Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Maqolalar Interaktiv davlat xizmatlari – Zamonaviy, qulay, ishonchli.

Interaktiv davlat xizmatlari – Zamonaviy, qulay, ishonchli.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Interaktiv davlat xizmatlari – Zamonaviy, qulay, ishonchli.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va Davlat boshqaruvi, yoxud, «Elektron hukumat».
Maqsad va vazifalar
Elektron hukumat: Xorij tajribasi
Elektron hukumat: Texnologik tamoyillar.
Elektron hukumat: O’zbekiston modeli.
www.gov.uz – O’zbekiston interaktiv davlat xizmatlarining ilk manbasi.
Yagona Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali
PostScriptum.
Hamma sahifa

Interaktiv davlat xizmatlari – Zamonaviy, qulay, ishonchli.

Muqaddima

XIX asrda telegraf va telefonning ixtiro qilinish bilan boshlangan va insoniyat sivilizatsiyasini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan axborot kommunikatsiya texnologiyalari erasi, bugungi kunda o’z taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga chiqdi desak yanglishmagan bo’lamiz.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, rivojlanishning turli bosqichlarida, tarkiban kengayib, funksional jihatdan boyib bordi: Telegraf orqali matn jo’natish bilan, qandaydir daqiqalar ichida manzilga yetkazilgan xabar yoki yangilik, o’z vaqtida, oddiy qog’ozli pochta jo’natmasi bilan yuborilgan va manzilga yetgunicha, kamida bir, ikki hafta talab qilingan kommunikatsiya usulini qanchalik inqilobiy tarzda o’rin almashtirgan bo’lsa, uning faqat matn uzatishga moslashganligi singari kamchiliklarini, Bell ixtiro qilgan telefon apparati to’ldirdi. Popov ixtiro qilgan radioto’lqinlarni masofaga maqsadli uzatish texnologiyasi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari olamida yana bir o’ziga xos burilish yasab berdi. Zvorikinning elektron nur trubkasi jamiyatni axborotlashtirishning eng samarali vositalaridan biri – televideniye davrini boshlab bergan bo’lsa, XX asrning 60-70 yillarida EHMlarning rivojlanishi asnosida yuzaga kelgan, kompyuter va tarmoq texnologiyalari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyotining mantiqiy davomi sifatida yuzaga chiqdi.

Biz sanab o’tgan axborot kommunikatsiya texnologiyalarining har biri, o’z zamonasi uchun muhim ahamiyat kasb etgani rost. Ularning har biri jamiyat hayotiga chuqur singib, hattoki, ma’lum bir ijtimoiy va madaniy o’zgarishlarga ham sabab bo’lgan. Xususan, yuqorida biz sanoqdan chetda qoldirgan – matbuotning taraqqiy etishi, jamiyatdagi savodxonlikning ortishiga qanchalik hissa qo’shgan bo’lsa, radio va teletranslaytsiyalar orqali, aholi tezkor usulda muhim siyosiy, madaniy va ma’naviy axborot olish vositasiga ega bo’lgan edi.

Bizning o’z zamonamizda, shundoqqina ko’z o’ngimizda startga chiqqan uyali aloqa vositalari va internet texnologiyalari taraqqiyoti esa, yuqorida sanab, qisqacha ta’riflab o’tilgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo’shini qudratiga yanada quvvat bag’ishladi. Ayniqsa internet global  tarmog’i kelgusi asrlarda ham, bizning davrimiz uchun o’ziga xos tashrif qog’ozi sifatida namoyon bo’lsa ajab emas.

Zero, bugungi kunimizda internet – dunyodagi axborot almashinuvi va kommunikatsiya vositalari orasida eng ilg’or va ommabop bo’lib, u, o’sha telegrafdan boshlab ixtiro qilingan barcha axborot kommunikatsiya texnologiyalarining mantiqiy mohiyatlari – matnli xabar uzatish, tovush uzatish, tasvir uzatish kabilarni, o’zida yagona va yaxlit tizimga mujassamlashtirgan mukammal axborot-kommunikatsiya vositasiga aylandi. O’z ajdodlaridan farqli ravishda, endi internet, bir tomonlama axborot uzatish vositasi bo’lib qolmasdan, interaktiv axborot kommunikatsiya vositasi sifatida namoyon bo’ldi. Bu jihatlariga ko’ra, internetni, yozuv va kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bir qatorda, insoniyat tarixidagi uchinchi axborot inqilobi deb qarasak ham yanglishmagan bo’lamiz.

...Endilikda internet va uning ilg’or texnologiyalari qo’llanilmagan, foydalanilmagan soha «qoloq» sifatiga mansub desak ajablanmang! Zero, internet taqdim etayotgan qulayliklar tufayli, bugun biz, faqat qo’shni viloyatdagi yaqinlarimizgagina emas, balki, boshqa materikdagi tanish-bilishlarimizga ham videoqo’ng’iroqlar qilishimiz, foydalanilgan xizmatlarga haq to’lashimiz, mahsulotlarga buyurtma berishimiz va sotib olishimiz - tobora oddiy kundalik holatga aylanib bormoqda. Internet bizlarga taqdim etayotgan eng oddiy interaktiv xizmat – elektron xat-xabar almashinuv (e-mail yoki, ijtimoiy tarmoqlar)dan boshlab, elektron kutubxona (e-Library), elektron masofaviy ta’lim (e-learning) kabi, hamda, elektron tijorat (e-commerce), elektron to’lovlar (e-Payment), elektron birja (e-Exchange) kabi ilg’or interaktiv xizmat turlari, jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga jadallik bilan kirib kelib bo’ldi. Endilikda, tomonlardan birining (yoki ikkisining ham) shaxsan hozir bo’lishi talab etilmaydigan xizmat  ko’rsatish sohalarida internetni joriy qilish, ham iqtisodiy ham ma’naviy jihatdan maksimal samaradorlik beradigan darajaga erishmoqda. Umumiy xulosa qilib aytganda, internet, axborot kommunikatsiya texnologiyalari olamidagi o’z ajdodlarining barcha yutuq va imkoniyatlarini o’zida jamlagan, va ulardan farqli ravishda, bir tomonlama axborot taqdim etish vositasigina bo’lib qolmay, balki, interfaol, ko’p qirrali kommunikatsion vosita sifatida yuksak samaradorlik potensiali namoyon qilmoqda...

 



Yangilаndi: 25.11.2013 15:32  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo’yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma’lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi....


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 762
O'qilgan sahifalar soni : 2513205

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!