oladi. Kopernik ta'limotining cherkov tomonidan ta'qibga olinganligi sababidan, universitetda astronomiya Ptolomey ta'limoti boyicha oqitilar edi. Biroq Keplerning ustozi Mestlin, ich-ichidan Kopernik ta'limotining haq ekanligiga ishonardi va iste'dodli talabalarga, shu jumladan Iogann Keplerga ham, mashgulotdan alohida ravishda, asosan oz uyida suhbatlar uyushtirib, Kopernik ta'limoti va uning nazariy asoslari haqida debatlar uyushtirardi. Mestlin shaxsiy sabablariga kora, Kopernik ta'limoti tarafdori ekanligini sir tutishga majbur bolgan, biroq, undan farqli ravishda talaba Kepler, Kopernik ta'limotiga bo'lgan ishonchi va qarashlarini maxfiy tutib otirmagan. U ochiq oydin ravishda Kopernik ta'limotini ma'qullay boshladi va aniq dalil va isbotlar vositasida ilmiy asoslab berdi. Bu esa, mahalliy nasroniy ruhoniylarining jiddiy noroziligiga sabab boldi. Uni, hali diplomga ega bolmagan, talaba bolishiga qaramay, universitet ma'muriyati, vaziyatni chigallashtirmaslik maqsadida, Avstriyaning Shtiriya olkasi poytaxti Grats shahridagi protestant bilim yurtiga matematika oqituvchisi qilib yuboradi. Kepler 1596-yildayoq, ozining Kosmografik sir nomli risolasida Kopernik ta'limotini mutlaqo yoqlab chiqib, sayyoralar tizimida Quyoshning markaziy orin tutishi haqidagi goyani va sayyoralar bir-biriga nisbatan joylashuvi va masofasi qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilib koradi. Kosmografik sir ilmiy jihatdan asoslanmagan, shunchaki muallifning voqelikka munosabati shaklidagi nashr bolsa-da, u Keplerga mashhurlik keltirdi. U butun Yevropa astronomlari orasida turli shov-shuvli munozaralarga sabab boldi. osha davrning eng kozga koringan olimlaridan biri, Daniyalik yirik astronom-kuzatuvchi Tixo Brage, Kopernik ta'limotining oziga nisbatan e'tiborsiz va ishonchsiz munosabatda bolgan bolsa hamki, u yosh Keplerning mantiqiy fikrlashiga va u tomonidan bajarilgan hisob kitoblarning ota aniqligiga, astronomiya va uning sir-asrorlarini organishga bolgan san'at darajasidagi qobiliyatiga munosib baho berdi. Tixo Bragening ozi Kepler bilan shaxsan uchrashish ishtiyoqini bildirdi. orta asrlar astronomiya faning daholari sanalgan bu ikki olimning uchrashuvi, ilm-fanning keyingi taraqqiyoti uchun favqulodda ahamiyat kasb etgan muhim hodisa bolgan desak mubolaga bolmaydi.

1600 yilda Kepler va Tixo Brage, Praga shahrida ilk marta shaxsan korishib, ilmiy mulohazalari bilan ortoqlashishdi. Tixo Brage, Iogann Keplerga astronomik hisob-kitoblar va koinotni kuzatish ishlariga komaklashish uchun ozining yordamchisi sifatida ishlashni taklif qildi. Bir oz muddat avval, Daniya qiroli Brage va uning rasadxonasi uchun moddiy ta'minotni toxtatib qoygan bolib, mazkur sababdan olim Kopengagenni tark etib, Pragaga kochib otishga majbur bo'lgan edi. Bragening Kopengagendagi rasadxonasida oz davrining eng ilgor kuzatuv va olchov asboblari mavjud bolib, Tixo Brage ulardan san'at darajasida foydalanar edi. Brage, yuqorida aytib otganimizdek, Kopernik ta'limotiga nisbatan katta qiziqish bilan munosabatda bolgan bolsa ham, biroq uning tarafdori bolmagan. U olam tuzilishi haqidagi ozining quyidagicha tushuntirishini ilgari surar edi: Sayyoralar Quyoshning tabiiy yoldoshlari, Quyosh, Oy va yulduzlar esa, Yer atrofida aylanadi. Bunday tushuncha amalda Ptolomey ta'limotiga mansub bolib, Kopernik goyalarini inkor etardi. Chunki unga kora yana Yer olam markaziga, Quyosh esa uning atrofida aylanuvchi osmon jismiga aylanib qolmoqda.

Kepler va Brage bu masalada hamfikr bolishmasa-da, biroq baribir hamkorlikda ishlashni boshlab yuborishdi. Biroq bu jarayon juda qisqa davom etib, 1601-yilda Tixo Bragening vafot etishi sababidan uzilib qoldi. Bragening vafotidan keyin, Kepler uning barcha qolyozma va uzoq yillik kuzatuv qaydlarini jiddiy organishga kirishdi. Ularni puxta organib chiqib, ayniqsa Mars sayyorasining harakat qonuniyatlarini tekshirish asnosida Kepler ajoyib ilmiy kashfiyotni fahmlab qoldi. Keplerning mazkur kashfiyoti, sayyoralarning harakat qonuniyatlarini ifodalab, butun boshli astronomiya fanining eng asosiy, fundamental qonuniyatlaridan biriga aylandi.

Astronomiya fanida, qadimgi yunon faylasuf va olimlaridan qolgan bir ta'limot mavjud edi: Aylana - eng mukammal geometrik shakl. Shunday ekan, sayyoralar ham, faqat mukammal shakl - aylana boylab harakatlanishi kerak. Kepler esa, fanda hukm surib kelayotgan bunday tushunchaning notogri ekanligi haqida fikrlay boshladi. Uning hisoblashlariga tayanilsa, sayyoralar harakati trayektoriyasi mukammal aylana emas, balki undan anchayin farq qiluvchi boshqa bir aylanasimon shakl - ellipsni namoyon qilar edi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Iogann Kepler mazkur hisoblashlari bajarishda, nafaqat astronomiya, balki matematika uchun ham goyat muhim amaliy hissa qoshdi. Sayyora harakati qonuniyatlarini tadqiq qilar ekan, u oz zamonasi matematikasi usullari bilan yechilishi imkonsiz bo'lgan masala ustidan chiqib qoldi. Muammo ekstsentik aylananing sektori yuzasini hisoblash borasida edi. Agar bu masalani zamonaviy matematika tiliga ogirsak, elliptik integralni yechish mavzusiga chiqib kelamiz. Kepler hisoblashlardagi qiyinchiliklar oldida ozini yoqotib qoymadi. U cheksiz katta sonlar va cheksiz kichik qiymatlarni umumlashtirish usuli bilan, oz maqsadiga erishdi. Kepler ilk marta foydalangan ushbu usul, matematika tarixida ilgari tashlangan oziga xos qadam bolib, matematik analizning ibtidosida muhim orin tutdi.

Keplerning ozining birinchi qonuni shunday taxmin bildiradi: Quyosh ellipsning markazida emas, balki, fokus deb nomlanadigan maxsus nuqtada turadi. Bundan kelib chiqadiki, sayyoralarning Quyoshgacha bo'lgan masofasi doim ham bir xil bolmaydi. Kepler shuningdek, sayyoraning Quyosh atrofida aylanish tezligi ham doimo bir xil bolmasligini aniqladi: Quyoshga yaqinlashishi bilan, sayyora tezroq harakatlana boshlaydi, undan uzoqlashgan sayin, sekinroq harakatlanadi. Sayyoralar harakatining ushbu oziga xosligi Keplerning ikkinchi qonunini ifodalaydi.

Iogann Keplerning yuqoridagi ikki qonuni, 1609-yildan, uning Yangi astronomiya nomli mashhur ilmiy ishi nashr etilganidan boshlab, ilm-fan xazinasining nodir javohirlaridan biriga aylandi. Biroq osha vaqtning ozida, shunday qiziqarli va ajoyib ilmiy ishga munosib e'tibor qaratilishi mushkul bolgan: hatto mashhur daho olim Galileo Galiley ham, ozining songgi kunlarigacha Kepler qonunlariga bepisand munosabatda bo'lgan.

1615-yilga kelib, Kepler ozining hajman kichik, lekin mazmunan katta bo'lgan mashhur asari - Vino bochkalarining yangi sterometriyasini chop ettirdi. Unda Kepler, aylanasimon shaklga ega bo'lgan 90 xilga yaqin murakkab shakldagi bochka va idishlarning hajmini hisoblash uchun, integrallash usullarini bayon qildi. osha asarda favqulodda murakkab masalalar ham korilgan bolib, ular ham cheksiz kamayuvchilar matematikasining boshqa bir bolimi - differensial hisoblashlar rivojiga katta hissa boldi qoshildi. Shuningdek, Kopernik ta'limoti asosida, sayyoralaring harakat jadvallarining tuzish jarayonida olib borilgan astronomik hisob-kitoblar,Keplerni logarifmlar nazariyasi va amaliy yechimlari muammolari sari yetaklab keldi.Neper ishlaridan ilhomlangan Kepler, mustaqil ravishda logarifmlar nazariyasini keltirib chiqardi va ular asosida Neper jadvallaridan ham aniqroq logarifmik jadvallar ishlab chiqdi. Keplerning logarifmik jadvallari 1624-yilda ilk marta nashr etilgan va 1700-yili qayta nashrdan chiqqan. Kepler astronomik hisoblashlar uchun ham logarifmlar jadvalini tadbiq qilishda birinchi bo'lgan. Bunday usulda hisoblab chiqilgan sayyoralar harakati jadvallari (Rudolf jadvallari) faqat uning ozi ishlab chiqqan logarifmlar usuli tufayli dunyo yuzini korgan edi. 1604-yilda nashr etilgan yana bir ilmiy ishi - Vitelliyga toldirish, yoxud, astronomiyaning optika qismi nomli kitobida, konus kesimlari va parabola, giperbola va ellipsning xossalari boyicha bir necha yechimlarni keltirib chiqargan edi. Bu asar ham matematikaning yana bir muhim yonalishi - loyihalash geometriyasining paydo bolishiga katta turtki bolgan.

Keplerning butun umri Kopernik ta'limoti uchun ochiq kurash asnosida otgan. 1617-1621 yillarda, ottiz yillik urushning eng avjiga chiqqan, Kopernik ta'limoti va asarlari Vatikanning taqiqlangan kitoblar qora royxatiga tushgan qiyinchilik davrlarida, Kepler har biri taxminan 1000 sahifadan iborat bo'lgan Kopernik astronomiyasi haqida tafsilotlar nomli, uch nashrdan iborat kitobini chop ettirdi. Kitobning nomi uning mazmuniga unchalik ham muvofiq kelmaydi. Kopernik astronomiyasi haqida tafsilotlarda Quyosh Kopernik ta'limotidagi orin tutadi, biroq, Oy va sayyoralar Keplerning ozi ochgan qonuniyatlar boyicha harakatlanishi tasdiqlanadi. Amalda bu kitob, astronomiyaning yangi erasini boshlab bergan oziga xos oquv qollanmasi edi. U cherkov va Kopernikning inqilobiy ta'limoti orasidagi ortasidagi ayovsiz goyaviy kurashning eng avjiga chiqqan murakkab davrda, asli fikratida kopernikchi bo'lgan olim, Keplerdek iste'dodli astronomning ustozi Mestlin ozining ilmiy tushunchalariga va qarashlariga qarshi borib, Ptolomey ta'limotiga asoslangan oquv darsligi nashr ettirgan murakkab davrda chop qilindi.

Aynan shu yillarda Kepler Olam muvozanati nomlikitobini ham nashr ettiradi. Unda Kepler sayyoralar harakatiga oid ozining uchinchi qonunini ifodalab, izohlab bergan. Keplerning bu asarida, sayyoralarning Quyoshgacha bo'lgan masofasi va ularning aylanish muddati ortasidagi mukammal bogliqlik mavjud ekanligini bayon qildi. Ma'lum bolishicha, har qanday ikkita sayyoraning aylanish muddatlarining kvadratlarining ozaro nisbati, ularning Quyoshgacha bo'lgan ortacha masofasining kublarining nisbati kabi bolar ekan. Bu mulohaza Keplerning uchinchi qonunini ifodalaydi.

Kop yillar davomida Kepler ozi kashf etgan harakat qonuniyatlarigaasoslangan sayyoralar harakati jadvallari tuzish ustida ish olib bordi. U 1627-yilga kelib Rudolf jadvallari nomli, sayyoralarning harakatlari jadvallarini chop ettirdi. Mazkur jadvallar keyingi asrlarda ham astronomlarning ish stolidan doimiy orin olgan muhim ilmiy manbaga aylandi. Keplerning boshqa fanlar, xususan optika uchun qoshgan xossasini ham munosib baholash darkor. Masalan uning ishlab chiqqan optik refraktor sxemasi, 1640-yildayoq astronomik kuzatishlar uch eng asosiy nazorat-olchov asbobiga aylandi.

Kepler astronomiyaning faqat sayyoralar harakati qonuniyatlarini organish qismi bilan cheklanib qolmasdan, fanning boshqa muammolari bilan ham jiddiy shugullanishga harakat qilgan. Uning alohida e'tibori ayniqsa kometalarga qaratilgan edi. U kometa dumining Quyoshga nisbatan doimo teskari bolishini e'tiborga olib, uning (ya'ni kometa dumining) doimo Quyosh va uning gravitatsiyasi ta'siridagina paydo bolishi haqida farazni ilgari surdi. osha davrda hali Quyosh nurlanishi hamda, kometa tuzilishi haqida fanda hech qanday ma'lumot mavjud emas edi. Faqatgina XIX-asrning oxiri va XX-asrdagi izlanishlar natijasida, kometaning dumi, Quyoshning nurlanish va gravitatsion ta'siri tufayli paydo bolishi tasdiqlandi.

Keplerning ilmiy ishlari fanga osmon mexanikasining mohiyatini anglashda hamda, Kopernik ta'limotining haq ekanligini isbotlashda muhim ahamiyat kasb etgan dolzarb xulosalarni taqdim qildi. Ular orqali keyingi zamon olimlarining buyuk kashfiyotlari, xususan Nyutonning butun olam tortishish qonuni ochilish uchun poydevor ornatilgan edi. Kepler qonunlari, hozirgi kunda ham oz dolzarbligini saqlab kelmoqda. Ulardan foydalanib, bizning zamon olimlari, nafaqat tabiiy osmon jismlarining harakat qonuniyatlarining hisob-kitoblari, balki, fazoviy apparatlar, kosmik kemalarning ham ochiq koinotdagi holatini belgilab beruvchi ota muhim natijalarni aniqlamoqdalar.

Iogann Kepler ochgan sayyoralarning harakat qonunlari, olimdan uzoq yillik mashaqqatli va qaltis ish jarayonlarini olib borishni taqozo etdi. Keplerning ozini ham, avval Kopernik ta'limoti tarafdori bolgani sababli, qolaversa, ozi ham yangicha jadvallar, qollanmalar tuzayotganligi uchun cherkovning ashaddiy bid'atchilari bilan tinimsiz kurashishga to'g'ri keldi. Avvaliga uni ozi e'tiqod qilgan katolik cherkovidan haydab yuborishdi, keyin esa lyuteranlar ham olimga shunday ayovsiz munosabat bildirishdi. Natijada olim hayoti davomida kop marta shaharma-shahar kochib yurishga majbur boldi. Praga, Lints, Ulm, Sagan - bu Kepler yashab ijod etgan shaharlarning toliq royxati emas...

Iogann Kepler qanchalik e'tiborli va nufuzli olim bolmasi, unga nisbatan imperator gaznasidan belgilangan maosh doimiy uzilishlar bilan, uzoq muddat tolanmasdan qolib ketardi. Natijada olim kopincha moliyaviy tanglikka tushib qolar va asosan gaznadan oz maoshini talab qilish uchun Regensburgga qatnab, hech bolmaganda uning ma'lum bir oz miqdordagi qismini bolsa ham olishga urinardi. Shunday qatnovlarning birida, 1630-yilning 30-noyabr kuni yolda Iogann Kepler vafot etadi...

Iogann Keplerning ilmiy faoliyati va beqiyos ilmiy izlanishlari tufayli, butun insoniyat, ya'ni, siz va bizning osmon jismlari harakati va Quyosh tizimi tuzilishi haqidagi tasavvurlarimiz mutlaqo yangi bosqichga kotarildi. Astronomlar uni be'jizga Osmon qonunchisi deb atashmaydi, zero aynan u Quyosh tizimidagi osmon jismlarining harakat qonunlarini birinchi bolib aniqladi va fanga mukammal ravishda bayon qildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 29.09.2018 09:52  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)